Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishMaqola

    KO‘KRAK QAFASI VA QORIN BO‘SHLIG‘I A‘ZOLARINING QO‘SHMA JAROHATLARIDA BRONX-O‘PKA ASORATLARI: MUAMMONING ZAMONAVIY TAMOYILLARI

    Norov M.Ch., Mustafakulov I.B., Jurayeva Z.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ko‘krak va qorin bo‘shliqlarining qo‘shma jarohatlari shoshilinch xirurgiyadagi eng og‘ir shikastlanishlardan biri bo‘lib, o‘ta yuqori o‘lim ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi. O‘lim holatlarining sezilarli qismi bronx-o‘pka tizimiga ta‘sir qiluvchi operatsiyadan keyingi asoratlar bilan bog‘liq. Ushbu sharhda mahalliy va xorijiy mualliflarning qo‘shma jarohatlar epidemiologiyasi, nafas olish buzilishlarini keltirib chiqaruvchi patofiziologik xususiyatlar, shuningdek, bunday bemorlarni davolashdagi muhim tashkiliy, diagnostik va taktik yondashuvlarga bag‘ishlangan so‘nggi tadqiqotlari tahlil qilingan va tizimlashtirilgan. Operatsion agressiyani pasaytirish va respirator asoratlarning oldini olishning istiqbolli usuli sifatida videotorakoskopiya va videolaparoskopiya kabi kam invaziv xirurgik texnologiyalarga alohida e‘tibor qaratilgan. Shuningdek, unifikatsiyalangan (yagona) diagnostik algoritmlarni ishlab chiqish va bronx-o‘pka asoratlari rivojlanishining individual xavf omillarini hisobga olgan holda xirurgik strategiyani to‘g‘irlash zarurligi ta‘kidlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishMaqola

    “OPEN ABDOMEN” TACTICS FOR DISSEMINATED PERITONITIS: INDICATIONS, COMPLICATIONS, AND TREATMENT RESULTS

    Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, Tokhirov Sheroz Mardonkulovich, Djuraeva Zilola Aramovna, Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, Tokhirov Sheroz Mardonkulovich, Djuraeva Zilola Aramovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    «Open abdomen» (ochiq qorin) taktikasi abdominal sepsis va qorin ichki gipertenziyasi sindromi bilan kechuvchi tarqalgan peritonitning eng og‘ir shakllarida qo‘llaniladi. Tadqiqotning maqsadi tarqalgan peritonit bilan og‘rigan bemorlarda «open abdomen» taktikasini qo‘llashga ko‘rsatmalar, asoratlar chastotasi va klinik samaradorligini baholashdan iborat bo‘ldi. Aniqlandiki, ushbu usul ko‘rsatmalarga qat‘iy rioya qilinganda asoslangan hisoblanadi, biroq u asoratlarning yuqori chastotasi bilan kuzatiladi hamda individual yondashuvni va bemor holatining dinamik monitoringini talab etadi. /

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishMaqola

    COMPARATIVE EFFECTIVENESS OF LAPAROSCOPIC AND OPEN ADHESIOLYSIS IN ACUTE ADHESIVE SMALL BOWEL OBSTRUCTION

    Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, Choriev Khaitmurod Kultura ugli, Djuraeva Zilola Aramovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    O‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi (O‘BIIT) qorin bo‘shlig‘i a‘zolaridagi shoshilinch jarrohlik amaliyotlari sabablari orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bitishma jarayonining og‘irligi, ichak shikastlanishi xavfi va rezeksiyaga bo‘lgan ehtiyojdagi farqlar tufayli maqbul kirish yo‘lini (laparoskopik yoki laparotomik) tanlash bahsli masala bo‘lib qolmoqda. Maqsad: O‘BIITda laparoskopik va ochiq adgeziolizisning bevosita natijalarini taqqoslash. Operatsiyalar tuzilmasi, ingichka ichak rezeksiyasi chastotasi, konversiyaga ehtiyoj, operatsiyadan keyingi asoratlar va klinik natijalar baholandi. Natijalar: Asosiy guruhda 60,0% bemorlarda videolaparoskopik adgeziolizis, 26,1% holatda laparoskopik-assistirlangan ichak rezeksiyasi bajarildi, 13,9% hollarda esa laparotomiyaga konversiya talab etildi. Nazorat guruhida ichak rezeksiyasi 48% bemorlarda bajarildi. Xulosa: Olingan ma‘lumotlar bemorlarni qat‘iy tanlab olish sharoitida laparoskopik texnologiyalarning samaradorligini tasdiqlaydi. Laparoskopik adgeziolizis O‘BIITni xirurgik davolashning istiqbolli usuli bo‘lib, aralashuv travmatikligini kamaytirish va operatsiyadan keyingi tiklanishni yaxshilash imkonini beradi, biroq tanlov mezonlariga rioya qilishni va kasallikning asoratlangan shakllarida konversiyaga tayyor turishni talab qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishMaqola

    OPERATSIYADAN KEYINGI BRONX-O‘PKA ASORATLARINI OLDINI OLISH TAMOYILLARIDA KO‘KRAK VA QORINNING QO‘SHMA JAROHATLARINI XIRURGIK TAKTIKASI

    Mustafakulov I.B, Norov M.Ch, Jurayeva Z.A. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i organlarining qo‘shma jarohatlari travmatik shikastlanishlarning eng og‘ir shakllariga kiradi hamda yuqori o‘lim ko‘rsatkichi va operatsiyadan keyingi asoratlarning sezilarli darajada ko‘pligi bilan tavsiflanadi. Noxush oqibatlar tarkibida bronx-o‘pka asoratlari, jumladan atelektazlar, pnevmoniya, o‘tkir respirator distress-sindrom va O‘SVga (o‘pkaning sun‘iy ventilyatsiyasi) bog‘liq gospital pnevmoniya yetakchi o‘rin tutadi. O‘lim holatlarining katta qismi jarohatlarning anatomik og‘irligi tufayli emas, balki taktik xatolar, diagnostik kechikishlar va nafas olish asoratlarining yetarli darajada profilaktika qilinmaganligi sababli yuzaga keladi. Ushbu sharhda qo‘shma torakoabdominal jarohatlarda bronx-o‘pka asoratlari shakllanishining patofiziologik mexanizmlari bo‘yicha zamonaviy qarashlar tahlil qilingan, nafas olish buzilishlarini oldini olish nuqtai nazaridan xirurgik taktika evolyutsiyasi va kirish yo‘lini tanlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Diafragma jarohatlarining roliga, minimal invaziv texnologiyalarni joriy etishga, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrning og‘irlashuvida asosiy omil sifatida O‘SVga bog‘liq gospital pnevmoniya muammosiga alohida e‘tibor qaratilgan. Xirurgik va reanimatsion strategiyalarni integratsiya qilish hamda xavfni erta stratifikatsiya qilishga asoslangan bronx-o‘pka asoratlarini oldini olishning zamonaviy yondashuvlari taqdim etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishMaqola

    TORAKOABDOMINAL JAROHATLARNI TASHXISLASH VA DAVOLASH TAKTIKASIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

    Jurayeva Z.A, Mustafakulov I.B, Norov M.Ch. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Torakoabdominal jarohatlar – bu ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining birgalikdagi shikastlanishi bo‘lib, bunda diafragma va diafragmaoldi a‘zolari zararlanadi. Ushbu jarohatlar og‘ir klinik kechishi, diagnostik xatolar uchrashining yuqoriligi va o‘lim ko‘rsatkichining balandligi (ayrim turdagi shikastlanishlarda 90% gacha yetishi) bilan tavsiflanadi. Asosiy muammo operatsiyadan oldingi diagnostikaning samaradorligi pastligidadir: an‘anaviy vizualizatsiya usullarining sezgirligi yetarli emas, bu esa diafragma nuqsonlarini kech aniqlashga va og‘ir asoratlar, jumladan, qisilgan diafragma churralari rivojlanishiga olib keladi. Xirurgik taktikada yagona yondashuv mavjud emas, aralashuv usulini tanlash esa ko‘pincha xirurgning subyektiv tajribasiga asoslanadi, bu taktik xatolar xavfini oshiradi. Zamonaviy tadqiqotlar xirurgik kirish yo‘lini oqilona tanlash va kam invaziv texnologiyalar – laparoskopiya va torakoskopiyani kengroq qo‘llash muhimligini ta‘kidlamoqda. Ushbu usullar yuqori diagnostik ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida davolash amaliyotlarini bajarish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida shoshilinch tibbiy yordamni rivojlantirish, klinikalarni jihozlash va kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda, bu esa endovizual texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish uchun zamin yaratadi. Mualliflar diagnostika va davolashning unifikatsiyalashgan (yagona) algoritmlarini ishlab chiqish zarurligini ta‘kidlaydilar, bu asoratlar chastotasini kamaytirish va torakoabdominal jarohatlangan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishMaqola

    ON-DEMAND RELAPAROTOMY AND PROGRAMMED SANITIZATION IN THE TREATMENT OF WIDESPREAD PERITONITIS

    Djuraeva Zilola Aramovna, Tokhirov Sheroz Mardonkulovich, Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Tarqalgan peritonitda qayta jarrohlik amaliyotlari taktikasini tanlash munozarali masala bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotning maqsadi tarqalgan peritonit bilan og‘rigan bemorlarda «talabga ko‘ra» relaparotomiya va dasturlashtirilgan sanatsion relaparotomiyalar samaradorligini qiyosiy baholashdan iborat edi. Davolashning klinik natijalari, asoratlar chastotasi va o‘lim ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Dinamik klinik-laborator monitoring ostida «talabga ko‘ra» relaparotomiyani qo‘llash orqali individuallashtirilgan yondashuv operatsion jarohatni (travmani) va operatsiyadan keyingi asoratlar sonini o‘lim ko‘rsatkichini oshirmasdan kamaytirishga imkon berishi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishMaqola

    OPTIMIZATION OF THE DIAGNOSTIC AND TREATMENT ALGORITHM FOR ACUTE ADHESIVE SMALL BOWEL OBSTRUCTION

    Djuraeva Zilola Aramovna, Choriev Khaitmurod Kultura ugli, Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    O‘tkir bitishmali ingichka ichak tutilishi (O‘BIIT) abdominal xirurgiyada shoshilinch gospitalizatsiyalarning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bo‘lib qolaveradi hamda ichak ishemiyasi va operatsiyadan keyingi asoratlarning yuqori xavfi bilan tavsiflanadi. Maqsad: O‘BIIT bo‘lgan bemorlarda optimallashtirilgan tashxis va davolash algoritmining samaradorligini baholash. Usullar: O‘BIIT bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalari tahlil qilindi. Tadqiqot klinik baholash, laborator ko‘rsatkichlar, instrumental usullar (rentgenografiya, UTT, ko‘rsatmalarga ko‘ra KT) va gospitalizatsiyaning dastlabki soatlarida dinamik kuzatuvni o‘z ichiga oldi. Konservativ taktikani tanlash mezonlari va erta jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Natijalar: Algoritmning qo‘llanilishi ichak tutilishining asoratlangan shakllarini erta aniqlash aniqligini oshirish, operatsiya to‘g‘risida qaror qabul qilish muddatlarini qisqartirish va operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Optimallashtirilgan algoritm davolash taktikasini oqilona tanlashni ta‘minlaydi va O‘BIIT bo‘lgan bemorlarda klinik natijalarning yaxshilanishiga yordam beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishMaqola

    PATHOGENETICALLY BASED CONSERVATIVE THERAPY IN THE COMPLEX TREATMENT OF ACUTE ADHESIVE SMALL BOWEL OBSTRUCTION

    Choriev Khaitmurod Kultura ugli, Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, Djuraeva Zilola Aramovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    O‘tkir chandiqli ingichka ichak tutilishi (O‘ChIIT) shoshilinch abdominal xirurgiyaning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda hamda asoratlar va qaytalanish (retsidiv) xavfining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Konservativ davolash faqat bemorlarning bir qismida samarali bo‘lib, patogenetik yondashuvning yetishmasligi uning natijalarini cheklaydi. Tadqiqot doirasida klinik, laborator va instrumental mezonlardan foydalangan holda diagnostik algoritm qo‘llanildi. Kompleks konservativ uslubni qo‘llash ijobiy klinik natijalar va laborator, rentgenologik hamda ultratovush tekshiruvlari ma‘lumotlariga ko‘ra motor-evakuator funksiyasi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi bilan kechdi. Ultratovush dupleks skanerlash ma‘lumotlariga ko‘ra, davolashdan so‘ng chegaralangan chandiqlari bo‘lgan bemorlarda tarqalgan chandiqlari bo‘lgan bemorlarga nisbatan Vmax va Vmin ko‘rsatkichlari statistik jihatdan ishonchli darajada yuqori bo‘lganligi qayd etildi (p

