Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AQSH NEOKONSERVATIV “AQL MARKAZLARI”NING TASHQI SIYOSIY QARORLAR QABUL QILISHGA TA‘SIR MEXANIZMLARI: G‘OYAVIY-MAFKURAVIY YO‘NALISH

    Turayev Abrar Saloxiddinovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada AQShdagi neokonservativ yo‘nalishdagi “aql markazlar”ningmuayyan siyosiy qarorlar shakllanishiga ta‘siri va bu boradagi asosiy mexanizmlar, xususan, mafkuraviyyo‘nalishdagi ta‘sir imkoniyatlari muhokama qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARIDA INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR

    Usmanova Kamola Erkinovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda informatsion-analitik kompetentliknishakllantirish va rivojlantirishga ta‘sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta‘limjarayonining raqamlashtirilishi, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda ta‘limda zamonaviyyondashuvlarning joriy etilishi o‘qituvchilardan yuqori darajadagi informatsion-analitik salohiyatni talabqilmoqda. Shu bois, maqolada bo‘lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashda mazkur kompetentliknirivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik, texnologik va tashkiliy omillar yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    UCHINCHI TILNI O‘RGANISH JARAYONIDA XATOLARNING KOGNITIV-LINGVISTIK SABABI SIFATIDA SEMANTIK INTERFERENSIYA

    Askarova Shakhnoza Ismailovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada semantik interferensiya fenomeni uchinchi xorijiy tilni (L3) o‘zlashtirishjarayonida xatolar kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri sifatida tahlil qilinadi.Psixolingvistika va kognitiv lingvistika sohalaridagi ilmiy tadqiqotlarga tayanib, muallif ko‘p tilli ongdagitil tizimlarining o‘zaro ta‘sir mexanizmlarini tahlil qiladi, semantik siljish turlarini va ularninginterlingvistik ma‘nolar shakllanishiga ta‘sirini ochib beradi. Alohida e‘tibor leksik daraja va konseptualtuzilmalardagi semantik interferensiyaning roliga qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    LALMIKOR YERLARDA MOYLI ZIG‘IR SELEKSIYASIDA MUHIM YO‘NALISH

    Oripov Sherali Kholboevich, Poyonov Azizbek Berdimuradovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada lalmikorlikning qir adirlik mintaqalarida moyli zig‘ir seleksiyasida olinganasosiy natijalar to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BINO VA TRANSPORT INSHOOTLARI ASOSIDAGI QUMLI GRUNTLARINING MEXANIK XOSSALARINI ASOSLASH

    Kayumov Abdubaki Djalilovich, Ruziyev Islam Ilkhom oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Qumli gruntlar butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham keng tarqalgan bo‘lib,ular yo‘l qurilishida keng qo‘llaniladi. Shuning uchun ularning hisobiy ko‘rsatkichlarininormallashtiradigan bir qator me‘yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan. Biroq, mavjud me‘yoriy hujjatlarda,qoplamalarni loyihalashda ishlatiladigan avtomobil yo‘llarining yo‘l poyilarining qumli gruntlarininghisobiy ko‘rsatkichlari (elastiklik moduli E , ichki ishqalanish burchagi φ , bog‘liqlik kuchi C) bundaygruntlarda zichlik darajasi, hisobiy namlik hamda chang va gil zarralari tarkibiga qarab standartlashtiriladi.Ushbu muammolarni hal qilish uchun maxsus laboratoriya va dala tadqiqotlari o‘tkazildi, ularning natijalariushbu maqolada keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    QUMLI GRUNTLARNING QARShILIGIGA TEBRANMA HARAKATNING TASIRI BAHOLASH

