Asosiy mazmunga o‘tish

“O‘ZMILLIYBANK” AJDA KREDITGA LAYOQATLILIK DARAJASINI OSHIRISHDA GAROV TA‘MINOTINI SHAKLLANTIRISH

Lapasova Sarvinoz, Abdusaidova MukhlisaO‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabalari2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 285–289

Annotatsiya

Ushbu maqolada “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishmasalalari va uni samarali amalga oshirishda garov ta‘minotini shakllantirish ishlariyoritilgan. Shuningdek,“O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda garov ta‘minotini shakllantirish yuzasidanxulosalar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaФОРМИРОВАНИЕ ЗАЛОГОВ ПРИ ПОВЫШЕНИИ УРОВНЯ КРЕДИТНОЙ СПОСОБНОСТИ АО «УЗМИЛЛИЙБАНК»

В данной статье рассматриваются вопросы повышения уровня кредитоспособности в Национальном банке Узбекистана и формирования залогового обеспечения для его эффективного осуществления. Также приводятся выводы о формировании залогового обеспечения для повышения уровня кредитоспособности в Национальном банке Узбекистана.

inglizchaFORMATION OF COLLATERAL IN INCREASING THE LEVEL OF CREDIT ABILITY IN “UZMILLIYBANK” JSC

This article discusses the issues of increasing the level of creditworthiness in the National Bank of Uzbekistan and the formation of collateral for its effective implementation. It also provides conclusions on the formation of collateral for increasing the level of creditworthiness in the National Bank of Uzbekistan.

Kalit so‘zlar

  • Tijorat banki
  • kredit
  • kreditga layoqatlilik
  • kreditga layoqatlilik darajasi
  • garov
  • garov ta‘minoti

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

4. Äsop. Fabulae Aesopiae. Leipzig: Teubner, 1906.

“O‘ZMILLIYBANK” AJDA KREDITGA LAYOQATLILIK DARAJASINI OSHIRISHDA GAROV TA’MINOTINI SHAKLLANTIRISH

Jumaniyazov Quvanchbek Amatjonovich O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirish masalalari va uni samarali amalga oshirishda garov ta’minotini shakllantirish ishlariyoritilgan. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda garov ta’minotini shakllantirish yuzasidan xulosalar berilgan. Kalit so‘zlar. Tijorat banki, kredit, kreditga layoqatlilik, kreditga layoqatlilik darajasi, garov, garov ta’minoti.

ФОРМИРОВАНИЕ ЗАЛОГОВОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ КРЕДИТОСПОСОБНОСТИ В АО «УЗМИЛЛИЙБАНК»

Джуманиязов Куванчбек Аматжонович независимый научный сотрудник Банковско-финансовой академии Республики Узбекистан

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы повышения уровня кредитоспособности в Национальном банке Узбекистана и формирования залогового обеспечения для его эффективной реализации. Также даны выводы по формированию залогового обеспечения для повышения уровня кредитоспособности в Национальном банке Узбекистана. Ключевые слова. Коммерческий банк, кредит, кредитоспособность, уровень кредитоспособности, залог, обеспечение.

FORMATION OF COLLATERAL TO INCREASE CREDITWORTHINESS IN JSC "UZMILLIYBANK"

Jumaniyazov Kuvanchbek Amatjonovich independent researcher of the Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

Abstract. This article discusses the issues of increasing the level of creditworthiness in the National Bank of Uzbekistan and the formation of collateral for its effective implementation. Also, conclusions are given on the formation of collateral for increasing the level of creditworthiness in the National Bank of Uzbekistan. Key words. Commercial bank, credit, creditworthiness, creditworthiness level, collateral, collateral.

Bugungi kunda mamlakatimizda moliyaviy tizimni mustahkamlash, banklarning kredit portfellarini sifatli shakllantirish va iqtisodiyotning real sektorini samarali moliyalashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, mamlakatimizda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda garov ta’minotini shakllantirish borasida tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 22-apreldagi O‘RQ-1060-son Qonuni qabul qilindi [1]. Ushbu qonun kreditorlarning garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlashga, garov narsasini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga, majburiyatlarni garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan undirish jarayonlarini soddalashtirishga va kredit tashkilotlarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga xizmat qiladi. Banklarda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda garov ta’minotini shakllantirish uchun mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish lozim. Jumladan, mamlakatimizda bank amaliyotlarini tashkil etishda qator muammolar mavjud. Xususan, garov ta’minotini shakllantirish, baholash va tartibga solish jarayonlarida garovning aniqlangan bahosi va real bahosi o‘rtasidagi farqlanish mavjudligi, tartibga solish mexanizmlarining to‘liq ishlamasligi kabilar shular jumlasidandir [2].

