Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

OILA VA MAKTAB HAMKORLIGIDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILLARINI KO‘RIB CHIQISH

Saboxon OlimboyevaUrganch davlat pedagogika instituti magistranti2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 143–147

Annotatsiya

Mazkur maqolada oila va maktab hamkorligi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gender madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Gender tengligi tamoyillarini ta‘lim jarayoniga integratsiya qilish, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish hamda maktab muhitida gender sezgir yondashuvni joriy etish masalalari yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРАССМОТРЕНИЕ ФАКТОРОВ РАЗВИТИЯ ГЕНДЕРНОЙ КУЛЬТУРЫ В СОТРУДНИЧЕСТВЕ СЕМЬИ И ШКОЛЫ

В данной статье анализируются теоретические и практические аспекты формирования гендерной культуры у учащихся начальных классов на основе сотрудничества семьи и школы. Рассматриваются вопросы интеграции принципов гендерного равенства в образовательный процесс, повышения педагогической грамотности родителей и внедрения гендерно-чувствительного подхода в школьной среде.

inglizchaEXAMINING THE FACTORS OF DEVELOPING GENDER CULTURE IN THE COOPERATION OF FAMILY AND SCHOOL

This article analyses the theoretical and practical aspects of forming a gender culture in primary school pupils on the basis of cooperation between the family and the school. It covers the issues of integrating the principles of gender equality into the educational process, of raising the pedagogical literacy of parents and of introducing a gender-sensitive approach in the school environment.

Kalit so‘zlar

  • gender madaniyati
  • gender tengligi
  • oila va maktab hamkorligi
  • boshlang‘ich ta‘lim
  • pedagogik savodxonlik
  • gender sezgir yondashuv
  • tarbiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

OILA VA MAKTAB HAMKORLIGIDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILLARINI KO‘RIB CHIQISH Saboxon Olimboyeva Urganch davlat pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.19094948 Annotatsiya: Mazkur maqolada oila va maktab hamkorligi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gender madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Gender tengligi tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish hamda maktab muhitida gender sezgir yondashuvni joriy etish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: gender madaniyati, gender tengligi, oila va maktab hamkorligi, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik savodxonlik, gender sezgir yondashuv, tarbiya, ijtimoiylashuv.

СЕМЬЯ В СОТРУДНИЧЕСТВЕ СО ШКОЛОЙ: ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ ГЕНДЕРНОЙ КУЛЬТУРЫ Saboxon Olimboyeva Ургенч давлат педагогика институти магистранти Аннотация: В данной статье анализируются теоретические и практические аспекты формирования гендерной культуры у учащихся начальных классов на основе сотрудничества семьи и школы. Рассматриваются вопросы интеграции принципов гендерного равенства в образовательный процесс, повышения педагогической грамотности родителей и внедрения гендерно-чувствительного подхода в школьной среде. Ключевые слова: гендерная культура, гендерное равенство, сотрудничество семьи и школы, начальное образование, педагогическая грамотность, гендерно-чувствительный подход, воспитание, социализация.

FACTORS FOR DEVELOPING GENDER CULTURE THROUGH FAMILY–SCHOOL COOPERATION Saboxon Olimboyeva Master's student of Urganch State Pedagogical Institute Abstract: This article examines the theoretical and practical aspects of developing gender culture among primary school students through effective cooperation between family and school. It discusses the integration of gender equality principles into the educational process, enhancement of parental pedagogical competence, and implementation of a gender-sensitive approach in the school environment. Keywords: gender culture, gender equality, family–school partnership, primary education, pedagogical competence, gender-sensitive approach, upbringing, socialization.

KIRISH Oila va maktab hamkorligida gender madaniyatini rivojlantirish jarayoni o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan tizimli omillarga tayanadi. Zero, bola shaxsining shakllanishida ushbu ikki ijtimoiy institut eng muhim poydevor hisoblanadi. Agar maktabda berilayotgan gender tenglik g‘oyalari oiladagi an’anaviy stereotiplar bilan zid kelib qolsa, bolada ijtimoiy rollarni anglashda qarama-qarshiliklar (kognitiv dissonans) yuzaga keladi. Shu sababli, hamkorlikning metodologik asoslarini quyidagi omillar orqali tahlil qilish mumkin.

Birinchi navbatda, qadriyatlar mutanosibligi omili muhim o‘rin tutadi. Oilada ota va onaning o‘zaro hurmati, uy yumushlari va farzand tarbiyasidagi teng ishtiroki bola uchun birinchi gender modeli bo‘lib xizmat qiladi. Maktab esa ushbu modelni ilmiy va ijtimoiy normalar bilan mustahkamlaydi. Hamkorlikning samaradorligini oshirish uchun ota-onalar o‘rtasida «Gender savodxonligi» mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish zarur. Bunda asosiy e’tibor qiz bolalarning ta’lim olish huquqi va erkaklarning oiladagi emotsional mas’uliyati kabi masalalarga qaratiladi. Ikkinchi omil — bu pedagogik muloqot va axborot almashinuvi jarayonidir. Maktab ma’muriyati va sinf rahbari ota-onalar majlislarida faqat o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini emas, balki o‘quvchining ijtimoiy faolligini jinsiy stereotiplardan xoli tarzda muhokama qilishi lozim. Masalan, qiz bolaning sportdagi yutuqlari yoki o‘g‘il bolaning san’atga bo‘lgan moyilligi oila va maktab tomonidan birdek qo‘llab-quvvatlanishi shart. Bunday hamjihatlik bolada o‘z qobiliyatlariga nisbatan «gender cheklovlari»siz ishonchni shakllantiradi. Uchinchi muhim omil esa birgalikdagi ijtimoiy loyihalar va tadbirlarni tashkil etishdir. «Oila — jamiyat asosi», «Mening otam/onam — mening qahramonim» kabi ko‘rik-tanlovlarda ota-onalarning o‘z kasbiy faoliyati va oilaviy vazifalarini gender tengligi tamoyillari asosida taqdim etishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ushbu tadbirlar davomida ota-onalar ham o‘z farzandlari bilan muloqotda yangicha madaniy yondashuvlarni o‘zlashtiradilar. Shu tariqa, maktab oiladagi gender madaniyatini yuksaltiruvchi ma’rifiy markaz vazifasini o‘taydi. To‘rtinchi omil sifatida monitoring va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini keltirish mumkin. Maktab psixologlari va pedagoglari oiladagi gender muhitini o‘rganib, muammoli vaziyatlarda (masalan, qiz bolaning o‘qishiga to‘sqinlik qilish yoki o‘g‘il bolaga nisbatan o‘ta qattiqqo‘llik) ota-onalarga korrektirovka berishlari lozim. Zero, sog‘lom gender madaniyati shaxsning ruhiy xotirjamligi va ijtimoiy muvaffaqiyati garovidir. Oila va maktab hamkorligida gender madaniyatini rivojlantirishning institutsional va ijtimoiy mexanizmlarini tahlil qilishni davom ettirgan holda, mazkur jarayonning samaradorligini ta’minlovchi qo‘shimcha tizimli omillarga to‘xtalib o‘tamiz. Gender madaniyati shunchaki nazariy bilimlar yig‘indisi emas, balki shaxsning kundalik turmush tarzi va muloqot odobida namoyon bo‘ladigan amaliy qadriyatdir. Shu sababli, oila va maktab o‘rtasidagi hamkorlik «ijtimoiy sheriklik» tamoyili asosida qurilishi lozim. Bu jarayonda maktab ota-onalar uchun gender strategiyalarini tushuntiruvchi konsultativ markaz rolini o‘ynasa, oila ushbu g‘oyalarni farzandning xulq-atvorida mustahkamlovchi asosiy muhit vazifasini bajaradi. Mazkur hamkorlik doirasida quyidagi tarkibiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: Birinchidan, oilaviy qadriyatlarni modernizatsiya qilish omili. An’anaviy jamiyatlarda erkak va ayol rollari qat’iy chegaralangan bo‘lib, bu ko‘pincha qiz bolalarning ijtimoiy faolligini cheklashga yoki o‘g‘il bolalarning emotsional yakkalanishiga olib keladi. Maktab va oila hamkorligi doirasida o‘tkaziladigan «Ma’rifatli ota-onalar» kurslari orqali zamonaviy gender tengligi g‘oyalari milliy mentalitetga zid emasligi, aksincha, u oila farovonligi va farzandlar kamoloti uchun xizmat qilishi ilmiy asoslab beriladi. Bu esa ota-onalarda o‘g‘il va qiz farzandlariga birdek sarmoya kiritish (ta’lim berish, to‘garaklarga jalb etish) ko‘nikmasini shakllantiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida gender madaniyatini shakllantirish jarayoni uzluksiz, tizimli va maqsadli faoliyatni talab etadi. Bu jarayonda oila va maktabning o‘zaro hamkorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bola shaxs sifatida shakllanishida dastlabki ijtimoiy tajribani oilada oladi, maktab esa ushbu tajribani kengaytiradi, mustahkamlaydi va ongli tushunchaga

aylantiradi. Gender madaniyati esa nafaqat jinsiy farqlarni anglash, balki o‘zaro hurmat, tenglik, mas’uliyat va ijtimoiy rollarni to‘g‘ri idrok etishni o‘z ichiga oladi. Gender tengligi va bolalar huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da gender tengligi alohida maqsad sifatida belgilangan. Shuningdek, UNESCO ta’lim jarayonida gender sezgir yondashuvni joriy etishni tavsiya etadi. Mamlakatimizda esa Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan gender tengligi va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator qonun va dasturlar qabul qilingan. Ushbu me’yoriy asoslar oila va maktab hamkorligini mustahkamlash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. MATERIALLAR VA METODLAR Gender madaniyatini rivojlantirishda ota-onalarning pedagogik va psixologik bilim darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar ota-onalar farzand tarbiyasida an’anaviy stereotiplardan voz kechib, tenglik va adolat tamoyillariga amal qilsalar, bu maktabdagi tarbiyaviy ishlar bilan uyg‘unlashadi. Shu bois ota-onalar uchun seminar-treninglar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish zarur. Maktabda yaratilgan ijtimoiy-psixologik muhit bolalarning o‘zini erkin namoyon etishi, qobiliyatlarini jinsidan qat’i nazar rivojlantirishi uchun sharoit yaratishi lozim. Darsliklar, tarbiyaviy soatlar, sinfdan tashqari tadbirlar gender stereotiplardan holi bo‘lishi, o‘g‘il va qiz bolalarga teng imkoniyatlar taqdim etishi kerak. O‘qituvchilarning shaxsiy namuna ko‘rsatishi ham muhim omildir. Samarali hamkorlik muntazam muloqot va axborot almashuviga asoslanadi. Ota-onalar yig‘ilishlari, individual suhbatlar, psixologik maslahatlar orqali bola rivojlanishidagi muammolar birgalikda muhokama qilinishi lozim. Bu jarayonda ochiqlik va ishonch muhitining mavjudligi muhim. Gender madaniyatini rivojlantirishda milliy mentalitet va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimdir. O‘zbek oilalariga xos hurmat, mehr-oqibat, mas’uliyat kabi fazilatlar gender tengligi tamoyillari bilan uyg‘un holda singdirilishi lozim. Mahalla, nodavlat notijorat tashkilotlari, xotin-qizlar qo‘mitalari va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik gender madaniyatini rivojlantirish jarayonini yanada samarali qiladi. Keng jamoatchilik ishtiroki bola ongida tenglik va ijtimoiy mas’uliyat tushunchalarini mustahkamlaydi. Gender madaniyatini rivojlantirish jarayoni davlat siyosati va xalqaro hujjatlarga tayangan holda tashkil etilishi zarur. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarida gender tengligi alohida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shuningdek, UNESCO ta’lim tizimida gender sezgir yondashuvni joriy etish, darslik va metodik materiallarni stereotiplardan xoli qilishni tavsiya etadi. Milliy darajada esa Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan gender tengligi, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan qonunlar qabul qilingan. NATIJALAR Asosli yo‘l: Oila va maktab faoliyatini amaldagi qonunchilik, davlat dasturlari va konsepsiyalar asosida rejalashtirish. Ota-onalar pedagogik madaniyatini oshirish: Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolaning gender qarashlari avvalo oilada shakllanadi. Agar ota-onalar farzand tarbiyasida jinsiy stereotiplardan foydalanmasa, bolada tenglik tushunchasi tabiiy ravishda rivojlanadi.

Ota-onalar uchun “Gender madaniyati va oila tarbiyasi” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazish; Psixolog va pedagoglar tomonidan maslahatlar tashkil etish; Oila va maktab o‘rtasida metodik qo‘llanmalar almashinuvi; Ota-onalar yig‘ilishlarida gender tenglik masalalarini muntazam muhokama qilish. Bu yo‘l pedagogik nazariya va ijtimoiy o‘rganish konsepsiyasiga asoslanadi (bola kattalarning xatti-harakatini kuzatish orqali o‘rganadi). Ta’lim mazmunini gender sezgirlik asosida takomillashtirish: Maktab darsliklari, tarbiyaviy tadbirlar va sinfdan tashqari faoliyat gender stereotiplardan xoli bo‘lishi lozim. Masalan, kasblar yoki ijtimoiy rollar faqat bir jins vakillari bilan bog‘lab ko‘rsatilmasligi kerak. Darslik va ko‘rgazmali vositalarni gender ekspertizadan o‘tkazish; Sinf soatlarida “tenglik”, “hurmat”, “hamkorlik” mavzularini yoritish; O‘g‘il va qiz bolalarning bir xil to‘garak va faoliyatlarda ishtirokini ta’minlash; O‘qituvchilar uchun gender kompetensiyasini rivojlantirish kurslarini tashkil etish. Bu yondashuv zamonaviy pedagogika va inkluziv ta’lim tamoyillariga asoslanadi. Oila va maktab o‘rtasida tizimli hamkorlik modelini joriy etish: Hamkorlik epizodik emas, balki rejalashtirilgan va monitoring qilinadigan jarayon bo‘lishi kerak. “Oila–maktab–mahalla” uch tomonlama hamkorlik modelini ishlab chiqish; Yillik hamkorlik rejasini tuzish; O‘quvchilar xulq-atvorini birgalikda tahlil qilish;Ochiq darslar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga ota-onalarni jalb etish. Bu yondashuv ijtimoiy sheriklik nazariyasiga asoslanadi. MUHOKAMA Ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish. Gender madaniyati zo‘ravonlik, kamsitish va diskriminatsiyaning oldini olish bilan chambarchas bog‘liq. Maktabda psixologik xizmatni kuchaytirish; Konfliktologik treninglar o‘tkazish; O‘quvchilar o‘rtasida hurmat va empatiya ko‘nikmalarini rivojlantirish; Gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari. Bu jarayon bolalarning emotsional intellekti va ijtimoiy moslashuvchanligini oshiradi. XULOSA Oila va maktab hamkorligida gender madaniyatini rivojlantirish ko‘p omilli, kompleks jarayondir. Huquqiy asoslar, pedagogik savodxonlik, gender sezgir ta’lim muhiti, tizimli aloqa va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda amalga oshirilgandagina samarali natija beradi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu jarayonning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi kelajakda shaxsning ijtimoiy faolligi, o‘zaro hurmat va tenglik tamoyillariga asoslangan fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. Абдуллаева, М. А. (2019). Таълим жараёнида гендер ёндашувнинг педагогик асослари. Тошкент: Фан ва технологиялар маркази.
  2. Саидова, Н. Қ. (2020). Бошланғич таълимда шахс тарбияси ва гендер маданияти. Тошкент: Ўзбекистон педагогика нашриёти.
  3. Connell, R. (2012). Gender: In World Perspective. Cambridge: Polity Press.
  4. UNESCO. (2017). Education and Gender Equality: A Global Perspective. Paris: UNESCO Publishing.
  5. Mahmudova, D. Sh. (2021). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda gender yondashuvning o‘rni. Pedagogik ta’lim ilmiy jurnali, №3, 45–49- betlar.
  6. Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1–5.
  7. Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). Factors affecting family strength.
  8. Qizi, M. S. A. (2024). BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR DEONTOLOGIK TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ILMIY MEROSIDAN FOYDALANISH NAZARIY ASOSLARI. Research Focus, 3(11), 88–92.
  9. Mamatqobilova, S. A. (2024). BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI. Research Focus, 3(11), 100–104.
  10. Uroqovich, T. U. B., & Mamatkobilova, Sh. A. qizi. (2023). Theoretical and methodological aspects and modern problems of dual teaching. Academia Repository, 4(10), 82–89.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013338
Nashr sanasi
2026-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v5i2.2042
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
143–147
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06