    Ruziyev Islam Ilhom oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    O‘zbekiston Respublikasining qumli gruntlar keng tarqalgan hududlarida bino vainshootlar qurilishi muhim geotexnik masalalardan biri hisoblanadi. Bunday gruntlar ko‘pinchamustahkamligi past bo‘lgan, suv ta‘sirida yoki tashqi kuchlar ostida fizik-mexanik xossalari o‘zgaruvchanmuhit sifatida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, zilzilaviy faolligi yuqori bo‘lgan zonalarda yoki texnogentebranishlarga uchragan hududlarda qumli gruntlarning barqarorligiga bo‘lgan ehtiyot choralarini oldindanko‘rish zaruriy hisoblanadi. Ushbu maqolada qumli gruntlarga tebranma (dinamik) kuchlar ta‘sir etgandaularning mustahkamlik xususiyatlari va deformatsion holatining o‘zgarishi tahlil qilinadi. Tadqiqotdavomida turli fraksiyadagi qum namunalari ustida laboratoriya va hisoblash tajribalari o‘tkazilib, tebranmayuklama ostida gruntning zichlashuvi, siljishga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyati, shuningdek, suyuqlanish(likvafaktsiya) holatiga kelish ehtimoli baholandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    IMPLEMENTING INTERCULTURAL COMMUNICATIVE COMPETENCE IN LEGAL LANGUAGE EDUCATION: CHALLENGES AND OPPORTUNITIES

    Salimjonova Nodira Baxramovna, B.R.Samatova · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025

    Ushbu maqolada yuridik til ta‘limi doirasida madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani (ICC) joriy etishdagi qiyinchiliklar va imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda oliy yuridik ta‘limdagi sinf amaliyotidan olingan so‘nggi adabiyotlar va empirik tushunchalarning sifatli sharhi qo‘llaniladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI ASLIY BADIIY MATNLARNI O‘QISHGA O‘RGATISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

    Mirzayeva Zilola Makhammadjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    axamiyati, ularning o‘qishga o‘rgatishdagi ishlashi, takomillashtirilgan metodikaning asosiy ishlashiva uni olib tashlashni usullari ko‘rib chiqiladi. Metodikada interaktiv usullar, tanqidiyfikrlashni rivojlantirish strategiyalari va lingvomadaniy kompetentsiyani belgilashga topshiriqlarasosiy o‘rinni egallaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    FIZIKANI O‘QITISHDA O‘QUV JARAYONIGA KVEST TA‘LIMINI JORIY ETISHNING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI VA DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI

    Orinbaeva Kumushoy Sultanbek kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitishda Kvest ta‘lim texnologiyasini joriy etishningo‘ziga xos jihatlari va didaktik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Kvest texnologiyasi o‘quvchilarni izlanishga,tahlil qilishga, mantiqiy fikrlashga va ijodiy yondashuvga undovchi zamonaviy interaktiv o‘qitish usulisifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada Kvest o‘yinlarining tuzilishi, ularning fizika ta‘limidagi o‘rni hamdao‘quv jarayonini faollashtirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning motivatsiyasinioshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur didaktikshart-sharoitlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Kvest ta‘limini o‘quv jarayonigaintegratsiya qilish fizika faniga qiziqishni kuchaytiradi hamda o‘quvchilarning analitik va ijodiy tafakkurinirivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHLAR SHAROITIDA O‘SIMLIKLARNING STRESSGA CHIDAMLILIGI: MEXANIZMLAR VA BIOTEXNOLOGIK YECHIMLAR.

    Arslanov Dilmurod Mansurovich, Gapparov Bunyod Mamatqulovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Global iqlim o‘zgarishi va abiotik stresslar - qurg‘oqchilik, yuqori va past harorat,sho‘rlanish va ozuqa moddalarining yetishmasligi ta‘sirining kuchayishi sharoitida o‘simliklarningchidamliligi oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlashning asosiy omiliga aylanmoqda. Ushbu maqoladao‘simliklarning noqulay muhit sharoitlariga moslashishining molekulyar va fiziologik mexanizmlarihaqidagi zamonaviy g‘oyalar ko‘rib chiqiladi. Gormonal regulyatsiya, transkripsion omillarning roli, signalkaskadlari va epigenetik o‘zgarishlarga alohida e‘tibor qaratilgan. Shuningdek, o‘simliklarning stressgachidamliligini oshirishga qaratilgan sintetik biologiya va genetik muhandislik sohasidagi yutuqlar ko‘ribchiqiladi. Maqolada mavzu bo‘yicha so‘nggi ilmiy nashrlar, jumladan, xalqaro ilmiy jurnallarda chopetilgan tadqiqotlar natijalari tahlili keltirilgan. Olingan bilimlarni agrobiotexnologiya vao‘simlikshunoslikda qo‘llash istiqbollari muhokama qilinadi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TURLI JINSLI STERJENLARDA ISSIQLIK TARQALISHI JARAYONLARI

