DETERMINING THE PRESSURE OF WATER ENTERING AN ARCHIMEDIAN SCREW TURBINE
Feruza YUSUPOVA2024
Jurnal“O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnalJild 6Son 2Sahifa 36–42
Annotatsiya
Maqolada Arximed vint turbinaga kiruvchi suv bosimini aniqlashyuzasidan analitik tahlillar olib borilgan. Arximed vint turbinasiga oqib kirayotgansuvning hammasi ham elektr energiyasi hosil qilishda qatnashmasligi, suvning bir qismiparraklar bilan tagidish o‘rtasidagi tirqishdan oqib ketsa, boshqa qismi esa parraklarsig‘imi optimal nuqtagacha to‘lib bo‘lgandan keyingi ortiqcha suv qatlamini taskil qilishibilan aniqlangan va hisoblangan parametrlar bo‘yicha grafiklari olingan.
Boshqa tillarda
inglizchaDETERMINING THE PRESSURE OF WATER ENTERING AN ARCHIMEDIAN SCREW TURBINE
The article conducts an analysisto determine the water pressure enteringthe Archimedean screw turbine. Since not allthe water entering the Archimedean screwturbine participates in electricity generation,some water flows through the gap betweenthe blades and the lower container, whileanother part forms a layer of excess waterafter filling the blades, until optimal graphs ofdetermined and calculated parameters areobtained.
o‘zbekARXIMED VINT TURBINAGA KIRUVCHI SUV BOSIMINI ANIQLASH
Maqolada Arximed vint turbinaga kiruvchi suv bosimini aniqlashyuzasidan analitik tahlillar olib borilgan. Arximed vint turbinasiga oqib kirayotgansuvning hammasi ham elektr energiyasi hosil qilishda qatnashmasligi, suvning bir qismiparraklar bilan tagidish o‘rtasidagi tirqishdan oqib ketsa, boshqa qismi esa parraklarsig‘imi optimal nuqtagacha to‘lib bo‘lgandan keyingi ortiqcha suv qatlamini taskil qilishibilan aniqlangan va hisoblangan parametrlar bo‘yicha grafiklari olingan.
ruschaОПРЕДЕЛЕНИЕ ДАВЛЕНИЯ ВОДЫ, ВХОДЯЩЕЙ В ТУРБИНУ АРХИМЕДСКОГО ВИНТА
В статье проведенаналитический обзор по определениюдавления воды, поступающей в архимедовувинтовую турбину. Определено это путемпротекания части воды через зазор междулопатками и нижней емкостью, а другаячасть образует слой избыточной воды послезаполнения лопастей до оптимальной точки,так как не вся вода, поступающая в винтовуютурбину Архимеда, участвует в выработкеэлектроэнергии, и были получены графикипо рассчитанным параметрам.
To‘liq matn
To‘liq matn Zenodo repozitoriysidagi ochiq nusxadan olingan: Zenodo nusxasi
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.13996608
ARXIMED VINT TURBINAGA KIRUVCHI SUV BOSIMINI ANIQLASH
Farg‘ona politexnika instituti katta Feruza YUSUPOVA o‘qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada Arximed vint turbinaga kiruvchi suv bosimini aniqlash yuzasidan analitik tahlillar olib borilgan. Arximed vint turbinasiga oqib kirayotgan suvning hammasi ham elektr energiyasi hosil qilishda qatnashmasligi, suvning bir qismi parraklar bilan tagidish o‘rtasidagi tirqishdan oqib ketsa, boshqa qismi esa parraklar sig‘imi optimal nuqtagacha to‘lib bo‘lgandan keyingi ortiqcha suv qatlamini taskil qilishi bilan aniqlangan va hisoblangan parametrlar bo‘yicha grafiklari olingan.
Kalit so‘zlar: suv sarfi, chelak, qochqin suv, tashqi radius, ichki radius, bosim, parrak, og‘ish burchagi, aylanishlar soni, qadam.
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ДАВЛЕНИЯ ВОДЫ, ВХОДЯЩЕЙ В ТУРБИНУ АРХИМЕДСКОГО ВИНТА Феруза ЮСУПОВА Старший преподаватель Ферганского политехнического института Аннотация: В статье проведен аналитический обзор по определению давления воды, поступающей в архимедову винтовую турбину. Определено это путем протекания части воды через зазор между лопатками и нижней емкостью, а другая часть образует слой избыточной воды после заполнения лопастей до оптимальной точки, так как не вся вода, поступающая в винтовую турбину Архимеда, участвует в выработке электроэнергии, и были получены графики по рассчитанным параметрам.
Ключевые слова: расход воды, ведро, утечка воды, внешний радиус, внутренний радиус, давление, лопасть, угол отклонения, число оборотов, шаг.
DETERMINING THE PRESSURE OF WATER ENTERING AN ARCHIMEDIAN SCREW TURBINE Feruza YUSUPOVA Senior teacher of Fergana Polytechnic Institute Abstract: The article conducts an analysis to determine the water pressure entering the Archimedean screw turbine. Since not all the water entering the Archimedean screw turbine participates in electricity generation, some water flows through the gap between the blades and the lower container, while another part forms a layer of excess water after filling the blades, until optimal graphs of determined and calculated parameters are obtained.
Keywords: water discharge, bucket, water leakage, outer radius, inner radius, pressure, blade, angle of deflection, rotational speed , pitch.
Arximed vint turbina suvni pastroq sathidan yuqoriroqqa quyishga mo‘ljallangan qadimiy mashina hisoblanadi. Bu an’anaviy ravishda miloddan avvalgi 287 va 212-yillar orasida yashagan Arximedga tegishli. So‘nggi yillarda Arximed vintidan gidroenergetika mashinasi sifatida foydalanilmoqda. Ushbu turbina har ikki uchida podshipniklar bilan mahkamlangan yarim silindr shaklidagi qobiq ichida aylanuvchi vintdan iborat bo‘lib, boshqaruv xonasida joylashgan
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 36 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024
vites qutisi va generatorga ega. Suv oqimi spiralsimon uzluksiz parraklar va ular orasida hosil bo‘lgan kanallar ichida harakatlanadi va pastga og‘irlik kuchi ta‘sirida harakatlanadi. Arximed vintidagi maksimal oqim tezligini vint diametri belgilaydi. Eng kichik vintlar diametri 1 metr bo‘lib, sekundiga 250 litrdan suv oqib o‘tishi mumkin, diametri 5 metr, qadami 25 sm qadamda, maksimal suv sarfi taxminan 14,5 ni tashkil etadi [1,2]. Arximed vintli turbinaning uzunligi 1-10 m gacha bo‘lib, suv safi 0,1 dan 15 gacha, gorizontal tekislikga nisbatan 220-400 bo‘lgan moyillik burchagida o‘rnatiladi va past bosimlar uchun mo‘ljallanadi [3]. Arximed vintlari odatda atrofida aylanadi, vintning yuqori qismiga generator mahkamlanadi, generatorga mos keladigan aylanish tezligini 750 dan gacha oshirish uchun vites qutisi ulanadi. Turbina sekin aylansa, Arximed vint atrofiga suv sachratadi [4,5]. Nazariy hisoblashlar metodologiyasi Hozirgi kunda Arximed vintining o‘lchamlarini optimal gidravlik konstruksiyasi uchun tegishli nazariyasi mavjud emas. Suv oqimining analitik modeli olinadi va vint uchun rejalashtirilgan oqimga erishish uchun kirish parametrlarining optimal qiymatlari aniqlanadi. 1-rasm. Arximed vintning vertikal kesimi [5] uzunlikdagi vintning ketma-ket ikkita spiral parraklari orasidagi soha “chelak” singari suv miqdorini o‘zida doimiy saqlaydi, shuning uchun bu sohani chelak deb ataylik. U ichki markaziy quvur radiusi ( ) va tashqi radiusi ( ) o‘rtasidagi hududni tashkil etadi. uzunlikda ta o‘ramli vintda ta chelak bo‘ladi, vintning qadamida
Suv optimal to‘ldirishi nuqtagacha bo‘lganida, har qanday bitta chelak ichida tutilgan suv egallagan hajmga teng deyish mumkin (1-rasm). Bunday chelakning hajmi desak, bir qadam uzunlikdagi barcha ta chelakning hajmi bilan bo‘ladi. Bu yerda: - vintning har bir burilishida vintga kiruvchi yoki undan chiqadigan suv hajmi.
