Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola01.00.00Ochiq kirish

TABIIY FANLARNI O‘RGANISHDA VIRTUAL STENDLAR YARATISH

M.N. Mamatkulov, F.F. Isayev, I.T. BozarovToshkent kimyo-texnologiya instituti2024

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 3Son 10Sahifa 8–9

Annotatsiya

Usbu maqolada tabiiy fanlarni o‘rganishda elektron sxemalarni kompyuterli loyihalashtirish va sxemotexnik modellash dasturlari xususiyatlari va afzalliklari keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСОЗДАНИЕ ВИРТУАЛЬНЫХ СТЕНДОВ ПО ИЗУЧЕНИЮ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК

В данной статье представлены особенности и преимущества программ для компьютерного проектирования электронных схем и схемотехнического инженерного моделирования при изучении естественных наук.

inglizchaCREATING VIRTUAL STANDS IN THE STUDY OF NATURAL SCIENCES

This article presents the features and advantages of programs for the computer-aided design of electronic circuits and for circuit-engineering modelling in the study of the natural sciences.

Kalit so‘zlar

  • Electronics Workbench
  • DesignLab
  • LTSpice
  • Lab VIEW
  • NI Multisim
  • modellashtirish
  • yarim o‘tkazgichli asbob

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TABIIY FANLARNI O‘RGANISHDA VIRTUAL STENDLAR YARATISH M.N. Mamatkulov, F.F. Isayev, I.T. Bozarov Toshkent kimyo-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.14057237 Annotatsiya: Usbu maqolada tabiiy fanlarni o‘rganishda elektron sxemalarni kompyuterli loyihalashtirish va sxemotexnik modellash dasturlari xususiyatlari va afzalliklari keltirilgan. Kalit so‘zlar: Electronics Workbench, DesignLab, LTSpice, , Lab VIEW, NI Multisim, modellashtirish, yarim o‘tkazgichli asbob.

СОЗДАНИЕ ВИРТУАЛЬНЫХ СТЕНДОВ ПО ИЗУЧЕНИЮ ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК Аннотация: В данной статье представлены особенности и преимущества программ для компьютерного проектирования электронных схем и схемотехнического инженерного моделирования при изучении естественных наук. Ключевые слова: Electronics Workbench, DesignLab, LTSpice, Lab VIEW, NI Multisim, моделирование, полупроводниковые приборы.

CREATION OF VIRTUAL STANDS IN THE STUDY OF NATURAL SCIENCES Abstract: This article presents the features and advantages of programs for computer design of electronic circuits and schematic engineering modeling in the study of natural sciences. Keywords: Electronics Workbench, DesignLab, LTSpice, , Lab VIEW, NI Multisim, modeling, semiconductor device.

KIRISH Oliy ta’lim muassasalarida fizikani, elektronikani, elektrotexnikani o‘rganish shunda samarali bo‘ladiki, agar talabalar nazariya asoslari bilan bir qatorda laboratoriya tajribalari vaqtida amalda elektron elementlarini va ularning qismlarini ostsillograf yordamida ko‘rib, ta’minot manbalari va o‘lchov asboblarining asosiy xarakteristikalari bilan tanishib, stendlardagi tajriba mashg‘ulotlari bilan bir qatorda hozirgi vaqtda elektron sxemalarni kompyuterli loyihalashtirish va sxemotexnik modellashda keng qo‘llanilayotgan Electronics Workbench, DesignLab, LTSpice, , Lab VIEW, NI Multisim, Matlab va boshqa dasturlardan oqilona foydalanishsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyida yarim o‘tkazgichli asboblarni tadqiq qiluvchi virtual laboratoriya stendi, ya’ni tiristorlar, stabilitronlar va diodlarni o‘rganuvchi virtual stend yoritilgan. Avvalgi bosqichda talabalar tomonidan o‘zlashtiriladigan elektron qurilmalarni loyihalash va hisoblash dasturlarining eng qulayi bo‘lib Electronics Workbench 5.12 va NI Multisim ( keyingi matnda MS ) dasturiy vositalari hisoblanadi. Ularning kutubxonasida ko‘pchilik elektron komponentlar bo‘lib, ular tez modellash uchun yaroqli analitik modellar bilan ta’minlangan. Bu muhitni alohidaligi shundan iboratki, unda elektr o‘lchov asboblari bo‘lib, ular sanoat analoglariga xarakteristikalari va tashqi ko‘rinishi bilan yaqinlashtirilgan. METOD Analog, raqamli yoki aralash analog – raqamli qurilmalarning, taxlil vositalarining, virtual asboblarning turli tuman modellarining va ularning etarli miqdorda bo‘lishi MS muhitini analog va raqamli elektronikani namoyish qilish va tahlil qilishning qulay anjomiga aylantiradi. Murakkab analog raqamli qurilmalarni qurishda model tamoyilidan foydalaniladi:

ular turli qiyinlikdagi sxemalar bilan yig’iladi va qarshilik, kondennsator, diod, tranzistor, mantiqiy elementlar, operatsion kuchaytirgich va raqamli mikrosxemalardan iborat bo‘ladi. Elektron baza sxemalarni elektron laboratoriyalarda va ularni natijalarini virtual asboblar va ostsilogramma grafik xarakteristika ko‘rinishida ko‘rsatish real boshqaruv sxemalarining ishlash tamoyillari va ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini nazorat qilinishni yaxshilanishiga yordam beradi. Quyida analog elektron qurilmalarning sxemalarini modellashtirish misoli sifatida yarim o‘tkazgichli diod stabilitron, tiristorni tadqiq virtual stendini ko‘rib chiqamiz. D1 diodning, D2 stabilitronning va D3 tiristorining volt-amper tavsif (VAT) ni tadqiq qilish uchun 1- rasmda keltirilgan sxemadan foydalanish mumkin.

1- rasm. Virtual stend. Ushbu stendda yarim o‘tkazgichli asboblarning VAT larini bevosita ostsillograf ekranida olish imkoniyati mavjud. 1- rasmda diod uchun volt-amper tavsif keltirilgan. XULOSA Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, elektron qurilmalarni loyihalash va sinashda ko‘p qo‘llaniladigan NI Multisim dasturi turli elektron sxemalarni tez modellashda va tahlil qilishda, virtual laboratoriya stendlarini ishlab chiqishda real stendlar qatorida talabalar bilimlari va ko‘nikmalarini oshirishda katta yordam beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar2 ta adabiyot

  1. Черных С.В., Лабораторный практикум по EWB, Волгоград: Изд. ВолГУ, 2008, - 96 стр
  2. Виртуальная лаборатория по измерительным приборам в среде Multisim и методика ее использования / Сост. Погодин Д.В., Насырова Р.Г. Казан. гос.техн. ун-т им.А.Н.Туполева. Казань, 2011. 35 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-012592
Nashr sanasi
2024-11-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
3
Son
10
DOI
10.66073/researchfocus.v3i10.1085
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
8–9
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11