K. Babamuradovna, R. Bakhriddinovna, M. Umrbekovna, N. Aktam, S. Tulkinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tabiiy rangli paxta tolasi ishlab chiqarishda kimyoviy bo‘yoqlardan foydalanishni kamaytirish va atrof-muhit ifloslanishini pasaytirish imkonini berishi sababli zamonaviy barqaror to‘qimachilik sanoatining muhim talabi hisoblanadi. Biroq, paxtada tola rangi odatda uning sifat ko‘rsatkichlari bilan salbiy korrelyatsiyada bo‘ladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi paxta navlari va F₄ duragay kombinatsiyalarida tola sifati va rang belgilari polimorfizmini SSR-markerlar yordamida aniqlashdan iborat edi. Natijada 7-xromosomada (A genomi) joylashgan pleiotrop lokus bilan bog‘liq holda yaxshilangan rang va yuqori tola sifati barqarorligi (107 va 135 juft nukleotidli allellar)ga ega duragay kombinatsiyalar aniqlandi. BNL1604 va NAU1043 markerlari genotiplarni identifikatsiya qilishda yuqori informativlik ko‘rsatdi, bu esa ularni seleksiya materiallarini molekulyar markirovkalash va tola sifati hamda rang belgilariga yo‘naltirilgan tezlashtirilgan seleksiya uchun istiqbolli vosita sifatida tavsiya etish imkonini beradi. BNL1604 va NAU1043 SSR-markerlaridan foydalanish yaxshilangan tola xususiyatlari bilan bog‘liq allel kombinatsiyalarini aniqlash imkonini berdi. F₄ duragaylari L-001 × 010444 va Bukhara-6 × 02408 yuqori tola sifati genlari donorlari sifatida keyingi seleksiya ishlari uchun tavsiya etildi. Molekulyar markerlar asosida o‘tkazilgan identifikatsiya SSR texnologiyasining paxta seleksiyasi dasturlarida tanlash jarayonini tezlashtirishdagi samaradorligini tasdiqladi. Olingan natijalar tabiiy rangli paxtaning yaxshilangan xususiyatlarga ega, ekologik xavfsiz navlarini yaratishda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
D. Gulomov, B. Amanov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу тадқиқотда иқлим ўзгариши шароитида эталон эвапотранспирацияни (ET₀) баҳолаш усулларининг самарадорлиги ва аниқлиги комплекс тарзда таҳлил қилинди. Тадқиқотда Харгривз, Турк, Блэни–Криддл ҳамда Пенман–Монтейт (FAO-56) усуллари, шунингдек сунъий йўлдош маълумотларига асосланган Manna иловаси натижалари ўзаро таққосланди. Таҳлиллар 2021–2023 йиллар давомида Тошкент вилояти Ўрта Чирчиқ туманида жойлашган Туябоғиз метеорологик станцияси маълумотлари асосида амалга оширилди. Усуллар ҳисоблаш аниқлиги, талаб этиладиган маълумотлар ҳажми ҳамда маҳаллий арид иқлим шароитида қўллаш имкониятлари бўйича баҳоланди. Натижаларга кўра, PM-CROPWAT усули бўйича вегетация давридаги эталон эвапотранспирация миқдори 935,68 мм ни ташкил этди, Manna иловаси эса 706,60 мм қийматни кўрсатди (фарқ −24,5%). Харгривз ва Турк усуллари мос равишда +87% ва +77% даражада юқори баҳолашни кўрсатди. Manna ва CROPWAT натижалари ўртасидаги корреляция коэффициенти R²=0,913 бўлиб, бу улар ўртасида юқори боғлиқлик мавжудлигини кўрсатади. Тадқиқот натижалари шуни кўрсатадики, FAO CROPWAT 8.0 дастури эталон эвапотранспирацияни ҳисоблаш ва суғориш режимларини режалаштиришда самарали инструмент ҳисобланади. Олинган натижалар сув ресурсларидан оқилона фойдаланиш ва замонавий суғориш тизимларини оптимал бошқариш учун муҳим амалий аҳамиятга эга.
М. Н.А, Т. Гульзар, С. Цюйхуэй, Н. Максатбек · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada “TENDENTsII RAZVITIYa I PROBLEMI VOZOBNOVLYaEMIX (ALTERNATIVNIX) ISTOChNIKOV ENERGII KIRGIZSTANA” mavzusi ilmiy-amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda mavzuning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va dolzarb jihatlari tahlil qilingan.
M. qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada yadro reaktorlarida issiqlik gidravlikasi bilan bog‘liq asosiy muammolar, xususan, issiqlik ajralishi, sovutish suvi oqimining gidrodinamik xususiyatlari ikki fazali oqim rejimlari, kritik issiqlik oqimi holati hamda bosimdagi yo‘qotishlar ilmiy-tahliliy asosda yoritilgan. Tadqiqotda issiqlik almashinuvi va gidrodinamik qarshilik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash uchun nazariy tenglamalar, soddalashtirilgan hisobiy modellash va muhandislik tahlili qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yadro reaktorlarida xavfsiz ekspluatatsiyani ta‘minlash uchun issiqlik yuklamasi, sovutuvchi sarfi, Reynolds soni, Nusselt kriteriyasi va kritik issiqlik oqimi chegaralari o‘zaro uyg‘un holda boshqarilishi zarur. Shuningdek, issiqlik gidravlikasi muammolarini kamaytirishda optimallashgan oqim rejimi rivojlangan nazorat tizimlari va zamonaviy hisoblash usullarining ahamiyati asoslab berilgan.
Karshiyeva Dilafruz Suyunovna, Maxamatova Munisa Mamirzo qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada televideniye, kino, ijtimoiy tarmoqlar, reklama va raqamli platformalarni o‘z ichiga olgan ommaviy axborot vositalarining bolalarning ijtimoiy rollar, xususan, otalik haqidagi tasavvurlarini shakllantirishdagi roli tahlil qilinadi. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, kultivatsiya nazariyasi hamda rivojlanish psixologiyasi doirasida OAVdagi otalar obrazlari (an‘anaviy stereotiplar, chetda qolgan yoki yo‘q otalar, parvarish va tarbiyada faol ishtirok etuvchi otalar) bolalarning gender rollari, hissiy ifodalilik va oilaviy mas‘uliyat haqidagi qarashlariga qanday ta‘sir ko‘rsatishi ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar sharhi OAVda stereotipik tasvirlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, ijobiy va g‘amxo‘r ota modeli ham tobora ko‘proq uchrayotganini ko‘rsatadi. Maqolada OAV yaratuvchilari, pedagoglar va ota-onalar uchun otalikning muvozanatli va xilma-xil tasvirlarini targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Ирина Вагифовна Габибова, Мафтуна Мурод кизи Мухитдинова · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqola sil kasalligini davolashga ixtisoslashgan tibbiy muassasalarda (ftiziatrik statsionarlar va dispanserlarda) terapevtik ta‘sirni kuchaytirishning innovatsion vositasi sifatida biofil dizaynni qo‘llashga bag‘ishlangan. Muallif bemorlarning psixoemotsional holatini yaxshilash, stressni kamaytirish va sog‘ayishni tezlashtirish maqsadida tabiiy elementlarni — atriumlar, qishki bog‘lar, fitodevorlar va yorug‘lik quduqlari kabilarni — binolarning fazoviy tashkil etilishiga integratsiya qilishni ko‘rib chiqadi. Ilmiy tadqiqotlar va amaliy misollar tahlili asosida ushbu elementlar tabiiy muhitga taqlid qiluvchi uyg‘un muhit yaratishga qanday xizmat qilishi ko‘rsatilgan, bu esa yopiq xonalarda uzoq muddat bo‘lish sharoitida ayniqsa dolzarbdir. Sanitariya-gigiyena me‘yorlari va ftiziatriya o‘ziga xosligini hisobga olgan holda biofil yechimlarni loyihalash va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar taklif etilgan. Maqola biofil dizaynning reabilitatsiya samaradorligi va bemorlar hayot sifatini oshirishdagi salohiyatini ta‘kidlaydi.
Ирина Вагифовна Габибова, Мафтуна Мурод кизи Мухитдинова · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida ixtisoslashtirilgan sil va pulmonologiya tibbiyot muassasalarining ekspluatatsion moslashuvchanligini oshirish vositasi sifatida modulli loyihaviy yechimlar ko‘rib chiqiladi. Sil shifoxonalari va dispanserlarining joriy holati tahlil qilinib, seysmik faollik, iqlimiy xususiyatlar hamda epidemiologik vaziyatni hisobga oluvchi modulli loyihalash tamoyillari taklif etiladi. Bunday yechimlarning epidemiyalar va nafas yo‘llari kasalliklarining mavsumiy kuchayishlari kabi turli ssenariylarga tez moslashishdagi samaradorligi asoslab beriladi. Joriy etish misollari va iqtisodiy tahlil keltirilgan.
