TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ahmedov Komron Muhammad-AlievichToshkent Kimyo Xalqaro Universiteti mustaqil izlanuvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 249–254
Annotatsiya
Maqolada tijorat banklarining daromad bazasini shakllantirish va uning moliyaviybarqarorlikka ta‘siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Muallif bank faoliyati samaradorligini ta‘minlashdadaromad manbalarini diversifikatsiya qilish, foizli va foizsiz daromadlar nisbatini muvozanatlashtirishhamda foiz siyosati samaradorligini oshirish muhim omil ekanini ta‘kidlaydi. Tadqiqotda Xalqaro amaliyot(AQSh, Germaniya, Yaponiya va Koreya Respublikasi bank tizimi misolida) tahlil qilingan bo‘lib, bankdaromadlari tuzilishida innovatsion moliyaviy xizmatlar va investitsiya operatsiyalarining roli asoslabberilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ДОХОДА КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
В статье на научной основе анализируется формирование доходной базы коммерческих банков и ее влияние на финансовую стабильность. Автор подчеркивает, что диверсификация источников дохода, балансировка соотношения процентных и непроцентных доходов, а также повышение эффективности процентной политики являются важными факторами обеспечения эффективности банковской деятельности. В исследовании анализируется международная практика (на примере банковских систем США, Германии, Японии и Республики Корея) и обосновывается роль инновационных финансовых услуг и инвестиционных операций в структуре доходов банков.
inglizchaSPECIFIC FEATURES OF THE FORMATION OF COMMERCIAL BANKS‘ INCOME
The article analyzes the formation of the income base of commercial banks and its impact on financial stability on a scientific basis. The author emphasizes that diversifying sources of income, balancing the ratio of interest and non-interest income, and increasing the effectiveness of interest rate policy are important factors in ensuring the efficiency of banking activities. The study analyzes international practice (on the example of the banking systems of the USA, Germany, Japan and the Republic of Korea) and substantiates the role of innovative financial services and investment operations in the structure of bank income.
Kalit so‘zlar
- tijorat banklari
- daromad manbalari
- foizli marja
- moliyaviy barqarorlik
- foiz siyosati
- bank aktivlari
- likvidlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
11. Ataxo’jayeva, S. A. (2020). INGLIZ TILINI O’RGATISHDA LOYIXA ISHINI TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI. Science and Education, 1(1), 403-406. 12. Ataxo'jayeva, S. (2023). EMPERIAL FOUNDATIONS OF THE STUDY ENGLISH LANGUAGE TEACHERS. GULDU AXBOROTNOMASI.–2023. 13. Nortoji Jumayevich Eshnayev, & Shahlo Anvarovna Atakhujaeva (2021). SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS ESSENCE. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 371-375. 14. Atakhujaeva, S. (2023). CONSTRUCTIONS (MODELS) OF SOCIAL INTELLIGENCE IN FUTURE ENGLISH LANGUAGE TEACHERS. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. 15. Atakho'jayeva, S. A. (2025). Ways To Form The Social-Emotional Competence Of A Foreign Language Teacher In The Conditions Of Digital Education. International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 75-80. https://www.tlepub.org/index.php/2/article/view/325 16. Атаходжаева, Ш. А. (2025). Роль Информационных Технологий В Обществе. International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 17-21. https://tlepub.org/index.php/2/article/view/292 17. Ataxo’jayeva, S. (2022). SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS ESSENCE. 18. Atakhujaeva, S. A. (2022). DIAGNOSIS OF ADOLESCENTS’UNDERSTANDING OF MORAL AND LEGAL FORMS. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(4), 317- 319. 19. Ataxo’jayeva, S. (2023). EMPIRIAL FOUNDATIONS OF THE STUDY ENGLISH TEACHERS’SOCIAL INTELLIGENCE. 