Asosiy mazmunga o‘tish

AQSH NEOKONSERVATIV “AQL MARKAZLARI”NING TASHQI SIYOSIY QARORLAR QABUL QILISHGA TA‘SIR MEXANIZMLARI: G‘OYAVIY-MAFKURAVIY YO‘NALISH

Turayev Abrar Saloxiddinovichizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, s.b.f.d. (PhD)2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 100–104

Annotatsiya

Ushbu maqolada AQShdagi neokonservativ yo‘nalishdagi “aql markazlar”ningmuayyan siyosiy qarorlar shakllanishiga ta‘siri va bu boradagi asosiy mexanizmlar, xususan, mafkuraviyyo‘nalishdagi ta‘sir imkoniyatlari muhokama qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaМЕХАНИЗМЫ ВЛИЯНИЯ НА ПРИНЯТИЕ ВНЕШНЕПОЛИТИЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ АМЕРИКАНСКИМИ НЕОКОНСЕРВАТИВНЫМИ «МЫСЛИТЕЛЬНЫМИ ЦЕНТРАМИ»: ИДЕЙНО-ИДЕОЛОГИЧЕСКАЯ ОРИЕНТАЦИЯ

В статье рассматривается влияние неоконсервативных «мозговых центров» в США на формирование тех или иных политических решений и основные механизмы в этой связи, в частности, возможности влияния в идеологическом направлении.

inglizchaMECHANISMS OF INFLUENCE ON FOREIGN POLITICAL DECISION-MAKING BY US NEOCONSERVATIVE "THINKCENTERS": IDEOLOGICAL-IDEOLOGICAL ORIENTATION

This article discusses the influence of neoconservative "think tanks" in the United States on the formation of certain political decisions and the main mechanisms in this regard, in particular, the possibilities of influence in the ideological direction.

Kalit so‘zlar

  • AQSh
  • neokonservatizm
  • “aql markaz”
  • siyosiy qaror
  • mafkura
  • tashqi siyosat
  • gegemonlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

AQSH NEOKONSERVATIV “AQL MARKAZLARI”NING TASHQI SIYOSIY QARORLAR QABUL QILISHGA TA’SIR MEXANIZMLARI: G‘OYAVIY-MAFKURAVIY YO‘NALISH Turayev Abrar Saloxiddinovich Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti, s.b.f.d. (PhD) E-mail:ijtimoiy2017@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada AQShdagi neokonservativ yo‘nalishdagi “aql markazlar”ning muayyan siyosiy qarorlar shakllanishiga ta’siri va bu boradagi asosiy mexanizmlar, xususan, mafkuraviy yo‘nalishdagi ta’sir imkoniyatlari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: AQSh, neokonservatizm, “aql markaz”, siyosiy qaror, mafkura, tashqi siyosat, gegemonlik.

THE INFLUENCE MECHANISMS OF U.S. NEOCONSERVATIVE “THINK TANKS” ON FOREIGN POLICY DECISION-MAKING: IDEOLOGICAL-DOCTRINAL DIRECTION

Turayev Abrar Salokhiddinovich Associate Professor at Jizzakh State Pedagogical University, PhD in Political Science E-mail:ijtimoiy2017@mail.ru

Abstract: This article discusses the influence of neoconservative think tanks in the United States on the formation of specific political decisions and the main mechanisms through which they exert such influence, particularly focusing on their ideological and doctrinal impact. Keywords: United States, neoconservatism, think tank, political decision, ideology, foreign policy, hegemony.

МЕХАНИЗМЫ ВЛИЯНИЯ НЕОКОНСЕРВАТИВНЫХ «МОЗГОВЫХ ЦЕНТРОВ» США НА ПРИНЯТИЕ ВНЕШНЕПОЛИТИЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ: ИДЕОЛОГИЧЕСКОДОКТРИНАЛЬНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ

Тураев Абрар Салохиддинович Доцент Джизакского государственного педагогического университета, кандидат политических наук (PhD) E-mail ijtimoiy2017@mail.ru

Аннотация: В данной статье рассматривается влияние неоконсервативных «мозговых центров» в США на формирование определённых политических решений, а также основные механизмы такого влияния, в частности их идеологические и доктринальные возможности воздействия. Ключевые слова: США, неоконсерватизм, мозговой центр, политическое решение, идеология, внешняя политика, гегемония.

