INNOVATSION YONDASHUV TA‘LIM OLISHNING ZAMONAVIY USULI SIFATIDA
Askarova Dilafruz IbrokhimovnaFarg‘ona davlat universiteti p.f.b.f.d. (PhD)2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 46–49
Annotatsiya
Ta‘lim tizimida innovatsion yondashuvning zamonaviy ahamiyati, uning o‘quvtarbiya jarayonidagi o‘rni hamda pedagogik samaradorlikni oshirishdagi roli tahlil qilingan. Insoniyattaraqqiyoti bilan bog‘liq ijodiy tafakkur va kreativlik tushunchalari asosida innovatsion ta‘lim jarayoniningnazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion o‘qitishning afzalliklari, interfaolmetodlarning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal etish va tanqidiy yondashuvnishakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda izohlangan.
Boshqa tillarda
ruschaИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД КАК СОВРЕМЕННЫЙ МЕТОД ОБРАЗОВАНИЯ
Анализируется современное значение инновационного подхода в системе образования, его роль в образовательном процессе и в повышении педагогической эффективности. Рассматриваются теоретические и практические аспекты инновационного образовательного процесса на основе концепций творческого мышления и креативности в контексте развития человека. На научной основе объясняются преимущества инновационного обучения, роль интерактивных методов в формировании самостоятельного мышления, навыков решения проблем и критического мышления учащихся.
inglizchaINNOVATIVE APPROACH AS A MODERN METHOD OF EDUCATION
The modern significance of the innovative approach in the education system, its role in the educational process and its role in increasing pedagogical efficiency are analyzed. The theoretical and practical aspects of the innovative educational process are covered based on the concepts of creative thinking and creativity related to human development. Also, the advantages of innovative teaching, the role of interactive methods in forming independent thinking, problem solving and critical thinking in students are explained on a scientific basis.
Kalit so‘zlar
- innovatsion yondashuv
- kreativlik
- ijodiy tafakkur
- interfaol metodlar
- pedagogik texnologiyalar
- tanqidiy fikrlash
- o‘z-o‘zini baholash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
INNOVATSION YONDASHUV TA’LIM OLISHNING ZAMONAVIY USULI SIFATIDA
Asqarova Dilafruz Ibroximovna Farg‘ona davlat universiteti p.f.b.f.d. (PhD) Email:dilafruzaskarova@804gmail.com
Annotatsiya: Ta’lim tizimida innovatsion yondashuvning zamonaviy ahamiyati, uning o‘quvtarbiya jarayonidagi o‘rni hamda pedagogik samaradorlikni oshirishdagi roli tahlil qilingan. Insoniyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ijodiy tafakkur va kreativlik tushunchalari asosida innovatsion ta’lim jarayonining nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion o‘qitishning afzalliklari, interfaol metodlarning o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoni hal etish va tanqidiy yondashuvni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda izohlangan. Kalit so‘zlar: innovatsion yondashuv, kreativlik, ijodiy tafakkur, interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, tanqidiy fikrlash, o‘z-o‘zini baholash.
ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД КАК СОВРЕМЕННЫЙ МЕТОД ОБУЧЕНИЯ
Аскарова Дилафруз Иброхимовна Ферганский государственный университет кандидат педагогических наук (PhD) Email: dilafruzaskarova@804gmail.com
Аннотация: Анализируется современное значение инновационного подхода в системе образования, его роль в образовательном процессе и в повышении педагогической эффективности. Рассматриваются теоретические и практические аспекты инновационного образовательного процесса на основе концепций творческого мышления и креативности в контексте развития человека. На научной основе объясняются преимущества инновационного обучения, роль интерактивных методов в формировании самостоятельного мышления, навыков решения проблем и критического мышления у студентов. Ключевые слова: инновационный подход, креативность, творческое мышление, интерактивные методы, педагогические технологии, критическое мышление, самооценка.
INNOVATIVE APPROACH AS A MODERN METHOD OF LEARNING
Askarova Dilafruz Ibrokhimovna Fergana State University p.f.b.f.d. (PhD) Email:dilafruzaskarova@804gmail.com
Annotation: The modern significance of the innovative approach in the education system, its role in the educational process and its role in increasing pedagogical efficiency are analyzed. The theoretical and practical aspects of the innovative educational process are covered based on the concepts of creative thinking and creativity related to human development. Also, the advantages of innovative teaching, the role of interactive methods in the formation of independent thinking, problem solving and critical approach in students are explained on a scientific basis. Keywords: innovative approach, creativity, creative thinking, interactive methods, pedagogical technologies, critical thinking, self-assessment.
Zamonaviy jamiyatning jadal rivojlanishi, global o‘zgarishlar va raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim, fan hamda ishlab chiqarish sohalarida innovatsion yondashuvni zaruriy tamoyil sifatida shakllantirmoqda. Bugungi kunda innovatsiya faqat yangi texnologiyalarni joriy etish emas, balki mavjud tizimlarni tubdan takomillashtirish, ularni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish vositasi sifatida e’tirof etilmoqda. Innovatsion yondashuv ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantirish, yangi bilimlarni egallash va ularni amaliyotda qo‘llash imkonini kengaytiradi. Ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar sharoitida innovatsion yondashuvni joriy etish zamonaviy pedagogikaning asosiy talabiga aylangan. Xususan, O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa maktabgacha ta’lim yo‘nalishida, kreativ kompetensiyalarni shakllantirishda innovatsion metodlar va texnologiyalarni qo‘llash hali to‘liq ilmiy-pedagogik jihatdan tadqiq etilmagan sohalardan biridir. Shu bois, ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv kiritish o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning ijodiy fikrlashini, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini hamda zamonaviy axborot muhitida samarali faoliyat yurita olish salohiyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Innovatsiya - bu yangi g‘oyalar, usullar, mahsulotlar yoki xizmatlarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish jarayonidir. U ilm-fan, texnologiya va ta’lim sohalarida rivojlanishni jadallashtiradi, jamiyat ehtiyojlariga mos, samarali va qulay yechimlar ishlab chiqish orqali umumiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi [1]. Innovatsion ta’lim mazmunan yangilangan pedagogik yondashuvlarni, interfaol metodlarni va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali o‘quv jarayonining sifatini oshiradi, uni shaxsiylashtirilgan, moslashuvchan va samarali shaklga keltiradi. Bunday yondashuv o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos o‘qitish imkonini beradi hamda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Innovatsion ta’lim natijasida yaratiladigan yangi metodikalar o‘quv jarayonini yanada interfaol, qiziqarli va natijaviy qiladi, bu esa jamiyatning intellektual va madaniy taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi [2]. Innovatsion ta’lim -bu ta’lim jarayonida yangi va ilg‘or g‘oyalar, metodologiyalar, texnologiyalar va usullarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini yaxshilash va yangilashni maqsad qiladigan yondashuv. Innovatsion ta’limda talabalarning individual ehtiyojlari va qobilyatlariga mos ta’lim berishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, har bir talabaning o‘ziga xos qobilyatlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratiladi. Innovatsion ta’lim talabalarda kreativlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Bo‘lajak tarbiyachilarning mavjud muammolarni yangi yondashuvlar orqali hal etish qobilyatini oshiradi. Innovatsion yondashuvning ilmiy asoslari kognitiv fanlar, pedagogika, axborot texnologiyalari va menejment nazariyalarining integratsiyasiga asoslanadi. Yangi g‘oyalarni shakllantirish, kreativ fikrlashni rivojlantirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda tahliliy yondashuv orqali optimal qarorlar qabul qilish jarayonlari muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida innovatsion yondashuv, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar va sun’iy intellect imkoniyatlaridan foydalanish orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim jarayonining moslashuvchanligini ta’minlash hamda individuallashtirilgan o‘qitish usullarini tadbiq etish imkonini beradi. Biz har bir sohada ajdodlarimizning boy merosini zamonaviy innovatsiyalarga integratsiya qilgan holda bugungi amaliy faoliyatimizga tadbiq etamiz.Shu nuqtai nazardan oladigan bo‘lsak, sharq
mutafakkirlaridan qomusiy olim Ibn Sino yosh avlodning ta’lim jarayoni aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasining birligi ekanligiga e’tibor qaratgan. Axloqiy failatlar timsoli hamda ilm-fan bilimdoni va yuksak aql-idrok sohibi Alisher Navoiy oilaga shodlik va baxt keltiruvchi farzandning shakllanishida, tarbiyada majburlash usullarini qoralagan. XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshlarida yashab ijod etgan Berdaq insonni tarbiyalashdan oldin uni har tomonlama o‘rganish zarurligi hamda aqliy va axloqiy tarbiyani o‘zaro bog‘liq deb hisoblagan. Faqat intellectual rivojlangan insonlargina yuksak axloqli bo‘la oladi degan fikrni bildirgan.