“O‘zmilliybank” AJ tomonidan kredit siyosatini takomillashtirish, kredit xavflarini kamaytirish va mijozlarning kreditga layoqatlilik darajasini to‘g‘ri baholashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu jarayonda garov ta’minotining to‘g‘ri shakllantirilishi asosiy rol o‘ynaydi. Chunki, garov bank uchun kredit riski yuzaga kelganda moliyaviy zararlarni qoplash imkonini beruvchi asosiy ta’minot vositasi sifatida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Amaliyotdan ma’lumki, tijorat banklari ayrim hollarda muammoli kreditlarni garov hisobidan so‘ndirishga majbur bo‘lganda garov bilan bog‘liq egalik huquqi, kadastr tasdiqlagan loyiha, foydalanish imkoniyatlari kabi qator muammolar vujudga keladi [3]. “O‘zmilliybank” AJ tomonidan qo‘llanilayotgan amaliyotda garov ob’ektlari sifatida ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, texnologik uskunalar, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa likvid aktivlar keng qo‘llaniladi. Bunda garov qiymatining real bozor bahosiga yaqin holda baholanishi, huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi va tez likvidlanuvchan bo‘lishi kredit portfelining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim hollarda garov ta’minoti tizimida kamchiliklar mavjud: garov qiymatining bozorga nisbatan past baholanishi, ayrim aktivlarning likvidligi pastligi, hujjatlarni rasmiylashtirishda kechikishlar va baholovchi tashkilotlar faoliyatidagi nomuvofiqliklar shular jumlasidandir. Bu esa bank faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: birinchidan, garov ob’ektlarini baholashda raqamli texnologiyalar va mustaqil baholovchi kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish lozim; ikkinchidan, garov likvidligini oshirish uchun tez realizatsiya qilinadigan aktivlarga ustuvorlik berilishi zarur; uchinchidan, hujjatlarni rasmiylashtirish va garov reestrlarini yuritish tizimiga elektron platformalarni keng joriy etish foydali bo‘ladi. “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirishda garov ta’minoti shakllantirilgan bo‘lib, uni aniqlash tamoyillari belgilangan (1-jadval). 1-jadval “O‘zmilliybank” AJda garov qiymatini aniqlash tamoyillari [4] Garov sifatida taqdim etiladigan mulk turi Mulkning bozor qiymatini diskontlash orqali garovga qabul qilish uchun belgilangan maksimal qiymati Kuchmas mulk: 75 % dan ko‘p emas dan tashqari: - issiqxonalar; 30 % dan ko‘p emas - ipoteka kredita hisobiga sotib olinadigan (quriladigan) 100 % miqdorida uy Avtotransport vositalari:yuk mashinalari, avtobuslar va mikroavtobuslar, jumladan: - chiqarilish muddati 1 yildan 3 yilgacha 70% dan ko‘p emas - chiqarilish muddati 3 yildan 5 yilgacha (chiqarilgan 60 % dan ko‘p emas vaqti 5 yildan ortig‘i qabul qilinmaydi) jismoniy shaxslar bank kredita hisobiga sotib oladigan 100 % miqdorida yengil avtoulovlar Maxsus va qishloq xo‘jalik mashinalari, jumladan: - chiqarilish muddati 1 yilgacha 60 % dan ko‘p emas - chiqarilish muddati 1 yildan 3 yilgacha 50 % dan ko‘p emas - chiqarilish muddati 3 yildan 5 yilgacha 40 % dan ko‘p emas (chiqarilgan vaqti 5 yildan ortig‘i qabul qilinmaydi) Ishlab chiqarish uskunalari, jumladan: - chiqarilish muddati (ishlab chiqarilish) 3 yilgacha 50 % dan ko‘p emas - chiqarilish muddati (ishlab chiqarilish) 3 yildan 5 40 % dan ko‘p emas yilgacha (chiqarilgan vakti 5 yildan ortig‘i qabul qilinmaydi) Qimmatli qog‘ozlar, shu jumladan "Toshkent" Respublika fond birjasida ro‘yxatga olingan 80 % dan ko‘p emas aksiyalar