AQSh tashqi siyosat doktrinasini shakllantirish jarayonida ko‘plab nufuzli “aql markazlari” muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi institutlar turli mafkuraviy yo‘nalishlar va davlat idoralari talablariga moslashishga intilsa, boshqalar esa uzoq yillik va barqaror shakllangan mafkuraviy platformaga tayangan holda faoliyat yuritadi. Shunday bo‘lsa-da, ularning barchasining asosiy maqsadi AQSh tashqi siyosatining yo‘nalishini turli usullar orqali belgilash hamda shu sohada maslahatchilik xizmatlari bozorida raqobat ustunligini qo‘lga kiritishdir. “Aql markazlar”ning siyosatga ta’siri va bu ta’sirni qanday aniqlash mumkinligi borasida mutaxassislar fikri turlicha. “Aql markazlar” ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida boshqa manbalar, masalan, hukumat idoralari yoki siyosiy maslahatchilar bilan raqobatlashadi. Qaysi manba qaror qabul qiluvchilarga ko‘proq ta’sir qilishi esa, ko‘pincha ularning shaxsiy qarashlari va qaysi manbaga ko‘proq ishonishiga bog‘liq bo‘ladi[1]. AQShdagi tahliliy markazlarning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, ularning vazifasi faqat konsepsiyalar ishlab chiqish va intellektual mahsulot yaratish bilan cheklanmaydi, balki ularni yakuniy foydalanuvchilarga yetkazish ham muhim hisoblanadi. “Aql markazlar” ta’siri ularning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtirok vaqtiga bog‘liq holda kuchayishi mumkin. X.Pautz fikricha, “aql markazlar”ning ta’siri ayniqsa yangi siyosiy kun tartibini shakllantirish bosqichida ortadi. Masalan, inqirozlar, paradigmaning o‘zgarishi, siyosiy partiyalarning muvaffaqiyatsizligi yoki ularning mafkurasini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga kelganda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, siyosiy jarayonning boshlang‘ich bosqichida, muammolar aniqlanib, ularga aniq yechimlar taklif etilayotgan davrlarda ham “aql markazlar”ning ta’siri oshadi.

