BALIQLARNING PSEVDOMONOZI (Adabiyotlar tahlili)
N.B.Babamuratova, B.A.ElmurodovVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 280–284
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun‘iy havzalarda yetishtiriladigan karp baliqlarida psevdomonozning epizootologiyasi, tashxisi, klinik belgilar hamda davolash va oldini olosh usullari bo‘yicha ilmiy manbalar umumlashtirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПСЕВДОМОНОЗ РЫБ (Обзор литературы)
В данной статье предоставлен обзор научных источников по эпизоотологии, диагностике, клинических признаков, а также методы лечения и профилактики псевдомоноза карповых рыб, выращиваемых в искусственных водоемах.
inglizchaPSEUDOMONOSIS OF FISHES (Literature review)
This article generalizes the scientific sources on the epizootology, the diagnosis and the clinical signs of pseudomonosis in carp fishes reared in artificial reservoirs, as well as on the methods of its treatment and prevention.
Kalit so‘zlar
- baliq
- suv
- Pseudomonoz
- bakteriya
- havza
- Pseudomonas cyprinisepticum
- Ps. fluorescens
- karp
- do‘ngpeshona (tolstolob)
- biosinov. ПСЕВДОМОНОЗ РЫБ (Обзор литературы)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UO‘K: 619:639:309.616. BALIQLARNING PSEVDOMONOZI (Adabiyotlar tahlili) N.B.Babamuratova, B.A.Elmurodov Veterinariya ilmiy-tadqiqot istituti https://doi.org/10.5281/zenodo.19037925 Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy havzalarda yetishtiriladigan karp baliqlarida psevdomonozning epizootologiyasi, tashxisi, klinik belgilar hamda davolash va oldini olosh usullari bo‘yicha ilmiy manbalar umumlashtirilgan. Kalit so‘zlar: baliq, suv, Pseudomonoz, bakteriya, havza, Pseudomonas cyprinisepticum, Ps. fluorescens, karp, do‘ngpeshona (tolstolob), biosinov.
ПСЕВДОМОНОЗ РЫБ (Обзор литературы) Аннотация: В данной статье предоставлен обзор научных источников по эпизоотологии, диагностике, клинических признаков, а также методы лечения и профилактики псевдомоноза карповых рыб, выращиваемых в искусственных водоемах. Ключевые слова: рыба, вода, Псевдомоноз, бактерии, пруд, Pseudomonas cyprinisepticum, Ps. fluorescens, карп, толстолоб, биотест.
PSEVDOMONOZ IN FISH (Literature Review) Annotation: This article provides an overview of scientific sources on the epizootology, diagnosis, clinical signs, and methods of treatment and prevention of pseudomonas in carp fish raised in artificial reservoirs. Keywords: fish, water, Pseudomonas, bacteria, pond, Pseudomonas cyprinisepticum, Ps. fluorescens, carp, silver carp, biotest.
KIRISH Bugungi kunda dunyo aholisining qishloq xoʻjalik mahsulotlariga, shu jumladan, baliq va undan tayyorlanadigan parhеz oziq ovqat mahsulotlariga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ushbu talabni qondirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, baliq mahsulotlarini ishlab chiqarishni kеngaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Dunyo miqyosidagi suv havzalaridan samarali foydalanish tеxnologiyalarini ishlab chiqish, baliq mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish, sun'iy suv xavzalarida intеnsiv baliqchilikni rivojlantirish hisobigagina baliqchilikda rеntabillikni oshirish mumkin. Shuningdеk yer yuzining turli mintaqalarida karpsimon baliqlarni koʻpaytirish uchun ularni urchitmoqda. Baliqchilik sohasida ishlab chiqarishning jadallashuvi infektsion kasalliklarning ahamiyatini oshirdi, ayniqsa bakterial etiologiyali kasalliklar [4,5]. Psevdomonoz shartli patogen kasallik sifatida alohida oʼrin tutadi. Qulaysiz muhit sharoitida, baliqlarning immun rezistentligi pasayganda kasallik epizootik yoki enzootik shaklda namoyon boʼladi [6]. Soʻngi yillarda mazkur tur baliqlarning psеvdomonoz kasalligini tеzkor aniqlash kasal baliqlarni patomorfologik tеkshirish va ularni oldini olish xozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. MAVZUNING DOLZARBLIGI
