Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

IIV AKADEMIYASI KURSANTLARI UCHUN “JISMONIY VA JANGOVAR TAYYORGARLIK” FANIDA QO‘L JANGI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH

Khudayberganov Olimjon KomiljonovichO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Jangovar va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchi-murabbiy, dotsent2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 123–126

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta‘lim muassasalarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” fani doirasida tahsil olayotgan kursantlar uchun qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida murakkab vazifalar “jangovar vaziyat” sharoitlariga yaqinlashtirilgan holda, haqiqiy jang modellarida taqdim etilishi orqali kursantlarning texnik-taktik harakatlarining samaradorligini baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘yin va o‘quv topshiriqlari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar kursantlarning tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni baholash va raqibga nisbatan samarali qarshi harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОРГАНИЗАЦИЯ ЗАНЯТИЙ ПО РУКОПАШНОМУ БОЮ ПО ПРЕДМЕТУ «ФИЗИЧЕСКАЯ И БОЕВАЯ ПОДГОТОВКА» ДЛЯ КУРСАНТОВ АКАДЕМИИ МВД

В данной статье рассматриваются вопросы организации обучения рукопашному бою курсантов, обучающихся по специальности «Физическая и боевая подготовка» в учебных заведениях Министерства внутренних дел Республики Узбекистан. В ходе обучения предоставляются возможности оценки эффективности техник о- тактических действий курсантов путем представления комплексных задач на реальных боевых моделях, приближенных к условиям «боевой ситуации». Утверждается, что обучение, организованное на основе игр и тренировочных заданий, способствует развитию у курсантов навыков принятия быстрых решений, оценки ситуации и осуществления эффективных контрмер против противника.

inglizchaORGANIZING HAND-TO-HAND COMBAT TRAINING SESSIONS IN THE SUBJECT “PHYSICAL AND COMBAT TRAINING” FOR CADETS OF THE ACADEMY OF THE MINISTRY OF INTERNAL AFFAIRS

This article examines the issues of organising hand-to-hand combat training sessions for cadets studying within the subject ‘Physical and Combat Training‘ at the educational institutions of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. The possibilities of assessing the effectiveness of the cadets‘ technical and tactical actions by presenting complex tasks in real combat models brought close to the conditions of a ‘combat situation‘ during the sessions are considered. It is substantiated that sessions organised on the basis of games and training assignments serve to develop the cadets‘ skills of rapid decision-making, of assessing the situation and of carrying out effective counteractions against an opponent.

Kalit so‘zlar

  • kursantlar
  • qo‘l jangi
  • jangovar tayyorgarlik
  • jismoniy tayyorgarlik
  • texnik va taktik harakatlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IIV AKADEMIYASI KURSANTLARI UCHUN “JISMONIY VA JANGOVAR TAYYORGARLIK” FANIDA QO‘L JANGI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH Khudayberganov Olimjon Komiljonovich O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Jangovar va jismoniy tayorgarlik kafedrasi katta o‘qituvchi-murabbiy, dotsent E-mail: khudayberganov@gmail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.18770337 Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” fani doirasida tahsil olayotgan kursantlar uchun qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mashg‘ulotlar jarayonida murakkab vazifalar “jangovar vaziyat” sharoitlariga yaqinlashtirilgan holda, haqiqiy jang modellarida taqdim etilishi orqali kursantlarning texnik-taktik harakatlarining samaradorligini baholash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘yin va o‘quv topshiriqlari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar kursantlarning tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni baholash va raqibga nisbatan samarali qarshi harakatlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: kursantlar, qo‘l jangi, jangovar tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, texnik va taktik harakatlar

ОРГАНИЗАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ РУКОПАШНОМУ БОЮ ПО ДИСЦИПЛИНЕ «ФИЗИЧЕСКАЯ И БОЕВАЯ ПОДГОТОВКА» ДЛЯ КУРСАНТОВ АКАДЕМИИ МВД Xудайберганов Олимжон Комилжонович Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан, кафедра боевой и физической подготовки, старший преподаватель-тренер, доцент E-mail: khudayberganov@gmail.ru Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы организации обучения рукопашному бою курсантов, обучающихся по специальности «Физическая и боевая подготовка» в учебных заведениях Министерства внутренних дел Республики Узбекистан. В ходе обучения предоставляются возможности оценки эффективности техникотактических действий курсантов путем представления комплексных задач на реальных боевых моделях, приближенных к условиям «боевой ситуации». Утверждается, что обучение, организованное на основе игр и тренировочных заданий, способствует развитию у курсантов навыков принятия быстрых решений, оценки ситуации и осуществления эффективных контрмер против противника. Ключевые слова: курсанты, рукопашный бой, боевая подготовка, физическая подготовка, технико-тактические действия

ORGANIZING HAND-TO-HAND COMBAT TRAINING IN THE DISCIPLINE "PHYSICAL AND COMBAT TRAINING" FOR CADETS OF THE ACADEMY OF THE MINISTRY OF INTERNAL AFFAIRS Khudayberganov Olimjon Komiljonovich Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan, Department of Combat and Physical Training, Senior Lecturer-Coach, Associate Professor E-mail: khudayberganov@gmail.ru Abstract: This article examines the organization of hand-to-hand combat training for cadets majoring in "Physical and Combat Fitness" at educational institutions of the Ministry of

Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. During the training, opportunities are provided to evaluate the effectiveness of cadets' technical and tactical actions by presenting complex tasks on real combat simulations, closely resembling combat situations. It is argued that training organized through games and training exercises helps cadets develop skills in making quick decisions, assessing the situation, and implementing effective countermeasures against the enemy. Keywords: cadets, hand-to-hand combat, combat training, physical training, technical and tactical actions

KIRISH “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” fani IIV ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan kursantlar tayyorgarlik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning mazmuni, ularni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, shuningdek kursantlarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 600-sonli buyrug‘i, fan dasturi, ishchi fan dasturi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. MATERIALLAR VA METODLAR Qo‘l jangi bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik bosqichida kursantlar tomonidan o‘zlashtiriladigan texnik harakatlar asosan algoritmik mashqlar shaklida bajariladi. Ushbu mashqlar standart sharoitlarda, o‘zgarmas statik holatda amalga oshiriladi va real jangovar vaziyatlarga xos bo‘lgan qarshilik omillarini o‘z ichiga olmaydi. Mazkur mashqlarga quyidagilar kiradi: qo‘l jangi texnikasining bazaviy usullari; qo‘l jangi kombinatsiyalari texnikasi; qurolsiz qo‘l jangi texnikasi; qurol bilan qo‘l jangi texnikasi. Mashg‘ulotlarning keyingi bosqichlarida vazifalar murakkablashib, kursantlardan harakatlanishning o‘zgaruvchan rejimlari sharoitida jismoniy sifatlarni kompleks namoyon etish, vaziyatlarning tez-tez almashinishiga moslashish talab etiladi. Bunda turli situatsion topshiriqlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlarning asosiy qismi yakunida esa kompleks mashqlar, jumladan sparring mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. NATIJALAR Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: IIV ta’lim muassasalari kursantlari uchun qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etishda jangovar vaziyatlarni modellashtirishga asoslangan o‘yin va situatsion topshiriqlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berildi; qo‘l jangi texnik va taktik harakatlarini o‘rgatishda algoritmik mashqlardan murakkab, o‘zgaruvchan jangovar vaziyatlarga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmi taklif etildi; soddalashtirilgan qoidalarga ega mini-janglar va boshqariladigan sparring mashg‘ulotlarining kursantlarning tezkor fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatiga ta’siri aniqlab berildi. MUHOKAMA Tadqiqot natijalari quyidagi amaliy ahamiyatga ega: ishlab chiqilgan mashg‘ulot shakllari va o‘yin vazifalari IIV ta’lim muassasalarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” fanining amaldagi o‘quv jarayoniga joriy etilishi mumkin; mazkur yondashuv o‘qituvchilarga qo‘l jangi mashg‘ulotlarini yanada samarali rejalashtirish va kursantlarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish imkonini beradi; tadqiqot natijalari maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlarini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin. Eng samarali usullardan biri sifatida jangovar elementlarga ega ixtisoslashtirilgan o‘yin vazifalari hamda soddalashtirilgan qoidalarga asoslangan mini-janglar qo‘llaniladi. Ushbu mashg‘ulot shakllari kursantlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini, keskin

o‘zgaruvchan jangovar vaziyatlarda samarali harakat qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Javob berish uchun vaqtning cheklanganligi kursantlardan avtomatlashtirilgan harakatlar bilan bir qatorda mustaqil va ijodiy yondashuvni ham talab qiladi. Mashg‘ulot vazifalarini ishlab chiqishda Olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktablari tizimida qo‘llaniladigan o‘yin va mashg‘ulot shakllari tanlab olinib, kursantlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi hamda fan vazifalariga moslashtirildi. Ushbu vazifalar kursantlarning pozitsion jihatdan teng yoki teng bo‘lmagan sharoitlarda harakat qilish, raqibning qarshi ta’siri ostida yuzaga keladigan motor vazifalarni minimal vaqt ichida samarali hal etish qobiliyatini rivojlantirishga qaratildi. Kontaktli jang san’atlarida tayyorgarlik jarayonining ajralmas qismi sifatida maxsus tashkil etilgan va o‘qituvchi tomonidan boshqariladigan janglar muhim ahamiyatga ega. Ushbu janglar rasmiy qoidalarga muvofiq yoki soddalashtirilgan modellar asosida tashkil etilib, kursantlarning texnik va taktik tayyorgarligini bosqichma-bosqich takomillashtirish imkonini beradi. XULOSA Mazkur tadqiqot davomida IIV ta’lim muassasalari kursantlari uchun “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik” fanida qo‘l jangi mashg‘ulotlarini tashkil etishning samarali pedagogik yondashuvlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulotlarni jangovar vaziyatlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda, o‘yin va situatsion topshiriqlar asosida tashkil etish kursantlarning texnik va taktik tayyorgarligini sezilarli darajada oshiradi. Mashg‘ulot jarayonida soddalashtirilgan qoidalarga ega mini-janglar, sparring mashg‘ulotlari hamda qarama-qarshilik elementlariga asoslangan o‘yin vazifalaridan foydalanish kursantlarning tezkor qaror qabul qilish, vaziyatni tahlil qilish va raqib harakatlariga moslashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlandi. Shu bilan birga, mazkur yondashuv mashg‘ulotlarning emotsional fonini yaxshilab, kursantlarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Umuman olganda, qo‘l jangi mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida, jangovar modellashtirish elementlari bilan uyg‘unlashtirib tashkil etish kursantlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Khudayberganov Olimjon Komiljonovich (2023). FEATURES OF PREPARATION OF RUNNERS FOR MIDDLE AND LONG DISTANCES, CADETS STUDYING IN ACADEMIES OF THE MIA OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. International bulletin of applied science and technology, 3(3). https://zenodo.org/records/7758691
  2. Xudayberganov, O. , & Xushmuxammadiyeva, M. D. (2023). THE ROLE OF PHYSICAL FITNESS IN THE BODY OF GIRLS IN A SHORT-DISTANCE RUNNER 6-7 GRADE STUDENT. Modern Science and Research, 2(6), 786–791. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21195
  3. Khudayberganov, O. (2024). METHODOLOGY OF TRAINING TO OVERCOME COMMON OBSTACLES. Modern Science and Research, 3(2), 1020–1026. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29525
  4. Xudayberganov, O., & Xushmuxammadiyeva, M. (2023). THE EFFECTIVENESS OF THE DEVELOPMENT OF SPEED-STRENGTH QUALITIES OF SHORT-DISTANCE RUNNERS IN THE ACADEMY OF THE MINISTRY OF INTERNAL AFFAIRS. Modern Science and Research, 2(6), 780–785. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/21194
  5. Khudayberganov Olimjon Komiljonovich (2023). THE METHODOLOGY FOR USING RELIABLE AND INFORMATIVE TESTS IN THE SELECTION OF FOOTBALL FOR SPORTS. Research Focus,2(11) https://doi.org/10.5281/zenodo.101541959510.5281/zenodo.1015419595
  6. Khudayberganov Olimjon Komiljonovich (2024). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING TA’LIM MUASSASALARIDA TO‘SIQLARINI YENGIB O‘TISH BO‘YICHA MUSOBAQALARGA TAYYORGARLIK KO`RISH XUSUSIYATLARI. Research Focus,3(9) https://DOI:10.5281/zenodo.1377294510.5281/zenodo.13772945
  7. Khudayberganov Olimjon Komiljonovich (2025) AGE-RELATED DYNAMICS OF PHYSICAL TRAINING INDICATORS. «MODERN SCIENCE АND RESEARCH», 4(1) 448-455https://doi.org/10.5281/zenodo.1465807210.5281/zenodo.14658072
  8. Khudayberganov Olimjon Komiljonovich (2025) IIV AKADEMIYASI TA'LIMNING TURLI BOSQICHLARIDA KURSANTLARDA TARTIBBUZARNI HIBSGA OLISH BO'YICHA KASBIY KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADIGAN SHAROITLARNI TAHLIL QILISH. Research Focus | VOLUME 4 | ISSUE 10 | 2025 ISSN: 2181-3833 https://zenodo.org/records/17517081

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013334
Nashr sanasi
2026-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v5i2.2030
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
123–126
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06