BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI
Sh.A.MamatqobilovaTermiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi2024
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 11Sahifa 100–104
Annotatsiya
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik kompetentligini takomillashtirishda Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanish mazmuni, alloma asarlari qiyosiy tahlillar asosida kelib chiqqan nazariy tushunchalarni, Imom at-Termiziy asarlari deontologik kompetentlik uchun qay jihatdan muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Boshqa tillarda
ruschaНАУЧНОЕ ОБОСНОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТРУДОВ ИМАМА АТ - ТИРМИЗИ В ПОВЫШЕНИИ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ
В данной статье рассмотрено содержание использования трудов Имама ат-Термизи в повышении деонтологической компетентности будущих учителей, теоретические концепции, выведенные на основе сравнительного анализа трудов ученых, а также значение трудов Имама ат-Термизи в повышении деонтологической компетентности будущих учителей. Тирмизи за деонтологическую компетентность.
inglizchaTHE SCIENTIFIC FOUNDATIONS OF USING THE WORKS OF IMAM AT-TERMIZI IN IMPROVING THE DEONTOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS
This article shows the content of using the works of Imam at-Termizi in improving the deontological competence of future teachers, the theoretical concepts derived from a comparative analysis of the scholar‘s works, and in what respect the works of Imam at-Termizi are important for deontological competence.
Kalit so‘zlar
- bo‘lajak o‘qituvchilar Imom at-Termiziy
- deontologik kompetentlilik
- pedagogik kompetentlilik
- Sunani termiziy” .
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA IMOM AT-TERMIZIY ASARLARIDAN FOYDALANISH ILMIY ASOSLARI Sh.A.Mamatqobilova Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14317873 Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik kompetentligini takomillashtirishda Imom at-Termiziy asarlaridan foydalanish mazmuni, alloma asarlari qiyosiy tahlillar asosida kelib chiqqan nazariy tushunchalarni, Imom at-Termiziy asarlari deontologik kompetentlik uchun qay jihatdan muhimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘z: bo’lajak o’qituvchilar Imom at-Termiziy, deontologik kompetentlilik, pedagogik kompetentlilik, “Sunani termiziy” .
SCIENTIFIC FOUNDATIONS OF USING THE WORKS OF IMAM ATTERMIZI IN IMPROVING THE DEONTOLOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS Abstract: In this article, the content of using the works of Imam al-Tirmizi in the development of deontological competence of future teachers, the methodological concepts based on the comparative analysis of the works of scholars, and the importance of the works of Imam atTirmizi for deontological competence are shown. Keywords: Imam al-Tirmizi, deontological competence, pedagogical competence, "Sunani Termizi"
НАУЧНОЕ ОБОСНОВАНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ТРУДОВ ИМАМА АТТИРМИЗИ В ПОВЫШЕНИИ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ Аннотация: В данной статье рассмотрено содержание использования трудов Имама ат-Термизи в повышении деонтологической компетентности будущих учителей, теоретические концепции, выведенные на основе сравнительного анализа трудов ученых, а также значение трудов Имама ат-Термизи в повышении деонтологической компетентности будущих учителей. Тирмизи за деонтологическую компетентность. Ключевые слова: будущие учителя Имам ат-Термизи, деонтологическая компетентность, педагогическая компетентность, «Сунани Термизи».