Oʻzbеkistonning barcha baliqchilik xoʻjaliklarida ayniqsa karpsimon baliqlar orasida infektsion kasalliklarini koʻp uchrashi baliqchilik sohasini rivojlantirishda asosiy muammolardan biridir [3]. Baliqchilik sohasining taraqqiyoti uchun baliqlar orasida uchrab turadigan infektsion kasalliklarga qarshi samarali kurashish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Vеtеrinariya fani oldida turgan eng muhim muammolardan biri baliqlarning infеksion kasalliklariga tashhis qoʻyish, oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish hisoblanadi. Yuqorida koʻrsatilgan muammolarni bartaraf etish uchun vеtеrinariya - sanitariya talablaridan tashqari, yuzaga kеlgan vaziyatni chuqurroq va atroflicha ilmiy talqin qilish lozim. Psevdomonoz – bu baliqlarning infeksion kasalligi bo‘lib, Pseudomonas avlodiga mansub bakteriyalar (Pseudomonas cyprinisepticum, Ps. fluorescens, Ps. putida, Ps. aureofaciens, Ps. chlororaphis, Ps. dermoalba, Ps. Intestinalis) tomonidan chaqirilib, karp, sazan, ularning gibridlari, kumush rangli tovonbaliq, ola peshonado‘ng, oq peshonado‘ng baliqlarning, oq amur baliqlarining bir va ikki yoshli baliqlar orasida kuzatiladi [2,9]. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – harakatchan, grammanfiy, uzunligi 1-2 mkm, eni 0,5-0,7 mkm, qonda kapsula hosil qiluvchi, spora hosil qilmaydigan tayoqchasimon bakteriyadir [7]. Eng koʼp tarqalgan turi — Pseudomonas fluorescens [1]. Qoʼzgʼatuvchi suv muhitida, suv tubidagi tuproqda va baliqchilik inventarlarida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega [8]. Qoʼzgʼatuvchi organizmga teri, jabra va ovqat hazm qilish tizimi orqali kirib boradi [11]. Bakteriyalar tomonidan ishlab chiqarilgan toksinlar toʼqimalarda distrofik va nekrotik oʼzgarishlarni keltirib chiqaradi [12]. Natijada septitsemiya rivojlanib, ichki aʼzolarda qon aylanishining buzilishi va metabolik oʼzgarishlar yuzaga keladi [1,3]. Kasallik koʼpincha bahor va kuz mavsumlarida, suv haroratining keskin oʼzgarishi, kislorod tanqisligi va baliqlarning zich joylashishi sharoitida kuzatiladi [10]. Yosh baliqlarning o‘limi 30-40% ga, agarda kasallik o‘tkir oqimda kechsa, barcha kasal baliqlar nobud bo‘ladi. Yozda oq amur va do‘ngpeshona baliqlarida psevdomonoz kasalligi Ps. dermoalba, Ps. intestinalis bakteriyalari tomonidan chaqiriladi. Kasallikni kuchayishiga baliqlarni qishlash sharoitiga veterinariya-sanitariya va zoogigienik talablarining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, antisanitariya holatida turgan qishlovchi hovuzlarlarda o‘sgan suv o‘tlarining yoz davomida qurimasligi qo‘proq psevdomonozni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bahorda, baliqlarni yayrovchi hovuzlarga o‘tkazilgandan keyin kasallik to‘xtaydi va butun yoz davomida kelib chiqmaydi. Kasallik manbai – bu kasal va kasallanib sog‘aygan hovuzli baliqlar, hamda bosh hovuzlarda yashovchi yirtqich baliqlar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchiаlar to'g'ridan-to'g'ri kontakt orqali, suv, baliq ovlash vositalari, idishlar va baliq tashish paytida shikastlangan teri va jabralar orqali yuqadi. Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning inkubatsiya davri aniqlanmagan. Kasallikning o'tkir shaklida baliqlar holsizlangan, tashqi taasurotlarga javob bermaydi, toza suv oqimiga kelib to‘planib qoladi. Kuchsizlangan, holdan toygan baliqlarni suv oqimi oqizib yuborib suv chiqarib yuboradigan uskunalarni panjalari oldida yig‘iladi, ularni qo‘l bilan ushlashi oson. Klinik jihatdan psevdomonoz kasalligi turli baliq turlarida o‘xshash tarzda namoyon bo'ladi, ammo belgilari bakteriyaning patogenligiga va baliqning sezuvchanligiga qarab farq
qiladi. Bu belgilar Ps. cyprinisepticum va Ps. fluorescens bilan kasallangan karp va do‘ngpeshona baliqlarida eng aniq namoyon bo‘ladi [2,4,5].
