Asosiy mazmunga o‘tish

PSIXOLOGIK SAVODXONLIKNI O‘SMIRLIK DAVRIDA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

Fayzullayev Mirzaodil MirzamurodovichUniversity of Business and Science Pedagogika va psixologiya kafedrasi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 243–249

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni rivojlantirishningpsixologik determinantlari tahlil etiladi. Psixologik savodxonlik — bu shaxsning o‘z emotsiyalarinianglash, boshqarish, ijtimoiy muloqotda adekvat reaksiya ko‘rsatish hamda o‘z va boshqalar ruhiy holatinito‘g‘ri baholay olish qobiliyatidir. Tadqiqotda psixologik savodxonlikning kognitiv, emotsional va ijtimoiyomillar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. O‘smirlik davrida bu determinantlar shaxsning o‘zinianglash, refleksiya va empatiya mexanizmlari orqali rivojlanadi. Maqolada zamonaviy ta‘lim tizimidao‘smirlarning psixologik savodxonligini rivojlantirishga oid psixopedagogik yondashuvlar va metodlarham asoslab berilgan

Boshqa tillarda

ruschaПсихологические факторы, определяющие развитие психологической грамотности в подростковом возрасте.

В данной статье анализируются психологические детерминанты развития психологической грамотности в подростковом возрасте. Психологическая грамотность – это способность человека понимать и управлять своими эмоциями, адекватно реагировать в социальном общении и правильно оценивать собственное и чужое психическое состояние. Исследование показывает, что психологическая грамотность тесно связана с когнитивными, эмоциональными и социальными факторами. В подростковом возрасте эти детерминанты развиваются посредством механизмов самосознания, рефлексии и эмпатии индивида. В статье также обосновываются психопедагогические подходы и методы развития психологической грамотности подростков в современной системе образования.

inglizchaPSYCHOLOGICAL DETERMINANTS OF THE DEVELOPMENT OF PSYCHOLOGICAL LITERACY IN ADOLESCENCE

This article analyzes the psychological determinants of the development of psychological literacy in adolescence. Psychological literacy is the ability of a person to understand and manage his emotions, to respond adequately in social communication, and to correctly assess his own and others‘ mental state. The study shows that psychological literacy is closely related to cognitive, emotional, and social factors. During adolescence, these determinants develop through the mechanisms of self-awareness, reflection, and empathy of the individual. The article also substantiates psychopedagogical approaches and methods for the development of psychological literacy of adolescents in the modern education system.

Kalit so‘zlar

  • psixologik savodxonlik
  • o‘smirlik davri
  • emotsional intellekt
  • refleksiya
  • empatiya
  • psixologik determinantlar
  • shaxs rivoji

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

PSIXOLOGIK SAVODXONLIKNI O‘SMIRLIK DAVRIDA RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI

Fayzullayev Mirzaodil Mirzamurodovich University of Business and Science Pedagogika va psixologiya kafedrasi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni rivojlantirishning psixologik determinantlari tahlil etiladi. Psixologik savodxonlik — bu shaxsning o‘z emotsiyalarini anglash, boshqarish, ijtimoiy muloqotda adekvat reaksiya ko‘rsatish hamda o‘z va boshqalar ruhiy holatini to‘g‘ri baholay olish qobiliyatidir. Tadqiqotda psixologik savodxonlikning kognitiv, emotsional va ijtimoiy omillar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. O‘smirlik davrida bu determinantlar shaxsning o‘zini anglash, refleksiya va empatiya mexanizmlari orqali rivojlanadi. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘smirlarning psixologik savodxonligini rivojlantirishga oid psixopedagogik yondashuvlar va metodlar ham asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: psixologik savodxonlik, o‘smirlik davri, emotsional intellekt, refleksiya, empatiya, psixologik determinantlar, shaxs rivoji.

PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS OF DEVELOPING PSYCHOLOGICAL LITERACY IN ADOLESCENCE

Fayzullayev Mirzaodil Mirzamurodovich University of Business and Science Department of Pedagogy and Psychology, PhD in Psychology

Abstract. This article analyzes the psychological determinants of developing psychological literacy during adolescence. Psychological literacy is defined as an individual’s ability to understand and regulate their emotions, demonstrate adequate responses in social communication, and correctly evaluate their own and others’ mental states. The study presents the close interrelation of psychological literacy with cognitive, emotional, and social factors. In adolescence, these determinants develop through mechanisms of selfawareness, reflection, and empathy. The article also substantiates psycho-pedagogical approaches and methods aimed at enhancing psychological literacy among adolescents within the modern education system. Keywords: psychological literacy, adolescence, emotional intelligence, reflection, empathy, psychological determinants, personality development.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ДЕТЕРМИНАНТЫ РАЗВИТИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ

Файзуллаев Мирзаодил Мирзамуродович Университет бизнеса и науки Кафедра педагогики и психологии, доктор философии (PhD) по психологии

Аннотация. В данной статье анализируются психологические детерминанты развития психологической грамотности в подростковом возрасте. Психологическая грамотность рассматривается как способность личности понимать и регулировать собственные эмоции, адекватно реагировать в процессе социального взаимодействия, а также правильно оценивать психическое состояние своё и других людей. В исследовании показана взаимосвязанность психологической грамотности с когнитивными, эмоциональными и социальными факторами. В подростковом возрасте данные детерминанты развиваются через механизмы самопознания, рефлексии и эмпатии. В статье также обоснованы психолого-педагогические подходы и методы, направленные на развитие психологической грамотности подростков в условиях современной образовательной системы. Ключевые слова: психологическая грамотность, подростковый возраст, эмоциональный интеллект, рефлексия, эмпатия, психологические детерминанты, развитие личности.

Kirish. Zamonaviy ta’lim va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida o‘smirlarning psixologik savodxonligini rivojlantirish shaxsiy va ijtimoiy barqarorlikning muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda. Global o‘zgarishlar, raqamli axborot muhitining kengayishi, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri hamda oilaviypsixologik qadriyatlar transformatsiyasi o‘smir shaxsining psixik rivojlanishida yangi ehtiyoj va muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Shu bois, o‘smirning psixologik savodxonligini shakllantirish nafaqat ta’lim tizimi, balki butun jamiyat oldida turgan dolzarb vazifadir.

Psixologik savodxonlik — bu shaxsning o‘z emotsiyalarini anglash, boshqarish, ijtimoiy munosabatlarda o‘zini adekvat tutish va boshqa insonlarning hissiy holatini to‘g‘ri talqin eta olish qobiliyatini o‘z ichiga oluvchi integrativ psixologik sifatdir. U shaxsning emotsional, kognitiv va ijtimoiy kompetentligini uyg‘unlashtiradi. Ayniqsa, o‘smirlik davri insonning o‘z “Men”ini anglash, mustaqil fikrlash va ijtimoiy identifikatsiyani shakllantirish bosqichi bo‘lganligi sababli, bu davrda psixologik savodxonlikni rivojlantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologik savodxonlikni o‘rganish bo‘yicha xorijiy va mahalliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu fenomenning shakllanishida bir qator psixologik determinantlar — emotsional idrok, kognitiv refleksiya, empatiya, o‘zini nazorat qilish va ijtimoiy tajriba hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu determinantlar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular o‘smir shaxsining o‘z-o‘zini anglash, emotsional barqarorlik va ijtimoiy faoliyat darajasini belgilaydi. D. Goulman (1995), P. Salovey va J. Mayer (1997), C. Saarni (2002)larning emotsional intellekt konsepsiyasi, A. Bandura (1986)ning ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, L.S. Vygotskiy (1984)ning madaniytarixiy yondashuvi hamda A.N. Leontyev (1977)ning faoliyat nazariyasi bu jarayonning ilmiy asoslarini tashkil etadi. Ularning umumiy g‘oyasi shundan iboratki, psixologik savodxonlik insonning kognitiv tajribasi, ijtimoiy o‘zaro ta’siri va emotsional o‘sishining natijasi sifatida shakllanadi. O‘zbekiston sharoitida esa bu masala yoshlar tarbiyasi, o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional rivoji va ta’lim jarayonida psixologik madaniyatni oshirish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘smirlik davrida kuzatiladigan emotsional beqarorlik, o‘z-o‘zini baholashdagi ziddiyatlar, kommunikativ qiyinchiliklar psixologik savodxonlikning yetarli darajada rivojlanmagani bilan izohlanadi. Shu bois, bu jarayonning psixologik determinantlarini aniqlash va rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunda ta’lim psixologiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Adabiyotlar sharhi. O‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni rivojlantirish masalasi bir necha ilmiy paradigmalarda o‘rganilgan: emotsional intellekt nazariyasi, ijtimoiy o‘rganish nazariyasi, faoliyat yondashuvi va shaxs rivojlanishining madaniy-tarixiy konsepsiyasi. Quyida ushbu yo‘nalishlarning asosiy ilmiy g‘oyalari tahlil qilinadi. № Nazariya yoki Asoschi Asosiy g‘oya O‘smir psixologik yondashuv olimlar savodxonligiga ta’siri 1 Emotsional D. Goulman, Insonning emotsiyalarni O‘smirda empatiya, intellekt P. Salovey, J. anglash, boshqarish va ijtimoiy emotsional idrok va o‘zini nazariyasi Mayer muhitda ulardan samarali nazorat qilishni foydalanish qobiliyati rivojlantiradi 2 Ijtimoiy A. Bandura Inson xulq-atvori kuzatish, Ijtimoiy tajriba va ijobiy o‘rganish taqlid va ijtimoiy tajriba orqali muloqot orqali psixologik nazariyasi shakllanadi savodxonlikni oshiradi 3 Faoliyat A.N. Leontyev Shaxs rivoji faoliyat jarayonida Faol o‘quv faoliyati orqali yondashuvi amalga oshadi, ong faoliyat refleksiya va o‘zini natijasidir anglash rivojlanadi 4 Madaniy- L.S. Psixik rivojlanish ijtimoiy- O‘smirda ijtimoiy rollar va tarixiy Vygotskiy madaniy muhit ta’siri ostida qadriyatlarni konsepsiya kechadi o‘zlashtirishni ta’minlaydi 5 Shaxsiy o‘sish C. Rogers, A. Inson o‘zini rivojlantirishga, o‘z O‘smirning o‘zini modeli Maslow salohiyatini ro‘yobga baholashi va psixologik chiqarishga intiladi mustaqilligini oshiradi Mazkur nazariyalar psixologik savodxonlikning kompleks tabiati va uning o‘smirlik davrida namoyon bo‘lish mexanizmlarini tushunishga ilmiy asos yaratadi. D. Goulman (1995) o‘zining “Emotional Intelligence” asarida emotsional idrok va o‘zini boshqarish psixologik savodxonlikning markaziy komponentlari ekanini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, o‘smir shaxsda bu sifatlar rivojlanmaganda, emotsional beqarorlik, stressga beriluvchanlik va kommunikativ to‘siqlar kuchayadi. A. Bandura (1986)ning “Social Learning Theory” konsepsiyasi esa ijtimoiy tajribaning ahamiyatini ochib beradi. Unga ko‘ra, o‘smir o‘z tengdoshlari, ota-onasi va o‘qituvchilarining xatti-harakatlarini kuzatish orqali o‘z emotsional va ijtimoiy xulq modelini shakllantiradi. L.S. Vygotskiy (1984)ning madaniy-tarixiy yondashuvi esa o‘smirning psixologik savodxonligi madaniy vositalar — til, muloqot, ijtimoiy qadriyatlar orqali rivojlanishini ko‘rsatadi. U “yaqin rivojlanish

zonasi” tushunchasini kiritib, o‘smirda ijtimoiy yordam va ko‘mak bilan yuqori psixik funksiyalar shakllanishini asoslab bergan. Mahalliy olimlardan O. Musurmonova, N. Saidahmedova, M. Raximov, Sh. Yusupova va boshqalar o‘smir shaxsida emotsional madaniyat, o‘zini anglash va refleksiv fikrlashni rivojlantirish masalalarini o‘rganganlar. Ularning tadqiqotlari o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikning ijtimoiypsixologik omillar bilan bog‘liqligini tasdiqlaydi. Psixologik savodxonlik o‘smir shaxsining emotsional, kognitiv va ijtimoiy sohalarini qamrab oluvchi murakkab integrativ tizimdir. U o‘smirning o‘zini anglash, hissiyotlarni boshqarish, ijtimoiy muhitga moslashish va konstruktiv muloqot yuritish qobiliyatini ifodalaydi. Ushbu sifatlarning shakllanishi tasodifiy emas, balki muayyan psixologik determinantlar ta’sirida yuzaga chiqadi. Psixologik savodxonlik determinantlari tizimi. Quyidagi jadvalda o‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni rivojlantiruvchi asosiy determinantlar tizimli ko‘rinishda ifodalangan: № Determinant Ta’rifi Psixologik funksiyasi nomi 1 Emotsional O‘z va boshqalar hissiyotlarini Emotsional muvozanatni saqlash, idrok anglash, nomlash va farqlash empatiya va ijtimoiy sezgirlikni qobiliyati shakllantirish 2 Kognitiv O‘z fikrlari, hissiyotlari va xulq-atvor O‘zini anglash, muammolarni hal refleksiya sabablarini ongli tahlil qilish jarayoni qilishda mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi 3 Empatiya Boshqalar his-tuyg‘usiga ruhiy Ijtimoiy moslashuv, o‘zaro hurmat va hamdardlik bildirish, ularning insonlararo ishonchni rivojlantiradi holatini tushunish qobiliyati 4 O‘zini nazorat Emotsional reaksiyalarni boshqarish, Stressga bardoshlilik, konfliktlarni qilish impulsivlikni kamaytirish va o‘zini konstruktiv hal etish imkonini beradi tutish madaniyati 5 Ijtimoiy O‘smirning oila, maktab, do‘stlik va Real ijtimoiy vaziyatlarda psixologik tajriba onlayn muloqotdagi tajribasi savodxonlikni amaliy qo‘llashni ta’minlaydi Mazkur determinantlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, har biri boshqasining rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, empatiya o‘zini nazorat qilishni mustahkamlaydi, kognitiv refleksiya esa emotsional idrokni chuqurlashtiradi. Determinantlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi. Quyidagi diagrammada determinantlarning o‘zaro ta’siri va psixologik savodxonlikni shakllantirishdagi o‘rni ifodalangan: ┌────────────────────┐ │ EMOTSIONAL IDROK │ └──────────┬─────────┘ │ ▼ ┌────────────────────┐ │KOGNITIV REFLEKSIYA │ └──────────┬─────────┘ │ ▼ ┌────────────────────┐ │ EMPATIYA │ └──────────┬─────────┘ │ ▼ ┌──────────────────────┐ │O‘ZINI NAZORAT QILISH │ └──────────┬───────────┘ │ ▼ ┌────────────────────┐

│ IJTIMOIY TAJRIBA │ └──────────┬─────────┘ │ ▼ ╔═══════════════════════╗ ║PSIXOLOGIK SAVODXONLIK ║ ╚═══════════════════════╝ Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, har bir determinant shaxsning ichki va tashqi muvozanatini ta’minlash orqali psixologik savodxonlikning poydevorini shakllantiradi. O‘smir shaxsida determinantlarning rivojlanish dinamikasi. O‘smirlik davrida bu determinantlarning rivojlanish bosqichlari farqlanadi. Quyidagi jadvalda bu jarayonning yosh xususiyatlariga ko‘ra o‘zgarishi keltirilgan: Yosh Emotsional idrok Kognitiv Empatiya O‘zini Ijtimoiy davri refleksiya nazorat tajriba (yillar) qilish 11–13 Emotsiyalarni O‘z fikrini Empatiya past Impulsiv Oila yosh tanib olish tahlil qilish darajada reaksiyalar muhitiga boshlanadi qiyin ko‘p bog‘liq 14–15 Hissiyotlarni O‘zini Do‘stlarga Emotsional Maktab va yosh boshqarish baholash hamdardlik paydo barqarorlik do‘stlik shakllanadi kuchayadi bo‘ladi o‘sadi muhitida o‘sadi 16–17 Emotsiyalarni Refleksiya Empatiya O‘zini tutish Ijtimoiy yosh ijtimoiy jihatdan chuqurlashadi mustahkamlanadi madaniyati tajriba boshqarish shakllanadi kengayadi o‘rganiladi Mazkur tahlil shuni ko‘rsatadiki, psixologik savodxonlik o‘smirlik davrida bosqichma-bosqich shakllanadi. Bu jarayonda oilaviy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimidagi psixologik xizmat, tengdoshlar bilan muloqot va raqamli madaniyat muhim omillar sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smir psixologik savodxonligini rivojlantirish mexanizmlari. Quyidagi model asosida psixologik savodxonlikni rivojlantirish mexanizmlari tizimlashtirilgan: Mexanizm nomi Mazmuni Amalga oshirish vositalari Pedagogik-psixologik O‘smirning individual psixik Maktab psixologi, sinf rahbari, qo‘llab-quvvatlash ehtiyojlarini inobatga olish ota-ona hamkorligi Trening va reflektiv Emotsional va kommunikativ Guruhli psixotreninglar, rolik mashg‘ulotlar ko‘nikmalarni rivojlantirish o‘yinlar, suhbatlar Ijtimoiy loyihalarda O‘smirning faol ijtimoiy tajriba Volontyorlik, o‘quv klublari, ishtirok orttirishini ta’minlash media loyihalar Raqamli savodxonlikni Internet va ijtimoiy tarmoqlardan Raqamli madaniyat darslari, oshirish ongli foydalanish onlayn treninglar Reflektiv tahlil O‘smirning o‘z holati va hislarini Psixologik kundaliklar, onlayn kundaliklari yozma tarzda tahlil qilishi refleksiya platformalari Bu model psixologik savodxonlikni faqat nazariy emas, balki amaliy mexanizmlar orqali rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. O‘smirlar uchun psixologik treninglar, raqamli muhitda sog‘lom muloqot madaniyatini shakllantirish, hamda individual refleksiya odatini rivojlantirish ularning psixologik barqarorligini oshiradi. Xulosa va tavsiyalar. Yuqoridagi nazariy va amaliy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, psixologik savodxonlik o‘smir shaxsining har tomonlama barkamol rivojlanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. U o‘smirning o‘zini anglash, emotsiyalarini boshqarish, ijtimoiy muhitda konstruktiv muloqot yuritish hamda o‘z xulqini ongli tarzda nazorat qilish kabi muhim kompetensiyalarni shakllantiradi. Mazkur jarayon o‘z navbatida murakkab psixologik determinantlar tizimi orqali rivojlanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy xulosalarga kelindi: 1. Psixologik savodxonlik – bu o‘smir shaxsining kognitiv, emotsional va ijtimoiy faoliyatini birlashtiruvchi tizimli sifat bo‘lib, u emotsional idrok, kognitiv refleksiya, empatiya, o‘zini nazorat qilish va ijtimoiy tajribaning o‘zaro integratsiyasi natijasida shakllanadi. O‘smirlik davrida psixologik

