MARTIN LYUTER MASALLARIDAGI QAHRAMONLAR VA ULARNING IJTIMOIY MUHITDAGI SHAXSLAR BILAN ALOQASI
Abdiyeva Bahora AshurovnaSamarqand Davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 283–285
Annotatsiya
Ushbu maqola nemis adabiyotining yorqin vakili Martin Lyuter ijodiga doir masallartahlilini yoritib beradi. Masallardagi qahramonlar nomlarining ijtimoiy muhitda uchraydigan odamlargamos qilib tanlanganligini izoh va isbotlar bilan tushuntiradi
Boshqa tillarda
ruschaПерсонажи рассказов Мартина Лютера и их отношения с людьми в социальной среде.
В данной статье представлен анализ притч Мартина Лютера, видного представителя немецкой литературы. С помощью пояснений и доказательств объясняется, что имена персонажей притч были выбраны в соответствии с людьми, с которыми они сталкиваются в своем социальном окружении.
inglizchaCHARACTERS IN MARTIN LUTHER‘S STORIES AND THEIR RELATIONSHIPS WITH PEOPLE IN THE SOCIAL ENVIRONMENT
This article provides an analysis of the parables of Martin Luther, a prominent representative of German literature. It explains with explanations and evidence that the names of the characters in the parables were chosen to suit the people they encounter in their social environment.
Kalit so‘zlar
- masal
- nemis maslchiligi
- Martin Lyuter
- haqiqat va yolg‘on
- qahramonlar nomlarining majoziy ma‘nosi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MARTIN LYUTER MASALLARIDAGI QAHRAMONLAR VA ULARNING IJTIMOIY MUHITDAGI SHAXSLAR BILAN ALOQASI
Abdiyeva Bahora Ashurovna Samarqand Davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya: Ushbu maqola nemis adabiyotining yorqin vakili Martin Lyuter ijodiga doir masallar tahlilini yoritib beradi. Masallardagi qahramonlar nomlarining ijtimoiy muhitda uchraydigan odamlarga mos qilib tanlanganligini izoh va isbotlar bilan tushuntiradi. Kalit so‘zlar: masal, nemis maslchiligi, Martin Lyuter, haqiqat va yolg’on, qahramonlar nomlarining majoziy ma’nosi.
THE CHARACTERS IN MARTIN LUTHER’S FABLES AND THEIR CONNECTION TO INDIVIDUALS IN THE SOCIAL ENVIRONMENT
Annotation: This article examines the fables of Martin Luther, one of the foremost figures of German literature, focusing on the social and symbolic significance of character naming. It provides analytical explanations and textual evidence to demonstrate how the names of the fable characters were intentionally selected to reflect real individuals and social types within contemporary society. Keywords: fable, German fabulism, Martin Luther, truth and falsehood, symbolic meaning of character names.
ПЕРСОНАЖИ БАСЕН МАРТИНА ЛЮТЕРА И ИХ СВЯЗЬ С ЛЮДЬМИ В СОЦИАЛЬНОМ ОКРУЖЕНИИ
Аннотация: В данной статье рассматриваются басни Мартина Лютера, одного из выдающихся представителей немецкой литературы, с акцентом на социальное и символическое значение имен персонажей. Приводятся аналитические объяснения и текстовые доказательства, показывающие, что имена героев басен были намеренно выбраны таким образом, чтобы отражать реальные личности и социальные типы современного общества. Ключевые слова: басня, немецкая басенная традиция, Мартин Лютер, истина и ложь, аллегорическое значение имен персонажей.
