Asosiy mazmunga o‘tish

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARIDA INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA‘SIR ETUVCHI OMILLAR

Usmanova Kamola ErkinovnaFarg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 97–100

Annotatsiya

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda informatsion-analitik kompetentliknishakllantirish va rivojlantirishga ta‘sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta‘limjarayonining raqamlashtirilishi, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda ta‘limda zamonaviyyondashuvlarning joriy etilishi o‘qituvchilardan yuqori darajadagi informatsion-analitik salohiyatni talabqilmoqda. Shu bois, maqolada bo‘lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashda mazkur kompetentliknirivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik, texnologik va tashkiliy omillar yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА РАЗВИТИЕ ИНФОРМАЦИОННО-АНАЛИТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

В статье анализируются основные факторы, влияющие на формирование и развитие информационно-аналитической компетентности будущих учителей. Цифровизация образовательного процесса, стремительное развитие информационных технологий и внедрение современных подходов к образованию требуют от педагогов высокого уровня информационно-аналитического потенциала. В связи с этим в статье рассматриваются педагогические, технологические и организационные факторы, способствующие развитию данной компетентности в процессе профессиональной подготовки будущих учителей.

inglizchaFACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF INFORMATION-ANALYTICAL COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS

This article analyzes the main factors influencing the formation and development of information and analytical competence in future teachers. Today, the digitalization of the educational process, the rapid development of information technologies, and the introduction of modern approaches to education require teachers to have a high level of information and analytical potential. Therefore, the article highlights the pedagogical, technological, and organizational factors that contribute to the development of this competence in the professional training of future teachers.

Kalit so‘zlar

  • Bo‘lajak o‘qituvchilar
  • informatsion-analitik kompetentlik
  • raqamli ta‘lim
  • kasbiy tayyorgarlik
  • pedagogik kompetensiyalar
  • texnologiyalari
  • tahlil qilish ko‘nikmalari
  • ta‘lim sifati
  • innovatsion metodlar
  • zamonaviy pedagogika
  • kompetentlik yondashuvi
  • o‘qituvchi faoliyati
  • tanqidiy fikrlash
  • ta‘limda raqamlashtirish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARIDA INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Usmonova Kamola Erkinovna Farg’ona davlat universiteti tayanch doktoranti E-mail: usmonovakamola70@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda informatsion-analitik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda ta’limda zamonaviy yondashuvlarning joriy etilishi o‘qituvchilardan yuqori darajadagi informatsion-analitik salohiyatni talab qilmoqda. Shu bois, maqolada bo‘lajak pedagoglarni kasbiy tayyorlashda mazkur kompetentlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik, texnologik va tashkiliy omillar yoritiladi. Kalit so‘zlar: Bo‘lajak o‘qituvchilar, informatsion-analitik kompetentlik, raqamli ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik kompetensiyalar, texnologiyalari ,tahlil qilish ko‘nikmalari, ta’lim sifati , innovatsion metodlar , zamonaviy pedagogika ,kompetentlik yondashuvi, o‘qituvchi faoliyati, tanqidiy fikrlash, ta’limda raqamlashtirish

ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА РАЗВИТИЕ ИНФОРМАЦИОННО-АНАЛИТИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ И ИХ СОВРЕМЕННОЕ ЗНАЧЕНИЕ

Usmonova Kamola Erkinovna Базовый докторант Ферганского государственного университета E-mail: usmonovakamola70@gmail.com

Аннотация: В данной статье анализируются основные факторы, влияющие на формирование и развитие информационно-аналитической компетентности у будущих учителей. В условиях цифровизации образовательного процесса, стремительного развития информационных технологий и внедрения современных подходов в образование от педагогов требуется высокий уровень информационно-аналитического потенциала. В связи с этим в статье освещаются педагогические, технологические и организационные факторы, способствующие развитию данной компетентности в процессе профессиональной подготовки будущих педагогов. Ключевые слова: Будущие учителя, информационно-аналитическая компетентность, цифровое образование, профессиональная подготовка, педагогические компетенции, технологии, навыки анализа, качество образования, инновационные методы, современная педагогика, компетентностный подход, педагогическая деятельность, критическое мышление, цифровизация образования.

FACTORS INFLUENCING THE DEVELOPMENT OF INFORMATIONAL-ANALYTICAL COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS AND THEIR CURRENT SIGNIFICANCE

Usmonova Kamola Erkinovna a basic doctoral student at Fergana State University E-mail: usmonovakamola70@gmail.com

Annotation: This article analyzes the key factors influencing the formation and development of informational-analytical competence among future teachers. In today’s context of digitalization of the educational process, rapid development of information technologies, and the implementation of modern approaches in education, teachers are expected to possess a high level of informational-analytical capacity. Therefore, the article highlights pedagogical, technological, and organizational factors that contribute to the development of this competence during the professional training of future educators. Keywords: Future teachers, informational-analytical competence, digital education, professional training, pedagogical competencies, technologies, analytical skills, quality of education, innovative methods, modern pedagogy, competency-based approach, teacher activity, critical thinking, digitalization in education.

