Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

MA‘NAN YETUK DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qiziO‘zbekiston Milliy universiteti Milliy g‘oya, ma‘naviyat asoslari va huquq ta‘limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 137–142

Annotatsiya

Maqolada davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar va islohotlarga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlarining isloh etilishi davlat xizmatchilarining boshqaruv mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularni tanlash, tayyorlashni takomillashtirishga oid tahlillar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОДГОТОВКЕ ДУХОВНО ЗРЕЛЫХ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ГРАЖДАНСКИХ СЛУЖАЩИХ

В статье представлены мнения о современных технологиях и реформах повышения эффективности государственной гражданской службы. Также представлен анализ реформирования органов государственного управления в Узбекистане, совершенствования управленческих навыков государственных служащих, а также совершенствования их подбора и подготовки.

inglizchaTHE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TRAINING SPIRITUALLY MATURE STATE CIVIL SERVANTS

The article presents reflections on modern technologies and reforms in increasing the effectiveness of the state civil service. Analyses are also presented of the reform of the state administration bodies in Uzbekistan, of raising the managerial skills of civil servants, and of improving their selection and training.

Kalit so‘zlar

  • davlat fuqarolik xizmati
  • zamonaviy texnologiya
  • manfaatlar to‘qnashuvi
  • davlat boshqaruvi
  • davlat xizmatchilari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MA’NAN YETUK DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINI TAYYORLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qizi O‘zbekiston Milliy universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.18771436 Annotatsiya: Maqolada davlat fuqarolik xizmati samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalar va islohotlarga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlarining isloh etilishi davlat xizmatchilarining boshqaruv mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularni tanlash, tayyorlashni takomillashtirishga oid tahlillar keltirilgan. Kalit so‘zlar: davlat fuqarolik xizmati, zamonaviy texnologiya, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat boshqaruvi, davlat xizmatchilari

РОЛЬ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОДГОТОВКЕ НРАВСТВЕННО ЗРЕЛЫХ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ГРАЖДАНСКИХ СЛУЖАЩИХ Рисалиева Сарвиноз Бунёд кизи Национальный университет Узбекистана, студентка 3‑го курса направления «Национальная идея, основы духовности и правовое образование» Аннотация: В статье представлены мнения о современных технологиях и реформах повышения эффективности государственной гражданской службы. Также представлен анализ реформирования органов государственного управления в Узбекистане, совершенствования управленческих навыков государственных служащих, а также совершенствования их подбора и подготовки. Ключевые слова: государственная гражданская служба, современные технологии, конфликт интересов, государственное управление, государственные служащиe

THE ROLE OF MODERN TECHNOLOGIES IN TRAINING MORALLY MATURE CIVIL SERVANTS Risaliyeva Sarvinoz Bunyod qizi National University of Uzbekistan, 3rd-year student (major: National Idea, Fundamentals of Spirituality and Legal Education) Abstract: The article presents opinions on modern technologies and reforms in improving the efficiency of the state civil service. It also analyzes the reform of public administration bodies in Uzbekistan, improving the management skills of civil servants, as well as improving their selection and training. Keywords: civil service, modern technology, conflict of interest, public administration, civil servants

