Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

GIMNASTIKA VA AEROBIKA VOSITALARI ORQALI SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARINI MOBIL ILOVALAR ORQALI JORIY ETISH

Narmamatova Sabina G‘ayrat qiziSamarqand davlat pedagogika instituti magistranti2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 2Sahifa 132–136

Annotatsiya

Mazkur maqolada gimnastika va aerobika vositalari asosida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etishning pedagogik va innovatsion jihatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mobil ilovalardan foydalanish jismoniy faollikni oshirish, mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda samarali vosita ekanligi aniqlandi. Tajriba-sinov natijalari mobil ilovalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarning umumiy jismoniy holati va mashg‘ulotlar samaradorligini yaxshilaganini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaВНЕДРЕНИЕ ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ ЗАНЯТИЙ СРЕДСТВАМИ ГИМНАСТИКИ И АЭРОБИКИ ПОСРЕДСТВОМ МОБИЛЬНЫХ ПРИЛОЖЕНИЙ

В статье рассматриваются педагогические и инновационные аспекты внедрения оздоровительных занятий на основе гимнастики и аэробики с использованием мобильных приложений. В ходе исследования установлено, что применение мобильных приложений способствует повышению физической активности, мотивации к занятиям и формированию здорового образа жизни. Результаты экспериментальных исследований показали улучшение общего физического состояния и эффективности оздоровительных занятий у участников.

inglizchaINTRODUCING HEALTH-IMPROVING TRAINING SESSIONS BY MEANS OF GYMNASTICS AND AEROBICS THROUGH MOBILE APPLICATIONS

This article examines the pedagogical and innovative aspects of introducing health-improving training sessions based on the means of gymnastics and aerobics through mobile applications. In the course of the research it was established that the use of mobile applications is an effective means of increasing physical activity, strengthening motivation for training and forming a healthy lifestyle. The results of the experimental trials showed that the sessions organised on the basis of mobile applications improved the participants‘ general physical condition and the effectiveness of the sessions.

Kalit so‘zlar

  • gimnastika
  • aerobika
  • sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari
  • mobil ilovalar
  • jismoniy faollik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 796:338:89:28:078 GIMNASTIKA VA AEROBIKA VOSITALARI ORQALI SOG‘LOMLASHTIRISH MASHG‘ULOTLARINI MOBIL ILOVALAR ORQALI JORIY ETISH Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi Samarqand davlat pedagogika instituti magistranti E-mail: sabinanarmamatova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.19095654 Annotatsiya: Mazkur maqolada gimnastika va aerobika vositalari asosida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etishning pedagogik va innovatsion jihatlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mobil ilovalardan foydalanish jismoniy faollikni oshirish, mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda samarali vosita ekanligi aniqlandi. Tajriba-sinov natijalari mobil ilovalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarning umumiy jismoniy holati va mashg‘ulotlar samaradorligini yaxshilaganini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: gimnastika, aerobika, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, mobil ilovalar, jismoniy faollik.

ВНЕДРЕНИЕ ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ ЗАНЯТИЙ ЧЕРЕЗ МОБИЛЬНЫЕ ПРИЛОЖЕНИЯ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СРЕДСТВ ГИМНАСТИКИ И АЭРОБИКИ Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi магистрант Самаркандского государственного педагогического института E-mail: sabinanarmamatova@gmail.com Аннотация: В статье рассматриваются педагогические и инновационные аспекты внедрения оздоровительных занятий на основе гимнастики и аэробики с использованием мобильных приложений. В ходе исследования установлено, что применение мобильных приложений способствует повышению физической активности, мотивации к занятиям и формированию здорового образа жизни. Результаты экспериментальных исследований показали улучшение общего физического состояния и эффективности оздоровительных занятий у участников. Ключевые слова: гимнастика, аэробика, оздоровительные занятия, мобильные приложения, физическая активность.