20. Atakhujaeva, S. (2023). Constructions (Models) Of Social Intelligence In Future English Language Teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. 21. Anvarovna, A. S. (2023). Constructions (models) of social intelligence in future English language teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 169-172. 22. Atakho'jayeva, S. A. (2025). Ways To Form The Social-Emotional Competence Of A Foreign Language Teacher In The Conditions Of Digital Education. International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 75-80. https://www.tlepub.org/index.php/2/article/view/325 23. Anvarovna , A. S. (2025). Pedagogical and Psychological Factors Determining the Effectiveness of the Social-Emotional Competence of a Foreign Language Teacher in Higher Education. American Journal of Open University Education, 2(9), 54–59. Retrieved from https://scientificbulletin.com/index.php/AJOUP/article/view/1266 TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Ahmedov Komron Muhammad-Alievich Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti mustaqil izlanuvchisi E-mail: ahmed.com@gmail.com Annotatsiya: Maqolada tijorat banklarining daromad bazasini shakllantirish va uning moliyaviy barqarorlikka ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Muallif bank faoliyati samaradorligini ta’minlashda daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, foizli va foizsiz daromadlar nisbatini muvozanatlashtirish hamda foiz siyosati samaradorligini oshirish muhim omil ekanini ta’kidlaydi. Tadqiqotda Xalqaro amaliyot (AQSh, Germaniya, Yaponiya va Koreya Respublikasi bank tizimi misolida) tahlil qilingan bo‘lib, bank daromadlari tuzilishida innovatsion moliyaviy xizmatlar va investitsiya operatsiyalarining roli asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, daromad manbalari, foizli marja, moliyaviy barqarorlik, foiz siyosati, bank aktivlari, likvidlik.
SPECIFIC FEATURES OF INCOME FORMATION IN COMMERCIAL BANKS Ahmedov Komron Muhammad-Alievich Independent Researcher, Kimyo International University in Tashkent E-mail: ahmed.com@gmail.com
Abstract: The article provides a scientific analysis of the income structure of commercial banks and its impact on financial stability. The author emphasizes that diversifying income sources, balancing the ratio of interest and non-interest income, and improving the effectiveness of interest rate policy are key factors in enhancing banking performance. The study examines international practices—particularly those of the United States, Germany, Japan, and the Republic of Korea—highlighting the role of innovative financial services and investment operations in shaping banks’ income composition. Keywords: commercial banks, income sources, interest margin, financial stability, interest rate policy, bank assets, liquidity.
ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ДОХОДОВ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Ахмедов Комрон Мухаммад-Алиевич Соискатель, Ташкентский международный университет Кимё E-mail: ahmed.com@gmail.com
Аннотация: В статье научно проанализирована структура доходов коммерческих банков и её влияние на финансовую устойчивость. Автор подчёркивает, что диверсификация источников доходов, баланс между процентными и непроцентными доходами, а также повышение эффективности процентной политики являются ключевыми факторами повышения результативности банковской деятельности. В исследовании рассмотрен международный опыт (на примере банковских систем США, Германии, Японии и Республики Корея), обоснована роль инновационных финансовых услуг и инвестиционных операций в формировании доходной базы банков. Ключевые слова: коммерческие банки, источники доходов, процентная маржа, финансовая устойчивость, процентная политика, банковские активы, ликвидность.