KIRISH Istiqlol yillarida O‘zbekistonda barcha jabhalarda bo‘lgani kabi davlat fuqarolik xizmati kadrlari siyosatida ham zamonaviy, demokratik tamoyillarga asoslangan tub o‘zgarishlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. 1995 yildan boshlab mamlakatimizda 30 ga yaqin turli soha boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ixtisoslashgan akademiya, institut, boshqarma hamda markazlarning faoliyat ko‘rsatayotganligini davlat fuqarolik xizmati kadrlari siyosatidagi muhim yutuq sifatida baholash mumkin. Ayniqsa,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyovning 2017 yil 8 avgustda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi akademiyaning faoliyatida muhim vazifalarni belgilab berdi[1.]. Islohotlarning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘zaro uyg‘unlikda, yaxlit tizim va davr nuqtai nazaridan amalga oshirilishi natijasida insonlar tafakkurida ham yangilanish va yuksalish jarayoni eski tuzum asoratlari ustidan g‘olib keldi. Tarix va tajribadan ma’lumki, har qanday islohotlarda fuqarolarning ongli ishtiroki yetarli bo‘lmas ekan, muvaffaqiyatga erishish juda qiyin. O‘zbekistonda esa aholining islohotlarni amalga oshirish jarayonidagi ishtiroki tobora kengayib va amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. MATERIALLAR VA METODLAR Keyingi yillarda O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlarining isloh etilishi davlat xizmatchilarining boshqaruv mahoratlarini oshirishga, shuningdek, ularni tanlash, tayyorlashni takomillashtirishga keng sharoitlar yaratmoqda. Bular esa, o‘z navbatida, boshqaruv organlariga qabul qilinayotgan xizmatchilarning yuqori malakaga ega bo‘lishini, hozirgi davr talablari darajasidagi tayyorgarliklardan o‘tishini, ularning ma’lum intellektual salohiyatga, amaliy tajribaga ega bo‘lishini taqozo eta boshladi. Shuningdek, rahbar kadrlarni tayyorlash va tanlash tizimini takomillashtirish maqsadida vazirliklar, boshqa davlat idoralari va joylarda mahalliy boshqaruv organlari uchun kadrlar zahirasini yaratish, ularni qayta tayyorlashga doir choratadbirlar ham ko‘rila boshlandi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev tasnifiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatidagi kadrlarning ustuvor fazilatlari ushbu quyidagi jadvalda keltirilgan:

Ibratlilik Yuksak Kitobsevarlik Hamkorlik Shaxsiy professionalizm o‘rnata olish mas’uliyat va javobgarlik

Liderlik fazilatiga Odamlarni Ish natijasi uchun Vaqt bilan Chuqur kasbiy egalik birlashtira olish javobgarlik hisoblashmaslik bilimlarga egalik

Adolat va Qat’iy tartib va Xalq manfaatlari yo‘lida Ma’naviy Amaliy namuna To‘g‘rilikka intizomga rioya fidoiylik bilan xizmat merosni bo‘lish qat’iy rioya etish qilish qilish o‘zlashtirish

O‘z faoliyatiga Qaror qabul qilishda Vatanparvarlik, Hotirjamlik Korruptsiyaga tanqidiy baho bera jamoatchilik fikriga xalqqa va kayfiyatiga yo’l qo’ymaslik olish tayanish davlatga sadoqat berilmaslik

1-rasm. Davlat xizmatidagi rahbar kadrlarning asosiy fazilatlari Adabiyotlar tahlili O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi”[2.], deya belgilab qo‘yilgan. Shu bilan