KIRISH: Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Globallashuv jarayonlari, raqamli transformatsiya, sun’iy intellektdan keng foydalanish kabi omillar o‘qituvchilik kasbiga nisbatan yangi yondashuvlarni, xususan, yuqori darajadagi informatsion-analitik kompetentlikni talab etmoqda. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi nafaqat ularning an’anaviy pedagogik bilim va ko‘nikmalarini, balki informatsiyani izlash, tahlil qilish, baholash va undan samarali foydalanish kabi ko‘nikmalarini ham o‘z ichiga olishi zarur.Informatsion-analitik kompetentlik — bu o‘qituvchining ta’limiy axborotlarni puxta tahlil qilish, zaruriy ma’lumotlarni ajratib olish, ularni qayta ishlash, natijalarni pedagogik faoliyatda qo‘llash qobiliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday kompetentlik nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, o‘quv jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va boshqarish imkonini beradi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarda informatsion-analitik kompetentlikni shakllantirishga turli omillar — ta’lim muassasasining texnik jihozlanganlik darajasi, o‘quv dasturlarining zamonaviylik darajasi, o‘qituvchilarning malakasi, axborot texnologiyalaridan foydalanish madaniyati va shaxsiy motivatsiya kabi omillar ta’sir qiladi. Ayniqsa, raqamli texnologiyalar asosida ta’lim berish zarurati kuchaygan hozirgi davrda bu kompetentlik nafaqat dolzarb, balki strategik ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, bo‘lajak o‘qituvchilarning informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash, ularning hozirgi kundagi ahamiyatini chuqur tahlil qilish, pedagogik jarayonda ularni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish — ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzuning tanlanishi bevosita zamonaviy o‘qituvchi modelining shakllanishi va raqamli bilimlar asrida o‘z kasbiy faoliyatini samarali olib borishi uchun zaruriy kompetensiyalarni egallash zarurati bilan bog‘liqdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA So‘nggi yillarda ta’lim tizimidagi tub o‘zgarishlar, raqamlashtirish jarayonining jadallashuvi, axborot texnologiyalarining ta’limga chuqur kirib kelishi natijasida o‘qituvchilardan yuqori darajadagi informatsion-analitik kompetentlik talab etilmoqda. Shu sababli, bu kompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Xalqaro tadqiqotlar (masalan, UNESCO, OECD va boshqa tashkilotlar) o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash, tanqidiy tahlil qilish, qarorlar qabul qilish va muammoni yechish kabi ko‘nikmalarini zamonaviy ta’limda ustuvor deb e’tirof etmoqda. J.Dewey, V.V. Serikov, G.K. Selevko, E.S. Polat va boshqa pedagog-olimlar kompetentlik yondashuvini asoslab bergan bo‘lib, ular o‘qituvchining faqat nazariy bilim emas, balki amaliy va tahliliy salohiyatga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlaydilar. Mahalliy tadqiqotlarda (masalan, Yoqubov A., Qodirova M., Xolbekov N.) esa informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni ta’limda samarali qo‘llash, o‘qituvchi kasbiy kompetentligining zamonaviy talablari doirasida shakllanishi va ularni baholash mezonlari haqida batafsil yoritilgan. Bu adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, informatsion-analitik kompetentlikni rivojlantirish kompleks yondashuv, yangicha pedagogik metodlar va texnologik yechimlarni talab qiladi. Ushbu mavzuni ilmiy tadqiq etishda quyidagi metodologik asoslar qo‘llanildi: Metodologik yondashuvlar: • Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv – har bir bo‘lajak o‘qituvchining individual qobiliyati va ehtiyojlari hisobga olinadi. • Kompetentlik yondashuvi – kasbiy kompetentlik, xususan, informatsion-analitik kompetentlik asosida ta’lim mazmuni shakllantiriladi. • Sistemali yondashuv – kompetentliklar o‘zaro bog‘liq komponentlar (bilim, ko‘nikma, motivatsiya) tizimi sifatida ko‘riladi. • Innovatsion yondashuv – zamonaviy raqamli texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish orqali kompetentlikni rivojlantirish. Ilmiy uslublar:Analiz va sintez, Induksiya va deduksiya, Modellashtirish, Diagnostika (kompetentlik darajasini aniqlash uchun) Ekspert baholash NATIJALAR VA MUHOKAMALAR Tadqiqot davomida olib borilgan nazariy va amaliy tahlillar asosida quyidagi asosiy natijalarga erishildi: 1. Informatsion-analitik kompetentlik tushunchasi aniqlashtirildi – bu kompetentlik faqat texnik ko‘nikmalar emas, balki ma’lumotni izlash, tahlil qilish, baholash va undan to‘g‘ri xulosa chiqarish kabi murakkab faoliyatlar majmuasidan iborat ekanligi belgilab olindi. 2. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kompetentlik darajasi o‘rganildi – o‘tkazilgan so‘rovnomalar va testlar asosida aksariyat talabalar informatsion vositalardan foydalanishda yetarli tajribaga ega bo‘lsalar-da, chuqur tahliliy fikrlash va axborotni tizimli qayta ishlash bo‘yicha yetarli salohiyatga ega emasliklari aniqlandi. 3. Informatsion-analitik kompetentlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlab chiqildi, jumladan: - O‘qituvchilar va pedagoglar tomonidan qo‘llanilayotgan uslub va yondashuvlar - Raqamli vositalarning mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyati - Talabalarning mustaqil ta’limga bo‘lgan munosabati va motivatsiyasi