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash zamonaviy iqtisodiyotda asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bank tizimining barqarorligi iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishi, investitsiya faolligining o‘sishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlanishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Banklar kapitallashuv darajasini oshirish orqali o‘z faoliyatini moliyaviy jihatdan mustahkamlaydi. Kapital yetarliligi bankning risklarni qabul qilish, ularni samarali boshqarish va ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, yuqori kapital bazasi bankning kredit faoliyatini kengaytirish, yangi mahsulotlarni joriy etish va mijozlar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Resurs bazasining barqarorligi ham bank moliyaviy salohiyatining asosiy ko‘rsatkichidir. Mustahkam depozit bazasi, uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari va bozor instrumentlaridan foydalanish bankning likvidligini ta’minlaydi. Masalan, Germaniya va Yaponiya bank amaliyotida depozitlar diversifikatsiyasi, suveren obligatsiyalar orqali resurs jalb etish va REPO operatsiyalari orqali qisqa muddatli likvidlikni qoplash keng qo‘llaniladi. Bankning moliyaviy barqarorligi va likvidligi uning daromad bazasiga bevosita bog‘liq. Daromad manbalari qanchalik diversifikatsiya qilingan bo‘lsa, bank shunchalik barqaror bo‘ladi. Xalqaro amaliyotda, masalan, JPMorgan Chase, HSBC va Deutsche Bank singari yirik banklar kredit foiz daromadlari bilan bir qatorda komissiya to‘lovlari, investitsiya xizmatlari va sug‘urta operatsiyalaridan olinadigan daromadlarning ulushini ham oshirishga alohida e’tibor qaratadi [1]. Shu tariqa, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va ularning resurs bazasini mustahkamlash uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim ahamiyatga ega: kapital yetarliligini ta’minlash; daromad manbalarini diversifikatsiya qilish; uzoq muddatli resurslarni jalb etish; moliyaviy instrumentlardan samarali foydalanish; risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish. Bu choralar nafaqat milliy bank tizimining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi, balki iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning samaradorligini oshiradi ham.
Tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlashning metodologik va amaliy asoslari bo‘yicha xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ular bank faoliyatining barqaror daromad manbalarini shakllantirishda diversifikatsiya, risklarni minimallashtirish, innovatsion moliyaviy xizmatlarni joriy etish va samarali boshqaruv modellarini qo‘llash muhimligini ta’kidlaydilar. Masalan: F.Mishkin o‘z tadqiqotlarida bank daromadlarining barqarorligi ularning aktiv va passivlarni boshqarish siyosatlariga chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, foizli va nofoizli daromadlar ulushining mutanosibligi bank faoliyatining barqarorligi uchun muhim omildir [1]. A.Berger va L.Demirguch-Kunt tadqiqotlarida banklarning foizsiz daromad manbalarini (masalan, xizmat ko‘rsatish komissiyalari, valyuta operatsiyalari, investitsiya xizmatlari) kengaytirish orqali moliyaviy natijalarni yaxshilash mumkinligini ta’kidlaydi. Ularga ko‘ra, diversifikatsiya qilingan daromad strukturasi banklarning riskga chidamliligini oshiradi [2]. P.Rouz esa tijorat banklarining daromad bazasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida foiz siyosati, aktivlarning sifati, bozordagi raqobat darajasi va bank menejmentining strategik qarorlarini qayd etadi [3]. Xalqaro amaliyotda ko‘plab banklar daromad bazasini kengaytirish uchun innovatsion yo‘nalishlarga e’tibor qaratadi. Masalan: HSBC va Citibank mijozlarga raqamli moliyaviy xizmatlar va kross-sektor mahsulotlar (sug‘urta, investitsiya, konsalting) orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga erishgan [4]. JP Morgan Chase bank investitsiya operatsiyalari, aktivlarni boshqarish xizmatlari va korporativ mijozlarga mo‘ljallangan konsalting orqali nofoizli daromad ulushini sezilarli darajada oshirgan [4]. Shuningdek, XVF va Bazel qo‘mitasi tavsiyalarida ham bank daromadlarini barqaror shakllantirishda quyidagi metodologik yo‘nalishlar muhim