1-rasm. Psevdomonozda baliqning ko‘rinishi Kasallikning o'tkir shaklida sazan va karp baliqlarida bir yoki ikki tomonlama ekzoftalmiya, teri tangachalarni manbali to‘kilishi va qorinning kattalashuvi (suvning to‘planishi oqibatida) kuzatiladi. Tangachalar to‘kilgan joylar qora-yashil tusdagi dog‘lar tovlanuvchi qoramtir rangga kiradi, tananing turli qismlarida, ayniqsa jabra qopqoqchasi, ko‘krak va qorin suzg‘ichlarining asosida nuqtasimon yoki dog‘li qon quyilgan, hamda ko‘zning oq pardasida o‘roqsimon qon quyilishlar kuzatiladi. Do‘ngpeshona baliqlar jabra qopqoqlarida, ko‘z sklerasida, suzgichlarning asosida va yon devorlarida qon quyilishlar kuzatiladi, qorin bo‘shlig'i shishishi aniq ko‘rinmaydi. Jabralar deyarli qonsiz va kulrang-oq rangda. Ularning qonida gemoglobinni aniqlash qiyin. Yozda oq amur baliqlarida psevdomonoz kasalligi avj olganda, teri qorayadi va qorin bo‘shlig‘ida o‘sma shaklidagi shish paydo bo‘ladi. paypaslaganda, bu shish qon bilan aralashgan shilimshiq quyqalarning anusdan chiqishiga olib keladi. Do‘ngpeshonada esa, aksincha, terining oqaishi kuzatiladi va baliqlar muvozanatini yo‘qotib, boshini pastga qaratib suzadi. Baliqlarning ommaviy o‘limi birinchi belgilar paydo bo‘lganidan 2-3 kun o‘tgach boshlanadi. PATOLOGOANATOOOMIK O‘ZGARISHLARI O‘lgan yoki kasal baliqlarni yorib ko‘rilganda, ularning qorin bo‘shlig‘ida katta miqdordagi sarg‘ich-yashil yoki qon aralash shilimshiq suyuqlik borligi kuzatiladi. Jigar kattalashgan, oqargan bo‘lib, qon quyilgan uchastkalari mavjud. Buyraklar ezilgan, nuqtasimon qon quyilgan. Taloq kuchli kattalashgan, qoramtir-qizil tusda, chetlari silliq, ichakning shilliq qatlami giperemiyalashgan, ba’zan nuqtasimon qon quyilgan bo‘lib, ichakda shilimshiq ekssudat mavjudligi aniqlanadi [4,5,7]. DIAGNOZ Kompleks usulda: epizootologik ma'lumotlar, klinik belgilar, patanatomik o‘zgarishlar hamda bakteriologik tekshiruv va biosinov qo‘yish asosida qo‘yiladi [3,8,11]. Psevdomonozga aeromonoz, furunkulyoz va mikobakteriozdan farqlab tashxis qo‘yiladi [2,9]. Gistologik tekshiruvlarda distrofiya, nekroz va qon tomir oʼzgarishlari kuzatiladi [12, 13]. Bakteriologik tekshirish uchun faqat tirik kasal baliq olinadi. Har bir holat uchun eng kamida 5 ta baliq olinadi. Qon (dum arteriyasi), astsit suyuqligi, jigar, taloq, buyraklardan patologik material olib go‘sht-peptonli bul’on va go‘sht-peptonli agarda, muhit pH–7,2-7,4 da ekiladi. Asosiy e’tiborni qondan tayyorlangan patmaterialga qaratiladi, chunki bunda
qo‘zg‘atuvchining serob o‘sgan toza kulturasi olinadi. Ajratib olingan toza kulturani patogenlik va virulentlik xususiyatini aniqlash uchun biosinov quyiladi. Har bir ajratib olingan kultura bilan sog‘lom xo‘jaliklardagi kamida 10 ta sog‘lom karp turdagi baliqlarning bir yoshdagilari yoki do‘ngpeshona baliqlari (og‘irligi 30-50 gramm) sun’iy ravishda zararlantiriladi. Ushbu maqsad uchun 2-sutkalik kulturali bul’ondan 0,1 ml yuboriladi va 10-15 kun davomida kuzatuv olib boriladi. Qiyoslash maqsadida 10 ta baliqqa alohida go‘shtpeptonli bul’onning steril holatda 0,1 mlda yuboriladi. Akvariumda suv harorati 3-15 oC bo‘lishi kerak. Suvning harorati qancha yuqori bo‘lsa, kasallikning klinik belgilari shuncha tez namoyon bo‘ladi. Psevdomonozda kasallikning yashirin davri tabiiy sharoitda harorat 2-7 oC da 1-2 oyga teng, eksperimental sharoitda esa suv harorati +15-18oC