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishMaqola

    ETHICAL DEVELOPMENT AND MEDICAL DECISION-MAKING SKILLS IN MID-CAREER MEDICAL STAFFT

    Abzalova Dilafruz Ravshanbekovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada o‘rta faoliyat bosqichidagi tibbiyot mutaxassislarida axloqiy rivojlanish va tibbiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida bunday mutaxassislar katta tajribaga ega bo‘lgan shifokorlar hamda yosh xodimlar o‘rtasida muhim bo‘g‘in bo‘lib, murakkab klinik vaziyatlarda kasbiy mulohaza va axloqiy sezgirlikka tayangan holda qaror qabul qiladi. Axloqiy rivojlanish ma‘naviy muammolarni anglash, kasbiy qadriyatlarni ichkilashtirish va axloqiy dilemmalarni hal etishga ta‘sir ko‘rsatadi. Qaror qabul qilish ko‘nikmalari esa klinik dalillar, bemor qadriyatlari va vaziyat omillarini uyg‘unlashtirib, maqbul davolash yo‘lini tanlashni belgilaydi. 2010–2025-yillarda O‘zbekiston, MDH va xorijiy olimlar tomonidan chop etilgan nazariy adabiyotlar asosida maqolada axloqiy rivojlanish qaror qabul qilish jarayoniga qanday ta‘sir etishi va aksincha, qaror qabul qilish tajribasi axloqiy rivojlanishni qanday shakllantirishi ko‘rsatilgan yaxlit model taklif etiladi. Shuningdek, ushbu ikki kompetensiyaga ta‘sir qiluvchi institutsional, madaniy va ta‘limiy omillar yoritilib, sog‘liqni saqlash tashkilotlarida axloqiy professionallik va qaror qabul qilish salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishMaqola

    ЎСМИР СПОРТЧИЛАРНИ ЖИСМОНИЙ СИФАТЛАРИНИ РИВОЖЛАНИШ ДАРАЖАСИНИ АНИҚЛАШ БЎЙИЧА НАЗОРАТ

    D.N.Raxmatova · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Мақолада, енгил атлетикачиларнинг кўп йиллик тайёргарлик даврида машғулотлар жараёнини такомиллаштириш орқали 10-16 ёшли ўсмирларнинг жисмоний сифатларини ривожлантиришда қўлланиладиган восита ва усуллари бўйича маълумотлар келтирилган

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishMaqola

    8–10 YOSHLI GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY SIFATLARINI TAKOMILLASHTIRISH AHAMIYATI

    Yakubbayev Xabibillo Xamidboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada 8–10 yoshli gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini takomillashtirishda individual ta‘lim rejasi asosida mashq qilgan gimnastikachilar kuch, chidamlilik, tezlik va moslashuvchanlik kabi jismoniy sifatlarni ancha samarali rivojlantirganlari yoritilgan. Ushbu tadqiqot yosh gimnastikachilar uchun ta‘lim jarayonida individual yondashuvning ahamiyatini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini kengaytiradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishMaqola

    THE CONNECTION BETWEEN MORAL REASONING AND ANXIETY DISORDERS IN YOUTH

    Xalikulova Fazilat Toshboltayevna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada o‘smirlar va yoshlarda axloqiy mulohaza yuritish hamda xavotir buzilishlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlik rivojlanish, kognitiv-affektiv va psixososial yondashuvlar doirasida tahlil qilinadi. O‘smirlik axloqiy tafakkur va emotsional boshqaruv bir vaqtda yetiladigan muhim davr bo‘lib, bu jarayonlar ijtimoiy muhit, neyron rivojlanish va psixopatologik omillar ta‘sirida kechadi. Maqolada axloqiy rivojlanish nazariyalari (Kohlberg, Piaget), affektiv nevrofan va o‘smirlardagi xavotir buzilishlariga oid klinik tadqiqotlar umumlashtirilib, axloqiy hukm, stress reaksiyalari, o‘zini baholash va moslashuvchan bo‘lmagan xavotir o‘rtasidagi bog‘lovchi mexanizmlarga alohida e‘tibor qaratiladi. Empirik natijalar shuni ko‘rsatadiki, axloqiy mulohazaning yuqori darajasi odatiy ijtimoiy bosim sharoitida hissiy tanglikni kamaytirishi mumkin, biroq axloqiy ziddiyat, ijtimoiy baholanish yoki axloqiy muvaffaqiyatsizlik hissi mavjud vaziyatlarda xavotirni kuchaytirishi ham mumkin. Tadqiqot natijalarining erta aralashuv, ta‘lim siyosati va kelgusidagi izlanishlar uchun ahamiyati muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishMaqola

    VOLEYBOLCHILARNING UMUMIY VA MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGI

    Uraimov Jaxongir Tulanboy o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada voleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligi masalalari tahlil qilingan. Muallif ushbu maqolada sport mashg‘ulotlarining zamonaviy tizimida jismoniy tayyorgarlikning ahamiyatiga alohida e‘tibor qaratadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishMaqola

    THE IMPACT OF SELF-AWARENESS ON THE MEDICAL HEALTH OF YOUNG PEOPLE

    Shoraximova Arofat Tuxtamuratovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada o‘zini o‘zi anglashning yoshlarning tibbiy salomatligiga ta‘siri tahlil qilinadi. Zamonaviy psixologiya va tibbiyotda o‘zini o‘zi anglash o‘smirlar hamda yoshlar orasida salomatlik natijalari, profilaktik xulq-atvor, ruhiy farovonlik va turmush tarzini tanlashga ta‘sir etuvchi muhim shaxsiy omil sifatida qaralmoqda. 2010–2025-yillarda O‘zbekiston, MDH va xalqaro miqyosda olib borilgan tadqiqotlarning nazariy asoslariga tayangan holda, maqolada o‘zini o‘zi anglash bilan jismoniy va psixologik salomatlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntiruvchi empirik natijalar hamda konseptual yondashuvlar umumlashtiriladi. O‘zini o‘zi anglash hissiy, kognitiv va xulqiy tarkibiy qismlardan iborat ko‘p o‘lchovli konstrukt sifatida ko‘rib chiqilib, uning o‘z-o‘zini parvarish qilish, sog‘lom odatlar, xavfli xatti-harakatlarning kamayishi, stressni boshqarish va tibbiy tavsiyalarga rioya etish bilan bog‘liqligi yoritiladi. Metodologik jihatdan ushbu nazariy tadqiqot psixologiya, tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlariga oid ilmiy manbalarni tizimli tahlil qilishga asoslanadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘zini o‘zi anglaydigan yoshlar sog‘lom turmush tarzini olib boradi, stressga nisbatan bardoshli bo‘ladi / va nomoslashgan xatti-harakatlar kamroq kuzatiladi. Tahlil o‘zini o‘zi anglash xavfli xatti-harakatlarga qarshi himoya omili ekanini ko‘rsatadi, muhokamada esa klinik amaliyot, profilaktik sog‘lomlashtirish choralari va ta‘lim dasturlari uchun amaliy xulosalar beriladi. Maqola yoshlar orasida o‘zini o‘zi anglashni rivojlantirishga qaratilgan integratsiyalashgan salomatlikni targ‘ib qilish siyosati bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishMaqola

    TEACHING NURSING ETHICS AND PROFESSIONAL CONDUCT

    Saidusmanova Maxarram Raxmatovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Hamshiralik etikasi va kasbiy xulq-atvor sifatli sog‘liqni saqlash xizmatini ko‘rsatishning asosiy tarkibiy qismlaridir. Ushbu tamoyillarni samarali o‘qitish hamshiralik sohasi mutaxassislarining inson qadr-qimmati, bemor huquqlari va klinik amaliyot standartlariga rioya qilishini ta‘minlaydi. Ushbu maqolada hamshiralik etikasi ta‘limining nazariy asoslari va pedagogik yondashuvlari, jumladan, uning kasbiy identifikatsiyani shakllantirish, axloqiy sezgirlik, etik qaror qabul qilish va bemorga yo‘naltirilgan parvarishni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. O‘zbek, MDH va xalqaro olimlar tadqiqotlariga tayangan holda, maqolada hamshiralik etikasi ta‘limining asosiy nazariyalari, modellari, o‘quv strategiyalari va natijalari umumlashtiriladi. Shuningdek, etikani samarali o‘qitishdagi to‘siqlar, klinik amaliyotning roli va madaniy kompetensiyani integratsiya qilish masalalari muhokama qilinadi. Tizimli adabiyotlar tahlili usuli asosida tadqiqot 2010–2025-yillarda hamshiralar uchun etika pedagogikasidagi so‘nggi rivojlanishlarni baholaydi. Natijalar etik ta‘lim axloqiy fikrlashni, kasbiy mas‘uliyatni va bemor manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalarini kuchaytirishini ko‘rsatdi. Maqola hamshiralik ta‘limida etik kompetensiyani mustahkamlash uchun o‘quv dasturini loyihalash, professor-o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish va institutsional qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishMaqola

    OILA VA MAKTAB HAMKORLIGIDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILLARINI KO‘RIB CHIQISH

    Saboxon Olimboyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada oila va maktab hamkorligi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gender madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Gender tengligi tamoyillarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish hamda maktab muhitida gender sezgir yondashuvni joriy etish masalalari yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishMaqola

    MA‘NAN YETUK DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

    Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar va islohotlarga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlarining isloh etilishi davlat xizmatchilarining boshqaruv mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularni tanlash, tayyorlashni takomillashtirishga oid tahlillar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishMaqola

    GIMNASTIKA VA AEROBIKA VOSITALARI ORQALI SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARINI MOBIL ILOVALAR ORQALI JORIY ETISH

    Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada gimnastika va aerobika vositalari asosida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etishning pedagogik va innovatsion jihatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mobil ilovalardan foydalanish jismoniy faollikni oshirish, mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda samarali vosita ekanligi aniqlandi. Tajriba-sinov natijalari mobil ilovalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarning umumiy jismoniy holati va mashg‘ulotlar samaradorligini yaxshilaganini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishMaqola

    JISMONIY MASHQLAR HAMDA TO‘G‘RI OVQATLANISH ORQALI AYOLLAR QOMATINI SAQLASH VA SALOMATLIGINI MUSTAHKAMLASH

    Kurbanova Durdona Salahitdinovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ayollar salomatligi jamiyat oldida turgan muhim siyosiy masalalardan biriga aylanib ulgurdi. Chunki, ayol jamiyatning tayanchi, ertangi kun egalarini dunyoga keltiruvchi, ularni tarbiyalovchi insondir. Ayollar salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, sog‘lom turmush tarzi sari yetaklash zamonaviy texnologiyalar davrida jamiyatdagi muhim muammolaridan biriga aylangan. Ularni muvozanatli ovqatlanish va jismoniy mashqlar yordamida ayollar qomatini chiroyli shakllantirish va sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish asosiy maqsadlarimizdan biridir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishMaqola

    IIV AKADEMIYASI KURSANTLARI UCHUN “JISMONIY VA JANGOVAR TAYYORGARLIK” FANIDA QO‘L JANGI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

    Khudayberganov Olimjon Komiljonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta‘lim muassasalarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” fani doirasida tahsil olayotgan kursantlar uchun qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida murakkab vazifalar “jangovar vaziyat” sharoitlariga yaqinlashtirilgan holda, haqiqiy jang modellarida taqdim etilishi orqali kursantlarning texnik-taktik harakatlarining samaradorligini baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘yin va o‘quv topshiriqlari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar kursantlarning tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni baholash va raqibga nisbatan samarali qarshi harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

    Manbani ko‘rish