Har bir chelak hajmiga optimal tarzda to‘ldirilganda, vint orqali belgilangan suv sarfiga erishish uchun suv kiruvchi kanalda suv sathini aniqlash kerak, trapetsoidal kanal uchun bu chuqurlikni uning kengligi yarmiga teng. Suvning kiruvchi kengligi va balandligini deyish mumkin.
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Arximed vint turbinaning asosiy parametrlari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval. Arximed vint turbinaning asosiy parametrlari Parametr Qiymati Birligi Nomlanishi 0.8 Bosim
Vintga kiradigan umumiy Q suv oqim tenglamasini yozamiz: (1)
Bu yerda: vint momentini hosil qiluvchi oqim,
qobiq quvur va vint orasidagi bo‘shliq orqali qochqin suv oqimi,
suv oqimi vintni F optimal to‘ldirish nuqtasidan yuqori bo‘lgan qismidagi qochqin suv oqimi,
oqim gidroturbina vintida aylantiruvchi momentni hosil qiladi. oqimi uchun Veysbax (1855) tomonidan berilgan ifodadan foydalanamiz [6]:
Muysken (1932) vintning maksimal aylanish chastotasi uchun quyidagi ifodani taklif qildi:
Muysken tajribalar asosida (3) ifodani aniqlagan. Chastotaning qiymati ortib ketishi sababli, ishqalanish hisobiga energiya yo‘qotishlar va markazdan qochma kuchlar kelib chiqadi.
Hozirgi vaqtda Yevropa vint ishlab chiqaruvchilari tomonidan VU ni aniqlash uchun quyidagi o‘lchamsiz kattaliklardan foydalaniladi [7]:
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 38 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024
Radiuslar nisbati ning qiymati 0 va 1 oralig‘ida bo‘ladi. Bunda hajm ρ, N va λ larning funksiyasi sifatida qaraladi.
(2) va (7) tenglamalardan quyidagini olamiz:
Suv sarfi tashqi radiusi ni, o‘rnatilish burchak β va aylanish tezligi bo‘lgan vintdagi har bir burilish hajmining nisbati ning ko‘paytmasiga nisbati bilan aniqlanadi. Chelaklar orasidagi bosim farqi ) (1-rasm) tufayli, spiral parraklar va qobiq chuqurligi orasidagi qochqin oqimi QG quyidagi tenglama bilan aniqlangan (Muysken 1932):
Bu yerda: - qobiq va parraklar orasidagi maksimal bo‘shliq, bu bo‘shliq vintning egilish darajasiga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida vintning podshipniklar orasidagi uzunligiga, materiali o‘lchamlari va massasiga bog‘liq. Odatda bu bo‘shliqning maksimal qiymati aksariyat vintlar uchun [m] empirik tenglama bilan baholanadi. (9) ifodadagi parametr qisqarish koeffitsiyenti bo‘lib, parrak chetining shakliga qarab, 0,65-1,00 oralig‘ida yotadi. Maksimal bo‘shliq oqimida 1,00 ga teng deb olinadi. 2, a - rasmda ko‘rsatilgan , va burchaklar dastlab Muysken (1932) tomonidan grafik, keyinroq Rorres (2000) tomonidan analitik tarzda aniqlangan [8].
2-rasm. Vintdagi suv sirti orqali aniqlanadigan qochqin oqim ni belgilaydigan burchaklarni topish a); markaziy quvur tepasidagi uchburchakli suv tashlamasi b).
Vintning umumiy mexanik samaradorligi qochqin oqim va vintning mexanik ishqalanishlarida yo‘qotiladigan suv oqimi miqdori bilan aniqlanadi. 9-ifodadan ko‘rish mumkinki, qochqin oqim qiymati vintning aylanish chastotasiga bog‘liq emas. Biroq, aylanish chastotasi pasayganda mexanik ishqalanish evaziga oqim yo‘qotilishi kamayadi [9,10].
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Parraklar bo‘ylab turbina o‘qi yo‘nalishidagi suvning tezligi va meyor lashtirilgan umumiy hajm ni aniqlaymiz:
(10) Suv kelayotgan kanalning kengligi ni tashqi radius ga teng deb olamiz: (11)
va ifodalar yordamida bosim va o‘lchamsiz gidravlik yo‘qotishlar omili ni hisoblaymiz:
Bosim h1 ning qiymatini 0.2 ga tenglab olamiz va turbinaga oqib kirayotgan suv oqimining balandligi ni hisoblaymiz:
Eksperiment natijalari va uning muhokamalari
Arximed vint turbinaning parametrlari yuqorida keltirilgan tenglamalar asosida aniqlangan qiymatlar 2-jadvalda ko‘rsatilgan.
2-jadval. Arximed vint turbinaning hisoblangan parametr qiymatlari
0,4878 - da hisoblangan umumiy hajmiy nisbat
0,098 - Me’yorlashtirilgan hajmning aylanishlarga nisbati
Koeffitsiyent va turbinaga oqib kirayotgan suv balandligining og‘ish burchagiga bog‘liqlik grafigi 3-rasmda berilgan.
O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 40 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024
3-rasm. Koeffitsiyent va turbinaga oqib kirayotgan suv oqimi balandligining og‘ish burchagiga bog‘liqlik grafigi
Turbinaning og‘ish burchagi 150 dan 250 gacha o‘zgarganda, koeffitsiyentning qiymati 1 dan 0,98 gacha va turbinaning og‘ish burchagi 250 dan 500 gacha o‘zgarganda, koeffitsiyentning qiymati 0,98 dan 0,56 gacha kamayib bordi. Turbinaning og‘ish burchagi 250 teng bo‘lganda, turbinaga oqib kirayotgan suv oqimining balandligi 0.27 m ni tashkil etdi va og‘ish burchagi 250 dan 400 gacha bo‘lganda, suv oqimining balandligi kamayib bordi (3-rasm).
4-rasm. Suv sarfining og‘ish burchagiga bog‘liqlik grafigi Turbinaning og‘ish burchagi 25 teng bo‘lganda, elektr energiyani 0
hosil qiluvchi suv oqimi 0,122 ni va parraklar bilan tagidish oralig‘idagi tirqishdan o‘tuvchi suv oqimi 0,0106 ni tashkil qildi (4-rasm).
5-rasmda quvvatning 250 dan 550 gacha bo‘lgan og‘ish burchaklarida aylanishlar soniga bog‘liqlik grafigi keltirilgan bo‘lib, aylanishlar soni oshib borgan sari, quvvati ham 1000 W gacha ortib borishi turbinaning og‘ish burchagi 250 ga teng bo‘lganda aniqnlandi.