Masalshunoslik butun dunyo adabiyoti tarixi va bugunida juda kata rol o’ynab kelmoqda va buni yaqqol misolini nemis masallari talqinida ko’rib chiqishni ushbu maqolada maqsad qilib qo’ydik. Nemis masalchiligida samarali ijod qilgan yozuvchi Martin Lyuter ta’kidlaganidek,- “Ertak haqiqatning qalbiga jazosiz kirish va hayotning haqiqiy sharoitlarini ochib berishning yagona yo‘lidir, chunki haqiqat yer yuzidagi eng chidab bo‘lmas narsadir”. Bu fikrni u o’z masallarida olg’a surdi va shu usulga amal qildi. Lyuterning ertaklardagi yozilgan so‘zboshilar asosan ikki maqsadni ko’zlagan: masaldan anglashilayotgan hikmatni hazilomuz muloqot orqali yoshlarga singdirish hamda ularni tabiyalash va hokimiyatdagilarni haqiqatni ochiq oydin yuzma yuz qilmasdan siyosiy tanqid qilish, ya’ni ertak niqobi ostida haqiqatni ko‘rsatish. Bu yerda dunyo tubdan yovuz sifatida tasvirlangan, unda hamma hammaga qarshi kurashadi go’yo. Lyuterning ertaklari u yovuz deb bilgan dunyoda omon qolish strategiyasini namoyish etish va odamlarni jamiyatdagi adolatsizliklardan xabardor qilishdir. Martin lyuterning "Baqa va sichqoncha" nomli masalini tahlil qilib chiqamiz Qurbaqa va Sichqoncha Sichqoncha suv havzasini kesib o'tishni xohlaydi, lekin qayerga borishni bilmay, qurbaqadan maslahat va yordam so'radi. Qurbaqa ahmoq edi va sichqonga dedi: Oyog'ingni mening oyog'imga bog'la, men suzaman va seni tortaman. Ammo ular suvga kelganlarida, qurbaqa pastga sho'ng'ib, sichqonchani cho'ktirmoqchi bo'ldi. Lekin qaysar sichqoncha suv yuzasiga qarab harakat qilayotgan bir paytda havoda qirg’iy paydo bo’ldi va ularning ikkalasini ham tumshug’i bilan suvdan olib yutib yubordi. M. Lyuter dunyo shunday bevofo ekanligini, unda o’zini do’st qilib ko’rsatayotgan beavafo do’stlar ko’pligini o’quvchiga yetkazib bermoqchi bo’ladi. Lekin, xulosada o’sha sadoqatsizlar ham jazosiz qolmasligi xuddi masal qahramoni qurbaqadek o’z oyog’iga o’zlari bolta urishlari tasvirlab beriladi. Lyuterning so'zlariga ko'ra, yoshlar bunday ta'limot va ogohlantirishlarni kulib qabul qilib, xotirada yaxshiroq saqlab qolishadi Qo’rqoq va yordamga ehtiyojmand sichqon suvdan kechib o’tishni xohlab turgan vaqtda uning oldidan boshqa qirg’oqqa o’tkazib qo’yishni va’da qilayotgan yolg’onchi, bevafo qurbaqaning chiqishi bir tomondan sichqonning omadsizligi, ikkinchi tomondan dunyoning yovuzlarga to’la ekanligi va uchinchi tomondan aql o’rniga ishonuvchanlik, samimiylak kabi hissiyotlar ishlatilganda ko’pincha yaxshilikka olib kelmasligi kabilar yaqqol tasvirlangan. Qurbaqa yozuvchi tomonidan “ein Schalk” deb tasvirlanadi. Bu bilan u o’zicha aqlli, aslida ahmoq odamlarga ishora qilmoqchi bo’lgan. U sichqonni “qo’limga tushdi” deb o’ylab uni cho’ktirib yubormoqchi va undan keyin yemoqchi bo’ladi. Lekin o’grini qaroqchi urib, qurbaqaning o’zi ham o’zi qazigan choxga yiqildi ya’ni sichqonga qo’shilib yirtqich qushga yem bo’ldi. Yirtqich qush shunday qilib ko'r-ko'rona g'ayrat bilan birga yomon niyatli xiyonat nimaga olib kelishi mumkinligini ko'rsatadi. Bunda yozuvchi nafaqat qurbon balki jinoyatchini ham ogohlantirishga urinayapti. Soda sichqonni o’ta ishonuvchanlik yaxshilikka olib kelmasligidan ogohlantirayotgan bo’lsa, axmoq qurbaqaga esa o’z va’dasida turish muhim ekanligi, dunyo qaytar dunyo ekanligini,biror kishiga yaxshilik qilsak yaxshilik yomonlik qilsak yomonlik qaytishini tushuntiryapti.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Luther, Martin. Die Fabeln Äsops in deutscher Bearbeitung. Hrsg. von Jakob Grimm. Berlin: Reimer, 1832.
- Kaufmann, Horst. Luther und die deutsche Fabeltradition. Leipzig: Reclam, 1978.
- Richter, Peter. Die Entwicklung der Fabelmoral vom Äsop bis Luther. München: Fink Verlag, 1995.
- Äsop. Fabulae Aesopiae. Leipzig: Teubner, 1906.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011332
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/332
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 283–285
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25