deb belgilangan [5,7]: daromad manbalarining diversifikatsiyasi; foiz risklarini samarali boshqarish; aktivlar va majburiyatlar muddatini muvofiqlashtirish; innovatsion moliyaviy xizmatlarni joriy etish; banklarning korporativ boshqaruv tizimini kuchaytirish. Demak, xorijiy olimlar va xalqaro moliyaviy institutlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlash faqat foiz siyosatini optimallashtirish bilan cheklanmaydi, balki keng qamrovli strategik yondashuvni talab qiladi. Tijorat banklarining daromad bazasini tahlil qilishda sof foizli marja (Net Interest Margin) ko‘rsatkichi asosiy moliyaviy indikatorlardan biri hisoblanadi [7]. U bankning foizli aktivlaridan olinadigan daromad bilan foizli majburiyatlar bo‘yicha to‘lanadigan xarajatlar o‘rtasidagi farqni ifodalaydi va bu farqni jami aktivlar hajmiga nisbatan ko‘rsatadi. Sof foizli marja quyidagi formula orqali aniqlanadi: NIM = (Foizli daromadlar – Foizli xarajatlar) / O‘rtacha aktivlar hajmi × 100%. Ushbu ko‘rsatkich bankning foiz siyosati samaradorligi va resurslarni joylashtirishdan foyda olish salohiyatini baholash imkonini beradi. Agar NIM yuqori bo‘lsa, bu bankning foiz siyosati samarali ekanligini, aktivlar foydalanish darajasi yuqori va resurslar nisbatan arzon jalb etilganini anglatadi. Biroq, NIM darajasi ko‘p hollarda bank aktivlari hajmiga teskari proporsional bo‘ladi. Ya’ni, aktivlar hajmi kengaygan sari bank foizli daromadlarni oshirish uchun raqobatda bo‘ladi, natijada foiz marjasi qisqaradi. Bu holat ayniqsa, yirik banklarda ko‘p kuzatiladi. Masalan, AQSh va Yevropa bank bozorida JPMorgan Chase, HSBC, BNP Paribas kabi yirik moliya institutlarida aktivlar hajmi katta bo‘lsa-da, ularning sof foizli marjasi 1,5–2,2% atrofida shakllanadi [7]. Kredit va depozit bozoridagi raqobat darajasi ham foizli marjaga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Agar bozorda ko‘p sonli banklar faoliyat yuritsa va mijozlar uchun foiz stavkalari bo‘yicha kurash kuchaysa, bu holat banklarning foiz marjasini qisqartiradi. Masalan, Janubiy Koreya va Germaniyada bank tizimidagi yuqori raqobat tufayli NIM ko‘rsatkichi o‘rtacha 1,2–1,8% darajasida [8]. Shu bilan birga, bankning foiz marjasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham mavjud: Markaziy bankning asosiy stavkasi, u oshganda resurslar qimmatlashadi va marja qisqaradi. Aktivlar tuzilishi, foizli aktivlar ulushi qanchalik yuqori bo‘lsa, NIM shunchalik oshadi. Risk darajasi, yuqori riskli kreditlar orqali foiz daromadi ko‘payadi, biroq barqarorlik pasayadi. Resurslarni jalb qilish manbalari, arzon depozitlar va uzoq muddatli moliyalashtirish bank marjasini barqaror saqlashga yordam beradi. Shunday qilib, sof foizli marja tijorat banklarining foiz siyosati samaradorligini, raqobatbardoshligini va moliyaviy barqarorligini aniq ko‘rsatadigan strategik ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning dinamikasini
kuzatish bank boshqaruviga resurslar narxi, aktivlar tuzilishi va foiz siyosati bo‘yicha o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Fikrimizcha, tijorat banklarining daromad bazasini mustahkamlash va uni tavsiflovchi moliyaviy ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun quyidagi yo‘nalishlarda maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. 1. Sof foizli daromadning yalpi daromadga nisbatan ulushini oshirish. Bu vazifani bajarish uchun quyidagi amaliy yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi: Birinchidan, tijorat banklari o‘z depozit siyosatida oqilona tarkibni shakllantirishi zarur. Ya’ni, arzon va barqaror manbalar hisoblangan aholi va biznesning talab qilib olingunicha depozitlari ulushini oshirish, yuqori foizli qisqa muddatli depozitlar ulushini kamaytirish lozim. Bu orqali bankning foiz xarajatlari qisqaradi va sof foizli marja o‘sadi. Ikkinchidan, banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya faoliyatini kengaytirishi zarur. Davlat obligatsiyalari, korporativ bondlar va bankning o‘zi chiqarayotgan qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan investitsiyalar orqali barqaror foizli daromad manbalari shakllantirish mumkin. Bu nafaqat foizli daromad ulushini ko‘paytirish, balki aktivlar diversifikatsiyasini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Uchinchidan, bank foiz siyosatida daromad va xarajatlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash zarur. Ya’ni, kreditlar bo‘yicha foizli daromad bilan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar orasidagi farqni optimal darajada saqlash. Qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalardan olinadigan foizli daromad bilan bankning o‘z qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha to‘lanadigan foizli majburiyatlar orasidagi balansni ta’minlash. Xalqaro amaliyotda ham shunday yondashuv samarali natija bergan. Masalan, Bank of America depozit strukturasini qayta optimallashtirish orqali foizli xarajatlarni 7% ga qisqartirib, sof foizli marjani 2,9% gacha oshirishga erishgan [8]. Deutsche Bank esa qimmatli qog‘ozlar portfelini diversifikatsiya qilish orqali foizli daromadlarning yalpi daromaddagi ulushini 42% dan 48% gacha oshirgan [9]. Shunday qilib, depozitlar tarkibini samarali boshqarish, investitsiya faoliyatini rivojlantirish va foizli operatsiyalar bo‘yicha daromad-xarajat mutanosibligini ta’minlash tijorat banklari uchun sof foizli daromad ulushini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridir. Bu, o‘z navbatida, bankning moliyaviy barqarorligi va daromad bazasining barqaror o‘sishini ta’minlaydi. 2. Sof foizli marjaning me’yoriy darajasini ta’minlash tijorat banklari foiz siyosatidagi muvozanat va moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi muhim yo‘nalish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun quyidagi ikki asosiy vazifani samarali yo‘lga qo‘yish zarur. Birinchidan, banklar foizli daromadlar va foizli xarajatlar o‘sish sur’atlari o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlashi lozim. Foizli daromadlar foizli xarajatlarga nisbatan tezroq o‘ssa, sof foizli marja barqaror yoki o‘suvchi tendensiyada bo‘ladi. Agar aksincha bo‘lsa, ya’ni depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari yuqori darajada saqlansa va kreditlar bo‘yicha foiz daromadlar o‘sishi sekinlashsa, bank marjasi qisqaradi. Shu bois, foiz siyosatini bozor sharoitiga mos ravishda qayta ko‘rib borish, aktiv va passivlar tuzilishida balansni saqlash muhim. Masalan, JP Morgan Chase va HSBC singari xalqaro banklar asosiy stavka o‘zgarishiga nisbatan kredit va depozit stavkalarini dinamik tarzda moslashtirib, marjaning me’yoriy darajasini 2,0–2,5% atrofida ushlab turishga erishmoqda. Ikkinchidan, banklar beqaror depozitlarning (ya’ni qisqa muddatli va yuqori foizli jamg‘arma hisoblarining) umumiy depozitlar hajmidagi ulushini pasaytirishi lozim. Bu amaliyot bankning resurs bazasini barqarorlashtirish va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Barqaror, uzoq muddatli depozitlar ulushi oshsa, bank daromad keltiradigan aktivlarni — kreditlar, obligatsiyalar, investitsiya loyihalarini — uzoq muddatli va barqaror manbalar hisobidan moliyalashtirishi mumkin bo‘ladi. Natijada: bankning likvidlik xavfi kamayadi; foizli daromadlar barqarorlashadi; sof foizli marja me’yoriy darajada saqlanadi. Xalqaro amaliyotda bu yo‘nalish keng qo‘llanilgan. Masalan, Bank of England tavsiyalariga ko‘ra, depozitlar tarkibida 1 yil va undan uzoq muddatli jamg‘armalar ulushini kamida 40% darajada ushlab turish bankning foiz marjasini barqaror saqlashga yordam beradi. Deutsche Bank resurs bazasida beqaror depozitlar ulushini 2018–2024 yillarda 38% dan 24% gacha qisqartirgan va natijada foizli aktivlar ulushi umumiy aktivlarda 67% gacha oshgan. Banklarda, foizli daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlash hamda beqaror depozitlar ulushini kamaytirish tijorat banklari uchun sof foizli marjaning me’yoriy darajasini ta’minlashning eng samarali vositalaridan hisoblanadi.
3. Tijorat banklarining daromad bazasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish va ularning me’yoriy darajalarini belgilash moliyaviy tahlil va boshqaruv samaradorligini oshirishning muhim ilmiy yo‘nalishidir. Bu tizim orqali bank faoliyatining foizli va nofoizli daromadlar bo‘yicha rentabellik darajasi, foiz siyosati samaradorligi, aktivlardan foydalanish salohiyati hamda riskga chidamlilik darajasi aniq baholanishi mumkin bo‘ladi. Hozirgi sharoitda respublika tijorat banklarida bunday kompleks tizim to‘liq shakllantirilmagan. Banklar asosan faqat moliyaviy natijalar hisobotida qayd etilgan foizli va foizsiz daromad ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi. Biroq bu yondashuv daromad bazasining tuzilishi, barqarorligi va samaradorligini chuqur baholash imkonini bermaydi. Ilmiy jihatdan asoslangan ko‘rsatkichlar tizimini yaratish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish zarur: Ko‘rsatkichlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqish. Daromad bazasi ko‘rsatkichlari foizli, foizsiz, umumiy va nisbiy ko‘rsatkichlarga bo‘linishi lozim. Masalan: Foizli ko‘rsatkichlar: sof foizli marja, foizli daromadning aktivlarga nisbati. Foizsiz ko‘rsatkichlar: xizmat ko‘rsatish komissiyalari, valyuta operatsiyalari va investitsiya faoliyatidan olinadigan daromad ulushi. Integral ko‘rsatkichlar: yalpi daromadning aktivlar yoki kapitalga nisbati (Return on Assets, Return on Equity). Har bir ko‘rsatkich uchun me’yoriy chegaralarni belgilash. Bu me’yorlar ilmiy tahlil va xalqaro amaliyot asosida belgilanishi lozim. Masalan: Sof foizli marja — 2,5–3,5%; Foizsiz daromadning yalpi daromaddagi ulushi — kamida 25%; Aktivlar rentabelligi (ROA) — 1,5% atrofida; Kapital rentabelligi (ROE) — 12–15%. Yevropa Ittifoqi va AQSh bank amaliyotida daromad bazasini baholashda integral tizimlar — CAMELS (Capital, Assets, Management, Earnings, Liquidity, Sensitivity) va RAPM (Risk-Adjusted Performance Measurement) keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimlar daromad ko‘rsatkichlarini risk va aktivlar sifatini hisobga olgan holda baholash imkonini beradi. Milliy bank tizimi uchun moslashtirilgan modelni ishlab chiqish. O‘zbekiston sharoitida bank tizimi rivojlanish bosqichida bo‘lgani uchun daromad bazasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimida quyidagilarni qamrab olish maqsadga muvofiq: Foizli va nofoizli daromadlar ulushi; Daromad manbalarining diversifikatsiya darajasi; Risklarga nisbatan daromadning barqarorligi; Foizli marja dinamikasi va likvidlik bilan bog‘liq muvozanat. Shunday qilib, respublika tijorat banklarida daromad bazasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimini ilmiy asosda ishlab chiqish, uning me’yoriy darajalarini belgilash va monitoring mexanizmlarini joriy etish orqali banklarning moliyaviy barqarorligi va rentabellik darajasi sezilarli oshishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mishkin, F. S. (2019). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets (12th ed.). Pearson Education. 2. Berger, A. N., & Demirgüç-Kunt, A. (2022). Bank Diversification and Financial Stability: International Evidence. Journal of Financial Intermediation, 50, 100971. 3. Rose, P. S., & Hudgins, S. C. (2020). Bank Management and Financial Services (10th ed.). McGrawHill Education. 4. World Bank. (2023). Global Economic Prospects. Washington, D.C.: World Bank Publications. 5. Bank for International Settlements (BIS). (2023). Quarterly Review: International Banking and Financial Market Developments. Basel: BIS. 6. Basel Committee on Banking Supervision. (2019). Basel III: Finalising Post-Crisis Reforms. Bank for International Settlements, Basel. 7. International Monetary Fund (IMF). (2023). Global Financial Stability Report: Resilience and Risks in the Financial Sector. Washington, D.C.: IMF. 8. Saunders, A., & Cornett, M. M. (2020). Financial Institutions Management: A Risk Management Approach (10th ed.). McGraw-Hill Education.