5-rasm. Quvvatning turli og‘ish burchaklarda aylanishlar soniga bog‘liqlik grafigi
PRINT ISSN 3060-4672 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA
VOLUME 6 | ISSUE 2 | 2024 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER
Xulosa Arximed vint turbinaga kiruvchi suv bosimini hisoblash algoritmi C.Rorres va D.Nuernbergk tomonidan ishlab chiqilgan hamda ushbu algoritm asosida hisoblashlar olib borilgan. Arximed vint turbinaga kiruvchi suvlarning hammasi ham elektr energiya ishlab chiqarishda qatnashmadi, suvning bir qismi turbinaning parraklari bilan tagidish orasidagi tirqishdan oqib o‘tishi tadqiqotlar olib borish jarayonida aniqlandi. Bundan tashqari, vintning samaradorligi qochqin suv va elektr energiya ishlab chiqarishdagi suv oqimiga bog‘liqligi aniqlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
Quyidagi adabiyotlardan biri chaqirib olingan (retracted) — u ro‘yxatda alohida belgilangan. Unga tayangan xulosalar qayta tekshirilishi kerak.
- Christos Charisiadis. An introductory presentation to the «Archimedean Screw» as a Low Head Hydropower Generator. 2015, pp 1-72.
- Rorres C. “The turn of the screw: Optimal design of an Archimedes screw”, J. Hudraul. Eng. 2000, 126 (1), pp 72-80.
- James Alexander Senior (2009), Hydrostatic Pressure Converters for the Exploitation of Very Low Head Hydropower Potential, University of southampton; Thesis for the degree of Doctor of Philosophy. 204 pp.
- Brada K. “Wasserkraftschnecke-Eigenschaften und Verwendung. Proc., Sixth Int.Symp. on Heat Exchange and Renewable energy, Szczecin,1996, pp 43-52.
- Yusupova F.T. O‘zbekiston sharoitida Arximed vint turbinasidan foydalanish // “Yangi turdagi muqobil energiya manbalaridan foydalanishning innovatsion yechimlari va ulardan foydalanishda energotejamkor qurilmalarni qo‘llash” respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar to‘plami. 29-aprel 2022-y, Andijon, 44-46 betlar.
- Dirk Nuernbergk, Chris Rorres (2013), Analytical Model for Water Inflow of an Archimedes Screw Used in Hydropower Generation // Article in Journal of Hydraulic Engineering February 2013. pp 213-
- William David Lubitz (2016), Gap Flow in Archimedes Screws, CSME International Congress. June 1-4, 2016, Toronto, Ontario, Canada. pp 1-6.
- Rorres C. “The turn of the screw: Optimal design of an Archimedes screw”, J. Hudraul. Eng. 2000, 126(1), pp 72-80
- Jacek Caban, Leszek Gardyński (2018), Evacuation systems of screw- type water turbines in small hydropower plant, Advances in Science and Technology Research Journal Volume 7, No. 19, pp 20–26.
- Feruza Yusupova, Nomonjon Sultanov. Development of an combined energy complex consisting of a micro-hydroelectric power plant and a solar photoelectric plant for the conditions of Uzbekistan. BIO Web of Conferences 84, 05027 (2024) AQUACULTURE 2023, pp 1-10.
- https://doi.org/10.1051/bioconf/20248405027 O‘ZBEKGIDROENERGETIKA PRINT ISSN 3060-4672 42 УЗБЕKГИДРОЭНЕРГЕТИКА UZBEKHYDROPOWER VOLUME 6 | ISSUE 2 | 202410.1051/bioconf/20248405027Chaqirib olingan
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-014043
- Nashr sanasi
- 2024-11-02
- Til
- inglizcha
- Jurnal
- “O‘ZBEKGIDROENERGETIKA” ilmiy-texnik jurnal
- Jild
- 6
- Son
- 2
- DOI
- 10.5281/zenodo.13996608
- ISSN
- 3060-4672
- Nashriyot
- “UZBEKHYDROENERGETICS” scientific and technical journal
- Sahifa
- 36–42
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- “UZBEKHYDROENERGETICS” scientific and technical journal
- Oxirgi yangilanish
- 2024-11-03