Asosiy mazmunga o‘tish

ADABIY TA‘LIMDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI

Bobir RakhimjonovichNamangan davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi.2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 254–257

Annotatsiya

Mazkur maqolada adabiy ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarinigeymifiktasiyadan foydalanib rivojlantirish masalalari yoritiladi. Xususan, maqsad qo‘yish, unga erishishuchun turli shakl va mazmundagi rag‘batlantirishlar, o‘quvchilarning natijalar tomon intilishini ta‘minlash,o‘zaro aloqalar o‘rnatish, kuzatiladigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi urinishlar hamdageymifikatsiyaning o‘quv maqsadlariga uyg‘unligi kabi jihatlarga to‘xtalinadi. Adabiyotdan taqdimotlarniAhaSlides interaktiv dasturida tashkil etishning afzalliklari yoritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ГЕЙМИФИКАЦИИ В ЛИТЕРАТУРНОМ ОБРАЗОВАНИИ

В данной статье рассматриваются вопросы развития жизненных навыков учащихся в процессе литературного образования с использованием геймификации. В частности, основное внимание уделяется таким аспектам, как постановка целей и их достижение в различных формах и содержании, обеспечение стремления учащихся к результатам, установление взаимоотношений, попытки преодоления различных трудностей, а также совместимость геймификации с образовательными целями. Подчеркиваются преимущества организации литературных презентаций в интерактивной программе AhaSlides.

inglizchaSPECIFIC FEATURES OF USING GAMICIFICATION IN LITERARY EDUCATION

This article discusses the issues of developing students‘ life skills in the process of literary education using gamification. In particular, it focuses on aspects such as setting goals and achieving them in various forms and content, ensuring students‘ striving for results, establishing relationships, attempts to overcome various difficulties, and the compatibility of gamification with educational goals. The advantages of organizing literary presentations in the interactive program AhaSlides are highlighted.

Kalit so‘zlar

  • adabiy ta‘limda geymifikatsiya
  • hayotiy ko‘nikmalar
  • asar syujetiga o‘zgartirishlar kiritish
  • vizual yondashuv
  • faoliyat mavzularini tanlash
  • AhaSlides
  • memlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

ADABIY TA’LIMDA GEYMIFIKATSIYADAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSUSIYATLARI

Bobir Raximjonovich, Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi. Tel. raqami: [telefon raqami yashirilgan] E-mail: boburjontojiboyev6998@gmail.com

Annotasiya. Mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini geymifiktasiyadan foydalanib rivojlantirish masalalari yoritiladi. Xususan, maqsad qo‘yish, unga erishish uchun turli shakl va mazmundagi rag‘batlantirishlar, o‘quvchilarning natijalar tomon intilishini ta’minlash, o‘zaro aloqalar o‘rnatish, kuzatiladigan turli qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi urinishlar hamda geymifikatsiyaning o‘quv maqsadlariga uyg‘unligi kabi jihatlarga to‘xtalinadi. Adabiyotdan taqdimotlarni AhaSlides interaktiv dasturida tashkil etishning afzalliklari yoritiladi. Kalit so‘zlar: adabiy ta’limda geymifiktasiya, hayotiy ko‘nikmalar, asar sujetiga o‘zgartirishlar kiritish, vizual yondashuv, faoliyat mavzularini tanlash, AhaSlides, memlar.

SPECIFIC FEATURES OF USING GAMIFICATION IN LITERARY EDUCATION

Annotation. This article discusses the issues of developing students' life skills using gamification in the process of literary education. In particular, aspects such as goal setting, incentives in various forms and content to achieve them, ensuring students' striving for results, establishing relationships, attempts to overcome various difficulties encountered, and the compatibility of gamification with educational goals are discussed. The benefits of organizing literature presentations in the interactive software AhaSlides are highlighted. Key words: gamification in literary education, life skills, making changes to the plot of the work, visual approach, choosing activity topics, AhaSlides, memes.

ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ГЕЙМИФИКАЦИИ В ЛИТЕРАТУРНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития жизненных навыков учащихся с использованием геймификации в процессе литературного образования. В частности, рассматриваются такие аспекты, как постановка целей, стимулирование их достижения в различных формах и содержании, обеспечение стремления учащихся к результату, установление отношений, преодоление различных возникающих трудностей, а также совместимость геймификации с образовательными целями. Отмечены преимущества организации презентаций литературных произведений в интерактивной системе AhaSlides. Ключевые слова: геймификация в литературном образовании, жизненные навыки, внесение изменений в сюжет произведения, визуальный подход, выбор тем для занятий, AhaSlides, мемы.

Turli janrdagi badiiy asarlar tahlili chog‘ida geymifikatsiyaga murojaat qilish o‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda asqotadigan bilimlarni yengil o‘zlashtirish maqsadiga xizmat qiladi.

“Geymifikatsiya (inglizcha “gamification”) – bu elektron ilovalarda, veb-saytlarda va boshqa sohalarda foydalanuvchilarni jalb qilish, ularning faolligini oshirish hamda maʼlum bir vazifalarni bajarishga undash maqsadida oʻyinlarga xos boʻlgan usullarni (masalan, ball toʻplash, darajalarni koʻtarish, mukofotlar olish) qoʻllashdir. Bu foydalanuvchilarni oʻyin jarayoniga oʻxshash muhitga jalb etib, mahsulotlar yoki xizmatlardan foydalanishni qiziqarliroq qiladi” [2]. Adabiy ta’limda geymifikatsiyadan foydalanish darslarni yanada qiziqarli qilishi barobarida topshiriqlarni jiddiy bajarishga rag‘batlantiradi. Masalan, o‘quvchilarga to‘g‘ri javoblari, mashg‘ulotdagi faolligi, muhohakamalardagi o‘zini tutishi, o‘z fikrini to‘g‘ri dalillay olgani uchun turli shakl va mazmundagi rag‘batlantirishlar berish maqsadga muvofiq. Geymifikatsiyaning didaktik o‘yinlardan farqi mavjud bo‘lib, ular o‘yin elementlarini real vaziyatlarda qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Metodist Q.Husanboyevaning yozishicha, didaktik o‘yinlar “badiiy asarda ko‘tarilgan muammoni aniqlash; dars ssenariysini o‘quvchilar bilan hamkorlikda tuzish; g‘oyalar va vazifalarni o‘quvchilar o‘rtasida taqsimlash hamda muammoni hal etish yo‘llarini belgilash”ga xizmat qiladi [1; 239-b.]. Shu bois badiiy asar va hayotiy vaziyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni hayotga ko‘chirish, ularni real vaziyatlarda qo‘llash ancha samaralidir. Pedagog olim J.Yo‘ldoshev o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni yuzaga chiqarish uchun amaliy yechimlarni aniqlashda ta’limiy maqsadlarga qaratilgan o‘yinlarning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Uning fikricha, “o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo‘nalishdagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlar”dan foydalanish turli o‘quv fanlarini sifatli o‘rgatish maqsadiga xizmat qiladi [6: 84-b.]. Ko‘rinadiki, o‘yinlar va uning maqsadga qaratilgan ayrim elementlari badiiy asardagi biror muammoni aniqlsh, uni yechish yuzasidan kutilmagan g‘oyalarni berishi bilan o‘quvchilarni hayotga tayyorlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5–7-sinf o‘quvchilarining hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda geymifikatsiyadan foydalanish badiiy asar matni ustida ishlash jarayonida o‘yin unsurlari va texnikasini oqilona tanlashni taqozo etadi. Zero, bu ularni matn bilan faol muloqotga kitishish, muallif shaxsi bilan yaqindan tanishish hamda o‘zlashtirganlarini hayotdagi haqiqiy vaziyatlarga o‘tkaza bilishga zamin yaratadi. O‘quvchilarning hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda jarayonni o‘yin elementlari bilan olib borishning bir qator xususiyatlari mavjud. Ular o‘quvchilar e’tiborini asarning muhim jihatlariga qaratish, tahlillarni jonli qilish, asar qahramonlarini tanqidiy baholashda sog‘lom raqobatga asoslanish kabi ko‘nikmalarni oshirishi bilan ham jozibadorlik kasb etadi. O‘quvchilarda adabiy kompetensiyalarni rivojlantirishda o‘yinga asoslangan yondashuvlar samarali bo‘lib, ular tanqidiy fikrlash, hamkorlik va muloqot kabi turli ko‘nikma-malakalarni rivojlantirish uchun ishlatiladi. Adabiyot darslarida geymifikatsiyadan foydalanish sinfda yoki onlayn platformada do'stona munosabatlarni qo'llab-quvvatlash hamda ijodiy muhit hosil qilishga zamin yaratadi. O‘qituvchilar darslarni interaktiv qilish uchun turli xil o'yin usullaridan, masalan, viktorinalar, rolli o'yinlar yoki kvestlardan oqilona foydalanishlari mumkin. Binobarin, geymifikatsiya an’anaviy ta’lim usullarini takrorlamasligi, aksincha ularni imkon qadar yangicha yo‘sinda to‘ldirishi o‘rinlidir. Bunda o‘yin elementlari o‘quv maqsadlariga to‘la mos kelishi va jarayondan chalg‘itmasligi, mavzudan uzoqlashtirmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilishi lozim. Badiiy asarlarning o‘quv tahlilida geymifikatsiyadan maqsad shunchaki o‘ynash uchun emas, balki o‘rganishni oson, qulay va qiziqarli qilishdir. Adabiyot darslarida o‘yin elementlari bilan bog‘liq tamoyillar asar matni ustida ishlash, xususan, o‘quv tahlilidan ko‘zlangan maqsadga erishish imkonini oshiradi. O‘quv tahlilida eng muhim jihat o‘yinlarning dinamik va ko‘p qirraligi ekanligini hisobga olishdir. Bu o‘quvchilarni jarayonga jalb etishda samaralidir. Geymifikatsiya o‘quvchilarning dars va undan tashqari mashg‘ulotlardagi faolligini ham ta’minlaydi. O‘yinga asoslangan didaktik tahlilning ahamiyati sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, ishtirokchilarni rag‘batlantirish va motivatsiya berishga doir elementlardan iborat. Shunga ko‘ra, geymifikatsiya xos muhim belgilar quyidagilardan iborat: 1. Maqsad qo‘yish badiiy asar matni ustida ishlash bo‘yicha belgilangan aniq maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlaydi. 2. Rag‘batlantirish o‘quvchilarni badiiy matn ustida ishlash bo‘yicha faoliyati va harakatalarini moddiy yoki nomoddiy rag‘batlantirish asosida baholashga xizmat qiladi. Bular olqishlash, maqtash, qarsak, surat va kitob kabilar bo‘lishi mumkin.

3. Natijalar tomon harakatlanish. Gamified dasturlar, asosan, bri necha darajali tizimdan tashkil topadi. Asar tahlili ustida ishlash jarayonida maqsadga erishish uchun belgilangan talablarni muayyan izchillikda bajarish, oddiydan murakkabga tomon darajalarga ko‘tarilish yoki xususiyatlarni ochishga imkon beradi. 4. O‘zaro aloqalar o‘quvchilarning muvaffaqiyati o‘zlashtirishlari uchun yordam beradi. Natijada ularning hamkorlikda bajaradigan ishlari bilan xatti-harakatlari muvofiqlashib boradi va samaradorlikni oshiradi. 5. Kuzatiladigan turli qiyinchiliklar bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan oldindan o‘quvchilar o‘quv faoliyati davomida uchrashi mumkin muammoli vaziyatlar belgilanadi. Mana shunday vaziyatlar uchun ishlab chiqilgan boshqotirma yoki turli labirintlar hayotiy ko‘nikmalar rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 6. Gamifikatsiyaning o‘quv maqsadlariga uyg‘unligi. Ma’lumki, aksariyat o‘quvchilar, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalar o‘yinlarni yaxshi ko‘rishadi. Shu bois adabiyot darslarida turli janrdagi asarlar mohiyatdan kelib chiqib o‘yin turlari yoki elementlarni tanlash joiz. Zero, geymifikatsiya bir xil tamoyil asosida ish olib borishni taqozo etadi. Adabiy ta’limda darslarning ba’zan quruq va yuzaki tashkil etilishi sir emas. Geymifikatsiya esa jarayonini interaktiv qiladi. Bu o‘quvchilarning bilim olishda sog‘lom raqobatga asoslanishini, faoliyatini turli rag‘batlantirish, ball va taqdirlashlar bilan baholashni taqozo qiladi. Jarayonga shunday yondashish o‘quvchilarning ma’lumotlarni chuqurroq o‘zlashtirish va o‘rganishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy matn tahliliga o‘yin elementlarini kiritish o‘quvchilarni passiv subyektdan faol ishtirokchiga aylantiradi. Masalan, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: Asar sujetiga qo‘shimchalar kiritish. Bunda o‘quvchilarni o‘rganayotgan hikoya, ertak yoki qissalardan parchalarga o‘zlari istagandek qo‘shimchalar yozish, sujetning ma’lum o‘rinlarini mantiqiy ravishda ijodiy ifodalash, qahramonlarni boshqa asar qahramonlariga o‘zgartirish, ayrim epizodlarning o‘rnini alamshtirish yoki topishmoqlar tuzishga jalb etish kabilar nazarda tutiladi. Shu orqali ular asar sujeti haqida chuqurroq o‘ylash, mohiyatiga jiddiy yondashish, obrazli fikrlashga majbur bo‘lishlari kutiladi. Vizual vositalardan foydalanish. Yuqori sifatli ko‘rsatma, tasvir va memlar dars jarayonini maroqli qiladi. Mem bu turli odamlar orasida turli hodisa, harakat usullari, gʻoya, ramz va tasvirlardan iborat yetkaziladigan madaniy “xabar”lardir. U “yozuv, nutq, imo-ishoralar yoki taqlid qilingan mavzudagi boshqa hodisalar orqali uzatilishi mumkin boʻlgan madaniy gʻoyalar uchun birlik vazifasini bajaradi” [5]. Faoliyat mavzularini tanlash. Adabiy viktorina, bellashuvlar, intellektual o‘yinlar va interaktiv bahsmunozarlar o‘tkazish uchun mavzularni o‘quvchilarning o‘zlariga tanlash vazifasini berish ularni o‘rganishni oddiy o‘yin emas, balki jonli faoliyat sifatida his qilish maqsadiga qaratiladi. Jarayonda ishtirok etish. O‘quvchilarga o‘z intellektual darajasini aniqlash, bilim egallash yo‘llarini kuzatishga imkon berish ularda muvaffaqiyatga intilish hislarini oshiradi. Shuningdek, bu yondashuv o‘zlaridagi ayrim sifatlarni o‘zgartirishga harakat qilishga ham zarur shart-sharoit yaratadi. E’tibor. Bahs-munozara yoki muhokama jarayonlarida jur’atli, o‘z fikrini erkin ifoda etishga tortinmaydigan ishtirokchilarga yoqimli so‘zlar, kitoblar, rasmlar kabi mukofotlar bilan rag‘batlantirishning afzalliklari anchagina. Jumladan, sinf yoki maktabda peshqadamlar burchagi tashkil etish, eksklyuziv imtiyozlar o‘quvchilarni mutolaaga qiziqtiradi. Asardagi muayyan voqelik yoki vaziyatlar misolida hayotdagi muammolarga tayyorlash vazifasini bajaradi. Adabiy ta’lim jarayonida oddiy taqdimotlardan tashqari boshqa o‘yin elementlarini qo'llash o‘quvchilarni o‘z ustida mustaqil ishlashga odatlantiradi. Adabiyot o‘qituvchusi sinfda oddiy muloqot yoki savol-javoblar sessiyasini tashkil qilishidan tashqari tahlilni kuchatirish maqsadida interaktiv adabiy viktorinalar o‘tkazishi ham foydali hisoblanadi. Buning uchun AhaSlides imkoniyatlari keng. Bu interaktiv taqdimot dasturi asosida tashkil etiladigan yoki o‘rnatiladigan (mashg‘ulot onlayn o‘tkazilsa) viktorinada taqdimot qiluvchilarga bir nechta tanlovlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususan, qisqa yoki boshqa turdagi (ha-yo‘q, to‘g‘ri-noto‘g‘ri) savollarni kiritishga xizmat qiladi. O‘quvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirishda yuqori ballar ilg‘orlar jadvalida aks ettirib boriladi. AhaSlidesni qo‘llash ancha oson, chunki unda turli mavzularga doir shablon kutubxona jamlangan bo‘ladi. Xulosa qilganda, adabiyot darslarida geymifikatsiyadan foydalanish o‘quvchilarni jismanon va ruhan charchashlari oldini oladi, adabiy ta’lim amaliyotida dolzarb hisoblangan muammolar yechimiga xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. Darslik. I qism. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2022. – 392 b.
  2. https://www.google.com/search?q=Geymifikatsiya+nima&oq
  3. https://ahaslides.com/uz/blog/define-gamification/
  4. https://www.google.com/search?sca_
  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Mem
  6. Йўлдошев Ж.Ғ., Усмонов С.А. Замоновий педагогик технологияларни амалиётга жорий қилиш. – Тошкент: Fan va texnologiya, 2008. – 132 б.
  7. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
  8. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011323
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/323
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
254–257
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25