KIRISH Muhaddis bobokalonimiz Imom Iso Termiziy zamonidagi olimlar uning hadis ilmidagi xizmatlarini yuqori baholagan. Ulardan biri Imom Termiziyni “Hadis ilmida iqtido qilinadigan yagona olim” deb yozsa, boshqa biri esa uni “Birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganiga guvohlik beradi”. Ayniqsa, muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyoli kishilar uchun emas, balki har bir inson tushunishi mumkin bo‘lishiga sabab ekanini alohida ta’kidlash joiz. Dunyo ulamolari buyuk ilm sohibi bo‘lgan hamda yuksak e’tirofga munosib ko‘rilgan bobokalonimizning ibratli hayot yo‘llari va boy ma’naviy merosini har tomonlama o‘rganish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega
ASOSIY QISM Imom Termiziyning to‘liq ismi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sullamiy az-Zariyr al-Bug‘iy at-Termiziy bo‘lib, u hijriy 209 (melodiy 824) yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan deb keltiriladi. Markaziy Osiyolik mashhur tarixchi Abu Saad Abdulkarim as-Sam’oniy (1113-1167) at-Termiziy Bug‘qishlog‘ida vafot etganligi uchun alBug‘iy taxallusi bilan ham atalgani, olimning ko‘p yig‘laganidan umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan az-Zariyr (ko‘zi ojiz) taxallusi olganligini ham qayd qiladi. Lekin el orasida at-Termiziy nomi bilan mashhur bo‘lishiga sabab uning butun hayoti va faoliyati (yoshligidan boshlab) Termiz shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligidan, shuningdek, olim tug‘ilgan Bug‘qishlog‘i Termiz shahriga yaqin, ma’muriy-idoraviy jihatdan unga mansub qishloqlardan ekanligidan deb izohlanadi. Allomaning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning «bobom asli marvlik edi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelganlar»,-degan fikrini keltirish bilan chegaralanadilar. At-Termiziy yoshligidan zehnli, idrokli va zakovatli bo‘lib, bu fazilatlari bilan o‘z tengdoshlaridan batamom ajralib turgan bo’lib, uning yoshlik chog‘laridan ilmga qiziqishi va ishtiyoqi o‘sha davrning ko‘pgina ilmlarini, ayniqsa, hadis ilmini chuqur egallashda baralla namoyon bo‘ldi. U yoshlik paytlaridan boshlab Termiz, Samarqand, Marv va Markaziy Osiyoning boshqa yirik shaharlarida istiqomat qilgan mashhur ulamolar va muhaddislar asarlarini qunt bilan o‘rgana boshlagan, keyinchalik qo‘shni Balx va Hayraton shaharlaridagi ilm ahllari bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilishiga hissa qo‘shgan termizlik olimlardan biri hisoblanadi. Mutafakkir Imom Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari orasida “Al-jomeʼ assahih” (Ishonchli toʻplam) eng asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu asar, yuqorida qayd qilganimizdek, “Al-jomeʼul kabir”, (Katta toʻplam), “Sahih Imom Termiziy”, “Sunani Imom Termiziy” kabi nomlari bilan ham yuritiladi. Tarixchi Ibn Hajar Asqaloniyning yozishicha, Imom Termiziy ushbu asarini 270-hijriy (884-milodiy) yilda, yaʼni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan. Ushbu asar qoʻlyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek, oʻzimizda, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanayotgan muhim manba sifatida “AlJomeʼ as-sahih” bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866)- yili Mitohda, 1292 (1875)-yili Qohirada, shuningdek, 1980-yili Bayrutda nashr etilganligini koʻrsatish kifoya Imom Termiziyning asariga bir qator sharhlar ham yozilgan boʻlib, ulardan ibn Arabiy nomi bilan mashhur boʻlgan Imom Hofiz Abu Bakr Muhammad Ashbiliyning “Oridatul Ahvaziy