bo‘lganida yashirin davri muddati qisqarib 3-5 kunni tashkil qiladi. Agarda, kulturali bul’ondan so‘ng tajribadagi baliqlarning 50% nobud bo‘lsa, biosinov musbat deb baholanadi. Davolashda antibiotiklar faqat qoʼzgʼatuvchining sezuvchanligini hisobga olgan holda qoʼllaniladi [7, 15]. PROFILAKTIKASI Qishlovchi komplekslar sharoitida bir qator veterinariya-sanitariya, baliqchilikbiotexnologiyaviy va umumiy zoogigienik tadbirlarni o‘z vaqtida va puxta amalga oshirishga asoslangan bo‘lishi shart. Birinchi navbatda qishlovchi basseynlarga baliqlarni o‘tkazishdan oldin, hovuzlar yozgi ekspluatasiyadan so‘ng basseynlarni devorlarida, tagida yig‘ilgan, hamda gidrogenizator va filtrlovchi aeratorlar loyqa va shilliqlardan yaxshilab tozalanadi. So‘ngra basseynlar toza suv bilan yuvilib 10%-li yangi tayyorlangan xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Bir kun o‘tgach basseyn suv bilan to‘ldiriladi va xlorning qoldig‘i aniqlanadi, agarda uning miqdori 0,3-0,5 g/l-dan yuqori bo‘lsa, basseyn dagisuvni oqizib yuboriladi va qaytadan toza suv bilan to‘ldiriladi. Barcha baliq ovlovchi asbob-uskunalar 4%-li formalin eritmasida bir soat davomida dezinfeksiyalanadi [5,6,10,14]. XULOSA Baliqlarning psevdomonoz kasalligi baliqchilik xoʼjaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiruvchi kasalliklardan bo‘lib, ularni eng avvalo tovarlik ko‘rinishining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Kasallikni oʼz vaqtida aniqlash, kompleks profilaktika choralarini amalga oshirish va ilmiy asoslangan davolash usullarini qoʼllash iqtisodiy yoʼqotishlarni kamaytiradi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar15 ta adabiyot
- Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги. Балиқчилик хўжаликларида ветеринария-санитария қоидалари. – Тошкент, 2019. – 45 б.
- Иванов А.А. Ихтиопатология. – М.: Агропромиздат, 1988. – 400 с.
- Каротова Д.М. Балиқларда бактериал касалликларнинг патоморфологияси. – Автореф. дисс. канд. вет. фан. – Тошкент, 2012. – 24 б.
- Лысенко Ф.Ф. Патология рыб. – М.: Лёгкая и пищевая промышленность, 1982. – 280 с.
- Музыковский А.М. Инфекционные болезни рыб. – М.: Колос, 1973. – 320 с.
- Петришчак В.Ю. Бактериальные болезни прудовых рыб. – Киев: Урожай, 1985. – 256 с.
- Сафаров А.А., Ғаллаванов Б.Ш. Балиқ касалликлари ва уларга қарши кураш чоралари. – Самарқанд, 2010. – 156 б.
- Сеглер И., Пёкер С. Болезни пресноводных рыб. – М.: Мир, 1991. – 350 с.
- Томас А. Болезни рыб. – М.: Агропромиздат, 1989. – 432 с.
- Шакарбоев А.Ш. Ўзбекистонда балиқларнинг инфекцион касалликлари. – Тошкент, 2005. – 180 б.
- Austin B., Austin D.A. Bacterial Fish Pathogens. – Springer, 2016. – 652 p.
- FAO. Diseases of Farmed Fish: Diagnosis and Prevention. – Rome, 2018.– 120 p.
- Noga E.J. Fish Disease: Diagnosis and Treatment. – 2nd ed. – Ames: Wiley- Blackwell, 2010. – 536 p.
- Plumb J. A., Hanson L. A. Health Maintenance and Principal Microbial Diseases of Cultured Fishes. – Wiley-Blackwell, 2011. – 489 p.
- Roberts R.J. Fish Pathology. – 4th ed. – Oxford: Wiley-Blackwell, 2012. – 581 p.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013361
- Nashr sanasi
- 2026-03-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 2
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i2.2074
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 280–284
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06