IMPLEMENTATION OF HEALTH-IMPROVING EXERCISES THROUGH MOBILE APPLICATIONS USING GYMNASTICS AND AEROBICS Narmamatova Sabina G‘ayrat qizi Master’s degree student of Samarkand State Pedagogical Institute E-mail: sabinanarmamatova@gmail.com Abstract: This article examines the pedagogical and innovative aspects of implementing health-improving exercises based on gymnastics and aerobics through mobile applications. The study found that the use of mobile applications effectively increases physical activity, enhances motivation for exercise, and promotes a healthy lifestyle. Experimental results demonstrated improvements in participants’ overall physical condition and the effectiveness of health-oriented training sessions. Keywords: gymnastics, aerobics, health-improving exercises, mobile applications, physical activity.

KIRISH Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi gimnastika va aerobika vositalari asosida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etishning pedagogik samaradorligini aniqlash, shuningdek, ushbu mashg‘ulotlar yordamida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirishdan iborat. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etish 7–12 yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini sezilarli darajada oshirdi. Mashg‘ulotlar video va interaktiv ko‘rsatmalar asosida tashkil etilgani sababli bolalar mashqlarni to‘g‘ri va xavfsiz bajarish imkoniga ega bo‘ldi. MATERIALLAR VA METODLAR Mazkur tadqiqot zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy-nazariy qarashlarga tayangan holda olib borildi. Tadqiqot metodologiyasi sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etishda gimnastika va aerobika vositalaridan foydalanish hamda ularni mobil ilovalar orqali joriy etish jarayonining samaradorligini aniqlashga qaratildi. Tadqiqotda tizimli va kompetensiyaviy yondashuv asos qilib olindi. Tizimli yondashuv sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini bir butun pedagogik jarayon sifatida ko‘rib chiqishga, kompetensiyaviy yondashuv esa ishtirokchilarda jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi va o‘zo‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi. Shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida mashg‘ulotlar ishtirokchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etildi. Tadqiqot jarayonida umumilmiy va maxsus metodlardan foydalanildi. Jumladan, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, tajriba-sinov ishlari, testlash hamda taqqoslash metodlari qo‘llanildi. Tajribasinov jarayonida gimnastika va aerobika mashg‘ulotlari mobil ilovalar orqali tashkil etilib, mashqlarni bajarish texnikasi, mashg‘ulotlar davomiyligi va intensivligi nazorat qilindi. Tadqiqot usullari. Mazkur tadqiqotda gimnastika va aerobika vositalari orqali sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini mobil ilovalar yordamida joriy etish jarayonining samaradorligini aniqlash uchun turli ilmiy va pedagogik usullardan foydalanildi. Avvalo, umumilmiy metodlar sifatida ilmiy adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish usuli qo‘llanilib, gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarining sog‘lomlashtiruvchi ahamiyati hamda mobil ilovalarning pedagogik imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, turli metod va texnologiyalarni solishtirish va umumlashtirish orqali samarali yondashuvlarni aniqlashga harakat qilindi. Pedagogik usullar doirasida kuzatish, tajriba-sinov, testlash hamda so‘rovnoma va intervyu metodlaridan foydalanildi. Kuzatish orqali ishtirokchilarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabati, mashqlarni bajarish texnikasi va mashg‘ulot jarayonidagi o‘zgarishlar tizimli ravishda qayd etildi. Tajriba-sinov metodida mobil ilovalar yordamida gimnastika va aerobika mashg‘ulotlari joriy etilib, ularning samaradorligi sinab ko‘rildi. Testlash orqali ishtirokchilarning jismoniy faolligi, chidamliligi, moslashuvchanligi va umumiy sog‘lomlik darajasi aniqlandi. So‘rovnoma va intervyular esa mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiya va qoniqish darajasini aniqlashga xizmat qildi. NATIJALAR Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etish 7–12 yoshdagi bolalarning jismoniy faolligini sezilarli darajada oshirdi. Mashg‘ulotlar video va interaktiv ko‘rsatmalar asosida tashkil etilgani sababli bolalar mashqlarni to‘g‘ri va xavfsiz bajarish imkoniga ega bo‘ldi. Mobil ilovalar orqali mashg‘ulotlar davomiyligi

