Asosiy mazmunga o‘tish

SPORT TURIZMI KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO YONDASHUVNING DOLZARBLIGI

Khudoyberdiyeva Sevara Muhammadolim qiziImpuls tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha prorektor yordamchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 35–39

Annotatsiya

Ushbu maqolada sport turizmi ko‘nikmalarini shakllantirishda fanlararoyondashuvning ahamiyati va zaruriyati o‘rganilgan. Zamonaviy ta‘lim tizimida sport turizmini rivojlantirishuchun pedagogika, psixologiya, fiziologiya, ekologiya, geografiya va boshqa fanlar integratsiyasi muhimahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda sport turizmi yo‘nalishida talabalarni tayyorlashda kompleks yondashuvtamoyillari, fanlararo aloqadorlikning nazariy asoslari hamda amaliy jihatlar tahlil qilingan. Maqolada sportturizmining ko‘p qirrali tabiati, uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishdagi roli ochib berilgan.Fanlararo integratsiya orqali sport turizmi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning samaradorligi oshirilishi,talabalarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari uyg‘unlashtirilishi mumkinligi asoslangan. Tadqiqotnatijalari sport turizmi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalarberadi

Boshqa tillarda

ruschaАКТУАЛЬНОСТЬ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОГО ПОДХОДА В ФОРМИРОВАНИИ НАВЫКОВ СПОРТИВНОГО ТУРИЗМА

В данной статье исследуется значение и необходимость междисциплинарногоподхода в формировании навыков спортивного туризма. В современной системе образованияинтеграция педагогики, психологии, физиологии, экологии, географии и других наук играетважную роль в развитии спортивного туризма. В исследовании проанализированы принципыкомплексного подхода к подготовке студентов в направлении спортивного туризма, теоретическиеосновы междисциплинарных связей и практические аспекты. В статье раскрывается многограннаяприрода спортивного туризма, его роль в физическом, психическом и социальном развитии.Обосновывается, что через междисциплинарную интеграцию можно повысить эффективностьподготовки специалистов по спортивному туризму, гармонизировать теоретические знания ипрактические навыки студентов. Результаты исследования предоставляют практическиерекомендации для совершенствования программ подготовки кадров в области спортивного туризма.

inglizchaTHE RELEVANCE OF AN INTERDISCIPLINARY APPROACH IN THE FORMATION OF SPORTS TOURISM SKILLS

This article examines the significance and necessity of an interdisciplinary approach inthe formation of sports tourism skills. In the modern education system, the integration of pedagogy,psychology, physiology, ecology, geography, and other sciences plays a crucial role in the development ofsports tourism. The research analyzes the principles of a comprehensive approach to student preparation insports tourism, the theoretical foundations of interdisciplinary connections, and practical aspects. Thearticle reveals the multifaceted nature of sports tourism and its role in physical, psychological, and socialdevelopment. It substantiates that through interdisciplinary integration, the effectiveness of trainingspecialists in sports tourism can be enhanced, harmonizing students‘ theoretical knowledge and practicalskills. The research results provide practical recommendations for improving training programs in the fieldof sports tourism.

Kalit so‘zlar

  • sport turizmi
  • fanlararo yondashuv
  • ko‘nikmalar shakllanishi
  • integrativ ta‘lim
  • kompleks tayyorgarlik
  • professional kompetensiyalar
  • pedagogik texnologiyalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

SPORT TURIZMI KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA FANLARARO YONDASHUVNING DOLZARBLIGI

Xudoyberdiyeva Sevara Muxammadolim qizi Impuls tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor yordamchisi E-mail: Sevara2260@icloud.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya: Ushbu maqolada sport turizmi ko'nikmalarini shakllantirishda fanlararo yondashuvning ahamiyati va zaruriyati o'rganilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida sport turizmini rivojlantirish uchun pedagogika, psixologiya, fiziologiya, ekologiya, geografiya va boshqa fanlar integratsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda sport turizmi yo'nalishida talabalarni tayyorlashda kompleks yondashuv tamoyillari, fanlararo aloqadorlikning nazariy asoslari hamda amaliy jihatlar tahlil qilingan. Maqolada sport turizmining ko'p qirrali tabiati, uning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishdagi roli ochib berilgan. Fanlararo integratsiya orqali sport turizmi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashning samaradorligi oshirilishi, talabalarning nazariy bilim va amaliy ko'nikmalari uyg'unlashtirilishi mumkinligi asoslangan. Tadqiqot natijalari sport turizmi sohasida kadrlar tayyorlash dasturlarini takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar beradi. Kalit so'zlar: sport turizmi, fanlararo yondashuv, ko'nikmalar shakllanishi, integrativ ta'lim, kompleks tayyorgarlik, professional kompetensiyalar, pedagogik texnologiyalar.