[3] Insoniyat taraqqiy etishida ularning kashfiyotlari beqiyos hisoblanadi. Buyuk daholarning hayot yo‘liga nazar soladigan bo‘lsak shunga amin bo‘lamizki, ular tarixda iz qoldirishlarida ilm-fan, san’at yoki diniy ta’limotda yangilik yarata olishgan. Insoniyat rivoji va ilm-fan taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shgan buyuk bobokalonlarimiz Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Imom al Buxoriy, Abdulla Avloniy kabi daholar hayot yo‘llarida va o‘z yo‘nalishlarida yangilik yaratishgan, ijodkor bo‘lishgan. Insoniyatning yangilik va taraqqiyotga intilishi tarixiy evolyutsion rivoji bilan ifodalanadi. Chunki, har bir iodiy faoliyatning negizida albatta yaratuvchanlik bor. Demak, ijodkorlik, kreativlik Qadimqadimdan mavjud, faqat ijodiy jarayon, yaratuvchanlik, ya’ni kreativlik tushunchasi va kreativlik atamasi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish o‘tgan asrdan boshlangan. Yuqorida nomlari qayd etilgan ajdodlarimizning boy merosiga tayangan holda bo‘lajak tarbiyachi xatti-harakati, faoliyatida kreativlik qobilyati mavjudligini odatiy jarayondagi holatlar, tajribalardan farqli ravishda muammoni yangicha yondashuv asosida, nostandart yechimdan foydalanish yuzasidan mustaqil qaror chiqara olish iqtidori mavjudligi bilan belgilanadi. Aslida, tug‘ma tarzda barchada kreativlik qobilyati mavjud bo‘lishi mumkin. Kreativ qobilyat esa innovatsion yangicha yondashuv asosida nomoyon bo‘lishi barchaga ma’lum. Innovatsion yondashuv haqida fikr bildirar ekanmiz hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida eng ilg‘or ta’lim texnologiyalarini qo‘llash yoki eng so‘ngi tendensiyalardan xabardor bo‘lish emas, balki bu oddiy ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. Innovatsion yondashuvlar Talabani faol harakat qilishga undaydi va pedagog bilan erkin muloqotni ta’minlaydi. Innovatsion o‘qitish usullarining bir necha afzalliklarini sanab o‘tishni joiz topdik. tadqiqotni rag‘batlantirish- talabalarni o‘z fikr-mulohazalarini boyitish uchun yangi narsa va vositalarni kashf etishga undaydi. muammolarni mustaqil hal etish va tanqidiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish-talabalrni ijodiy o‘qitish usullari darslik va majmualarda berilgan javoblarni toppish o‘rniga muammoni yechimni topishning yangi usuli aqliy hujumga undaydi. bir vaqtning o‘zida ko‘p ma’lumot olishdan saqlash- an’anaviy usulda ta’lim beruvchilar talabalarga ko‘proq ma’lumot berishga harakat qilishadi. Lekin bu bilim oluvchilar uchun noqulaylik tug‘diradi. Ma’lumotlarni kichik qismlarga bo‘lish orqali talabalarga bilim berilsa, bu bilimni o‘zlashtirish osonroq kichadi va asosini tezroq olishga yordam beradi. nisbatan yengilroq ko‘nikmalarni qabul qilish- talabalar o‘z faoliyatlarini yakunlashlari uchun auditoriyada murakkabroq vositadan foydalanish o‘rinli, chunki bu jarayon talabalarda yangi narsalarni o‘rganishga va kreativlikni faollashtirishga yordam beradi. talabalar tushunishini tekshirish- bilim natijalarini tekshirishda imtixon natijalari nimanidir anglatishi mumkin, lekin innovatsion o‘qitish usullari dars jarayonida talabalarni kuzatish va eng mos yechimni topishga harakat qilayotganliklarini yaxshiroq bilish imkonini beradi. o‘z-o‘zini baholashni takomillashtirish- pedagoglarning noodatiy metodlari bilan nimani o‘rgangani va nimani eshitmayotganligini bilishlari mumkin. Yana nimani o‘rganishlari kerak bo‘lgan narsalar orqali ni a uchun o‘rganishi kerakligini tushunishlari va bunga ko‘proq ishtiyoqlari ortishi mumkin. auditoriyani jonlantirish- dars jarayonida faqat pedagogning ovozi yoki noqulay jimlik bo‘lishi imkon bermasdan, innovatsion o‘qitish usullari talabalarning hayajonlanishiga imkon beradi va ko‘proq muloqot qilishga undaydi. Innovatsion yondashuv bugungi kunda ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, u nafaqat o‘quv jarayonini modernizatsiya qiladi, balki o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini yangi bosqichga ko‘taradi. Ta’limdagi islohotlarning amaliyotga tatbiqi sifatida innovatsion o‘qitish usullarining keng qo‘llanilishi, o‘z navbatida, ta’lim tizimining samaradorligini oshirmoqda. O‘zbekistonda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, pedagogik texnologiyalar va ta’lim metodologiyalarini takomillashtirish borasidagi izlanishlar bu yo‘nalishning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Xususan, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda innovatsion
ta’lim markazlarida olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar zamonaviy pedagogik yondashuvlarning shakllanishida muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu ilmiy muassasalar ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, yangi o‘quv dasturlarini yaratish va amaliyotda sinovdan o‘tkazish orqali o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida” 287-sonli qarori.
- X.M. Abdusattarova. lnnovatsiya strategiyasi : o‘quv qodlanma/ X.M.Abdusattarova ; O‘zbekiston Respublikasi oily va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012. - 240 bet.
- Sayibova zuxra yunusovna . Oriental renaissance: innovative, (e)issn:2181-1784 Educational, natural and social sciences innovatsion texnologiyalarning ta’lim sohasidagi o‘rni. 831 bet
- O‘. M. Asqarova, M. Xayitboyev, M. S. Nishonov. PEDAGOGIKA. Oliy ta ’lim muassasalari uchun darslik. 2008.
- Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011259
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/258
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 46–49
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25