Иброхимжон Абидов, Фарход Хошимов · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada modifikatsiyalangan ammofos ishlab chiqarishning texnologik jarayonini nazorat qilish uchun fiziologik faol moddalarni aniqlashning spektrofotometrik usulini ishlab chiqish natijalari keltirilgan.
M. H.Raxmonberdiyeva, D.RXaydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqola ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy sintetik preparatlar va ularning kimyoviy tarkibi haqida umumiy ma‘lumot beradi. Zamonaviy tibbiyotda psixofarmakologiya sohasi rivojlanib, yangi turdagi antidepressantlar, antipsixotiklar, anksiolitiklar va trankvilizatorlar yaratilmoqda. Ushbu preparatlarning tarkibi, ta‘sir mexanizmlari va davolashdagi ahamiyati keng tahlil qilingan.
Ibrohimjon Abidov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada fiziologik faol moddalar (FFM) bilan ammofos ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. O‘zgartirilgan ammofosda FFMni kuzatish usullari ishlab chiqilgan. FFM tarkibining og‘irligi 0,05% dan oshishi aniqlandi.
M.N. Mamatkulov, F.F. Isayev, I.T. Bozarov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Usbu maqolada tabiiy fanlarni o‘rganishda elektron sxemalarni kompyuterli loyihalashtirish va sxemotexnik modellash dasturlari xususiyatlari va afzalliklari keltirilgan.
Mazkur maqolada gidroto‘plashelektr stansiyalarining asosiy xususiyatlari va ishrejimlari tadqiq etiladi. Manevr (o‘zgaruvchanlik)qobiliyatining yetishmasligi sabablari vayechimlari aniqlanadi. Gidroto‘plash elektrstansiyasining imkoniyatlari va uning energetikatizimiga ijobiy ta‘siri batafsil tavsiflanadi.
Maqolada karbonkompensatsiyalari konsepsiyasi va uning“O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyatidagiahamiyati tahliliy yoritiladi. Karbonkompensatsiyalari global iqlim o‘zgarishisharoitida issiqxona gazlari chiqindilarinineytrallashtirish vositasi sifatidako‘rib chiqiladi. Shuningdek, karbonkompensatsiyalari qanday ishlashi,ularni sertifikatlash jarayonida Verra vaGold Standard kabi tashkilotlarning rolihamda qayta tiklanadigan energiya,o‘rmonlarni qayta tiklash va energiyasamaradorligini oshirish kabi mashhurkarbon kompensatsiya loyihalari tahlilqilinadi. “O‘zbekgidroenergo” AJning
КАРБОНОВЫЕ КОМПЕНСАЦИИ И AO«УЗБЕКГИДРОЭНЕРГО»: ТРАНСФОРМАЦИЯК УСТОЙЧИВОМУ РАЗВИТИЮПахлавон НУРМАТОВНачальник офиса реализациитрансформации, внедрения принципов ЭСУи зеленой экономики АО «Узбекгидроэнерго»Аннотация: В статье анализируютсяуглеродные компенсации и их значениев деятельности АО «Узбекгидроэнерго».Компенсация выбросов представляетсякак один из способов нейтрализациипарниковых газов в условиях глобальныхклиматических изменений. Анализируютсямеханизмы работы углеродныхкомпенсаций, роль сертифицирующихорганизаций, таких как Verra и GoldStandard, а также популярные проектыв этой сфере, включая возобновляемыеисточники энергии, лесовосстановлениеи повышение энергоэффективности.Рассмотрены возможности и перспективыАО «Узбекгидроэнерго» по участию впроектах по компенсации выбросов
O‘ZBEKGIDROENERGETIKAУЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКАUZBEKHYDROPOWERPRINT ISSN 3060-4672118 VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024IQTISODIY SAMARADORLIK SARIНА ПУТИ К ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ
karbon kompensatsiya loyihalarida ishtiroketishdagi imkoniyatlari va istiqbollari ko‘ribchiqiladi, jumladan, gidroelektr stansiyalarnimodernizatsiya qilish va yangi obyektlarqurish orqali Jamiyatning barqarorrivojlanishga hissa qo‘shish imkoniyatlarimuhokama qilinadi. Shu bilan bir qatorda,maqolada karbon kompensatsiyalariorqali “O‘zbekgidroenergo” AJning jahonbozoridagi o‘rnini mustahkamlash va atrofmuhitni muhofaza qilish bo‘yicha global sa‘yharakatlarga qo‘shilishi mumkinligi qaydetiladi.