birga, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 122-moddasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy «ovoziga» aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni «aholi manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. “O‘zbekiston-2030” strategiyasining “Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” deb nomlangan 4-yo‘nalishi 1-qismida xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish, ya’ni, “Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish” deb nomlangan 81-bandida birqator vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bular: - kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish; - davlat fuqarolik xizmatini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish; - «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini ta’minlash; - milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida ming nafarga yetkazish; - davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish[3.]. Shu o‘rinda, bu sohada islohotlar jadallashgan jarayonda manfaatlar to‘qnashuvining ahamiyati haqida gapirmay o‘tolmaymiz. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2024 yil 5 iyunda imzolangan “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi O‘RQ-931-con Qonunda quyidagilar belgilab berildi[4]: manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tartibi; manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar; manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni ko‘rib chiqish va tekshirish tartibi. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining 3- moddasida manfaatlar to‘qnashuviga ta’rif berilgan. Manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat. Qonun quyidagilar uchun amal qiladi: davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyatlariga. O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir. Manfaatlar to‘qnashuviga oid hollarni hal qilish uchun Qonun bilan quyidagi choralarni ko‘rish nazarda tutilgan: o‘ziga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan rahbarning bevosita bo‘ysunuvidagi davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmaydigan boshqa rahbarning bo‘ysunuviga o‘tkazish; davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimini manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kollegial organ tarkibidan ixtiyoriy ravishda o‘zini o‘zi rad etishi orqali yoki majburan chetlashtirish; davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining lavozim majburiyatlari yoki xizmat vakolatlari doirasini qayta ko‘rib chiqish; davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining davlat organining yoki boshqa tashkilotning manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotidan va hujjatlaridan foydalanishiga cheklovlar belgilash; davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining shaxsiy manfaatdorligini bartaraf etish choralarini ko‘rish mumkin bo‘lmagan taqdirda, xodimning roziligi asosida uni avvalgi lavozimiga teng boshqa lavozimga o‘tkazish yoki mehnat shartnomasini (kontraktni) umumiy asoslarda bekor qilish va boshqalar. NATIJALAR Davlat va jamiyat hayotining turli sohalaridagi o‘zgarishlar natijasida davlat xizmatida korrupsiya o‘zining turli yashirin va zamonaviy ko‘rinishlari bilan yuzaga keladi. Bunda korruptsiogen xususiyatga ega bo‘lgan huquqbuzarliklar nafaqat moddiy pul va qiymatliklar asosida, balki, turli harakatlarni amalga oshirish yoki oshirmaslik natijasida davlat va jamiyat hayotiga zarar yetkazishga olib keladi. Manfaatlar to‘qnashuvi zamirida ham aynan turli yakka shaxs va guruhlarning, taraflarning manfaatlari bilan davlat va jamiyat manfaatlari to‘qnashuvi yuzaga keladi. Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi bir qarashda “manfaat” va “to‘qnashuv” so‘zlari birikkan holda ikkita sub’ektning manfaati to‘qnashuvi ma’nosini bildirsada, huquqiy jihatdan mazkur tushunchalar birikmasi boshqacha holatni ifodalaydi. To‘qnashuv so‘zi lotincha “conflictus” so‘zidan olingan bo‘lib, qarama-qarshilik, qarama-qarshi tomonlar, qarama-qarshi fikr, kuch, kelishmovchilik va nizo, shuningdek qarama-qarshi kuch va fikrlarning to‘qnashuvi ma’nolarini bildiradi[5. 96-bet]. Manfaat so‘zi esa arabcha foyda, daromad, moddiy, ma’naviy va boshqa jihatdan ko‘riladigan naf so‘zlarining tavsifidir. Biroq, so‘zlar birikmasidan hosil bo‘lgan mazkur iboraning yuridik tabiatini aniqlashda uning huquqiy ma’nosiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Qonunchilikka ko‘ra, davlat xizmatidagi manfaatlar to‘qnashuvi bir tomondan davlat va jamiyat manfaatlarining, ikkinchi tomondan esa davlat fuqarolik xizmatchisi manfaatlarining to‘qnashuvida, o‘zaro kelishmovchiliklarida yuzaga keladigan holat hisoblanadi. Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi mazmunida bevosita siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy manfaatlar yuzasidan kelib chiqadigan to‘qnashuv, ziddiyatlar yotadi, ya’ni shaxsning o‘z manfaatidan foydalanishi yoki foydalanishga urinishiRivojlangan mamlakatlar tajribasidagi axloqiy kodekslarda davlat