va intensivligini individual tarzda belgilash imkoniyati sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirdi va bolalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish, qat’iyatlilik hamda muntazamlik ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Tajribadan so‘ng olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 7–12 yoshdagi bolalarning umumiy jismoniy holati, chidamliligi va moslashuvchanlik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi. Shu bilan birga, bolalarning mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi oshdi, ular sog‘lom turmush tarzini qabul qilishga va mashg‘ulotlarni davom ettirishga intildi. Mobil ilovalar yordamida mashg‘ulotlarni nazorat qilish va natijalarni qayd etish esa pedagogik jarayonni interaktiv va individuallashtirilgan qildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etish 7–12 yoshdagi bolalar uchun samarali bo‘lib, ularning jismoniy va psixologik rivojlanishiga, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

1-jadval. Yillik sog‘lomlashtirish dasturi (7–12 yoshdagi bolalar uchun, mobil ilova orqali) Oy Mashg‘ulot turi Davomiyligi Asosiy maqsad Kutilayotgan natija Yanvar Gimnastika 20–25 min Mushaklar Moslashuvchanlik (yengil mashqlar, cho‘zilishi, oshadi, mushaklar cho‘zilish) moslashuvchanlik bo‘shashadi Fevral Aerobika (yengil 20–25 min Yurak-qon tomir Chidamlilik oshadi, kardio mashqlar) tizimi faolligi umumiy faollik kuchayadi Mart Gimnastika + 25–30 min Mushak tonusi va Jismoniy holat aerobika aralash kardio yaxshilanadi, mashqlar ko‘rsatkichlarni koordinatsiya oshirish rivojlanadi Aprel Mobil ilova 25–30 min Mashqlarni to‘g‘ri Mashqlarni to‘g‘ri orqali interaktiv bajarish, motivatsiya bajarish va qiziqish mashqlar oshirish kuchayadi May Gimnastika 25–30 min Mushaklar kuchi va Mushak kuchi oshadi, (statik va barqarorlik balans va koordinatsiya dinamik yaxshilanadi mashqlar) Iyun Aerobika (ritmik 25–30 min Yurak-qon tomir Chidamlilik va umumiy kardio mashqlar) tizimi va chidamlilik faollik oshadi Iyul Mobil ilova 30 min Rag‘batlantirish, Motivatsiya va orqali mini- jamoada ishlash jamoaviy ish musobaqalar ko‘nikmasi ko‘nikmasi oshadi Avgust Gimnastika + 30 min Mushak tonusi, Jismoniy holat aerobika aralash koordinatsiya va yaxshilanadi, o‘z-o‘zini mashqlar chidamlilik nazorat ko‘nikmalari rivojlanadi Sentabr Mobil ilova 25–30 min Mashqlarni individual Individual rivojlanish, orqali interaktiv darajada bajarish qat’iyatlilik oshadi mashqlar

Oktyabr Gimnastika 25–30 min Moslashuvchanlik va Mushaklar cho‘ziladi, (cho‘zilish, balans muvozanat yaxshilanadi balans mashqlari) Noyabr Aerobika (yengil 25–30 min Yurak-qon tomir Chidamlilik va faollik kardio + ritmik tizimi faolligi oshadi mashqlar) Dekabr Mobil ilova 30 min Mashg‘ulotlarni Mashg‘ulotlar orqali mini- yakuniy baholash va samaradorligi musobaqalar va rag‘batlantirish baholandi, motivatsiya o‘zini baholash oshdi Ushbu yillik dastur 7–12 yoshdagi bolalar uchun gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etishni nazarda tutadi. Har bir oy uchun belgilangan mashg‘ulot turi, davomiyligi va asosiy maqsad bolalarning jismoniy rivojlanishiga, koordinatsiyasi va chidamliligini oshirishga xizmat qiladi. Mobil ilovalar yordamida mashg‘ulotlar interaktiv tarzda tashkil etilgani sababli bolalar mashqlarni to‘g‘ri va xavfsiz bajaradi, mashg‘ulotlarga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasi ortadi. Jadvaldagi har bir bosqich sog‘lomlashtirish samaradorligini maksimal darajaga chiqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, mobil ilovalar orqali mashg‘ulotlarni nazorat qilish va yakuniy baholash imkoniyati pedagogik jarayonni individual hamda interaktiv qiladi. MUHOKAMA Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarini mobil ilovalar orqali joriy etish 7–12 yoshdagi bolalar uchun samarali pedagogik yondashuv hisoblanadi. Mashg‘ulotlar video va interaktiv ko‘rsatmalar orqali tashkil etilgani sababli bolalar mashqlarni to‘g‘ri va xavfsiz bajarish imkoniga ega bo‘ldi, mashg‘ulotlarga bo‘lgan motivatsiya oshdi va ular muntazam shug‘ullanishga intildi. Mobil ilovalar yordamida mashg‘ulotlarning davomiyligi va intensivligini yosh hamda jismoniy xususiyatlarga moslashtirish imkoniyati sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirdi va o‘z-o‘zini nazorat qilish, qat’iyatlilik hamda muntazamlik ko‘nikmalarini rivojlantirdi. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, tajriba davomida ishtirokchilarning chidamliligi, moslashuvchanligi va umumiy jismoniy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Mobil ilovalar orqali interaktiv mashg‘ulotlarni nazorat qilish va yakuniy baholash pedagogik jarayonni individual hamda tizimli qiladi, shuningdek, bolalarda psixologik barqarorlik va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. XULOSA Mobil ilovalar yordamida gimnastika va aerobika mashg‘ulotlarini joriy etish nafaqat jismoniy rivojlanishni, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, motivatsiya va qiziqishni oshirish hamda psixologik ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ushbu yondashuv amaliyotda maktab yoki uy sharoitida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini individual hamda interaktiv tarzda tashkil etish imkonini beradi, pedagogik jarayonni yanada samarali qiladi va bolalarning jismoniy hamda psixologik rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-son Farmoni. 2018-yil 5-mart.
  2. 2019–2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi. 2019-yil 15-fevral.
  3. Yusupov G‘.A. Sog‘lomlashtiruvchi gimnastika vositalari orqali talaba yoshlarning jismoniy rivojlanishini korreksiyalash metodikasi: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, 2023. – 150 b.
  4. Safarova D.D. Ayollarda fitnes-aerobika mashg‘ulotlarining sog‘lomlashtiruvchi samaradorligi: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent: UDJTSU, 2022. – 140 b.
  5. Karimova M.X. Turli yoshdagi ayollarda sog‘lomlashtiruvchi gimnastika mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish metodikasi: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent: UDJTSU, 2021. – 148 b.
  6. Ergasheva N.Sh. Fitnes va aerobika mashg‘ulotlarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik asoslari: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Chirchiq: UDJTSU, 2020. – 160 b.
  7. Turaqulov I. Sog‘lomlashtiruvchi gimnastika vositalari yordamida ayollarning jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasi: Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent: UDJTSU, 2019. – 142 b.
  8. Raximova Z.O. Oliy ta’lim muassasalarida aerobika mashg‘ulotlarini sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishda tashkil etishning nazariy-metodik asoslari: Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi. – Toshkent: UDJTSU, 2020. – 190 b.
  9. Xolboyeva G.X. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya mutaxassislarining kasbiy salohiyatini modernizatsiyalash asosida oshirish // Scientific-theoretical journal of International education research. Vol. 2. No. 3. ISSN 2181-4279. 2024. – B. 33–39. [13.00.00. №3].
  10. Holboyeva G.H. Theory and methodology of physical education. Textbook. Samarqand State University edition. 2020. – P. 56–59.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013336
Nashr sanasi
2026-03-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
5
Son
2
DOI
10.66073/researchfocus.v5i2.2037
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
132–136
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06