Йирик ва ўта муҳим гидротехника иншоотларини хавфсизлигива техник ҳолати ишончлилигини мукаммал назорат-таҳлил қилишда мазкуриншоотларнинг сифат ва миқдор ташхис кўрсаткичлари билан боғлиқ хавфсизликмезонларини ишлаб чиқиш муҳим ўрин тутади. Шунга мувофиқ мақолада йириква ўта муҳим гидротехника иншоотларининг хавфсиз эксплуатациясини назоратқилишда хавфсизлик мезонларининг асосий мазмун-моҳияти ҳамда уларнингмақсад ва вазифалари атрофлича ёритиб берилди.
Мақолада республикамиз гидроэнергетик салоҳиятидансамарали фойдаланиш, кичик ва микроГЭСларни ривожлантириш, бу борадахусусий тадбиркорлик фаолиятини қўллаб-қувватлаш, қурилиш ва модернизацияишларини жадаллаштириш, гидроэлектр станцияларни ишга тушириш орқалиэлектр энергия ишлаб чиқариш кўрсаткичларини ошириш масалалари ёритилади
Inshootlardagi suv harakatiniraqamli modellashtirish oqim parametrlarinianiqlashning asosiy usullaridan biridir.Shuningdek, raqamli modellashtirish fizikmodelda yoki me‘yoriy hujjatlar bo‘yicha hisobkitoblar asosida o‘lchash mumkin bo‘lmaganparametrlarni aniqlashga imkon beradi.
Davron MANSUROV, Bobur KALANDAROV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2024
Мазкур мақолада Ўзбекистон Республикасининг инвестициядастури доирасида “Ўзбекгидроэнерго” АЖда амалга оширилаётган долзарбвазифалар, хорижий инвестицияларни жалб қилиш ва ташқи иқтисодий фаолиятбўйича бажарилаётган амалий ишлар атрофлича ёритилади. Шунингдек, импорттоварларнинг божхона тўловлари расмийлаштируви юзасидан муҳим таҳлилиймаълумотлар тақдим қилинади.
Taraqqiyotning yangi bosqichida boshqa sohalar kabi gidroenergetika sohasida ham tezkor va muhim o‘zgarish-yangilanishlar sodir bo‘lmoqda. Bubevosita o‘zbek tili leksikologiyasiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmoqda. Sohaga zamonaviytexnologiyalar, xorijiy tajribaning keng joriy qilinishi gidroenergetika atamalari tarkibiniham boyitib, yangilab borayotgani bu boradagi tadqiqotlarga ham ehtiyoj yuzagakelayotganini ko‘rsatmoqda. Shu ma‘noda, mazkur maqolada gidroenergetika sohasigaoid atamalarning o‘ziga xos xususiyatlari, sotsiolingvistik jihatlari yoritib beriladi.
Ushbu tadqiqot shamolenergetikasi texnologiyalaridan foydalangan holda gidroelektr stansiyalarning energiya samaradorligini oshirishimkoniyatlarini ishlab chiqishga qaratilgan.Mavjud GESlar va ularning shamol energetikatizimlarini integratsiyalash imkoniyatlarinitahlil qilish asosida tadqiqot energiya ishlabchiqarishni optimallashtirish va atrofmuhitga salbiy ta‘sirlarni kamaytirish bo‘yichastrategiyalar va texnik yechimlarni taklif qiladi.Tadqiqot natijalari energetika sohasidagimuhandislar, konstruktorlar va qaror qabulqiluvchilar uchun gidroelektr stantsiyalarniyangilash va samaradorligini oshirishto‘g‘risida qaror qabul qilishda foydali bo‘lishimumkin.
Yopiq sug‘orish tarmog‘i suvnimanbadan dalalarga minimal yo‘qotishlarbilan tashish uchun mo‘ljallangan quvurlartizimini anglatadi. Ochiq kanallardan farqlio‘laroq, yopiq sug‘orish tarmoqlari bug‘lanishva infiltratsiya yo‘qotishlarini kamaytirishorqali suv resurslaridan yanada samaralifoydalanishni ta‘minlaydi. Suv yetishmovchiligimuammosi, ayniqsa, dolzarb bo‘lganO‘zbekistonda yopiq sug‘orish tarmoqlarinijoriy etish muhim yechim bo‘lishi mumkin.Ushbu tadqiqot yopiq sug‘orish tarmoqlariningafzalliklarini, boshqa mamlakatlarda ularnimuvaffaqiyatli joriy etish misollarini vaO‘zbekistonda ularni joriy etish bo‘yichatavsiyalarni ko‘rib chiqadi
Bobur SHODIEV, Akmal VOKHIDOV, Aziz BABAEV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2024
Energiya tizimining energiyayuklari grafigini notekislik koeffitsiyentining0,79 dan 0,826 gacha o‘sishi bilan tenglashtirishuchun gidroelektr va issiqlik elektr stansiyalario‘rtasida yuklarning taqsimlanishini hisoblashnatijalari keltirilgan, bu issiqlik elektrstansiyalarining o‘zgaruvchan ish rejimlariningchastotasining pasayishiga olib keladi vashuning uchun agregatlarni ishga tushirishdayoqilg‘i sarfini kamaytiradi, shuningdek, issiqlikuskunalari avariyasi oldi olinadi
Maqolada O‘zbekistonRespublikasining iqlim sharoitida zamonaviyenergiya saqlash tizimini (ESТ) loyihalash vaishlatish xususiyatlari o‘rganiladi. SCE ningtexnik xususiyatlari ochib berilgan, shuningdekularning ulanish sxemalari va ish rejimlaritahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasiningiqlimiy xususiyatlarini hisobga olgan holda,ularning samaradorligini oshirish uchuno‘xshash tizimlarni loyihalash bo‘yichatavsiyalar berilgan.
Alisher SHANAZAROV · “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal · 2024
Ушбу мақола гидроэлектр станциялар (ГЭС) ва иссиқликэлектр станциялари (ИЭС) фаолиятида ресурслардан самарали фойдаланиш ваэнергия истеъмолини оптималлаштиришга қаратилган. Тадқиқот қисқа муддатлиэнергия тизимларини оптималлаштириш учун оддий, функционал ва интегралчегара шартларини қўллайди. Хусусан, гидроэлектр станцияларида кунлик сувистеъмоли қишлоқ хўжалигини суғориш эҳтиёжлари ва бошқа қишлоқ хўжалигимақсадларини ҳисобга олган ҳолда моделлаштирилган. Резервуар биланбошқариладиган ГЭСнинг иш жадваллари ГЭСда энергия ишлаб чиқаришнингмақбул оралиғида ИЭСда ёқилғи сарфини минималлаштириш, математикдастурлаш ечимлари, шу жумладан, мураккаб чизиқли бўлмаган дастурлаш,турли хил чегара шартларини ўз ичига олган оптималлаштириш муаммолари ҳалқилинган.
Maqolada Arximed vint turbinaga kiruvchi suv bosimini aniqlashyuzasidan analitik tahlillar olib borilgan. Arximed vint turbinasiga oqib kirayotgansuvning hammasi ham elektr energiyasi hosil qilishda qatnashmasligi, suvning bir qismiparraklar bilan tagidish o‘rtasidagi tirqishdan oqib ketsa, boshqa qismi esa parraklarsig‘imi optimal nuqtagacha to‘lib bo‘lgandan keyingi ortiqcha suv qatlamini taskil qilishibilan aniqlangan va hisoblangan parametrlar bo‘yicha grafiklari olingan.
Ushbu maqolada mikroGESlarning ekologik tahlili sifatida CO2emissiyasiga ta‘siri o‘rganilgan hamda ko‘mir va boshqa qazilma yoqilg‘ilariningcheklanganligi, to‘g‘on qurishni talab qilmaydigan mikroGESning afzalligi keltirilgan.Bundan tashqari, maqolada elektr energiyasini ishlab chiqarish IES va mikroGESbilan solishtirganda mikroGES orqali ishlab chiqarish atmosferaga chiqayotgan CO2kamayishiga olib kelishi tadqiq etilgan.