АКТУАЛЬНОСТЬ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОГО ПОДХОДА В ФОРМИРОВАНИИ НАВЫКОВ СПОРТИВНОГО ТУРИЗМА

Худойбердиева Севара Мухаммадолим кызы Помощник проректора по делам молодежи и духовно-просветительской работе Института медицины "Импульс" E-mail: Sevara2260@icloud.com Тел: [telefon raqami yashirilgan]

Аннотация: В данной статье исследуется значение и необходимость междисциплинарного подхода в формировании навыков спортивного туризма. В современной системе образования интеграция педагогики, психологии, физиологии, экологии, географии и других наук играет важную роль в развитии спортивного туризма. В исследовании проанализированы принципы комплексного подхода к подготовке студентов в направлении спортивного туризма, теоретические основы междисциплинарных связей и практические аспекты. В статье раскрывается многогранная природа спортивного туризма, его роль в физическом, психическом и социальном развитии. Обосновывается, что через междисциплинарную интegrацию можно повысить эффективность подготовки специалистов по спортивному туризму, гармонизировать теоретические знания и практические навыки студентов. Результаты исследования предоставляют практические рекомендации для совершенствования программ подготовки кадров в области спортивного туризма.

Ключевые слова: спортивный туризм, междисциплинарный подход, формирование навыков, интегративное образование, комплексная подготовка, профессиональные компетенции, педагогические технологии.

THE RELEVANCE OF AN INTERDISCIPLINARY APPROACH IN THE FORMATION OF SPORTS TOURISM SKILLS

Khudoyberdiyeva Sevara Muhammadolim qizi Assistant to the Vice-Rector for Youth Affairs and Spiritual-Educational Work at Impuls Medical Institute E-mail: Sevara2260@icloud.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]

Abstract: This article examines the significance and necessity of an interdisciplinary approach in the formation of sports tourism skills. In the modern education system, the integration of pedagogy, psychology, physiology, ecology, geography, and other sciences plays a crucial role in the development of sports tourism. The research analyzes the principles of a comprehensive approach to student preparation in sports tourism, the theoretical foundations of interdisciplinary connections, and practical aspects. The article reveals the multifaceted nature of sports tourism and its role in physical, psychological, and social development. It substantiates that through interdisciplinary integration, the effectiveness of training specialists in sports tourism can be enhanced, harmonizing students' theoretical knowledge and practical skills. The research results provide practical recommendations for improving training programs in the field of sports tourism. Keywords: sports tourism, interdisciplinary approach, skills formation, integrative education, comprehensive training, professional competencies, pedagogical technologies.

KIRISH Hozirgi kunda sport turizmi dunyoning ko'plab mamlakatlarida faol rivojlanayotgan va keng qamrovli ta'lim yo'nalishi sifatida tan olinmoqda. Sport turizmi nafaqat jismoniy faollik va sog'lom turmush tarzini targ'ib qiladi, balki yoshlarning shaxsiy, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishiga ham muhim hissa qo'shadi. O'zbekiston Respublikasida sport va turizmni yanada rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar sohaga katta e'tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Zamonaviy ta'lim tizimida sport turizmi mutaxassislarini tayyorlash jarayonida fanlararo yondashuvning zaruriyati tobora ortib bormoqda. Buning sababi shundaki, sport turizmi o'zining mohiyati jihatidan ko'p tarmoqli va kompleks faoliyat turidir. U jismoniy tayyorgarlik, psixologik barqarorlik, geografik va ekologik bilimlar, pedagogik mahorat, tibbiy-gigiyenik ko'nikmalar hamda boshqa ko'plab kompetensiyalarni o'z ichiga oladi. Fanlararo integratsiya ta'lim jarayonida turli fanlarning o'zaro bog'liqligini ta'minlash, bilimlarni tizimli va yaxlit ko'rinishda shakllantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvdir. Sport turizmi kabi amaliy yo'nalishda bu yondashuv ayniqsa muhim ahamiyatga ega, chunki nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko'nikmalari bir nechta fan sohalaridagi kompetensiyalarni talab qiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi sport turizmi ko'nikmalarini shakllantirishda fanlararo yondashuvning nazariy asoslarini ochib berish, uning amaliy tatbiqini tahlil qilish hamda ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Fanlararo yondashuv muammolari ko'plab xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqot predmeti bo'lgan. Pedagogikada integrativ yondashuvning nazariy asoslarini Ya.A. Komenskiy, I.G. Pestalotsi, K.D. Ushinskiy kabi klassik pedagoglar asoslarini yaratgan. Zamonaviy davr tadqiqotchilaridan V.N. Maksimova, I.P. Podlasiy, V.V. Kraevskiy fanlararo aloqadorlikni ta'lim samaradorligini oshirish vositasi sifatida o'rganganlar. Sport turizmi metodikasi va nazariyasi bo'yicha Y.N. Fedotov, I.A. Drogov, A.A. OstapetsSveshnikov, T.P. Kalikin kabi olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega. Ular sport turizmining pedagogik, psixologik va tashkiliy jihatlarini chuqur tahlil qilganlar. Mahalliy tadqiqotchilar orasida O.A. Abdullayev, M.M. Mahmudov, N.S. Shodiyev sport-sog'lomlashtirish turizmini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan ilmiy ishlar olib borgan.

Fanlararo integratsiya masalalari turli davrlarda pedagogika fani vakillarining diqqat markazida bo'lib kelgan. Biroq sport turizmi kontekstida bu muammoning chuqur tadqiq etilishi hali ham dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda. Mavjud tadqiqotlar asosan sport turizmining alohida jihatlari – jismoniy tayyorgarlik, taktik tayyorlov, xavfsizlik texnikasi kabi masalalarga qaratilgan. Fanlararo yondashuv asosida kompleks ko'nikmalar shakllantirishning tizimli tadqiqi esa yetarli darajada o'rganilmagan. Tadqiqotda quyidagi metodlar qo'llanildi: nazariy tahlil (pedagogik, psixologik, fiziologik adabiyotlarni o'rganish), tizimli yondashuv (sport turizmi ko'nikmalarini yaxlit tizim sifatida ko'rib chiqish), qiyosiy tahlil (turli dastur va metodikalarni solishtirish), umumlashtirish va sintez usullari. Empirik ma'lumotlar to'plash uchun pedagogik kuzatish, so'rovnoma o'tkazish, tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot sport turizmi yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar va soha mutaxassislari bilan amalga oshirildi. Fanlararo yondashuvning samaradorligini baholash uchun maxsus pedagogik tajriba tashkil etildi. Tadqiqotda 120 nafar talaba va 25 nafar o'qituvchi ishtirok etdi.

Fanlararo yondashuv - bu bilim berish jarayonida turli fanlar o'rtasidagi mantiqiy aloqalarni o'rnatish, umumiy tushuncha va tamoyillarni aniqlash, bilimlarni bir butun tizimga birlashtirishga qaratilgan ta'lim strategiyasidir. Bu yondashuv quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Tizimlilik tamoyili - sport turizmi ko'nikmalarini izolyatsiya qilingan element sifatida emas, balki o'zaro bog'liq komponentlar majmui sifatida ko'rib chiqishni nazarda tutadi. Har bir ko'nikma boshqa ko'nikmalar bilan bevosita yoki bilvosita bog'langan. 2. Komplekslilik tamoyili - talabalarni tayyorlashda turli fanlar va yo'nalishlardan olingan bilim va ko'nikmalarni bir vaqtning o'zida qo'llashni ta'minlaydi. Masalan, tog'da sayohat paytida geografik orientatsiya, meteorologik sharoitlarni baholash, tibbiy yordam ko'rsatish, guruh psixologiyasini boshqarish kabi ko'nikmalar birgalikda talab etiladi. 3. Integrativlik tamoyili - turli fanlardan olingan bilimlar yangi sifatli bilim tuzilmasiga birlashishini ta'minlaydi. Bu holda sport turizmi o'ziga xos integrativ fan sifatida namoyon bo'ladi. 4. Amaliyotga yo'nalganlik tamoyili - nazariy bilimlarning amaliy vazifalarni hal qilishda qo'llanilishini kafolatlaydi. Sport turizmida nazariya va amaliyot o'zaro chambarchas bog'langan. Fanlararo yondashuvning sport turizmi kontekstidagi o'ziga xosligi shundaki, bu yerda jismoniy tarbiya va sport, geografiya, ekologiya, tibbiyot, psixologiya, pedagogika, xavfsizlik texnikasi kabi ko'plab fanlar birlashtirilib, yagona amaliy faoliyat - sport-turizm sayohati maqsadida integratsiya qilinadi. Sport turizmi ko'nikmalarini shakllantirishda quyidagi fanlararo aloqalar muhim ahamiyatga ega: Jismoniy tarbiya va sport fanlari Sport turizmi asosini jismoniy tayyorgarlik tashkil etadi. Talabalar chidamlilik, kuch, tezkorlik, moslashuvchanlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishlari zarur. Fiziologiya fani organizm imkoniyatlarini to'g'ri baholash, yuklamalarni dozalash, tiklanish jarayonlarini rejalashtirish uchun zarur bilimlar beradi. Sportda yuqori natijaga erishish uchun sport fiziologiyasi, sport tibbiyoti, biomexanika kabi fanlarning integratsiyasi muhimdir. Geografiya va kartografiya Sport turizmida marshrut tanlash, relef xususiyatlarini o'rganish, iqlim sharoitlarini hisobga olish uchun geografik bilimlar zarur. Kartografiya fani xarita bilan ishlash, koordinatalarni aniqlash, GPS texnologiyalarini qo'llash ko'nikmalarini beradi. Tabiiy geografiya turizm hududlarining geologik, gidrologik, botanik xususiyatlarini tushunishga yordam beradi. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish Zamonaviy sport turizmi ekologik barqaror turizm tamoyillariga asoslanishi kerak. Talabalar ekotizimlarning nozikligini, tabiat resurslarini oqilona foydalanishni, ekologik xavfsizlik qoidalarini o'rganishlari lozim. Ekologik savodxonlik sport turizmi mutaxassisining muhim kompetensiyasidir. Psixologiya va pedagogika Guruh dinamikasi, liderlik ko'nikmalari, stressli vaziyatlarda qaror qabul qilish, jamoa ishini tashkil etish - bularning barchasi psixologik va pedagogik bilimlarni talab qiladi. Sport psixologiyasi motivatsiya, irodaviy sifatlar, emotsional barqarorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogika guruhni boshqarish, ta'lim jarayonini tashkil etish metodikasini beradi. Tibbiyot va birinchi yordam

Sport turizmida shikastlanishlar va kasallanish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Talabalar birinchi tibbiy yordam ko'rsatish, shoshilinch holatlarni boshqarish, tibbiy vositalardan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lishlari zarur. Sport tibbiyoti, gigiyena, toksikologiya kabi fanlar bilan tanishlik muhimdir. Xavfsizlik texnikasi va favqulodda vaziyatlar Tog'larda, daryolarda, o'rmonda xavfsizlik qoidalari, favqulodda vaziyatlarda xatti-harakatlar, qutqaruv operatsiyalari - bu yo'nalishlar alohida o'rganilishi lozim bo'lgan muhim sohalardir. Texnika xavfsizligi, alpinizm uskunalari bilan ishlash, tugunlar bog'lash kabi amaliy ko'nikmalar talab etiladi. Menejment va tashkiliy masalalar Sport turizm tadbirlarini rejalashtirish, byudjet tuzish, logistika, hujjatlar bilan ishlash kabi tashkiliy kompetensiyalar ham zarur. Bu yerda menejment, iqtisodiyot, huquqshunoslik fanlaridan olingan bilimlar amaliy tatbiq etiladi. Sport turizimi bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda fanlararo yondashuvni amalga oshirishning quyidagi usullari samarali hisoblanadi: Integrativ o'quv dasturlari yaratish O'quv dasturlarini ishlab chiqishda turli fanlardan olingan ma'lumotlarni mantiqiy bog'lash, umumiy kompetensiyalarga yo'naltirilgan modullar yaratish zarur. Masalan, "Tog'sport turizmi" moduli anatomiya, fiziologiya, geografiya, meteorologiya, xavfsizlik texnikasi fanlaridan ma'lumotlarni birlashtirishi mumkin. Kompleks amaliy mashg'ulotlar Nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlarda birlashtirish eng samarali o'rganish usulidir. Sportturizm lagerlari, ekspeditsiyalar, musabaqalar paytida talabalar bir vaqtning o'zida jismoniy, texnik, taktik, psixologik va boshqa ko'nikmalarni qo'llaydilar. Loyihaviy faoliyat Talabalarning mustaqil yoki guruh halida sport-turizm marshrutlarini rejalashtirish loyihalari ustida ishlashlari fanlararo bilimlarni sintez qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Loyiha doirasida tadqiqot, tahlil, prognozlash, hisob-kitoblar, taqdimot tayyorlash kabi ko'nikmalar rivojlanadi. Modulli ta'lim tizimi O'quv jarayonini modullar asosida tashkil etish fanlararo integratsiyani osonlashtiradi. Har bir modul aniq kompetensiyaga yo'naltirilgan va kerakli fanlar materiallari bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Kasbiy amaliyot Tashqi va ichki amaliyotlar davomida talabalar real sharoitlarda o'z bilim va ko'nikmalarini sinaydilar. Sport turizm markazlari, turizm kompaniyalari, ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda o'tkaziladigan amaliyot fanlararo kompetensiyalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. O'tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari fanlararo yondashuvning samaradorligini isbotladi. Eksperimental guruh talabalari (fanlararo integratsiya asosida ta'lim oladiganlar) nazorat guruhi talabalariga nisbatan quyidagi ko'rsatkichlarda ustunlik ko'rsatdilar: 1. Nazariy bilimlar darajasi - fanlararo aloqadorliklarni tushunish qobiliyati 34% ga oshdi. 2. Amaliy ko'nikmalar - kompleks vazifalarni bajarish samaradorligi 28% yaxshilandi. 3. Ijodiy yondashuv - noan'anaviy vaziyatlarda muammolarni hal qilish qobiliyati 41% ga oshdi. 4. Professional kompetensiyalar - kasbiy tayyor bo'lish darajasi 37% yuqori baholandi. 5. Motivatsiya darajasi - o'rganishga bo'lgan qiziqish va motivatsiya 31% oshdi. Talabalar so'rovnomalari ham ijobiy natijalarga guvohlik berdi. 87% talabalar fanlararo yondashuv asosidagi ta'lim jarayoni yanada qiziqarli va samaraliroq ekanligini ta'kidladilar. 92% respidentlar nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkoniyatlari sezilarli darajada yaxshilanganligini qayd etdilar. Shu bilan birga, fanlararo yondashuvni joriy etishda ba'zi qiyinchiliklar ham aniqlandi: • O'qituvchilarning turli fanlar bo'yicha yetarli kompetensiyaga ega bo'lmasligi; • Integrativ o'quv-uslubiy materiallar yetishmasligi; • O'quv jarayonini tashkil etishning murakkabligi; • An'anaviy ta'lim tizimiga moslashgan ma'muriy tuzilmalar. Ushbu muammolarni hal qilish uchun o'qituvchilarning malakasini oshirish, fan o'qituvchilari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy o'quv-uslubiy komplekslar yaratish tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari sport turizmi ko'nikmalarini shakllantirishda fanlararo yondashuvning yuqori samaradorligini ko'rsatdi. Fanlararo integratsiya talabalarning bilim, ko'nikma va kompetensiyalarini

kompleks rivojlantirishga, nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqlikni mustahkamlashga, kasbiy tayyor bo'lishning sifatini oshirishga imkon beradi. Sport turizmi o'zining ko'p qirrali tabiati tufayli fanlararo yondashuvni talab qiladi. Jismoniy, texnik, taktik, psixologik, tibbiy, ekologik va boshqa jihatlarning uyg'unligi professional mutaxassisni tayyorlashning asosiy shartidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Abdurakhmanov, R.A. (2023). Pedagogika fanlarining integratsiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Ma'naviyat nashriyoti, 312 b.
  2. Fedotov, Y.N., Vostrikov, I.Y. (2021). Sport turizmining asoslari. Moskva: Sovetskiy sport, 418 b.
  3. Konstantinov, Y.S. (2022). Sport-sog'lomlashtirish turizmi: ta'lim va tarbiya. Sankt-Peterburg: Lan nashriyoti, 392 b.
  4. Mahmudov, M.M., Shodiyev, N.S. (2023). O'zbekistonda sport turizmini rivojlantirish: muammolar va yechimlari. Toshkent: O'zbekiston, 268 b.
  5. Ostapets-Sveshnikov, A.A. (2021). Turistik pedagogika: fanlararo yondashuvlar. Moskva: CDJUT, 344 b.
  6. Rustamova, G.B., Karimova, N.X. (2024). Fanlararo integratsiya - zamonaviy ta'lim sifatini oshirish omili. Pedagogika jurnali, 4(68), 23-31 bb.
  7. Drogov, I.A., Krotova, E.V. (2022). Jismoniy tarbiya va sport turizmining o'zaro bog'liqligi. Sport fan jurnali, 7(3), 145-158 bb.
  8. Tursunov, A.A. (2023). Sport turizmi mutaxassislarini tayyorlashda innovatsion yondashuvlar. Innovatsion pedagogika jurnali, 5(2), 87-95 bb.
  9. Kraevskiy, V.V., Xutorskoy, A.V. (2021). Ta'limda fanlararo aloqadorlik: metodologik asoslar. Moskva: Akademiya, 356 b.
  10. Ismoilov, M.X., Abdullayev, O.A. (2024). Sport turizmi: nazariya, metodika, amaliyot. Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 424 b.
  11. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011256
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/255
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
35–39
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25