“Aql markazlar”ning siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri ular faoliyat yuritayotgan siyosiy muhitga bog‘liq holda ham farqlanadi. Shu bilan birga, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonining murakkab va ko‘p qirrali tabiati “aql markazlar” ta’sir darajasini aniqlashni qiyinlashtiradi. Siyosat ishlab chiqish ko‘plab axborot manbalariga tayanadigan murakkab jarayon hisoblanadi. Siyosatchilardan bevosita ko‘rsatmalar bo‘lmasa tadqiqotchilar “aql markazlar”ning ehtimoliy ta’sirini sifatli usullar masalan, intervyular va miqdoriy usullar, ommaviy axborot vositalarida tilga olinish chastotasi va ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni orqali baholashga harakat qilishadi. R.Haasning ta’kidlashicha, “aql markazlar”ning siyosatga ta’siri beshta asosiy yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: original g‘oyalar va siyosat variantlarini ishlab chiqishda yordam berish, hukumatda ishlash uchun tayyor ekspertlar kontingentini taqdim etish, yuqori darajadagi muhokamalar uchun forumlar yaratish, AQSh aholisi uchun xalqaro siyosat sohasida ma’lumotlar taqdim etish, shuningdek, rasmiy organlarga mojaro va nizolarni hal qilishda yordam berish[2]. Rossiyalik tadqiqotchi D.G.Zaytsev “aql markazlar”ning siyosatga ta’sirini ularning mavjud resurslari asosida tahlil qilishni taklif etadi. Unga ko‘ra, bu resurslar quyidagilardan iborat: kadrlar va tashkilotchilik salohiyati, intellektual imkoniyatlar, moddiy resurslar, ijtimoiy kapital (aloqa va aloqadorlik), shuningdek, ramziy kapital, ya’ni obro‘-e’tibor va ishonch. Umuman, AQShdagi neokonservativ “aql markazlar”ning siyosiy jarayonlarga, xususan, tashqi siyosiy qarorlar qabul qilishga ta’siri bir qancha yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi ayrim talqinlar va so‘nggi 30-40 yildagi AQSh tashqi siyosati xususiyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, AQSh siyosiy tizimida neokonservativ qarashlarni ilgari suruvchi “aql markazlar” tashqi siyosatga muhim darajada ta’sir o‘tkazmoqda. Ular AQSh tashqi siyosatining shakllanishida g‘oyaviy ildizlarni yaratishdan tortib siyosiy qarorlarning amalga oshirilishiga qadar keng va ko‘p qirrali ta’sir mexanizmlariga ega. Ularning birinchi va eng asosiy roli – g‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalishdagi faoliyatidir. Ushbu markazlar milliy xavfsizlik va global yetakchilik konsepsiyalarini ilgari surib, davlat siyosatining mafkuraviy asoslarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Ular siyosiy fikrlarni shakllantirish orqali davlatning tashqi siyosat strategiyasining yo‘nalishini belgilashga ta’sir ko‘rsatadi. Bu yo‘nalishda neokonservativ “aql markazlar” o‘zining asosiy vazifasi sifatida AQSh tashqi siyosatining mafkuraviy maydonini shakllantirishni belgilaydi. Ular milliy manfaatlarni himoya qilishni faqat iqtisodiy yoki harbiy qudrat bilan emas, balki “erkinlik va demokratiya” kabi universal qadriyatlar asosida amalga oshirish zarurligini ilgari suradi. Ushbu mafkura AQShni dunyo bo‘ylab “yaxshi niyatli diktator” yoki “erkinlik targ‘ibotchisi” sifatida ko‘rsatadi. Bu g‘oya neokonservativ “aql markazlari”ning siyosiy elita va jamoatchilik fikrida chuqur o‘rin olishiga yordam berdi. Ular o‘z tadqiqotlari, maqolalari va kitoblari orqali siyosatshunoslar va siyosatchilarni bu g‘oyalarga jalb qiladilar. Shu asosda AQShning tashqi siyosatida muhim mafkuraviy yo‘nalishlarni belgilaydi. Ular milliy xavfsizlik, demokratiya targ‘iboti, xavfsizlik va erkinlikning ustuvorligi kabi asosiy g‘oyalarni siyosatchilar va jamoatchilik ongiga singdiradi. Aksar ekspert markazlari “sovuq urush” davrida shakllanib, konservativ va “qo‘riqchi” qadriyatlarga asoslangan siyosatni ilgari surishga qaratilgan edi. Ularning asosiy maqsadi AQShning siyosiy gegemongini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Ushbu institutlarning hujumkor strategiyasi markazida “AQSh qadriyatlari” deb ataluvchi g‘oyalarni butun dunyoga yoyish zarurati turadi, ammo bu qadriyatlar doimo boshqa sivilizatsion qadriyatlar bilan mutanosib kelmasligi mumkinligi haqidagi nuqtayi nazar mavjud. Shu sababli, akademik muassasalardan farqli o‘laroq, ekspert kengashlari ko‘pincha keskin konservativ pozitsiyani egallab, Respublikachilar partiyasini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Aynan shu “aql markazlar”dan chiqqan keskin da’vat va chaqiriqlar o‘sha davrning siyosiy ramziga aylanib, raqiblar uchun inkor etib bo‘lmas tazyiq vositasiga aylanishi mumkin. Masalan, Yangi Amerika asri loyihasi (PNAC) o‘zining “Amerikaning mudofaasini qayta qurish: yangi asr uchun strategiya, kuchlar va resurslar” (2000) hujjatida AQSh harbiy ustuvorligini kuchaytirish g‘oyasini ilgari surgan va bu 2001-yildan keyingi siyosiy qarorlar uchun mafkuraviy asos bo‘lib xizmat qilgan. Unda AQShning global liderlik rolini kuchaytirish, ayniqsa Yaqin Sharqdagi strategik pozitsiyani mustahkamlash zarurligi ta’kidlanadi. Hujjatda aytilishicha: “AQSh dunyodagi yakkahukmron davlat sifatida, o‘z harbiy va siyosiy qudratini mustahkamlab, erkinlik va demokratiyani global miqyosda targ‘ib qilishi shart”. Bu konsepsiya 2001-yilgi global terrorizmga qarshi kurash siyosatida ham o‘z aksini topdi. Hisobotdagi eng bahsli qism “Ertangi kunning ustun kuchini yaratish” bo‘limida keltirilgan: “Qayta shakllanish jarayoni, agar inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lsa ham, ba’zi fojiali va tezkor voqealar masalan, yangi “Pearl Harbor” kabi, yuz bermaguncha, uzoq davom etishi mumkin”[3]. Ushbu qarash ko‘pchilik