savodxonlikning rivojlanishi emotsional beqarorlikni kamaytirish, o‘zini baholashni barqarorlashtirish va ijtimoiy muloqotdagi muvaffaqiyatni ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi. 2. Emotsional idrok va kognitiv refleksiya o‘smirning ichki kechinmalarini anglash hamda ularni konstruktiv yo‘naltirish imkonini beradi. Bu determinantlar o‘zaro sinergetik munosabatda bo‘lib, shaxsning emotsional madaniyatini shakllantiradi. Empatiya o‘smir shaxsining ijtimoiy muhitga moslashishida, boshqalarni tushunish va ularning holatiga ruhiy hamdardlik bildirishda markaziy o‘rin tutadi. O‘zini nazorat qilish determinantining rivoji o‘smirda o‘z hissiy reaksiyalarini tartibga solish, impulsiv xatti-harakatlarni kamaytirish va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga yordam beradi. 3. Ijtimoiy tajriba esa bu determinantlarning amaliy tatbiqini ta’minlaydi — o‘smirlar oilaviy, maktab va onlayn muloqot jarayonida real hayotiy holatlar orqali o‘z psixologik savodxonligini mustahkamlaydi. O‘smirlar orasida psixologik savodxonlik darajasi, ularning ijtimoiy faol ishtiroki, raqamli muhitdan foydalanish madaniyati va oilaviy psixologik qo‘llab-quvvatlash darajasiga bevosita bog‘liqdir. Tavsiyalar. O‘smirlik davrida psixologik savodxonlikni rivojlantirish uchun quyidagi ilmiyamaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: Yo‘nalish Tavsiya mazmuni Amalga oshirish mexanizmlari 1. Ta’lim tizimi Maktablarda psixologik savodxonlikni “Psixologik madaniyat darslari”, uchun rivojlantirishga qaratilgan maxsus dastur emotsional intellekt treninglari, va modullarni joriy etish refleksiya mashg‘ulotlari 2. Oila muhitida Ota-onalarda emotsional muloqot va Psixologik seminarlar, oilaviy ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash konsultatsiyalar, ota-onalar klublari ko‘nikmalarini shakllantirish 3. Maktab O‘smirlarning individual emotsional Diagnostik testlar, shaxsiy suhbatlar, psixologlari ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos emotsional barqarorlik mashqlari uchun psixologik yordam ko‘rsatish 4. Ijtimoiy Raqamli madaniyatni oshirish, salbiy Onlayn psixologik treninglar, tarmoqlar onlayn ta’sirlarga qarshi psixologik “media-savodxonlik” loyihalari, muhitida immunitetni shakllantirish yoshlar platformalari 5. Ilmiy O‘smirlik davrida psixologik savodxonlik Psixometrik modellar yaratish, tadqiqotlar va raqamli ijtimoiy xulq o‘rtasidagi empirik so‘rovnomalar, uchun bog‘liqlikni chuqur tahlil qilish eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish Psixologik savodxonlikni o‘smirlik davrida rivojlantirish, ularning shaxsiy barkamolligi, emotsional muvozanati va ijtimoiy integratsiyasini ta’minlovchi psixologik poydevordir. Shu bois, bu jarayonni tizimli o‘rganish, determinantlarini aniqlash va ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalash O‘zbekiston ta’lim tizimi oldidagi strategik vazifalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Goleman, D. (2013). Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. New York: Bantam Books. 2. Elias, M. J. (2015). Social and Emotional Learning: Theory and Practice. New York: Teachers College Press. 3. Saarni, C. (2002). The Development of Emotional Competence. New York: Guilford Press. 4. Ryan, R. M., & Deci, E. L. (2000). Self-determination theory and the facilitation of intrinsic motivation, social development, and well-being. American Psychologist, 55(1), 68–78. 5. Kolb, D. A. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development. Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall. 6. Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). Stress, Appraisal, and Coping. New York: Springer. 7. Leontiev, A. N. (1977). Activity, Consciousness, and Personality. Moscow: Progress Publishers. 8. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Cambridge, MA: Harvard University Press. 9. Anvarovna, A. S. (2023). Constructions (models) of social intelligence in future English language teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 169-172. 10. Anvarovna, A. S. ., & Kahharova. (2024). SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ADJUSTMENT OF FIRST YEAR UNIVERSITY STUDENTS. JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE, 3(1), 230– 234. Retrieved from https://jeev.innovascience.uz/index.php/jeev/article/view/439

11. Ataxo’jayeva, S. A. (2020). INGLIZ TILINI O’RGATISHDA LOYIXA ISHINI TASHKIL QILISHNING AFZALLIKLARI. Science and Education, 1(1), 403-406. 12. Ataxo'jayeva, S. (2023). EMPERIAL FOUNDATIONS OF THE STUDY ENGLISH LANGUAGE TEACHERS. GULDU AXBOROTNOMASI.–2023. 13. Nortoji Jumayevich Eshnayev, & Shahlo Anvarovna Atakhujaeva (2021). SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS ESSENCE. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1), 371-375. 14. Atakhujaeva, S. (2023). CONSTRUCTIONS (MODELS) OF SOCIAL INTELLIGENCE IN FUTURE ENGLISH LANGUAGE TEACHERS. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. 15. Atakho'jayeva, S. A. (2025). Ways To Form The Social-Emotional Competence Of A Foreign Language Teacher In The Conditions Of Digital Education. International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 75-80. https://www.tlepub.org/index.php/2/article/view/325 16. Атаходжаева, Ш. А. (2025). Роль Информационных Технологий В Обществе. International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 17-21. https://tlepub.org/index.php/2/article/view/292 17. Ataxo’jayeva, S. (2022). SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS ESSENCE. 18. Atakhujaeva, S. A. (2022). DIAGNOSIS OF ADOLESCENTS’UNDERSTANDING OF MORAL AND LEGAL FORMS. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(4), 317- 319. 19. Ataxo’jayeva, S. (2023). EMPIRIAL FOUNDATIONS OF THE STUDY ENGLISH TEACHERS’SOCIAL INTELLIGENCE. 20. Atakhujaeva, S. (2023). Constructions (Models) Of Social Intelligence In Future English Language Teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence. 21. Anvarovna, A. S. (2023). Constructions (models) of social intelligence in future English language teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 169-172. 22. Atakho'jayeva, S. A. (2025). Ways To Form The Social-Emotional Competence Of A Foreign Language Teacher In The Conditions Of Digital Education. International Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 75-80. https://www.tlepub.org/index.php/2/article/view/325 23. Anvarovna , A. S. (2025). Pedagogical and Psychological Factors Determining the Effectiveness of the Social-Emotional Competence of a Foreign Language Teacher in Higher Education. American Journal of Open University Education, 2(9), 54–59. Retrieved from https://scientificbulletin.com/index.php/AJOUP/article/view/1266 TIJORAT BANKLARI DAROMADLARI SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Ahmedov Komron Muhammad-Alievich Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti mustaqil izlanuvchisi E-mail: ahmed.com@gmail.com Annotatsiya: Maqolada tijorat banklarining daromad bazasini shakllantirish va uning moliyaviy barqarorlikka ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Muallif bank faoliyati samaradorligini ta’minlashda daromad manbalarini diversifikatsiya qilish, foizli va foizsiz daromadlar nisbatini muvozanatlashtirish hamda foiz siyosati samaradorligini oshirish muhim omil ekanini ta’kidlaydi. Tadqiqotda Xalqaro amaliyot (AQSh, Germaniya, Yaponiya va Koreya Respublikasi bank tizimi misolida) tahlil qilingan bo‘lib, bank daromadlari tuzilishida innovatsion moliyaviy xizmatlar va investitsiya operatsiyalarining roli asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, daromad manbalari, foizli marja, moliyaviy barqarorlik, foiz siyosati, bank aktivlari, likvidlik.

SPECIFIC FEATURES OF INCOME FORMATION IN COMMERCIAL BANKS Ahmedov Komron Muhammad-Alievich Independent Researcher, Kimyo International University in Tashkent E-mail: ahmed.com@gmail.com

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar40 ta adabiyot

  1. Goleman, D. (2013). Emotional Intelligence: Why It Can Matter More Than IQ. New York: Bantam
  2. Elias, M. J. (2015). Social and Emotional Learning: Theory and Practice. New York: Teachers College
  3. Saarni, C. (2002). The Development of Emotional Competence. New York: Guilford Press.
  4. Ryan, R. M., & Deci, E. L. (2000). Self-determination theory and the facilitation of intrinsic motivation, social development, and well-being. American Psychologist, 55(1), 68–78.10.1037/0003-066x.55.1.68
  5. Kolb, D. A. (1984). Experiential Learning: Experience as the Source of Learning and Development.
  6. Englewood Cliffs, NJ: Prentice Hall.
  7. Lazarus, R. S., & Folkman, S. (1984). Stress, Appraisal, and Coping. New York: Springer.
  8. Leontiev, A. N. (1977). Activity, Consciousness, and Personality. Moscow: Progress Publishers.
  9. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes.
  10. Cambridge, MA: Harvard University Press.
  11. Anvarovna, A. S. (2023). Constructions (models) of social intelligence in future English language teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 169-172.
  12. Anvarovna, A. S. ., & Kahharova. (2024). SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ADJUSTMENT OF FIRST
  13. YEAR UNIVERSITY STUDENTS. JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE, 3(1), 230–
  14. Retrieved from https://jeev.innovascience.uz/index.php/jeev/article/view/439
  15. Ataxo’jayeva, S. A. (2020). INGLIZ TILINI O’RGATISHDA LOYIXA ISHINI TASHKIL
  16. QILISHNING AFZALLIKLARI. Science and Education, 1(1), 403-406.
  17. Ataxo'jayeva, S. (2023). EMPERIAL FOUNDATIONS OF THE STUDY ENGLISH LANGUAGE
  18. TEACHERS. GULDU AXBOROTNOMASI.–2023.
  19. Nortoji Jumayevich Eshnayev, & Shahlo Anvarovna Atakhujaeva (2021). SELF-DESTRUCTIVE
  20. BEHAVIOR AND ITS ESSENCE. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 1),
  21. Atakhujaeva, S. (2023). CONSTRUCTIONS (MODELS) OF SOCIAL INTELLIGENCE IN FUTURE
  22. ENGLISH LANGUAGE TEACHERS. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence.
  23. Atakho'jayeva, S. A. (2025). Ways To Form The Social-Emotional Competence Of A Foreign Language
  24. Teacher In The Conditions Of Digital Education. International Conference on Global Trends and
  25. Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 75-80. https://www.tlepub.org/index.php/2/article/view/325
  26. Атаходжаева, Ш. А. (2025). Роль Информационных Технологий В Обществе. International
  27. Conference on Global Trends and Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 17-21. https://tlepub.org/index.php/2/article/view/292
  28. Ataxo’jayeva, S. (2022). SELF-DESTRUCTIVE BEHAVIOR AND ITS ESSENCE.
  29. Atakhujaeva, S. A. (2022). DIAGNOSIS OF ADOLESCENTS’UNDERSTANDING OF MORAL
  30. AND LEGAL FORMS. INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING, 1(4), 317-
  31. Ataxo’jayeva, S. (2023). EMPIRIAL FOUNDATIONS OF THE STUDY ENGLISH
  32. TEACHERS’SOCIAL INTELLIGENCE.
  33. Atakhujaeva, S. (2023). Constructions (Models) Of Social Intelligence In Future English Language
  34. Teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence.
  35. Anvarovna, A. S. (2023). Constructions (models) of social intelligence in future English language teachers. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 169-172.
  36. Atakho'jayeva, S. A. (2025). Ways To Form The Social-Emotional Competence Of A Foreign Language
  37. Teacher In The Conditions Of Digital Education. International Conference on Global Trends and
  38. Innovations in Multidisciplinary Research, 1(4), 75-80. https://www.tlepub.org/index.php/2/article/view/325
  39. Anvarovna , A. S. (2025). Pedagogical and Psychological Factors Determining the Effectiveness of the Social-Emotional Competence of a Foreign Language Teacher in Higher Education. American
  40. Journal of Open University Education, 2(9), 54–59. Retrieved from https://scientificbulletin.com/index.php/AJOUP/article/view/1266

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011321
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/321
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
243–249
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25