Davlat qimmatli qog‘ozlari qimmatli qog‘ozning amal qilish muddatiga 100 % dan ko‘p emas Tijorat banklarining depozit muddatiga qarab ko‘pi bilan 100 %, sertifikatlari (kredit valyutasida) Aylanmadagi tovarlar (xom ashyo va materiallar shaklidagi tovar-material zaxiralari, tugatilmagan ishlab 30 % dan ko‘p emas (ombor hisobi chiqarilish va tayyor mahsulotlar) uzoq vaqt saqlash qiymatidan) muddati bilan Naqd pul olish huquqlari garovi, shu jumladan: Oxirgi bir yil davomida garovga qo‘yuvchining o‘rtacha oylik aylanmasining 50 % dan oshmagan xolda Pudrat tashkilotlari tomonidan kvartiralarni (uy-joylarni) kvartirani sotish qiymatining 50 % dan sotishdan oshmagan holda Qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar va uzumzorlar 60 % dan ko‘p emas yetishtirish uchun berilgan yerlardan foydalanish huquqi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan xususiylashtirilgan 40 % dan ko‘p emas yer maydonlariga bo‘lgan huquq "O‘zmilliybank" AJga joylashtirilgan depozit 100 % dan ko‘p emas (depozit - milliy valyutada miqdoridan) - chet el valyutasida 100 % dan ko‘p emas (depozit miqdoridan) depozit valyutasidagi kreditlar bo‘yicha va depozitdan boshqa valyutadagi kreditlar bo‘yicha haftalik qayta baholash sharti bilap Oltin va boshka qimmatbaho metallardan yasalgan 90 % dan ko‘p emas zargarlik buyumlari “O‘zmilliybank” AJni garov qiymatini aniqlash tamoyillari O‘zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki" aksiyadorlik jamiyatining Kredit siyosatiga 1-ilova sifatida belgilangan. Mazkur tamoyillar asosida “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilik darajasini oshirish borasida garov ta’minotini shakllantirish shakllantirilib, buning uchun bank mijozlarining garov mol-mulklari hisob-kitob qilingan. Bu borada “O‘zmilliybank” AJga tegishli iqtisodiy ko‘rsatkichlar hajmi 2021-2022yillarda pasaygan, 2023-yildan boshlab esa tiklanish jarayoni boshlangani kuzatilmoqda. Hududlar kesimida o‘zgarishlar turlicha: Toshkent shahri va Navoiy viloyati – ijobiy, boshqa ko‘pchilik hududlar esa pasayish yo‘nalishiga ega. Tahlil qilingan ko‘rsatkichlar asosida, respublika iqtisodiyotida hududlararo nomutanosiblik mavjudligini ko‘rish mumkin. Bu esa mintaqaviy rivojlanish siyosatini muvozanatlashtirishni taqozo etadi. Hozirgi kunda “O‘zmilliybank” AJ tomonidan ajratilayotgan kreditlarning asosiy maqsadi iqtisodiy faol subektlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishdan iborat bo‘lmoqda. Shu bilan birga, bank har bir qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini sinchiklab o‘rganadi. Ushbu jarayonda eng muhim vositalardan biri garov ta’minoti hisobga olinadi. Garov kreditni o‘z vaqtida qaytarmaslik xavfi yuzaga kelganda bankning moliyaviy zararini kamaytirishga xizmat qiladigan mol-mulk yoki aktiv bo‘lib qo‘llaniladi. “O‘zmilliybank” AJda garov ta’minotini shakllantirishning ustunliklari quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi: - kredit olish imkoniyatining ortishi. Garov mavjudligi kredit oluvchining bank oldidagi ishonchliligini oshiradi. Garov ta’minoti bo‘lgan mijozlar bankdan yuqori miqdordagi kreditni olish imkoniga ega bo‘ladi. Ayniqsa, yirik loyihalar yoki investitsiyalarni moliyalashtirishda bu juda muhim omildir. - past foiz stavkasi. Garov orqali ta’minlangan kreditlar odatda pastroq foiz stavkasi bilan beriladi, chunki bank uchun bunday kreditlar kamroq xavf tug‘diradi. Bu esa qarz oluvchining umumiy xarajatlarini kamaytiradi.

