EKOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNING JURNALISTIKADAGI AHAMIYATI
Madinaxon AmirovaToshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 5Son 3Sahifa 59–62
Annotatsiya
Mazkur maqolada ekologik jurnalistikaning mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Atrof-muhit muammolarining global tus olishi sharoitida ommaviy axborot vositalarining ekologik ong va madaniyatni shakllantirishdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, ekologik jurnalistikaning funksiyalari, tamoyillari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaПОНЯТИЕ ЭКОЛОГИИ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В ЖУРНАЛИСТИКЕ
В статье научно-теоретически анализируются сущность экологической журналистики, её место и значение в развитии общества. В условиях глобализации экологических проблем раскрывается роль средств массовой информации в формировании экологического сознания и культуры. Также освещаются функции, принципы и современные тенденции развития экологической журналистики.
inglizchaTHE CONCEPT OF ECOLOGY AND ITS IMPORTANCE IN JOURNALISM
This article analyzes the essence of environmental journalism, as well as its place and importance in social development from a scientific and theoretical perspective. In the context of the global nature of environmental problems, the role of mass media in shaping environmental awareness and culture is revealed. The functions, principles, and modern development trends of environmental journalism are also highlighted.
Kalit so‘zlar
- ekologik jurnalistika
- ommaviy axborot vositalari
- ekologik ong
- barqaror rivojlanish
- atrof-muhit
- axborot siyosati
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
EKOLOGIYA TUSHUNCHASI VA UNING JURNALISTIKADAGI AHAMIYATI Amirova Madinaxon Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jurnalistika yo‘nalishi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.19229446 Annotatsiya: Mazkur maqolada ekologik jurnalistikaning mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Atrof-muhit muammolarining global tus olishi sharoitida ommaviy axborot vositalarining ekologik ong va madaniyatni shakllantirishdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, ekologik jurnalistikaning funksiyalari, tamoyillari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Kalit so‘zlar: ekologik jurnalistika, ommaviy axborot vositalari, ekologik ong, barqaror rivojlanish, atrof-muhit, axborot siyosati
ПОНЯТИЕ ЭКОЛОГИИ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В ЖУРНАЛИСТИКЕ Амирова Мадинаксон Ташкентский государственный университет востоковедения, студентка 1 курса, факультет журналистики. Аннотация: В статье научно-теоретически анализируются сущность экологической журналистики, её место и значение в развитии общества. В условиях глобализации экологических проблем раскрывается роль средств массовой информации в формировании экологического сознания и культуры. Также освещаются функции, принципы и современные тенденции развития экологической журналистики. Ключевые слова: экологическая журналистика, средства массовой информации, экологическое сознание, устойчивое развитие, окружающая среда, информационная политика
THE CONCEPT OF ECOLOGY AND ITS IMPORTANCE IN JOURNALISM Amirova Madinaxon Tashkent State University of Oriental Studies, 1st year student, Journalism Department Abstract: This article analyzes the essence of environmental journalism, as well as its place and importance in social development from a scientific and theoretical perspective. In the context of the global nature of environmental problems, the role of mass media in shaping environmental awareness and culture is revealed. The functions, principles, and modern development trends of environmental journalism are also highlighted. Keywords: environmental journalism, mass media, environmental awareness, sustainable development, environment, information policy
KIRISH XXI asrda global taraqqiyot jarayoni ekologik muammolar bilan bevosita bog‘liq holda kechmoqda. Iqlim o‘zgarishi, atmosfera havosining ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi va bioxilma-xillikning qisqarishi kabi jarayonlar nafaqat tabiiy muhitga, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu sharoitda jamiyatning ekologik ongini shakllantirish, ekologik masalalar yuzasidan xabardorlikni oshirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Axborot maydonining kengayishi va ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi ekologik muammolarni yoritishda yangi imkoniyatlarni yaratdi. Ekologik jurnalistika ana shu jarayonda alohida ixtisoslashgan yo‘nalish sifatida shakllanib, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni tahlil qilish, ekologik xavflarni ochib berish hamda jamoatchilik fikrini shakllantirish vazifasini bajaradi.
Xalqaro miqyosda barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida ekologik axborotning ahamiyati alohida ta’kidlanmoqda. Jumladan, United Nations tomonidan ilgari surilgan Barqaror rivojlanish maqsadlarida ekologik masalalarning ochiqligi va axborotning shaffofligi muhim omil sifatida ko‘rsatiladi. Bu esa ekologik jurnalistikaning nafaqat axborot beruvchi, balki ijtimoiy nazorat mexanizmi sifatidagi rolini kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan, ekologik jurnalistikaning jamiyatdagi o‘rni, uning funksiyalari va ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini ilmiy jihatdan o‘rganish tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi.