xizmatchilari xulqining namunaviy kodeksi asosan shu narsaga e’tibor qaratadiki, davlat xizmatchisi har qanday sharoitda ham o‘zining rasmiy holatidan shaxsiy foyda olish huquqiga ega emas. U o‘zining shaxsiy manfaatlari xizmat vazifasi bilan to‘qnash kelishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Davlat xizmatchisi bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun mas’ul hisoblanadi. Bundan tashqari, bunday kodekslar shunday vaziyat yuz berganda qanday choralar ko‘rish zarurligini ham ko‘rsatib o‘tadi. Manfaatlar to‘qnashuvi bilan chambarchas bog‘liq xunuk hodisalardan biri – korrupsiya. Korrupsiyaga qarshi kurash butun madaniylashgan dunyo davlat organlari faoliyatida birinchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan faol harakatlarga Yevropa ittifoqining faoliyati misol bo‘la oladi. Ittifoq tashabbusi bilan 1994 va 1997 yillarda davlat va xokimiyat boshliqlarining uchrashuvlari, ushbu masala muhokama qilingan Yevropa mamlakatlari adliya vazirlarining ikkita konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Ularning sa’yi-harakatlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashning 20 ta rahbarlik tamoyiliga asoslangan dasturi ishlab chiqildi. Bir qator tamoyillar davlat xizmatini etik jihatdan tartibga solishga tegishli bo‘lib, xizmat xulqining muvofiq kodekslariga tayanadi. Davlat fuqarolik xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha mazkur bosqichda amalga oshirilgan huquqiy islohotlarda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari markaziy o‘rinni egallaydi. Aynan mazkur hujjatda mamlakatda ilk bora davlat xizmatiga tegishli ravishda manfaatlar to‘qnashuvi huquqiy kategoriya sifatida normativ jihatdan mustahkamlandi. Jumladan, Mazkur hujjatga asosan, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda davlat xizmatchilari o‘z rahbarini xabardor qilishi kerak, rahbar esa uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shart. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalari milliy huquq tizimida normativ jihatdan mustahkamlangan va bugungi kunda mazkur normativ asoslar asosida faoliyatni tartibga solish amalga oshirilmoqda. MUHOKAMA Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish mexanizmlarida davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilish muhim ahamiyat kasb etib, u quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: - manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish; - mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish. Shu bilan bir qatorda, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha quyidagi tashkiliy mexanizmlar mavjud[5. 101-bet]: - korrupsiya va uning bir ko‘rinishi bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda rotatsiya institutini qo‘llash; - davlat fuqarolik xizmati tizimiga ishga kiradigan xodimlar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etish va uning asosiy mavzulari sifatida korrupsion xavf-xatarlar va ayniqsa, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq vaziyatda harakat qilish tartiblari, o‘zini tutish xatti-harakatlarini tushuntirish va o‘rgatish, xizmatga yangi qabul qilingan davlat fuqarolik xizmatchilarining mazkur kurslarni majburiy ravishda o‘tashi tartibini joriy etish; - ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlarini ko‘rish; - ma’muriy-tartib taomillarni soddalashtirish; - davlat xizmatlarini soddalashtirish, sohaga raqamli va onlayn texnologiyalarni keng joriy etish;

- davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar turlarini kengaytirish. Bir so‘z bilan aytganda, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni sohaga joriy etish davlat xizmatini shaffof va qonuniy faoliyat yuritishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasida davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar belgilangan[6.] bo‘lib, mazkur qoidalar asosida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Zero, manfaatlar to‘qnashuvini hal etish mexanizmlarini qonunchilik talablari asosida tartibga solish nizoli holatlarning yuzaga kelish ehtimollarini minimallashtiradi. XULOSA Xulosa shuki, jamiyatda qonunlarning amalda qo‘llanmasligi jazosizlik va boshboshdoqlik muhitining vujudga kelishiga yordam beradi, fuqarolarning hokimiyatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazib, jamiyatdagi ijtimoiy tayanchdan mahrum etadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham rahbar faoliyatini baholashning Ijtimoiy audit instituti shakllanishi uchun barcha asoslar paydo bo‘ldi. Mazkur tashkilotning xatti-harakatlari jamiyat istagiga qay darajada muvofiqligini tekshirilib, shu haqda ma’lumot berilmoqda. Boshqaruv talablarini amalga tatbiq qilishning ushbu mexanizmidan kadrlar korpusi harakati va faoliyati darajasini ichki nazorat qilishda ham foydalanish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyovning 2017 yil 8 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5139-son Farmoni. www.lex.uz.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2023. www.lex.uz.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/6600413.
  4. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2024 y., 07/24/210/0405-son.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Prezident Administratsiyasi nomenklaturasidagi lavozimlarga Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi bo‘yicha o‘quv-qo‘llanma. 2-bosqich. / Tuzuvchilar jamoasi. –T.: Akademiya, 2022. – B. 96.
  6. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 y., 1-son, 2-modda.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013337
Nashr sanasi
2026-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v5i2.2041
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
137–142
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06