- bank uchun xavfsizlik mexanizmi. Garov mavjud bo‘lgan holatlarda bank kreditni qaytarish borasida o‘zini ancha ishonchli his qiladi. Agar mijoz kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, bank garovni sotish orqali zararni qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladi. - moliya intizomini oshiradi. Qarz oluvchi o‘z mulki garovda bo‘lganidan keyin kredit majburiyatlariga mas’uliyat bilan yondashadi. Bu esa o‘z navbatida, to‘lov intizomi va kredit madaniyatining shakllanishiga xizmat qiladi. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJda garov ta’minotining kamchiliklari esa quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi: - barcha mijozlar uchun teng imkoniyat emas. Garov ta’minotini talab qilish ba’zida yosh tadbirkorlar, kichik biznes egalari yoki mulki yo‘q fuqarolar uchun kredit olish imkoniyatini cheklaydi. Bu esa moliyaviy tengsizlikka olib keladi. - garovni baholashdagi qiyinchiliklar. Garov sifatida taqdim etilayotgan mulkning bozordagi haqiqiy qiymatini aniqlash oson emas. Ko‘p hollarda banklar garov bahosini ehtiyotkorlik bilan pastroq belgilaydi, bu esa beriladigan kredit miqdorining kamayishiga olib keladi. - mulkni yo‘qotish xavfi. Agar qarzdor kreditni to‘lamasa, bank garovga qo‘yilgan mol-mulkni musodara qilishi mumkin. Bu esa mijozlar uchun salbiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib keladi, ayniqsa, garov yagona uy-joy yoki asosiy daromad manbai bo‘lsa. - yuridik va ma'muriy murakkabliklar. Garov bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash, notarial tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va sud orqali mulkni undirib olish jarayonlari ko‘p vaqt va xarajat talab qiladi. Bu jarayon ayrim hollarda kredit olish jarayonini sekinlashtiradi. Fikrimizcha, “O‘zmilliybank” AJ, boshqa banklar singari, kreditlashda turli garov turini qabul qiladi. Bu borada “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilikni oshirishda garov ta’minotini shakllantirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - kredit oluvchining moliyaviy holati va loyiha tahlili bilan birga, potensial garov obyektlarini batafsil o‘rganish; - mulkning huquqiy tozaligi va likvidligini ta’minlash; - garov qiymatining kredit summasidan yuqori bo‘lishini ta’minlash; - huquqiy jihatdan mustahkam tan olinadigan garov shartnomalarini tuzish; - muntazam monitoring orqali garovning qiymati va holatini nazoratda saqlash. Mazkur jarayonlar bankning kredit portfelini barqarorlashtirish va mijozlarga ishonchli kreditlash shartlarini taqdim etishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun zamonaviy bank tizimida alternativ ta’minot shakllari (kafillik, sug‘urta, kredit tarixining bahosi, biznes-reja asosida qaror qabul qilish) kabilardan ham kengroq foydalanish, moliyaviy inklyuzivlikni ta’minlash hamda barcha qatlamlar uchun teng moliyaviy imkoniyatlar yaratish muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, garov ta’minoti bank va qarz oluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. U kreditga layoqatlilik darajasini oshiradi, bank xavfini kamaytiradi va kredit mablag‘ining to‘g‘ri qaytishini ta’minlaydi. Biroq, garov talab qilinishi ba’zi holatlarda kredit olish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Shuningdek, baholashdagi aniqlik, yuridik xarajatlar va mulkni yo‘qotish xavfi ham ushbu tizimning salbiy jihatlari sirasiga kiradi. Shundan kelib chiqib, “O‘zmilliybank” AJda kreditga layoqatlilikni oshirishda garov ta’minotini samarali shakllantirish bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, kredit xavflarini kamaytirish va mijozlar bilan uzoq muddatli ishonchli hamkorlik o‘rnatishning muhim omillaridan biridir. Ushbu yo‘nalishdagi islohotlar va takomillashtirish choralari bankning kredit siyosatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 22-апрелdagi “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ- 1060-son Qonuni. Manba: https://lex.uz/docs/-7488160 2. Abdikarimova D.R. Bank kreditlari garov ta’minotini baholashda xorijiy amaliyotning ayrim jihatlari. // “Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tezislari to‘plami, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi. – T., 2023. - 2 b. 3. Taylaqova Z.A. Bank kreditlari garov ta’minotini baholashni takomillashtirish yo‘llari. // Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, Volume1, Issue1, 2021, February. - 85 b.

4. Ўзбекистон Республикаси "Ташки иқтисодий алоқалар миллий банки" акциядорлик жамиятининг Кредит сиёсатига 1-илова.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 22-апрелdagi “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston
  2. Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-
  3. 1060-son Qonuni. Manba: https://lex.uz/docs/-7488160
  4. Abdikarimova D.R. Bank kreditlari garov ta’minotini baholashda xorijiy amaliyotning ayrim jihatlari. //
  5. “Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tezislari to‘plami, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi. – T., 2023. - 2 b.
  6. Taylaqova Z.A. Bank kreditlari garov ta’minotini baholashni takomillashtirish yo‘llari. // Oriental
  7. Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, Volume1, Issue1, 2021, February. - 85
  8. Ўзбекистон Республикаси "Ташки иқтисодий алоқалар миллий банки" акциядорлик жамиятининг
  9. Кредит сиёсатига 1-илова.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011333
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/333
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
285–289
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25