9. Deutsche Bundesbank. (2022). Financial Stability Review. Frankfurt am Main: Bundesbank Publications. 10. Central Bank of Uzbekistan (CBU). (2024). Banking Sector Review and Monetary Policy Report. Tashkent: CBU. Retrieved from https://cbu.uz. 11. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388. 12. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
ADABIY TA’LIMDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI
Bobir Raximjonovich, Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi. Tel. raqami: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: boburjontojiboyev6998@gmail.com
Annotasiya. Mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini geymifiktasiyadan foydalanib rivojlantirish masalalari yoritiladi. Xususan, maqsad qo‘yish, unga erishish uchun turli shakl va mazmundagi rag‘batlantirishlar, o‘quvchilarning natijalar tomon intilishini ta’minlash, o‘zaro aloqalar o‘rnatish, kuzatiladigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi urinishlar hamda geymifikatsiyaning o‘quv maqsadlariga uyg‘unligi kabi jihatlarga to‘xtalinadi. Adabiyotdan taqdimotlarni AhaSlides interaktiv dasturida tashkil etishning afzalliklari yoritiladi. Kalit so‘zlar: adabiy ta’limda geymifiktasiya, hayotiy ko‘nikmalar, asar sujetiga o‘zgartirishlar kiritish, vizual yondashuv, faoliyat mavzularini tanlash, AhaSlides, memlar.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar22 ta adabiyot
- Mishkin, F. S. (2019). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets (12th ed.). Pearson
- Berger, A. N., & Demirgüç-Kunt, A. (2022). Bank Diversification and Financial Stability: International
- Evidence. Journal of Financial Intermediation, 50, 100971.
- Rose, P. S., & Hudgins, S. C. (2020). Bank Management and Financial Services (10th ed.). McGrawHill Education.
- World Bank. (2023). Global Economic Prospects. Washington, D.C.: World Bank Publications.
- Bank for International Settlements (BIS). (2023). Quarterly Review: International Banking and
- Financial Market Developments. Basel: BIS.
- Basel Committee on Banking Supervision. (2019). Basel III: Finalising Post-Crisis Reforms. Bank for
- International Settlements, Basel.
- International Monetary Fund (IMF). (2023). Global Financial Stability Report: Resilience and Risks in the Financial Sector. Washington, D.C.: IMF.
- Saunders, A., & Cornett, M. M. (2020). Financial Institutions Management: A Risk Management
- Approach (10th ed.). McGraw-Hill Education.
- Deutsche Bundesbank. (2022). Financial Stability Review. Frankfurt am Main: Bundesbank
- Publications.
- 10.Central Bank of Uzbekistan (CBU). (2024). Banking Sector Review and Monetary Policy Report.
- Tashkent: CBU. Retrieved from https://cbu.uz.
- 11.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA
- SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK
- IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
- 12.R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY
- MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH
- TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011322
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/322
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 249–254
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25