MATERIALLAR VA METODLAR Ekologik jurnalistika — bu tabiiy muhit, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritishga ixtisoslashgan jurnalistika yo‘nalishi hisoblanib, u oddiy axborot berishdan tashqari, ekologik muammolarning sabablari, oqibatlari va yechim yo‘llarini chuqur tahlil qilgan holda jamoatchilik ongini shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik jurnalistika faqat faktlarni yetkazib berish bilangina cheklanib qolmay, jamiyatni atrof-muhit bilan bog‘liq jarayonlarga faol jalb etadi, ekologik savodxonlikni oshiradi va mas’ul qarorlar qabul qilishga undaydi. Mazkur yondashuv ijtimoiy axborot makonida ekologik mavzularni kengroq muhokama qilish imkoniyatini beradi, shuningdek, media vositalaridagi sifatli kontent jamiyatning ekologik ongini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ma’lum qiladiki, ekologik jurnalistika odatiy jurnalistikadan farqli o‘laroq, kompleks axborotlar almashinuvi va chuqur tahliliy yondashuvni talab qiladi. Bu yo‘nalish atrof-muhit holatini yoritishda ko‘pincha statistik ma’lumotlar, ekspert fikrlari, ilmiy tadqiqotlar natijalari hamda siyosiy tahlillarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ekologik jurnalistlar media platformalarda auditoriya bilan interaktiv tarzda muloqot qiladilar va ekologik muammolar bo‘yicha jamoatchilik munozarasini shakllantirishga xizmat qiluvchi kontentlar yaratadilar.
Ekologik jurnalistika ikki fan — ekologiya va jurnalistika birlashuvidan tashkil topgan. Ekologiya fanining asoschisi sifatida nemis biologi Ernst Haeckel (1834–1919) tilga olinadi. U 1866-yilda birinchi bo‘lib “ekologiya” atamasini qo‘llagan. U shunday yozadi: “Ekologiya deganda biz organizm va uning yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi umumiy fanni tushunamiz. Bunda biz mavjudlikning barcha shart-sharoitlarini keng ma’noda nazarda tutamiz. Ular tirik tabiatning noorganik tabiat bilan bog‘liq qismini ham o‘z ichiga oladi”. O‘sha davrda bu atama faqat fan nomini anglatgan bo‘lib, biologiyaning bir bo‘limi sifatida qaralgan.
Jurnalistika (fransuzcha journal — kundalik, jour — kun; lotincha diurna — kundalik so‘zidan kelib chiqqan) zamonaviy hayotning eng muhim ijtimoiy hodisalaridan biri bo‘lib, ommaviy axborot faoliyatining aynan o‘zidir. Jurnalistik faoliyat jarayoni dolzarb, davriy ijtimoiy axborotni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatishdan iborat faoliyat turi hisoblanadi. Bugungi kunda kundalik nutqimizda “ekologik jurnalistika”, “siyosiy jurnalistika”, “iqtisodiy jurnalistika”, “tibbiy jurnalistika” kabi iboralar tez-tez uchraydi. Biroq “ekologik jurnalistika” atamasi nisbatan kam qo‘llanadi. Jamiyat bu tushunchani turlicha talqin qilgan bo‘lsa-da, u mustaqil ixtisoslashgan yo‘nalish sifatida nisbatan yaqinda, o‘tish (transformatsiya) davrida kirib keldi.
Shu tufayli bu yo‘nalish fanda hali yangi hisoblanadi. L.A. Koxanova ta’kidlaganidek, “Ommaviy axborot vositalari barqaror rivojlanish muammolarini yoritishda asosiy kanal hisoblanadi. Ular auditoriyaga tabaqalashtirilgan yondashuv tamoyiliga amal qilgan holda, jamiyat ichidagi individual va guruh ehtiyojlarini ajratib ko‘rsatadi, davlatlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatadi. Matbuot, radio va televideniye kompyuter bilan birlashib, kelajakka olib boruvchi ko‘prik vazifasini bajaradi”.
“Ekologik jurnalistika” atamasiga aniq ta’rif berish uchun jurnalistika tushunchasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, jurnalistika — bu axborotni yig‘ish, qayta ishlash va ommaga yetkazish jarayoni hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, ekologik jurnalistika atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, ekologik muammolar va barqaror rivojlanish masalalariga oid axborotni yig‘ish, tahlil qilish hamda keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan jurnalistik faoliyatdir.
NATIJALAR Ekologik jurnalist kim? “Kim axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga ega bo‘ladi”, degan fikr bejiz aytilmagan. Ekologik jurnalistning asosiy maqsadi — odamlarni atrof-muhitning jiddiy holati haqida boxabar qilish, ularning diqqat-e’tiborini muammolarga qaratish hamda ularni mustaqil fikrlash va xulosa qilishga undashdan iboratdir. Jamiyatdagi ba’zi insonlar ekologik muammolarga befarq bo‘lmoqdalar. Ularning xatolari ko‘pincha yer, o‘rmonlar, o‘simliklar va hayvonlar doimo mavjud bo‘ladi, deb o‘ylashlaridadir. Afsuski, ko‘pchilik insonlar yer yuzida sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari ularga ta’sir qilmaydi, deb hisoblaydi. Ular ekologik muammolar haqida eshitgan bo‘lsalar-da, u bilan bevosita to‘qnash kelmagan. Jamiyat, shuningdek, ekologik muammolarni iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy masalalarga nisbatan ikkinchi darajali deb biladi va bunga o‘rganib qolgan. Ma’lum ma’noda bu fikr ham asosli, biroq ekologik muammolarni e’tiborsiz qoldirish nafaqat bugungi kun, balki kelajak uchun ham jiddiy falokatlarga olib kelishi mumkin.
Ekologiya sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar ayrim ekologik falokatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish uchun o‘ziga xos pozitsiyaga ega. Ommaviy axborot vositalari ko‘magidan foydalangan holda jurnalistlar mavjud tahdidlar haqida keng jamoatchilikni ogohlantiradi hamda ekologik muammolarni jamoatchilik uchun yanada ochiq va tushunarli shaklda taqdim etadi. Havoning ifloslanishi, global iqlim isishi, ayrim hayvon turlarining qirilib ketishi kabi muammolarning jiddiyligini yoritish va jamiyatga bu omillarning ahamiyatini anglatish qobiliyati ekologik jurnalistning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishi lozim.
MUHOKAMA Bir so‘z bilan aytganda, jurnalistikasiz jamiyat ayrim dolzarb ahamiyatga molik ekologik falokatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lmaydi va ularning muhimlik darajasini anglab yetmaydi. Shu bois jurnalistika ham hukumat darajasida, ham jamoatchilik maydonida samarali ta’sir kuchiga ega bo‘lib, ekologik muammolar bo‘yicha o‘zgarishlar yuz berishida muhim rol o‘ynaydi. Agarda “ekologik jurnalistika” tushunchasini torroq ma’noda ifoda etadigan bo‘lsak, u global va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ekologik masalalarni doimiy va keng qamrovda yoritishni anglatadi. Ushbu jurnalistikaning predmeti faqat muammolar bilangina cheklanib qolmay, balki atrof-muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish haqidagi ijobiy tajribalarni ham taqdim etadi.
Ekologiya bilim sohasi sifatida tabiiy va ijtimoiy hodisalarning majmuini, shuningdek, turli tirik organizmlar jamoasining (ekotizimlarning) holati va rivojlanishini hamda ularning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Yunon tilidan tarjima qilganda “oikos” — uy, “logos” — fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Demak, “ekologiya” — bu “uy haqidagi fan”, ya’ni tirik organizmlar va ularning yashash muhiti o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Ko‘pincha “ekologiya” tushunchasi “atrof-muhit”
bilan aynan bir tushuncha deb tushuniladi. Hatto “yaxshi ekologiya”, “yomon ekologiya” kabi iboralar ham paydo bo‘lgan. Aslida esa atrof-muhitni muhofaza qilish tirik va tirik bo‘lmagan tabiatni asrash, undan oqilona foydalanish va uni qayta tiklashga qaratilgan turli faoliyatlar majmuyidir. Ommaviy axborot vositalari har bir soha uchun ulkan ma’lumot bazasidir. Buning samarasi o‘laroq, atrof-muhit jurnalistining vazifasi jamoaning ekologik muammolar haqidagi xabardorlik darajasini oshirishdan iborat. Atrof-muhit jurnalisti tijorat yoki siyosiy manfaatlar ta’siriga tushmasligi, shu bilan birga ekologiya bilan bog‘liq yangi g‘oya va fikrlarni taqdim etishi kerak. Jurnalist imkon qadar yangilik yoki ma’lumot manbasini ko‘rsatishi, shuningdek, ortiqcha bo‘rttirilgan, taxminiy yoki tarafkash sharhlardan qochishi va o‘z manbalariga boshqa tegishli shaxslar, tashkilotlar yoki hamkasblarning ham murojaat qilishi uchun yordam berishi kerak. XULOSA Yuqoridagi tahlillarga ko‘ra, ekologik jurnalistika zamonaviy jurnalistikaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. U atrof-muhit muammolarini yoritish, jamiyatni ekologik xavf-xatarlar haqida boxabar qilish va ekoongni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ekologik jurnalistika tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlodlar uchun sog‘lom atrof-muhitni saqlab qolish g‘oyalarini targ‘ib qilishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu tufayli ekologik muammolarni chuqur tahlil qilish, ilmiy asoslangan ma’lumotlarga tayanib yoritish va jamoatchilikni xabardor qilish ekologik jurnalistikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Umumlashtirib aytilganda, ekologik jurnalistika jamiyatning ekologik ongini oshirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy fikrni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan ekologik jurnalistikaning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish hamda uning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish bugungi kunda dolzarb ilmiy vazifalardan biridir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- KazNU Bulletin. Journalism series. №4 (42). 2016.
- Hansen, A. Environment, Media and Communication. Routledge, 2018.
- Cox, R. Environmental Communication and the Public Sphere. Sage, 2013.
- Koxanova, L.A. Çevre duyarlılığı kazandırmada özel radyo haberlerinin rolü. Sankt- Peterburg, 2012. P. 18.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013470
- Nashr sanasi
- 2026-04-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 5
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v5i3.2343
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 59–62
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06