Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RADIKAL POLIMERIZATSIYASI ORQALI OLINGAN POLIKARBOKSILAT SUPERPLASTIFIKATORINING TUZILISHI VA XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH.

    Karimov M.U., Ismailov F.S. · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Polikarboksilat superplastifikatori taroqsimon sopolimerlari beton maxsulotlariniishlab chiqarishda suv sarfini kamaytiruvchi vositalar sifatida keng qo‘llaniladi va sement zarralarigapolimer adsorbsiyasi orqali yuqori oqimlilikni saqlaydi. Turli xil tuzilmalarga ega polkarboksilatsopolimerlari erkin radikal polimerizatsiya orqali yaxshi ma‘lum, ammo an‘anaviy polimerizatsiya orqaliolingan polkarboksilat sopolimerlarining yuqori polidispersligi tufayli struktura va xususiyatlar o‘rtasidagibog‘liqlikni tushunish qiyinligicha qolmoqda. Aniq belgilangan polimer tuzilmalaridan foydalangan holdaturli strukturaviy parametrlarning ta‘siri hali ham o‘rganilishi kerak

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA‘MINLASH VA UNI RIVOJLANTIRISH

    Uralov Behruz Bakhodir oglu, Utamurodov Lochin Bekzod oglu, Amanova Raykhona Bahrom Qizi, Normurodova Sabrina Tuymurodovna, Mamanova Sayyora Fakhriddinovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada zxborot tizimlari xavfsizligi fanining mazmuni, axborotxavfsizligining predmeti, audit moxiyati, uning maqsadi va vazifalari, axborot xavfsizligini ta‘minlashningasosiy tushunchalari, taxdidlar, himoya usullari, axborot xavfsizligini ta‘minlashning asosiy dasturiy vatexnik vositari haqiqa yozilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TASHKILOTLARDA AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH TAMOYILLARI

    Akhmedova Aziza Alisher kizi, Rustamov Azizjon Hassan oglu, Tagaymuradov Bekhruz Sherkhan oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu tezisda tashkilotlarda axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriyetishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan.Shuningdek, axborot xavfsizligini boshqarish tiziminishakllantirishda amal qilinadigan asosiy tamoyillar, ularning mazmuni hamda amaliy ahamiyati tahlilqilinadi.Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasidatashkilotlarning faoliyati tobora raqamli muhitga ko‘chmoqda.Bu esa axborot resurslarini ishonchli himoyaqilish zaruratini yanada kuchaytirmoqda.Axborot xavfsizligi bugungi kunda nafaqat texnik masala, balkiboshqaruv, tashkiliy va huquqiy yondashuvlarni ham o‘z ichiga olgan kompleks tizim sifatidaqaraladi.Shuning uchun har bir tashkilot o‘z faoliyatida axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish,tasdiqlash va amaliyotga joriy etish orqali axborot muhitining barqarorligini ta‘minlashi lozim

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI

    Akhmedova Aziza Alisher kizi, Rustamov Azizjon Hassan oglu, Tagaymuradov Bekhruz Sherkhan oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi siyosati davlat va jamiyat hayotidaaxborot resurslarini himoya qilish, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va kiberxavfsizlikni ta‘minlashgaqaratilgan strategik yo‘nalishdir. Bu siyosat axborot texnologiyalari sohasida milliy manfaatlarni himoyaqilish, davlat sirlarini asrash, shaxsiy ma‘lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik sohasida xalqarohamkorlikni rivojlantirishga asoslangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    “O‘ZMILLIYBANK” AJDA KREDITGA LAYOQATLILIK DARAJASINI OSHIRISHDA GAROV TA‘MINOTINI SHAKLLANTIRISH

    Lapasova Sarvinoz, Abdusaidova Mukhlisa · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishmasalalari va uni samarali amalga oshirishda garov ta‘minotini shakllantirish ishlariyoritilgan. Shuningdek,“O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda garov ta‘minotini shakllantirish yuzasidanxulosalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MARTIN LYUTER MASALLARIDAGI QAHRAMONLAR VA ULARNING IJTIMOIY MUHITDAGI SHAXSLAR BILAN ALOQASI

    Abdiyeva Bahora Ashurovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqola nemis adabiyotining yorqin vakili Martin Lyuter ijodiga doir masallartahlilini yoritib beradi. Masallardagi qahramonlar nomlarining ijtimoiy muhitda uchraydigan odamlargamos qilib tanlanganligini izoh va isbotlar bilan tushuntiradi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RAQAMLI TA‘LIM MUHITIDA O‘QITISHNING YANGI PARADIGMALARI

    Erkinova Rushana Farhod kizi, Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur ishda raqamli ta‘lim muhitida shakllanayotgan o‘qitishning yangiparadigmalarining mazmun-mohiyati va ularning zamonaviy ta‘lim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Raqamlitexnologiyalar asosida ta‘lim jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro interaktivmunosabatlarini yangi bosqichga ko‘taradi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan, gibrid, masofaviy,hamkorlikda o‘qitish hamda ma‘lumotga asoslangan ta‘lim kabi paradigmalar tahlil qilinib, ularningafzalliklari hamda amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Raqamli muhitda o‘qituvchi fasilitator, talaba esafaol sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Ish natijasida raqamli ta‘limning yangi yondashuvlari ta‘lim sifativa samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiko‘rsatib o‘tilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘ZBEK ADABIYOTI VA UNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY YECHIMLARI

    Ikramova Mukhtaram, Shamilova Zuhra · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada o‘zbek adabiyotini o‘qitishning zamonaviy usullari va ta‘lim jarayonidagisamarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Alisher Navoiy, Cho‘lpon, Fitrat kabi adiblarning fikrlari hamdazamonaviy metodik adabiyotlar asosida o‘quvchilarning adabiyotga qiziqishini oshirish yo‘llari ko‘rsatibberilgan. Shuningdek, UNESCO va OECD xalqaro tajribasi asosida raqamli ta‘lim vositalarining ahamiyatiham yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ZAMONAVIY TA‘LIMDA INSON ONGINING UYG‘ONISHI: SUN‘IY INTELLEKT, REFLEKSIYA VA IJODIY TAFAKKUR INTEGRATSIYASI

    Yomghirova Durdona Begzod kizi, Choriyeva Nozima Farhod kizi, Ochilova Khursanoy Mahmud kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim jarayonida inson ongining uyg‘onishi sun‘iyintellekt, refleksiya va ijodiy tafakkur integratsiyasi kontekstida tahlil qilinadi. Muallif ta‘limdagitexnologik yutuqlar va inson tafakkuri o‘rtasidagi o‘zaro ta‘sirni ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan yoritadi.Sun‘iy intellektning tafakkurga ijobiy va salbiy ta‘siri, refleksiya mexanizmining ahamiyati hamda ijodiyfikrlashning o‘quv jarayonidagi roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijasida inson ongining uyg‘onishitexnologik emas, balki ma‘naviy va tafakkuriy inqilob sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, ta‘lim tiziminiinson markaziga yo‘naltirishga oid amaliy tavsiyalar keltiriladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    XULQ MODELI IMITATSIYASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHGA DOIR ILG‘OR TAJRIBALAR

    Ibrahimova Gulbadanbegim Shuhratjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiy ko‘nikmalarni xulqmodeli imitatsiyasi asosida rivojlantirish va unga doir tajribalar taxlili, amaliy natijalari, kamchilik vayutuqlari haqida so‘z boradi. Shuningdek Albert Bandura va Skinner nazariyalarini amaliyotga tatbiq etishva bu jarayonni yurtimizdagi maktabgacha yoshdagi bolalarga tatbiq etishda duch kelinishi mumkinbo‘lgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida, taqlid qilishda muammosi bo‘lgan bolalarbilan ishlash metodikalari to‘g‘risida ma‘lumotlar taqdim etiladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TARBIYA JARAYONINING METODIK YANGILANISHLARI

    Jamaldinov Sarvar Azimjanovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonining ta‘lim tizimiga, xususan,pedagogik tarbiya jarayoniga ta‘siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli muhitda ta‘lim vatarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, uning metodik yangilanish omillari hamda pedagogikfaoliyatda raqamli texnologiyalarni integratsiyalash mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqotda zamonaviypedagogik metodlar, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning psixologik va didaktik asoslari,shuningdek, o‘qituvchining raqamli transformatsiya sharoitidagi tarbiyaviy funksiyasi tahlil etilgan. Maqola natijalari pedagogik jarayonni modernizatsiya qilish, tarbiya metodikasini innovatsionyondashuvlar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INGLIZ TILI DARSLARIDA STEAM TOPSHIRIQLARI: IJODLIK, INNOVATSIYA VA SAVODXONLIKNI INTEGRATSIYALASH

    Irgasheva Umida Raimzhanovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada STEAM (fan, texnologiya, Muhandislik, san‘at va matematika)vazifalari ingliz tili chet tili sifatida darslarida muhimligi tushuntirilgan. Ingliz tili darslariga STEAMtexnologiyalarini integratsiyalash usullari ko‘rsatilgan. Tadqiqotda ingliz tilini o‘rgatishda STEAMvazifalari yordamida kommunikativ, lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, nutqiy va leksikkompetensiyalarni rivojlantirish ta‘kidlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    INTERNET TILI VA UNING TIL MADANIYATIGA TA‘SIRI

    Ochilova Khursanoy Makhmud kizi, Abdullayeva Shodiyana Imomboy kizi, Azamxonova Mohina Mansurxon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada internet tili va uning zamonaviy til madaniyatiga ta‘siri tahlilqilinadi. Internet tili – bu raqamli kommunikatsiyada qo‘llaniladigan o‘ziga xos lingvistik hodisa bo‘lib, uqisqartmalar, emoji, memlar, inglizcha so‘zlarning o‘zlashuvi hamda yangi so‘z shakllari orqaliifodalanadi. Tadqiqotda internet tilining yoshlar nutqiga, adabiy til me‘yorlariga va yozma nutqmadaniyatiga ijobiy hamda salbiy jihatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, internet tili globalizatsiyajarayonida milliy tilning saqlanishi va rivojlanishiga qanday ta‘sir qilayotgani haqida ham fikr yuritiladi.Internet tili tezkorlik va qulaylikni ta‘minlasa-da, u ba‘zan tilning normativ qoidalariga puturyetkazadi. Shu sababli, internetdagi til madaniyatini shakllantirish va foydalanuvchilarda til mas‘uliyatinioshirish muhim hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    MASHINA TARJIMASI (GOOGLE TRANSLATE VA BOSHQALAR)NING AFZALLIK VA KAMCHILIKLARI

    Ochilova Khursanoy Makhmud kizi, Turayeva Sevinchoy Fakhriddin kizi, Erkinova Ziyoda Utkirjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada mashina tarjimasi texnologiyalari, xususan Google Translate,Yandex Translate, DeepL va boshqa avtomatik tarjima tizimlarining afzalliklari hamda kamchiliklari kengtahlil qilinadi. Maqolada mashina tarjimasining til o‘rganish, xalqaro aloqa, ilmiy tadqiqotlar vamadaniyatlararo muloqotdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ushbu dasturlarning ishlash tamoyillari,sun‘iy intellekt va neyron tarmoqlar asosidagi tarjima uslublari haqida ham ma‘lumot beriladi. Biroqmashina tarjimasi hali ham grammatik aniqlik, ma‘nodagi noziklik va kontekstni to‘liq anglashdacheklovlarga ega. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, inson tarjimonlari va avtomatik tizimlar o‘zaro bir-birinito‘ldiruvchi vositalar sifatida qaralishi lozimligi ta‘kidlanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    ADABIY TA‘LIMDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI

    Bobir Rakhimjonovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada adabiy ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarinigeymifiktasiyadan foydalanib rivojlantirish masalalari yoritiladi. Xususan, maqsad qo‘yish, unga erishishuchun turli shakl va mazmundagi rag‘batlantirishlar, o‘quvchilarning natijalar tomon intilishini ta‘minlash,o‘zaro aloqalar o‘rnatish, kuzatiladigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi urinishlar hamdageymifikatsiyaning o‘quv maqsadlariga uyg‘unligi kabi jihatlarga to‘xtalinadi. Adabiyotdan taqdimotlarniAhaSlides interaktiv dasturida tashkil etishning afzalliklari yoritiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

    Ahmedov Komron Muhammad-Alievich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Maqolada tijorat banklarining daromad bazasini shakllantirish va uning moliyaviybarqarorlikka ta‘siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Muallif bank faoliyati samaradorligini ta‘minlashdadaromad manbalarini diversifikatsiya qilish, foizli va foizsiz daromadlar nisbatini muvozanatlashtirishhamda foiz siyosati samaradorligini oshirish muhim omil ekanini ta‘kidlaydi. Tadqiqotda Xalqaro amaliyot(AQSh, Germaniya, Yaponiya va Koreya Respublikasi bank tizimi misolida) tahlil qilingan bo‘lib, bankdaromadlari tuzilishida innovatsion moliyaviy xizmatlar va investitsiya operatsiyalarining roli asoslabberilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    PSIXOLOGIK SAVODXONLIKNI O‘SMIRLIK DAVRIDA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

    Fayzullayev Mirzaodil Mirzamurodovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Mazkur maqolada o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni rivojlantirishningpsixologik determinantlari tahlil etiladi. Psixologik savodxonlik — bu shaxsning o‘z emotsiyalarinianglash, boshqarish, ijtimoiy muloqotda adekvat reaksiya ko‘rsatish hamda o‘z va boshqalar ruhiy holatinito‘g‘ri baholay olish qobiliyatidir. Tadqiqotda psixologik savodxonlikning kognitiv, emotsional va ijtimoiyomillar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. O‘smirlik davrida bu determinantlar shaxsning o‘zinianglash, refleksiya va empatiya mexanizmlari orqali rivojlanadi. Maqolada zamonaviy ta‘lim tizimidao‘smirlarning psixologik savodxonligini rivojlantirishga oid psixopedagogik yondashuvlar va metodlarham asoslab berilgan

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BO‘LAJAK MUHANDISLARNI KASBIY KOMPETENSIYAGA TAYYORLASHDA FIZIK MASALALARNI DASTURLASH ASOSIDA YECHISH METODIKASI

    Dildora Khidirova Tojiboevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarni kasbiy kompetensiyaga tayyorlashjarayonida fizik masalalarni dasturlash asosida yechishning metodik asoslari yoritilgan. Fizika faniningmuhandislik ta‘limidagi o‘rni, uni dasturlash bilan integratsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dasturlash muhitlaridan (Python, MATLAB, Excel vaboshqalar) foydalanish talabalarda fizik jarayonlarni modellashtirish, algoritmik fikrlash, tahliliy tahlilyuritish hamda muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirishga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Maqoladadasturlash asosidagi fizika masalalarini yechish bosqichlari, ularning kasbiy tayyorgarlik jarayonidagiahamiyati va o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    JALOLIDDIN RUMIYNING “MASNAVIYI MA‘NAVIY” ASARIDA FIKR TARBIYASIGA OID QARASHLAR

    Usmanova Aydin Sherali qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Ushbu tezisda Jaloliddin Rumiyning butun olamga mashhur “Masnaviyi ma‘naviy”asarida fikr tarbiyasiga oid qarashlar, va ularning izohi keltirilgan bo‘lib, zamonaviy didaktikada fikrtarbiyasi, aqliy tarbiya bilan bog‘liq muammolarga yechim bo‘ladi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA MILLIY MADANIYATNI SAQLASH MUAMMOLARI

    Ochilova Khursanoy Makhmud kizi, Rustamova Shaydo Farhod kizi, Mominova Zahro Jamoliddin kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025

    Globalizatsiya sharoitida milliy madaniyatni saqlash muammolari, zamonaviyjamiyatlar uchun dolzarb masalalardan biridir. Ushbu jarayon, turli xalqlar va madaniyatlarning bir-birigayaqinlashishi, axborot va texnologiyalar almashinuvi orqali global miqyosda o‘zaro ta‘sirni kuchaytiradi.Biroq, bunday integratsiya jarayonlari milliy madaniyatlarning yo‘qolishi yoki o‘ziga xos xususiyatlariniyo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Maqolada, globalizatsiyaning milliy madaniyatga ta‘siri, uning ijobiy vasalbiy tomonlari, shuningdek, madaniy merosni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozimbo‘lgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Milliy identitetni saqlash, mahalliy an‘analarni rivojlantirish va yoshavlodni milliy madaniyatga bog‘lash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, globalizatsiya jarayonidamadaniy xilma-xillikni ta‘minlash va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun xalqaro hamkorlikningahamiyati ta‘kidlanadi

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya