Asosiy mazmunga o‘tish
MaqolaOchiq kirish

SOCIOLINGUISTIC FEATURES OF HYDROPOWER TERMS

Surayyo PULATOVA, Feruza AZIMOVA2024

Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 6Son 2Sahifa 85–88

Annotatsiya

Taraqqiyotning yangi bosqichida boshqa sohalar kabi gidroenergetika sohasida ham tezkor va muhim o‘zgarish-yangilanishlar sodir bo‘lmoqda. Bubevosita o‘zbek tili leksikologiyasiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmoqda. Sohaga zamonaviytexnologiyalar, xorijiy tajribaning keng joriy qilinishi gidroenergetika atamalari tarkibiniham boyitib, yangilab borayotgani bu boradagi tadqiqotlarga ham ehtiyoj yuzagakelayotganini ko‘rsatmoqda. Shu ma‘noda, mazkur maqolada gidroenergetika sohasigaoid atamalarning o‘ziga xos xususiyatlari, sotsiolingvistik jihatlari yoritib beriladi.

Boshqa tillarda

inglizchaSOCIOLINGUISTIC FEATURES OF HYDROPOWER TERMS

At the new stage ofdevelopment in the field of hydropower,as in other areas, rapid and significantchanges and updates are occurring. Thisdirectly impacts the lexicology of the Uzbeklanguage. The wide adoption of moderntechnologies and foreign experience in thesector enriches and updates the content ofhydropower terms, highlighting the needfor research in this area. In this sense, thisarticle covers the specific features andsociolinguistic aspects of terms related tothe field of hydropower.

o‘zbekGIDROENERGETIKA SOHASIGA OID ATAMALARNING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Taraqqiyotning yangi bosqichida boshqa sohalar kabi gidroenergetika sohasida ham tezkor va muhim o‘zgarish-yangilanishlar sodir bo‘lmoqda. Bubevosita o‘zbek tili leksikologiyasiga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazmoqda. Sohaga zamonaviytexnologiyalar, xorijiy tajribaning keng joriy qilinishi gidroenergetika atamalari tarkibiniham boyitib, yangilab borayotgani bu boradagi tadqiqotlarga ham ehtiyoj yuzagakelayotganini ko‘rsatmoqda. Shu ma‘noda, mazkur maqolada gidroenergetika sohasigaoid atamalarning o‘ziga xos xususiyatlari, sotsiolingvistik jihatlari yoritib beriladi.

ruschaСОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ГИДРОЭНЕРГЕТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ

На новом этапе развитияв сфере гидроэнергетики, как и в другихобластях, происходят быстрые и важныеизменения и обновления. Это напрямуювлияет на лексикологию узбекского языка.Широкое внедрение современных технологийи зарубежного опыта в сферу обогащает иобновляет содержание гидроэнергетическихтерминов, что свидетельствует онеобходимости исследований в этойобласти. В этом смысле в данной статьеосвещаются специфические особенности исоциолингвистические аспекты терминов,относящихся к сфере гидроэнергетики.

Kalit so‘zlar

  • terminology
  • hydropower terms
  • sociolinguistics
  • hydropower
  • native layer
  • simple and complex terms
  • abbreviations

To‘liq matn

To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.13996767

GIDROENERGETIKA SOHASIGA OID ATAMALARNING SOTSIOLINGVISTIK XUSUSIYATLARI

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Surayyo PO‘LATOVA maslahatchisi, “O‘zbekgidroenergetika” jurnali Tahrir hay’ati a’zosi

Feruza AZIMOVA “O‘zbekgidroenergetika” jurnali Bosh muharriri

Annotatsiya: Taraqqiyotning yangi bosqichida boshqa sohalar kabi gidroener­ getika sohasida ham tezkor va muhim o‘zgarish-yangilanishlar sodir bo‘lmoqda. Bu bevosita o‘zbek tili leksikologiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Sohaga zamonaviy texnologiyalar, xorijiy tajribaning keng joriy qilinishi gidroenergetika atamalari tarkibini ham boyitib, yangilab borayotgani bu boradagi tadqiqotlarga ham ehtiyoj yuzaga kelayotganini ko‘rsatmoqda. Shu ma’noda, mazkur maqolada gidroenergetika sohasiga oid atamalarning o‘ziga xos xususiyatlari, sotsiolingvistik jihatlari yoritib beriladi.

Kalit so‘zlar: atamashunoslik, gidroenergetika terminlari, sotsiolingvistika, suv energiyasi, o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam, sodda va murakkab terminlar, qisqartma so‘zlar.

СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ГИДРОЭНЕРГЕТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ

Сурайё ПУЛАТОВА Советник председателя правления АО «Узбекгидроэнерго», член Редакционной коллегии журнала «Узбекгидроэнергетика»

Феруза АЗИМОВА Главный редактор журнала «Узбекгидроэнергетика»

Аннотация: На новом этапе развития в сфере гидроэнергетики, как и в других областях, происходят быстрые и важные изменения и обновления. Это напрямую влияет на лексикологию узбекского языка. Широкое внедрение современных технологий и зарубежного опыта в сферу обогащает и обновляет содержание гидроэнергетических терминов, что свидетельствует о необходимости иссле­дований в этой области. В этом смысле в данной статье освещаются специ­фические особенности и социолингвистические аспекты терминов, относящихся к сфере гидроэнергетики.

SOCIOLINGUISTIC FEATURES OF HYDROPOWER TERMS

Surayyo PULATOVA Advisor to the Chairman of the Board of JSC «Uzbekhydroenergo», Member of the editorial board of the journal «Uzbekhydropower»

Feruza AZIMOVA Editor-in-Chief of the journal «Uzbekhydropower»

Abstract: At the new stage of development in the field of hydropower, as in other areas, rapid and significant changes and updates are occurring. This directly impacts the lexicology of the Uzbek language. The wide adoption of modern technologies and foreign experience in the sector enriches and updates the content of hydropower terms, highlighting the need for research in this area. In this sense, this article covers the specific features and sociolinguistic aspects of terms related to the field of hydropower.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Ключевые слова: терминология, гидро­ Keywords: terminology, hydropower энергетические термины, социолин­гвистика, terms, sociolinguistics, hydropower, гидроэнергетика, коренной слой, простые и native layer, simple and complex terms, сложные термины, аббревиатуры. abbreviations.

Til taraqqiyotida atamalar ijtimoiy aspekt sifatida alohida o‘rin tutadi. Tarixiy rivojidan ayonki, terminologiya tilshunoslikning asosiy bo‘g‘ini sifatida doimo o‘sishi va o‘zgarishi, yangilanib turishi bilan til fanlarining hamda sohalar tilini o‘rganishning asosiy tayanchi bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan ham, so‘nggi yillarda Hukumatimiz tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish borasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda atamashunoslikni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratildi. Xususan, “2020 – 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”da tilimiz lug‘at tarkibining boyish manbalaridan bo‘lgan sohaviy atamalarni o‘rganish va tizimlashtirish, yangi o‘zlashayotgan terminlarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish bo‘yicha ham maxsus vazifalar belgilab berildi. Shularga asosan, mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy harakatlar doirasida Atamalar komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shunga ko‘ra, soha terminlari tizimini takomillashtirish, tartibga solish, o‘zlashgan atamalarning o‘zbekcha muqobillarini shakllantirish, terminologiya bo‘yicha lingvistik va leksikografik tadqiqotlar olib borish ishlari yanada aniq va manzilli amalga oshirilishi belgilandi. Zamonaviy o‘zbek atamashunosligida atama yasash va tanlash metodlari, ularning samarasi, qabul qilinayotgan atamalarning adabiy til me’yorlariga mos kelishi va faol qo‘llanishi, atamalarning sohaviy qatlamlari yuzasidan yangi shakl va mazmundagi tadqiqotlar ustida izlanishlar olib borish, amaliy tavsiyalar ishlab chiqish har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘ldi. Zamonaviy tilshunoslikning o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlari sifatida ijtimoiy iqtisodiyotning bir bo‘lagi hisoblangan, o‘zining muqim tadqiqot obyekti va predmetiga ega bo‘lgan gidroenergetika sohasi terminologiyasi ham kishilar ongidagi gidroenergetik tushunchalar, bilimlar va gidroenergetika sohasida ishlatiladigan alohida lug‘aviy qatlam sifatida tilda o‘z o‘rni va nufuzini topdi. Har bir milliy tilda gidroenergetikaga aloqador terminlarning xazinasi yuzaga keldi. Shularga muvofiq, gidroenergetika sohasiga tegishli atamalarning lingvistik, leksikografik va semasiologik xususiyatlarini tadqiq etish, o‘z va o‘zlashgan qatlamlari, yasalish usullari va mavzuiy guruhlarini aniqlash, adabiy til va boshqa nutq uslublarida qo‘llanishining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish, o‘zlashmalarning muqobillarini yaratish o‘zbek tili taraqqiyotini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qiladi. Tahlillar ko‘rsatadiki, bugungi kunda gidroenergetikada qo‘llanib kelina­ yotgan atamalarning asosiy qismini o‘zlashma so‘zlar tashkil etadi. Buni biz mazkur tushunchaning o‘zidanoq aniq bilib olamiz: “gidro” – yunonchadan rus tili orqali o‘zlashgan so‘z bo‘lib, “suv” degan mazmunni anglatadi, qo‘shma so‘zning tarkibiy qismi sifatida suv yoki suv havzasiga oid tushunchalarni ifodalaydi. “Energetika” so‘zi ham asli yunon tiliga mansub bo‘lib, rus tili orqali kirib kelgan: fan, texnika, sanoat va umuman xalq xo‘jaligining turli ko‘rinishdagi energiya

O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 86 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024

ishlab chiqarish, uzatish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan sohasini ifodalaydi. Ushbu ikki so‘z birikuvidan “gidroenergo” so‘zi hosil qilingan, ya’ni “suv energiyasi”. Gidroenergetika xalq xo‘jaligining zamonaviy rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ehtiyoji yuqori, shuningdek, xalqaro hamkorliklar uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan sohasi. Shu nuqtai nazardan, bu tizimda faoliyat taqozosiga ko‘ra, o‘zlashma, xususan, rus tili va rus tili orqali kirib kelgan so‘zlar nisbatan faol qo‘llanadi: gidrogenerator, gidrodinamika, gidrograf, gidroinshoot, gidrometrik, gidromexanika, gidromodul, gidrotexnika, gidrotrubina, elek­ tromontyor, elektroskop, elektrotexnik, energetik, energosistema kabilar. Gidroenergetika tizimida suv zaxiralaridan oqilona foydalanish orqali elektr energiyasi olinishini e’tiborga olsak, ushbu soha atamalari “suv”, “energetika”, “elektr”, “qurilish”, “mexanika” tushunchalari bilan bog‘liq so‘zlar asosiga shakllanganligi oydinlashadi. Jamiyat hayotiga gidroenergetik tushuncha va hodisalar, narsa-buyumlar, qurilmalar va inshootlarning kirib kelishi bilan o‘zbek tili lug‘at tarkibida ham o‘sish va o‘zgarishlar sodir bo‘lib borayotganligi, ushbu so‘zlar hisobiga til boyligi kengayganligini ko‘rishimiz mumkin. Gidroenergetik atamalar tizimida gidro va energetika mavzuiy sistemasi markaziy o‘rinni egallaydi va quyidagi ichki guruhlardan tashkil topadi: 1) suv va suv xo‘jaligi bilan bog‘liq tushunchalarni ifoda etuvchi atamalar; 2) elektr-energiya bilan bog‘liq tushunchalarni ifoda etuvchi atamalar; 3) gidroenergetik qurilish materiallarini ifoda etuvchi atamalar; 4) gidroinshootlar va gidroqurilmalarni ifodalovchi atamalar; 5) suv va energiyadan foydalanish hamda ta’mirlash jarayonlarini ifoda etuvchi atamalar; 6) soha mutaxassisliklari va faoliyat jarayonlari bilan bog‘liq atamalar. Bu atamalarni ham o‘z navbatida yana bir necha ichki guruhlarga ajratish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, gidroenergetika atamalari murakkab tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘lib, ushbu jihati bilan til tizimining boshqa birliklaridan farqlanib turadi. Bu sohada biz, xususan, sodda (kaskad, suv, daryo, nov, zovur, to‘g‘on), qo‘shma (gidroloyiha, gidroinshoot, elektrstansiya, gidrograf, gidroqurilma), birikma (suv ombori, suv resurslari, drenaj moduli, tik zovur, kapital qurilish), qisqartma (GES (gidroelektrstansiya), UK (unitar korxona), AJ (aksiyadorlik jamiyati), MCHJ (mas’uliyati cheklangan jamiyat)) shaklidagi atamalarni ham uchratamiz. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilining gidroenergetik terminologiyasi o‘z lingvistik ko‘rsatkichlariga ega mikrotizim sifatida til sistemasida alohida o‘rin tutadi. Bu esa gidroenergetika sohasida qo‘llanilayotgan barcha atamalarni “suv energiyasi”ga xos birlashtiruvchi sxemasi asosida “O‘zbek tili gidroenergetika terminlari” mavzuiy guruhi doirasida tizimlashtirish, izohli lug‘atlarini shakllantirish imkonini beradi.

PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA

VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER

Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamiz gidroenergetikasining mar­ kaziy tashkiloti hisoblangan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida ham 2023-yildan Atamalar komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu Komissiya tomonidan sohada faol qo‘llanilayotgan termin va tushunchalar jamlanib, “Gidroenergetika sohasiga oid atamalarning izohli lug‘ati” nashr etildi hamda tizim tashkilotlariga, soha qiziquvchilariga yetkazildi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi axborot asri, global jarayonlarda gidroenergetika sohasida ham tezkor yangilanish va o‘zgarishlar sodir bo‘lib bormoqda, xalqaro aloqalar kengaymoqda. Bu o‘z navbatida, o‘zbek tili lug‘at tarkibiga, umuman tilshunoslikka ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, tabiiy. Soha atamalarini tadqiq etishda keng aholi qatlamiga “qayta tiklanuvchi energiya manbalari”, “gidroenergetika”, “yashil energetika” turkumidagi so‘z va tushunchalarni yetkazish, bu boradagi yangilik-ma’lumotlarni oson o‘zlashtirishlariga ko‘maklashishni ham nazarda tutish lozim. Chunki, gidroenergetika aholining ijtimoiy-maishiy turmushi bilan chambarchas bog‘liq, kunlik energiya iste’moliga aloqador harakatchan soha. Shu boisdan ham, gidroenergetika sohaviy atamalarini sotsiolingvistik tad­ qiq etish, o‘zbek, rus va ingliz tilidagi yaxlit izohli lug‘atini yaratish, o‘zlashmalar­ ning o‘zbekona muqobillarini shakllantirish “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati Atamalar komissiyasining navbatdagi muhim vazifalari sifatida o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 6084-son Farmoni. // https://lex.uz/docs/5058351.
  2. Брызгалов В.И., Гордон Л.А. Гидроэлектрстанции. Учебное пособие. – КГТУ, 2022.
  3. Донияров Р. Техническая терминология узбекского языка на современном этапе. Дис. … док.-ра. филол.наук. – Т., 1988.
  4. Основы современной энергетики. Современная электро­ энергетика. – Москва, Издательский дом МЭИ, 2010.
  5. Elektr energetika atamalari va ta’riflarining ruscha-o‘zbekcha va o‘zbekcha-ruscha lug‘ati. – T.: “Nihol” nashriyoti, 2013.
  6. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Tuzatilgan 2- nashri. A. Madvaliyev tahriri ostida. 5 jildli //1-5 jildlar. – T.: “O‘ME” Davlat ilmiy nashri, 2020. O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 88 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-014050
Nashr sanasi
2024-11-02
Til
inglizcha
Jurnal
“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
Jild
6
Son
2
DOI
10.5281/zenodo.13996767
ISSN
3060-4672
Nashriyot
“UZBEKHYDROENERGETICS” scientific and technical journal
Sahifa
85–88
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
“UZBEKHYDROENERGETICS” scientific and technical journal
Oxirgi yangilanish
2024-11-03