А.С.Даминов, К.Х.Уроков, И.Х.Райимкулов, Г.Г.Джабборов, З.А.Алибоев, Г.С.Эшонкулова · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada O‘zbekistonning cho‘l, yarim cho‘l, tog‘ oldi, tog‘ hududlarida o‘suvchi Ferula L. turkumiga mansub o‘simlik turlari, ularning tarqalishi, botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, dorivorlik xususiyatlari haqidagi adabiyot ma‘lumotlari tahlili keltirilgan.
Rejepbayev J.E., Gabbarova U.U., Zoitova S.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada Penstrep 400 preparatining farmakologik xususiyatlari hamda qoramollarda infeksion kasalliklarni davolashdagi ximioterapevtik ta‘siri yoritib berilgan. Preparat tarkibiga kiruvchi penitsillin va streptomitsin antibiotiklarining kombinatsiyasi keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lib, gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarga nisbatan yuqori bakteritsid samaradorlik ko‘rsatadi. Penstrep 400 ning organizmda so‘rilishi, taqsimlanishi va chiqarilishi, shuningdek uning terapevtik konsentratsiyani uzoq muddat saqlab turish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari preparatning nafas olish yo‘llari, ovqat hazm qilish tizimi, siydik-jinsiy a‘zolar va sut bezlari infeksiyalarini davolashda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Rejepbaev J.E., Kidirniyazova K. T., Zoitova S.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada sigirlarda ko‘payish tizimi patologiyalarini davolash va oldini olishda E-selen preparatining farmakologik ta‘siri yoritib berilgan. Tadqiqotlarda E vitamin va selenning antioksidant, immunomodulyator hamda metabolik jarayonlarni faollashtiruvchi xususiyatlari natijasida reproduktiv organlar faoliyati yaxshilanishi asoslab beriladi. E-selen preparatini qo‘llash tug‘ruqdan keyingi asoratlar bachadonning subinvolyutsiyasi, endometrit, yo‘ldoshning tushmasligi va tuxumdonlar funksional buzilishlarini kamaytirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Preparat sigirlarda estrus siklining normallashuvi, urug‘lanish ko‘rsatkichining oshishi va bepushtlik holatlarining kamayishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Olingan ma‘lumotlar E-selen preparatini chorvachilik xo‘jaliklarida profilaktik hamda terapevtik maqsadlarda keng qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi
M.Yu.Raximov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada mahalliy iqlim sharoitlarida asalarilar (Apis mellifera L.) invazion kasalliklarining yashirin (subklinik) shakllarini erta aniqlashda zamonaviy diagnostik yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot asosan Varroa destructor kanasi va Nosema spp. mikrosporidiyalarining past invazion darajada kechuvchi holatlarini aniqlash muammolariga qaratilgan. Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, an‘anaviy mikroskopik diagnostika usullari subklinik invaziyalarni aniqlashda yetarli sezgirlikka ega emas. Shu bois molekulyar diagnostika usullari, xususan real vaqtli polimeraza zanjir reaksiyasi yordamida patogenlarning DNK/RNA darajasida aniqlanishi erta tashxis imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Maqolada zamonaviy diagnostik metodlarning afzalliklari, ularning cheklovlari hamda mahalliy iqlim sharoitlarida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilingan. Olingan tahlillar invazion kasalliklarni erta aniqlash va asalarilar sog‘lig‘ini monitoring qilishda integratsiyalashgan diagnostik yondashuvlarni joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari asalarichilikda profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish va koloniyalar barqarorligini ta‘minlash uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
M.A.Jumanov, Z.N.Mahammadiyev, M.I.Xushnazarova · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada baliqlarni organoleptik va gelmintologik tekshirish usullari batafsil yoritilgan. Tadqiqot jarayonida tashqi ko‘rik, jabra apparati, ko‘z, ichki a‘zolar, mushak to‘qimalari hamda markaziy nerv tizimini tekshirish metodlari qo‘llanildi. Parazitlarni aniqlashda kompressor usuli, mikroskopik kuzatuv va konservatsiya texnikalari tavsiflandi. Gelmintlarni aniqlash, sanash (ekstensivlik va intensivlik ko‘rsatkichlari), ularni fiksatsiya va saqlash qoidalari ilmiy asosda bayon etildi. Mazkur metodika baliqlarning parazitofaunasini aniqlash va epizootologik holatini baholashda muhim ahamiyatga ega.
N.B.Babamuratova, B.A.Elmurodov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada sun‘iy havzalarda yetishtiriladigan karp baliqlarida psevdomonozning epizootologiyasi, tashxisi, klinik belgilar hamda davolash va oldini olosh usullari bo‘yicha ilmiy manbalar umumlashtirilgan.
Avezimbetov Shavkat Do‘simbetovich, Khojamuratova Azada Yakupbay qizi, Xushnazarov Alisher Xudoyberdi o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada parrandalarda keng tarqalgan protozoy kasallik — eymeriozning epizootik ahamiyati, tarqalish omillari, klinik belgilari hamda patologoanatomik tashhisining ilmiy tahlili keltirilgan. O‘rganish natijalari eymeriozni erta aniqlash, oldini olish va samarali davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Avezimbetov Shavkat Do‘simbetovich, Khojamuratova Azada Yakupbay qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu maqolada parrandachilik xo‘jaliklarida keng tarqalgan eymerioz (koksidioz) kasalligiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, xususan vaksinalar va antikoksidial dorilarning samaradorligi, afzalliklari hamda cheklovlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda ionofor va kimyoviy antikoksidial preparatlarning ta‘sir mexanizmi, ulardan foydalanish strategiyalari, parazitlarda doriga chidamlilik (rezistentlik) shakllanishi va bu jarayonning global miqyosdagi oqibatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
Равшанов Даврон Мавлонович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Kirish. Bosh miya birlamchi o‘smalari bo‘lgan bemorlar omon qolishining yaxshilanishi aniq va turg‘un funksional buzilishlari bo‘lgan bemorlar sonining ortishiga olib keldi. Ko‘p tarmoqli statsionarlarning klinik amaliyotida reabilitatsiya masalalari ko‘pincha onkologik davolashga nisbatan ikkilamchi bo‘lib qolmoqda, bu esa bemorlarning funksional tiklanishi va ijtimoiy moslashuvi salohiyatini cheklaydi. Maqsad. Bemor marshruti va tashkiliy cheklovlarni hisobga olgan holda, real klinik amaliyot nuqtai nazaridan bosh miya birlamchi o‘smalari bo‘lgan bemorlarda statsionar neyroreabilitatsiyaning funksional natijalarini baholash. Materiallar va usullar. Neyroxirurgik va/yoki kombinatsiyalangan davolashdan so‘ng statsionar reabilitatsiya kursidan o‘tgan, bosh miya birlamchi o‘smalari bo‘lgan bemorlarning klinik yo‘naltirilgan tahlili o‘tkazildi. Funksional holat kelib tushganda va chiqarilganda Functional Independence Measure (FIM) shkalasi yordamida baholandi. Tahlil klinik kuzatuvlarni, funksional maqom dinamikasini va reabilitatsiya bo‘limida qolish davomiyligini o‘z ichiga oldi. Natijalar. Aksariyat hollarda chiqarilish vaqtiga kelib funksional holatning klinik jihatdan ahamiyatli yaxshilanishi qayd etildi. Funksional o‘sishning ifodalanganligi o‘smaning gistologik turi va joylashuviga kamroq, boshlang‘ich funksional mustaqillik darajasi va reabilitatsiya boshlanish muddatlariga ko‘proq bog‘liq bo‘ldi. Kelib tushganda funksional maqomi yuqoriroq bo‘lgan bemorlar, qoida tariqasida, statsionar reabilitatsiyaning qisqaroq davomiyligini talab qildi. Xulosa. Statsionar neyroreabilitatsiya bosh miya birlamchi o‘smalari bo‘lgan bemorlarni davolashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi va o‘smaning onkologik xususiyatlaridan qat‘i nazar funksional natijalarni yaxshilashga xizmat qiladi. Reabilitatsiyani bemor marshrutining erta bosqichlariga integratsiya qilish klinik jihatdan asosli ko‘rinadi va ko‘p tarmoqli statsionarlar sharoitida yanada rivojlantirishni talab qiladi.
Равшанов Даврон Мавлонович · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Bosh miya birlamchi o‘smalarini neyroxirurgik davolashdan so‘ng kognitiv buzilishlar klinik jihatdan muhim muammo bo‘lib qolmoqda, ayniqsa meningioma va past darajali gliomasi bo‘lgan bemorlarda. Neyroxirurgik va onkologik natijalar qoniqarli bo‘lishiga qaramay, ko‘plab bemorlarda uzoq muddatli kuzatuvda kognitiv charchoq, diqqatning pasayishi, ijro etuvchi funksiyalarning buzilishi va mehnat faoliyatiga qaytishdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. So‘nggi yillarda kognitiv reabilitatsiyada raqamli va eHealth-texnologiyalardan foydalanishga qiziqish ortib bormoqda. Ushbu maqolada bosh miya birlamchi o‘smalarini neyroxirurgik davolashdan so‘ng kognitiv reabilitatsiyada eHealth-dasturlarini erta qo‘llashning samaradorligi va cheklovlari klinik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Klinik tadqiqotlar va amaliy kuzatuvlar asosida bemorlarni tanlash, reabilitatsiyani boshlash vaqti, ob‘ektiv test natijalari bilan sub‘ektiv baholash o‘rtasidagi tafovutlar hamda neyroxirurgik statsionar sharoitida raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi muammolar muhokama qilinadi. Kognitiv reabilitatsiyada individual va bemorga yo‘naltirilgan yondashuv zarurligi asoslab beriladi.
Tuxtanazarova Shavkiya Ibatovna, Djumayev Aloxiddin Umirzakovich, Djumayev Nizomitdin Umurzakovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ushbu ilmiy maqolada bo‘yinning asosiy nerv va qon tomirlarining topografik-anatomik munosabatlari chuqur tahlil qilinib, ularning klinik va jarrohlik amaliyotidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida bo‘yin sohasidagi yirik qon tomirlari (umumiy uyqu arteriyasi, ichki va tashqi uyqu arteriyalari, bo‘yin venalari) hamda asosiy nerv tuzilmalari (nervus vagus, nervus hypoglossus, bo‘yin simpatik poyasi)ning o‘zaro joylashuvi va individual anatomik o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Olingan natijalar asosida bo‘yin sohasiga operativ kirish yo‘llarini takomillashtirish, jarrohlik aralashuvlarida asoratlar xavfini kamaytirish hamda nerv va qon tomirlarining shikastlanishining oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari jarrohlik, anatomik va klinik fanlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Tuxtanazarova Shavkiya Ibatovna, Djumayev Aloxiddin Umirzakovich, Djumayev Nizomitdin Umurzakovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Qorin old devori qon tomirlarining topografik joylashuvi xirurgik amaliyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, turli xil operativ aralashuvlar vaqtida qon ketish asoratlarini oldini olishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada qorin old devorining yuzaki va chuqur qon tomirlari, jumladan, epigastrik arteriyalar va ularning anatomik variantlari topografik-anatomik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida qon tomirlarning mushak va fastsiya qatlamlariga nisbatan joylashuvi, ularning individual anatomik o‘zgaruvchanligi hamda operativ kesmalar bilan o‘zaro munosabatlari o‘rganiladi. Olingan natijalar qorin bo‘shlig‘iga kirish yo‘llarini ilmiy asosda tanlash, laparoskopik va ochiq operatsiyalar davomida tomir shikastlanishlarini kamaytirish hamda operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini pasaytirishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot natijalari amaliy xirurgiya va operativ anatomiyani o‘qitish jarayonida ham qo‘llanishi mumkin.
Tokhirov Sheroz Mardonkulovich, Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, Djuraeva Zilola Aramovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Tarqalgan peritonit shoshilinch abdominal xirurgiyaning eng murakkab muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda hamda operatsiyadan keyingi asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichining (letallikning) yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotning maqsadi holat og‘irligining integral shkalalari prognostik ahamiyatini baholash va tarqalgan peritonit bilan og‘rigan bemorlarda xirurgik taktikani tanlashga nisbatan tabaqalashtirilgan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Mannheim Peritonitis Index (MPI), APACHE II va SOFA shkalalaridan foydalangan holda bemorlarni davolash natijalari tahlil qilindi. Holat og‘irligini kompleks baholash laparotomiyani yakunlashning yopiq, yarim ochiq va ochiq usullariga bo‘lgan ko‘rsatmalarni obyektivlashtirish, asossiz relaparotomiyalar sonini kamaytirish va davolash natijalarini yaxshilash imkonini berishi aniqlandi.