    Kamilov Asilbek Kamoljon oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu tezisda matematik fizika va muhandislik amaliyotida keng qo‘llaniladiganbir o‘lchovli differensial tenglamalarni yechishda chekli ayirmalar usulining asosiy tamoyillari vaafzalliklari ko‘rib chiqiladi. Differensial tenglamalarni analitik usullar yordamida yechishningcheklanganligi sababli, sonli usullardan biri sifatida chekli ayirmalar usuli orqali tenglamalar algebraiktenglamalar sistemasiga aylantiriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SUN‘IY INTELLEKT ASOSIDA QAROR QABUL QILISH TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

    Ochilov Sojida Raimberdi‘s daughter, Aktamova Begoyim Bunyodjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada sun‘iy intellekt (SI) texnologiyalari asosida qaror qabul qilishtizimlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Qaror qabul qilish jarayonida inson omilinikamaytirish, aniqlik va samaradorlikni oshirishda mashinaviy o‘rganish, ekspert tizimlari va neyrontarmoqlarning roli yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun‘iy intellekt algoritmlariniintegratsiyalash orqali iqtisodiy, muhandislik va ijtimoiy sohalarda qaror qabul qilish jarayonlarioptimallashtiriladi. Shuningdek, maqolada mavjud tizimlarni tahlil qilish asosida qarorlarnimodellashtirish va bashoratlash metodlari taklif etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    STEFAN SVEIG IJODIDA KUCHLI AYOL OBRAZI

    Asomiddinova Gulbarno Alijonovna, Mukhtorova Gulasal Muhammadkadir kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada avstriyalik yozuvchi Stefan Sveig asarlarida ayol obraziningbadiiy va psixologik talqini tahlil qilinadi. Muallif Sveygning ayol obrazlarini tasvirlashdagi o‘ziga xosyondashuvini, ularning ma‘naviy kuchi, sadoqati va insoniy qadriyatlarga sodiqligini yoritadi. Tahlilyozuvchining “Noma‘lum ayol maktubi”, “Amok”, “Vahima”va “Ayol hayotidan yigirma to‘rt soat” nomlinovellalari asosida olib boriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH METODIKASINI O‘RGATISHNING AHAMIYATI

    Mirzaakbarov Abdurasul Mirzaakbarovich, Yusupova Aziza Abdulaziz kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ko‘paytirish va bo‘lish amallarinio‘rgatish metodikasi tarixiy rivojlanish, zamonaviy yondashuvlar va noodatiy usullar asosida tahlil qilinadi.Dastlab bu amallarning kelib chiqish tarixi va matematik ta‘limga kirib kelish bosqichlari ko‘rib chiqiladi.So‘ngra hozirgi kunda qo‘llanilayotgan ko‘rgazmali va amaliy metodlar yoritiladi. Ayniqsa, o‘yinli vajismoniy faollikka asoslangan noodatiy usullar orqali o‘quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish va chuqurtushuncha shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari vatalabalariga innovatsion yondashuvlarni tanlashda nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА НА ОСНОВЕ ДИФФЕРЕНЦИРОВАННОГО И ИНТЕГРИРОВАННОГО ПОДХОДОВ

    Sotvaldieva Hilola Musinovna · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025

    Ushbu maqolada tabaqalashtirilgan va integratsiyalashgan o‘qitishni amalga oshirish orqali ta‘lim jarayonini optimallashtirishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Unda talabalarning ta‘lim yo‘nalishlarini individuallashtirish va akademik fanlar o‘rtasidagi fanlararo muvofiqlik zarurligi asoslanadi. Ushbu yondashuvlarni ta‘lim muhitida amalga oshirishning asosiy tamoyillari, usullari va amaliy misollari keltirilgan. Ta‘lim sifatini va talabalarning motivatsiyasini oshirish maqsadida o‘rganishni samarali integratsiyalash va tabaqalashtirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlarni tahlil qilishga alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INNOVATIVE USE OF INTEGRATED TEACHING IN THE EDUCATIONAL PROCESS

    Sotvaldieva Khilola Musinovna, Ilyasjonova Mohnora Firdavs kizi · Republican scientific-practical conference on “New Paradigms in Science, Technology and Education” · 2025