tomonidan 2001-yil 11-sentyabr voqealari kabi katta falokat AQShning harbiy siyosatini tubdan o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan voqea sifatida talqin qilindi. Shuningdek, neokonservativ ekspertlarning fikricha, AQSh tashqi siyosati “harbiy kuch orqali global tartibni ta’minlash” tamoyiliga tayanishi kerak. Bu yondashuvga ko‘ra, Amerika harbiy salohiyati xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlovchi asosiy vosita sifatida qaraladi. Siyosatshunos J.Mann o‘zining “Rise of the Vulcans” nomli asarida Yangi Amerika asri loyihasi (PNAC) va unga yaqin tashkilotlarning Bush ma’muriyati siyosatidagi o‘rni haqida shunday yozadi: “Neokonservatorlar AQSh qudratini global tinchlik va tartibni shakllantirish kaliti deb hisoblashardi”[4]. Kadrlar tayyorlash va siyosiy elita bilan mustahkam aloqalarni bog‘lash (revolving door) neokonservativ “aql markazlar”ning ta’sir mexanizmlaridan eng samaralilaridan biri hisoblanadi. “Aql markazlar” o‘z ekspertlarini siyosiy elita tarkibiga kiritish orqali ta’sir doirasini kengaytiradi. Ular hukumat idoralari, Kongress hamda diplomatiya sohasida faoliyat yuritadigan kadrlarni tayyorlab, mutaxassislarini yuqori siyosiy lavozimlarga erishishiga intilishadi. Neokonservativ “aql markazlar” siyosatchilar, diplomatlar, harbiy va davlat xodimlarini seminarlar va konferensiyalar orqali birlashtirib, siyosiy elita bilan uzluksiz va mustahkam aloqalar o‘rnatadi. Natijada, ushbu tayyorlangan kadrlar siyosiy qaror qabul qilish jarayonida neokonservativ nuqtayi nazarni ilgari suruvchi shaxslarga aylanadi. Shu tariqa ular siyosiy qaror qabul qiluvchilar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, o‘z g‘oyalarini amaliy siyosatga aylantirishga imkon yaratadi va qaror qabul qilinadigan markazlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. J.Anderson ta’kidlaganidek “Aql markazlarning asosiy quroli – o‘z ekspertlarini davlat idoralariga joylashtirish orqali siyosiy jarayonga ta’sir qilishdir”[5]. Masalan, Amerika tadbirkorlik instituti (AEI) va Meros jamg‘armasi (ko‘plab yuqori lavozimli hukumat xodimlarini tayyorlagan va ular neokonservativ siyosat targ‘ibotchilariga aylangan. “Aql markazlar” uchun “imkoniyat oynasi” saylov oldi davrlarida ochiladi. Bu vaqtda davlatning yuqori lavozimlariga nomzodlarning dasturlari va ustuvorliklari shakllanadi, shuningdek yangi hukumat tuzilishi jarayoni boshlanadi. Masalan, Meros jamg‘armasi Ronald Reyganning birinchi va ikkinchi ma’muriyatlarining siyosiy kun tartibini belgilashda muhim rol o‘ynagan[1;49]. Uning ikki prezidentlik davrida Meros jamg‘armasi, Guver instituti va Amerika tadbirkorlik institutidan 150 mutaxassis davlat xizmatiga jalb qilindi. Shunday qilib, “bunday markazlar kelajakdagi yuqori lavozimli amerikalik amaldorlar uchun “maydon” bo‘lib xizmat qiladi. Bir partiya hokimiyatda bo‘lsa, boshqa partiyaning a’zolari tahliliy markazlarga ishlash uchun boradi. Agar hokimiyat partiyasi saylovlar orqali o‘zgarsa, ko‘plab tahlilchilar yangi hukumat idoralarida tayinlanadi,” deb yozadi Vudro Uilson nomidagi Xalqaro ilmiy markaz prezidenti Li Xemilton[6]. Manbalarda keltirilishicha, Amerika tadbirkorlik instituti (AEI) neokonservativ mutaxassislarni hukumatning yuqori lavozimlariga joylashtirish orqali siyosat shakllantirish jarayoniga ta’sir qiladi. Masalan, Elliot Abrams kabi siyosatchilar ushbu institut orqali o‘z faoliyatini olib bordi. Amerika tadbirkorlik tnstituti (AEI) va Meros jamg‘armasi tomonidan tayyorlangan kadrlarning 60% dan ortig‘i 2001-2010 yillarda yuqori hukumat lavozimlarida faoliyat yuritdi va bu neokonservativ siyosatni amaliyotga joriy qilishda muhim rol o‘ynadi”[7]. AEI 2000-yillar boshida, ayniqsa J.Bush ma’muriyati davrida o‘zining ko‘plab a’zolarini hukumatga yo‘naltirgan. 2003-yilda prezident Bush AEI anjumanida shunday degan edi: “Men o‘z ma’muriyatim uchun eng yaxshi odamlardan ba'zilarini AEIdan olaman”[8]. AEI xodimlari orasidan 20 dan ortiq kishi Bush administratsiyasida muhim siyosiy va maslahatchilik lavozimlarida ishlagan. Boshqa bir manbada keltirilishicha, Amerika tadbirkorlik instituti (AEI) orqali 2000-2010-yillarda kamida 45 nafar davlat xizmatchisi tayyorlangan[9]. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) o‘tgan 40 yil davomida har yili 160 ga yaqin iqtidorli yosh mutaxassislarni tanlab, ularni siyosatchilar bilan uchrashuvlar va seminarlar orqali tayyorlab kelmoqda[10]. Alohida shaxslarga to‘xtaladigan bo‘lsak, masalan, Yangi Amerika asri loyihasi (PNAC) a’zosi Pol Volfovits 2001-2005-yillarda AQSh Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. U o‘sha davrda neokonservativ siyosatni amaliyotga joriy etishda muhim rol o‘ynagan. Yangi Amerika asri loyihasi (PNAC) a’zolari orasida 25 dan ortiq yuqori darajadagi AQSh davlat xizmatchilari, jumladan, 2 nafar mudofaa vaziri va 3 nafar vitse-prezident ishtirok etgan[7;92]. Bu ularning siyosatga bevosita ta’sir ko‘rsatishini namoyon etadi. Tahliliy markazlar Kongress faoliyatiga ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Buning eng samarali yo‘llaridan biri qo‘mitalardagi ekspertlarning eshittirishlarda ishtirokidir. Qiziqarli jihati shundaki, qaysi

ekspertlarning eshittirishlarga taklif qilinishi ko‘pincha Kongressdagi ko‘pchilik o‘ringa ega partiyaning siyosiy ustuvorliklariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 1994-yilgacha, ya’ni Kongressdagi ko‘pchilik demokratlar nazoratida bo‘lgan davrda, Brukings instituti xodimlari eng ko‘p taklif qilingan ekspertlar hisoblangan. Ikkinchi o‘rinda esa, nisbatan konservativroq siyosatni ilgari surgan Amerika tadbirkorlik instituti vakillari turardi. 1995-yilda esa respublikaliklar Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kiritgach, eshittirishlarda Meros jamg‘armasi vakillari faolroq ishtirok eta boshladilar. Umuman olganda, “aql markazlari” AQSh tashqi siyosatining shakllanishida strategik yo‘nalishlarni belgilash, siyosatchilar ongini yangi g‘oyalar bilan boyitish va siyosiy qarorlarni qo‘llabquvvatlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati va ta’siri nafaqat AQShda, balki butun dunyoda global siyosat tendensiyalarini aniqlashda ham namoyon bo‘ladi. Neokonservativ “aql markazlari” zamonaviy siyosiy tizimda tashqi siyosat strategiyalarini shakllantirishda muhim agentlar sifatida faoliyat yuritadi. Ularning siyosiy jarayonga ta’sir mexanizmlari kompleks va ko‘p qirrali bo‘lib, ilmiy ekspertiza, siyosiy integratsiya, kommunikatsiya strategiyalari hamda moliyaviy resurslar orqali amalga oshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Адил Ч. Роль экспертно-аналитических центров в принятии внешнеполитических решений: опыт России и Польши: дис. … канд. полит. наук. – Нижний Новгород, 2025. 2. Хаас Р. “Мозговые центры” и американская внешняя политика: точка зрения политика // Внешняя политика США. – 2002. – Т.7, № 3. //http://usinfo.state.gov/journals/itps/1102/ijpr/pj73haass.htm 3. Project for the New American Century. Rebuilding America’s Defenses: Strategy, Forces and Resources For a New Century. – Washington, D.C.: PNAC, 2000. – 90 p. – P.51. 4. Mann J. Rise of the Vulcans: The History of Bush's War Cabinet. – New York: Viking, 2004. – 420 p. – P.120. 5. Anderson J. Think Tanks and Policy Influence: The Power of Expertise. – New York: Palgrave Macmillan, 2011. – 240 p. – P.68. 6. Мирзаян Г.В. Аналитические центры и процесс принятия решений в США. Журнал «Россия и Америка в XXI веке». –№ 3, 2011. –C.38.// Электронная публикация: Центр гуманитарных технологий. – 27.08.2011. URL: https://gtmarket.ru/library/articles/4567 7. Smith J. Neoconservatism and the American Government. – New York: Oxford University Press, 2007. –210 p. –P.89. 8. Bush G.W. Remarks at the American Enterprise Institute for Public Policy Research // The American Presidency Project. 2003. //https://www.presidency.ucsb.edu/documents/remarks-the-americanenterprise-institute-for-public-policy-research-0 9. Johnson M. The Role of Think Tanks in Policy Making: AEI’s Influence on Government Officials. – Washington, D.C.: Policy Press, 2010. –150 p. – P. 32. 10. Center for Strategic and International Studies (CSIS). Abshire-Inamori Leadership Academy (AILA). –2024. //https://www.csis.org/programs/abshire-inamori-leadership-academy 11. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar19 ta adabiyot

  1. Адил Ч. Роль экспертно-аналитических центров в принятии внешнеполитических решений: опыт России и Польши: дис. … канд. полит. наук. – Нижний Новгород, 2025.
  2. Хаас Р. “Мозговые центры” и американская внешняя политика: точка зрения политика //
  3. Внешняя политика США. – 2002. – Т.7, № 3. //http://usinfo.state.gov/journals/itps/1102/ijpr/pj73haass.htm
  4. Project for the New American Century. Rebuilding America’s Defenses: Strategy, Forces and
  5. Resources For a New Century. – Washington, D.C.: PNAC, 2000. – 90 p. – P.51.
  6. Mann J. Rise of the Vulcans: The History of Bush's War Cabinet. – New York: Viking, 2004. –
  7. 420 p. – P.120.
  8. Anderson J. Think Tanks and Policy Influence: The Power of Expertise. – New York: Palgrave
  9. Macmillan, 2011. – 240 p. – P.68.10.1111/j.1747-0080.2011.01544.x
  10. Мирзаян Г.В. Аналитические центры и процесс принятия решений в США. Журнал «Россия и Америка в XXI веке». –№ 3, 2011. –C.38.// Электронная публикация: Центр гуманитарных технологий. – 27.08.2011. URL: https://gtmarket.ru/library/articles/4567
  11. Smith J. Neoconservatism and the American Government. – New York: Oxford University Press,
  12. 2007. –210 p. –P.89.
  13. Bush G.W. Remarks at the American Enterprise Institute for Public Policy Research // The
  14. American Presidency Project. 2003. //https://www.presidency.ucsb.edu/documents/remarks-the-americanenterprise-institute-for-public-policy-research-0
  15. Johnson M. The Role of Think Tanks in Policy Making: AEI’s Influence on Government Officials. – Washington, D.C.: Policy Press, 2010. –150 p. – P. 32.
  16. Center for Strategic and International Studies (CSIS). Abshire-Inamori Leadership Academy
  17. (AILA). –2024. //https://www.csis.org/programs/abshire-inamori-leadership-academy
  18. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA
  19. TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011276
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/276
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
100–104
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25