- Oliy ta’lim muassasasida yaratilgan axborot muhitining sifati 4. Tajriba-sinov ishlari natijasida kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv moduli va amaliy topshiriqlarni qo‘llash orqali sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. Tajriba guruhi ishtirokchilari tahlil qilish, muammo yechish va qaror qabul qilish bo‘yicha ancha faol bo‘lishdi. 5. Nazariy asoslar bilan amaliy jihatlar uyg‘unlashtirildi – bu esa o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi roli faqat bilim beruvchi emas, balki tahliliy fikr yuritishga yo‘naltiruvchi sifatida namoyon bo‘lishi zarurligini ko‘rsatdi. Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bugungi ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning informatsion-analitik kompetentligini shakllantirish – bu zaruratdan tashqari, strategik ehtiyoj sifatida ham qaralishi lozim. 1. Zamonaviy ta’lim talablari va kompetentlik . Bugungi kunda o‘qituvchidan shunchaki o‘quv dasturlarini yetkazib berish emas, balki axborotni tahlil qilish, unga asoslangan holda ta’limni loyihalashtirish, muammoni ilg‘ash va hal qilish kabi ko‘nikmalar talab qilinmoqda. Bu esa informatsion-analitik kompetentlikni har bir bo‘lajak pedagog uchun asosiy kasbiy kompetensiyalardan biri sifatida ajratib ko‘rsatishni taqozo etadi. 2. Ta’lim tizimidagi muammolar. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aksariyat pedagogik ta’lim yo‘nalishlarida bu kompetentlikni shakllantirishga yetarlicha e’tibor berilmaydi. O‘quv dasturlarida nazariy bilimlar ko‘proq o‘rin olgan bo‘lib, amaliy tahlil, axborotni saralash va u bilan ishlash jarayonlari ikkinchi darajaga tushib qolgan. 3. Raqamli vositalardan foydalanish samaradorligi. Bo‘lajak o‘qituvchilar ko‘pincha texnologik vositalardan foydalanishda faollik ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, ularni tahliliy maqsadlarda to‘g‘ri ishlatish ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmagan. Bu esa texnologiyani “foydalanuvchi” emas, balki “tahlilchi” sifatida ishlatish yondashuvini shakllantirish lozimligini ko‘rsatadi. 4. Pedagogik yondashuvlar yangilanishi zarur. Ta’lim jarayonida tahlil qilishga asoslangan topshiriqlar, loyiha asosida ta’lim, keys-stadi, muammoli ta’lim metodlaridan keng foydalanish bu kompetentlikni samarali rivojlantiradi. Shu bois, o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimida ham informatsion-analitik kompetentligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. XULOSA Tadqiqot jarayonida olib borilgan nazariy tahlillar, empirik kuzatuvlar va tajriba-sinov ishlari asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi: Informatsion-analitik kompetentlik — bu faqat axborot texnologiyalaridan foydalanish emas, balki ularni tanlab olish, tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish, qaror qabul qilish va o‘quv jarayonida amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatidir. Bu kompetentlik o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida muhim o‘rin tutadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning aksariyati texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lsalar-da, axborotni tahlil qilish, muammoni aniqlash va samarali hal etishda sustlik kuzatilmoqda. Bu holat ularni faqat ijrochi emas, balki mustaqil fikrlovchi va tahlil qiluvchi mutaxassis sifatida shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi. Kompetentlikni shakllantirishda modulli o‘qitish, keys-stadi, muammoli ta’lim, loyiha asosidagi yondashuv kabi metodlarning samaradorligi yuqori bo‘lib, ular orqali talabalar real vaziyatlarda tahlil qilish, baholash va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganadilar. Ta’lim tizimini takomillashtirishda bo‘lajak o‘qituvchilarning informatsion-analitik salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va treninglar muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Polat, E.S., Bukharkina, M.Yu., Moiseyeva, M.V. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va zamonaviy ta’lim vositalari. – Moskva: Akademiya, 2020.
  2. Serikov, V.V. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi. – Moskva: Pedagogika, 2018.
  3. Dewey, J. Demokratiya va ta’lim. – Nyu-York: Macmillan, 2016.
  4. Selevko, G.K. Pedagogik texnologiyalar klassifikatsiyasi. – Moskva: Narodnoye obrazovaniye, 2017.
  5. Qodirova, M. Pedagogik texnologiyalar va pedagog mahorati. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
  6. R.A.Tursunov. (2025). Ijtimoiy ong va ma’naviyat uygʻunligining ijtimoiy muhitga ta’siri.
  7. Zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari, 1(1), 16-19.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011275
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/275
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
97–100
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25