ala kitob Imom Termiziy” nomli 13 juzʼ (qism) dan iborat sharhlarini keltirish mumkin. Ushbu sharh dastlab 1931-yilda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz Abu Ali Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurahim Muborakfuriy qalamiga mansub yana bir sharh ham “Tuhfatul-Ahvaziy bisharhi Imom Termiziy” deb ataladi. Toʻrt juzʼdan iborat boʻlgan bu asar 1979-yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurrahmon ibn Abu Bakr Suyutiyning (1445—1505) Imom Termiziy asariga yozgan sharhi “Qutul mugʻtaziy ala Jomeʼ Imom Termiziy” (undan ikki qismi nashr qilingan) deb atalgan. Bulardan tashqari, Muhammad ibn Abduqodir Abu 1 Kenjabek M. Sunani Termiziy. – Toshkent: Sharq, 2012. – B. 28. Toyyib Madaniyning “Sharhu Sunani Imom Termiziy”, Ahmad Muhammad Shokirning “Tahqiq va sharhu Jomeʼ Imom Termiziy” (oʻndan ikki qismi 1937-yilda Mustafaul Bobiyul Halabiy tomonidan nashr qilingan), Muhammad Yusuf Bannuriyning “Maorif sunani sharh sunani
Imom Termiziy” (uning birinchi qismi 1963-yilda Pokistonda nashr qilingan), Siroj Ahmad Sarhandiyning “Sharh Sunani Imom Termiziy” nomli forscha sharhi, shuningdek, Rashib Ahmadul Kanuhiyning “Al-kavkab ad-durriy ala Imom Termiziy” (Hindistonda chop etilgan), Muhammad Anvar Shoh Kashmiriyning ikki juzʼdan iborat “Al-aʼrf ash-shaziy ala Jomeʼ Imom Termiziy” (bu asar ham Hindistonda chop etilgan) va nihoyat Abul Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy Sanadiyning (u 1138-yilda vafot etgan) “Hoshiya ala Sunani Imom Termiziy” kabi sharhlarini koʻrsatish mumkin. Imom at-Termiziy: “Men ushbu kitobimda rivoyat qilgan hadislarga fuqaholar amal qilganlar. Faqat bir-ikkita hadis borki, ularga amal qilishmagan. Ular: “Kimki uch martagacha tavba qilib, aroq ichsa, uringlar. Toʻrtinchi martasida oʻldiringlar”, hamda “Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam peshin va asrni Madinada jam qildilar. Xavf ham yoʻq edi, safarda ham emasdilar” hadislaridir”, – deganlar. “Sunani Termiziy” u kishining imom, quvvayi hofiza va fiqh sohibi ekanliklarining yorqin dalili hisoblanadi. Lekin hadislarni qabul qilishda koʻp ham qattiq turmaganlar va roviylarga baho berishda ham koʻngilchan boʻlganliklari aytib o‘tilgan. Ibn Tohirning “Al-Mansur” kitoblarida bitilgan: “Shayxul islom Abu Ismoilning: “Termiziyning “Aljomeʼ Imom Termiziy” asarlari Buxoriy va Muslimning kitoblaridan koʻra manfaatliroqdir. Chunki Buxoriy va Muslimning kitoblaridan olimlargina, Termiziyning kitoblaridan esa barcha foydalana biladilar”, – deganlarini eshitdim”. “Shamoil-un-nabaviyya”. Abu Iso Imom Termiziyning bir yirik asari “Shamoil-un-nabaviyya” (Paygʻambarning alohida fazilatlari) deb ataladi. Bu asar baʼzi manbalarda “Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sollallohu alayhi vasallam”, “Ash-shamoilul Muhammadiya” nomlari bilan ham keltirilgan. Asar Paygʻambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid toʻrt yuzu sakkiz hadisi sharifni oʻziga jamlagan qimmatli manbadir. Buyuk mutafakkir yaratgan asarlar hadislarga, Payg‘ambarimiz so‘zlari va hayot yo‘llariga bog‘langan bo‘lib, komil inson axloqiy tarbiyasida eng muhim vosita deb qaralishi lozim deb bilamiz. Zero Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari” asarida quyidagi fikrlar keltirib o‘tilgan: “Alloh taolo sari eltuvchi yagona saodat va hidoyat yo‘li bor, u ham bo‘lsa, Payg‘ambarimiz (sollallohi alayhi vasallam ) ko‘rsatgan yo‘ldir”. Yana bir dakik keltirib o‘tiladiki, -inson erisha oladigan eng yuksak axloq qanday bo‘lishi lozimligini Payg‘ambarimiz (sollallohi alayhi vasallam) shaxsan yashab ko‘rsatganlar. Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, ushbu mavzu, yaʼni Paygʻambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni toʻplash bilan juda koʻp olimlar, muhaddislar shugʻullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan oʻrin olgan. Lekin Imom Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha Paygʻambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni muntazam ravishda toʻplab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va oʻziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. Buyuk asar hisoblanadigan “Shamoil-un-nabaviyya” azaldan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarning diqqatini oʻziga jalb qilib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar va hoshiyalar ham yozilgan. Ulardan Abdurauful Munoviyul Misriyning (vafoti 1003- hijriy yili) “Sharhush-shamoil”, Ali ibn Sultonul Haraviy Qoriyning (vafoti 1192-hijriy yili) “Jamʼul-vasoil fi sharhi-shamoil”, Sulaymon ibn Umar ibn Mansurul Jumalning “Al-mavohibul Muhammadiyya bi sharhi-shamoil Imom Termiziyya” kabilarni keltirish mumkin. Bu asarning bir qoʻlyozmasi Qohiradagi Azhar kutubxonasida 144-hadis ilmi raqami ostida saqlanmoqda, Muhammad ibn Jasusul Molikiyning (vafoti 1182-hijriy yili) “Al-favoidul jaliylatul bahiyya ala ash-shamoilul Muhammadiyya (bu asar 1927-yilda nashr qilingan) va nihoyat Azhar
universitetining sobiq Shayxi Ibrohim Bojuriyning “Al-mavohibul laduniyya ala shamoil Imom Termiziyya” kabi sharhlarini koʻrsatish mumkin. Buyuk bobomizning yana “Kitobut-tarix”, “Kitobul ilal as-sagʻir va ilalul kabir”, “Kitobuz-zuhd” (Taqvo haqida kitob), “Kitobul asmo val kuna” (Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob), “Al-ilal fil hadis” (Hadislardagi illatlar yoki ogʻishlar haqida), “Risola fil xilof val jadal” (Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola), “Asmous-sahoba” (Paygʻambar sahobalarining ismlari) degan asarlari ham mavjud. U kishining shogirdlaridan boʻlgan Abu Saʼd Idrisiy ustozlarini sifatlab, yodlashlari, zehnlari toʻgʻrisida, zarbulmasallar bitilganini aytadilar. Shogirdlaridan yana birlari: “Imom Buxoriy vafotlaridan keyin Xurosonda Abu Iso Imom Termiziydek ilmda, zehnda, taqvoda, zohidlikda biror kishi topilmas edi”, – deb aytadi. O’tkir zehn sohibi Imom Termiziy koʻp yigʻlaganlaridan hayotlarining oxirgi ikki yilida koʻzlari ojiz boʻlib qolgan. Ibn Atiyya: “Mening huzurimda Imom Buxoriy va Muslimning kitoblariga qaraganda nurliroq va tushinarliroq”, – deb aytadi. “Nima uchun?” – deb soʻralganda, Atiyya: “Chunki ikkita imomning kitoblaridan faqatgina ilm va maʼrifat ahllarigina foydalana olishadi xolos” – deb aytgan ekan. Shayxlardan biri Imom Termiziyga 40 ta gʻarib hadisni aytib, imtihon qilishlik uchun soʻraganda birorta harfda ham xato qilmasdan avvalidan oxirigacha oʻqib berganlarini koʻrib: “sening mislingdagi kishini koʻrmaganman”, – deb aytdi. Imom Termiziy koʻp kitoblarning muallifidir. Ayniqsa, “Sunan” kitoblari kitoblarining chiroylisi, foydasi koʻp boʻlib, takror soʻzlari oz, chiroyli tartibda yozilgandir. Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy Imom Termiziyning “Jomeʼ as- sahih” kitoblarini sifatlab: “Kimning uyida mana shu kitob boʻlsa, goʻyoki uyida Paygʻambarimiz gapirayotgandek boʻladilar”, deb aytadi. Tengsiz alloma Abu Iso Termiziy asarlari hozirda ham oʻz qimmatini yoʻqotgan emas. Uning “Al-jomeʼ as-sahih”, “Ash-shamoil an-nabaviyya” kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlib insonlarni halol, adolatli, iymon-eʼtiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmateʼtiborli boʻlishga chorlaydi. XULOSA Abu Iso at-Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning «Al-Jomi' as-sahiyh», «Ash-shamoil an-nabaviyya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni halol, adolatli, iymone'tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat-e'tiborli bo‘lishga chorlaydi. Bu ibratli pand-nasihatlar va o‘gitlar xalqimizni, jamiyatimiz ahlini, ayniqsa yosh avlodni tarbiyalashda beqiyos ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash o‘rinlidir. At-Termiziyning asarlari faqat diniy ilmlar majmuasiga oid bo‘lib qolmasdan, balki dunyoviy ilmlarga oid ma'lumotlarga ham boydir. Masalan, uning bosh asari bo‘lgan «al-Jomi' as-sahiyh»da tarix, mantiq huquqshunoslik, tabobat, ziroatga oid ko‘plab qimmatli ma'lumotlarni uchratamiz. Arab tilini rivojlantirishda at-Termiziyning xizmatlari kattaligini zamonaviy olimlar qayta-qayta ta'kidlaydilar. Xulosa qilib aytganda, buyuk bobokalonimizning shaxsiy hayoti va uning boy ma'naviy merosini chuqur va har tomonlama o‘rganish ham ilmiy, ham amaliy jihatdan katta ahamiyatga egadir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Kim iqtibos qilgan1
ReLibrary’da chop etilgan va ushbu yozuvga iqtibos keltirgan ilmiy ishlar, yangisi yuqorida.
- OILA VA MAKTAB HAMKORLIGIDA GENDER MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILLARINI KO‘RIB CHIQISH
Saboxon Olimboyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Inoyatov A. Termiziy maqolasi. 2016. // www.minbar.uz
- Ahmad Lutfiy Qozonchining “Saodat asri qissalari” - Samarqand: “Imom Buxoriy xalqaro markazi” nashryoti, 2020. 4-bet
- Azamat, M. S., & Rajabali, P. S. International Evaluation Programs. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1-5.
- Mamatkobilova, S., & Julayeva, M. (2020). FACTORS AFFECTING FAMILY STRENGTH
- Bakhtyorovna, K. M. (2024). WAYS OF FORMING PEDAGOGICAL SKILLS IN THE PROCESS OF EDUCATIONAL WORK. Gospodarka i Innowacje., 48, 18-20.
- M., K. . (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE TECHNOLOGY OF FORMING REFLECTIVE SKILLS IN FUTURE TEACHERS. JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING, 2(8), 107–110. Retrieved from http://jsrt.innovascience.uz/index.php/jsrt/article/view/280
- DUAL EDUCATION IN THE INTEGRATIVE MACROENVIRONMENT OF PROFESSIONAL EDUCATION (JOURNAL OF EDUCATIONAL DISCOVERIES AND LIFELONG LEARNING( EJEDL)
- Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА “ВОСПИТАНИЕ” В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ.
- Ачилов, Н. А., & Джураев, Ф. Р. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА “ВОСПИТАНИЕ” В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ. Главный редактор ЕС Овечкина, 697.
- US Yakubova O ‘QITUVCHILАRNING IJTIMOIY-PEDАGOGIK KOMPETENTLILIGINI RIVOJLАNTIRISH METODIKАSI Inter education & global study, 2024
- Sharifovna, Y. U. (2022). Professional Qualities of a Social Educator. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(5), 171-175.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-012657
- Nashr sanasi
- 2024-12-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 3
- Son
- 11
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v3i11.1165
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 100–104
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-21 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11