    Ushbu maqola zamonaviy ta‘lim tizimlarida integratsiyalashgan o‘qitish tushunchasi va ahamiyatini o‘rganadi. Unda bir nechta fanlarni birlashtirish talabalarning kognitiv rivojlanishini, tanqidiy fikrlashni va real hayotdagi muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini qanday oshirishi muhokama qilinadi. Maqolada turli ta‘lim darajalarida integratsiyalashgan o‘qitishni amalga oshirishning turli metodologiyalari va strategiyalari keltirilgan va u bilan bog‘liq foyda va qiyinchiliklar baholanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INNOVATSION YONDASHUV TA‘LIM OLISHNING ZAMONAVIY USULI SIFATIDA

    Askarova Dilafruz Ibrokhimovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ta‘lim tizimida innovatsion yondashuvning zamonaviy ahamiyati, uning o‘quvtarbiya jarayonidagi o‘rni hamda pedagogik samaradorlikni oshirishdagi roli tahlil qilingan. Insoniyattaraqqiyoti bilan bog‘liq ijodiy tafakkur va kreativlik tushunchalari asosida innovatsion ta‘lim jarayoniningnazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion o‘qitishning afzalliklari, interfaolmetodlarning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal etish va tanqidiy yondashuvnishakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda izohlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BIR KOMPONENTALI NOCHIZIQLI MUHITLARDA YUTILISH JARAYONI ISHTIROKIDAGI O‘ZGARUVCHAN ZICHLIKDAISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK JARAYONLARINI SONLI MODELLASHTIRISH

    Mukimov Askar Shukhratovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur ishda yutilish jarayoni ta‘sirida bo‘ladigan bir komponentali nochiziqlimuhitda issiqlik o‘tkazuvchanlik jarayonlarini tavsiflovchi nochiziqli parabolik tenglamalar asosidatuzilgan matematik modellar o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — ushbu modellarni tahlil qilishuchun analitik usullarni ishlab chiqish, shuningdek, ularning sonli yechimlarini hisoblash va natijalarnivizual shaklda aks ettirish imkonini beruvchi dasturiy kompleks yaratishdan iborat.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    KO‘P VAZIFALI TIZIMLAR UCHUN OQIMLARNI OPTIMALLASHTIRISH

    Mukimov A.Sh., Abdullayev U.M. · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu ishda ko‘p vazifali va yuklamasi vaqt davomida o‘zgaruvchi tizimlar uchunoqimlarni boshqarish va optimallashtirish muammosi G/G/c modeli asosida tadqiq etilgan. Bundaytizimlarda kiruvchi so‘rovlar oqimi tasodifiy va dinamik xususiyatga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan xizmatko‘rsatish intensivligi hamda navbat uzunligi o‘zgaradi. Shuning uchun tizim samaradorligini ta‘minlashuchun oqimlarni real vaqt rejimida boshqarish va optimallashtirish zarur bo‘ladi.Tadqiqotda G/G/c modeli asosida tizimdagi oqimlarning taqsimlanishi, yuklama darajasi va xizmatko‘rsatish jarayonlarining dinamik o‘zgarishi tahlil qilinadi. Model yordamida xizmat ko‘rsatuvchiresurslar sonini va ularning yuklanish koeffitsientini vaqtga bog‘liq holda moslashtirish imkoniyatiyaratiladi. Natijada tizimda navbat uzunligi kamayadi, xizmat ko‘rsatish kechikishlari minimallashtiriladiva resurslardan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    SPORT TURIZMI KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO YONDASHUVNING DOLZARBLIGI

    Khudoyberdiyeva Sevara Muhammadolim qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada sport turizmi ko‘nikmalarini shakllantirishda fanlararoyondashuvning ahamiyati va zaruriyati o‘rganilgan. Zamonaviy ta‘lim tizimida sport turizmini rivojlantirishuchun pedagogika, psixologiya, fiziologiya, ekologiya, geografiya va boshqa fanlar integratsiyasi muhimahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda sport turizmi yo‘nalishida talabalarni tayyorlashda kompleks yondashuvtamoyillari, fanlararo aloqadorlikning nazariy asoslari hamda amaliy jihatlar tahlil qilingan. Maqolada sportturizmining ko‘p qirrali tabiati, uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishdagi roli ochib berilgan.Fanlararo integratsiya orqali sport turizmi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning samaradorligi oshirilishi,talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari uyg‘unlashtirilishi mumkinligi asoslangan. Tadqiqotnatijalari sport turizmi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalarberadi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya