Asosiy mazmunga o‘tish

RAQAMLI TA‘LIM MUHITIDA O‘QITISHNING YANGI PARADIGMALARI

Erkinova Rushana Farhod kizi1, Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi22025

  1. 1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
  2. 2Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 280–283

Annotatsiya

Mazkur ishda raqamli ta‘lim muhitida shakllanayotgan o‘qitishning yangiparadigmalarining mazmun-mohiyati va ularning zamonaviy ta‘lim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Raqamlitexnologiyalar asosida ta‘lim jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro interaktivmunosabatlarini yangi bosqichga ko‘taradi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan, gibrid, masofaviy,hamkorlikda o‘qitish hamda ma‘lumotga asoslangan ta‘lim kabi paradigmalar tahlil qilinib, ularningafzalliklari hamda amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Raqamli muhitda o‘qituvchi fasilitator, talaba esafaol sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Ish natijasida raqamli ta‘limning yangi yondashuvlari ta‘lim sifativa samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaНОВЫЕ ПАРАДИГМЫ ОБУЧЕНИЯ В ЦИФРОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

В данной работе освещается сущность новых педагогических парадигм, возникающих в цифровой среде обучения, и их роль в современной системе образования. Организация образовательного процесса на основе цифровых технологий поднимает интерактивные отношения между учителем и учеником на новый уровень. В исследовании анализируются такие парадигмы, как личностно-ориентированное, гибридное, дистанционное, совместное обучение и информационно-ориентированное обучение, и обосновываются их преимущества и практическое значение. В цифровой среде учитель выступает в роли фасилитатора, а ученик — активного субъекта. В результате работы показано, что новые подходы к цифровому образованию способствуют повышению качества и эффективности обучения, а также развитию самостоятельного мышления и креативности у учащихся.

inglizchaNEW PARADIGMS OF LEARNING IN DIGITAL EDUCATIONAL ENVIRONMENTS

This work highlights the essence of new teaching paradigms emerging in the digital learning environment and their role in the modern education system. The organization of the educational process based on digital technologies raises the interactive relationship between the teacher and the student to a new level. The study analyzes paradigms such as person-centered, hybrid, distance, collaborative learning, and information-based learning, and substantiates their advantages and practical significance. In the digital environment, the teacher is a facilitator, and the student is an active subject. As a result of the work, it is shown that new approaches to digital education serve to improve the quality and efficiency of education, and to develop independent thinking and creativity in students.

Kalit so‘zlar

  • Raqamli ta‘lim muhiti
  • raqamli pedagogika
  • masofaviy ta‘lim
  • aralash ta‘lim
  • sun‘iy intellekt
  • o‘quv platformalari
  • virtual sinf
  • raqamli kompetensiya
  • interaktiv ta‘lim texnologiyalari
  • gamifikatsiya
  • media savodxonlik
  • ma‘lumotlar tahlili
  • individual o‘quv yo‘nalishi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

RAQAMLI TAʼLIM MUHITIDA O‘QITISHNING YANGI PARADIGMALARI

Erkinova Rushana Farhod qizi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi ORCID ID: https://orcid.org/0009-0006-4669-0483 jamoldinova.cspu@gmail.com, [telefon raqami yashirilgan] Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Annotasiya: Mazkur ishda raqamli taʼlim muhitida shakllanayotgan o‘qitishning yangi paradigmalarining mazmun-mohiyati va ularning zamonaviy taʼlim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Raqamli texnologiyalar asosida taʼlim jarayonini tashkil etish, o‘qituvchi va talabaning o‘zaro interaktiv munosabatlarini yangi bosqichga ko‘taradi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan, gibrid, masofaviy, hamkorlikda o‘qitish hamda maʼlumotga asoslangan taʼlim kabi paradigmalar tahlil qilinib, ularning afzalliklari hamda amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Raqamli muhitda o‘qituvchi fasilitator, talaba esa faol subʼekt sifatida namoyon bo‘ladi. Ish natijasida raqamli taʼlimning yangi yondashuvlari taʼlim sifati va samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Raqamli taʼlim muhiti, raqamli pedagogika, masofaviy taʼlim, aralash taʼlim, sunʼiy intellekt, o‘quv platformalari, virtual sinf, raqamli kompetensiya, interaktiv taʼlim texnologiyalari, gamifikatsiya, media savodxonlik, maʼlumotlar tahlili, individual o‘quv yo‘nalishi. NEW PARADIGMS OF LEARNING IN DIGITAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT

Erkinova Rushana Farhod qizi Chirchik State Pedagogical University 4th year student of Pedagogy Scientific supervisor: Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi ORCID ID: https://orcid.org/0009-0006-4669-0483 jamoldinova.cspu@gmail.com, [telefon raqami yashirilgan] Chirchik State Pedagogical University Teacher of the Department of Pedagogy

Abstract: This work highlights the essence of new paradigms of teaching that are emerging in the digital learning environment and their role in the modern education system. The organization of the educational process based on digital technologies raises the interactive relationship between the teacher and the student to a new level. The study analyzes paradigms such as person-centered, hybrid, distance, collaborative learning, and information-based learning, and substantiates their advantages and practical significance. In the digital environment, the teacher is a facilitator, and the student is an active subject. As a result of the work, it is shown that new approaches to digital education serve to improve the quality and efficiency of education, develop independent thinking and creativity in students. Keywords: Digital learning environment, digital pedagogy, distance learning, blended learning, artificial intelligence, learning platforms, virtual classroom, digital competence, interactive educational technologies, gamification, media literacy, data analytics, individual learning path.

НОВЫЕ ПАРАДИГМЫ ОБУЧЕНИЯ В ЦИФРОВОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ СРЕДЕ

Эркинова Рушана Фарход кызы Чирчикский государственный педагогический университет Студентка 4 курса факультета педагогики Научный руководитель: Джамолдинова Сайёра Нодирбек кызы ORCID: https://orcid.org/0009-0006-4669-0483 jamoldinova.cspu@gmail.com, [telefon raqami yashirilgan] Чирчикский государственный педагогический университет Преподаватель кафедры педагогики

Аннотация: В данной работе рассматривается сущность новых парадигм обучения, возникающих в цифровой среде, и их роль в современной системе образования. Организация образовательного процесса на основе цифровых технологий выводит интерактивные отношения между преподавателем и студентом на новый уровень. В исследовании анализируются такие парадигмы, как личностно-ориентированное, гибридное, дистанционное, совместное обучение и информационно-ориентированное обучение, обосновываются их преимущества и практическая значимость. В цифровой среде преподаватель выступает в роли организатора, а студент – активного субъекта. В результате работы показано, что новые подходы к цифровому образованию способствуют повышению качества и эффективности образования, развитию Ключевые слова: Цифровая образовательная среда, цифровая педагогика, дистанционное обучение, смешанное обучение, искусственный интеллект, образовательные платформы, виртуальный класс, цифровые компетенции, интерактивные образовательные технологии, геймификация, медиаграмотность, аналитика данных, индивидуальная траектория обучения. Ключевые слова: Цифровая образовательная среда, цифровая педагогика, дистанционное обучение, смешанное обучение, искусственный интеллект, образовательные платформы, виртуальный класс, цифровые компетенции, интерактивные образовательные технологии, геймификация, медиаграмотность, аналитика данных, индивидуальная траектория обучения.

Bugungi kunda taʼlim tizimi raqamli texnologiyalar asosida jadal rivojlanmoqda. O‘qitish jarayonida raqamli muhitdan foydalanish o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish, ijodiy fikrlash va yangilikka intilish imkonini bermoqda. Raqamli taʼlim muhiti anʼanaviy o‘qitish uslublarini o‘zgartirib, yangi paradigmalarning shakllanishiga sabab bo‘ldi,tizimida raqamli texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari, internet tarmog‘i va onlayn platformalar orqali taʼlim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli taʼlim muhiti o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, o‘qitish jarayonida zamonaviy yondashuvlarni shakllantirmoqda. Shu sababli, bugungi kunda o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish, o‘quvchilarda esa mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim masalaga aylangan. Raqamli taʼlim muhiti o‘qitish jarayonini yanada samarali va qulay qilishga xizmat qiladi. Masalan, onlayn darslar, videolektsiyalar, elektron testlar va virtual laboratoriyalar orqali o‘quvchilar istalgan joyda va vaqtda bilim olish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa taʼlimda shaxsiy yondashuvni kuchaytiradi, chunki har bir talaba o‘z tezligi va qiziqishiga mos tarzda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘qituvchilar endi faqat maʼlumot yetkazuvchi emas, balki yo‘naltiruvchi va tahlilchi sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Ular sunʼiy intellekt, interaktiv platformalar va multimedia vositalaridan foydalanib, dars jarayonini jonlantirmoqdalar. Masalan, virtual tur, animatsiyalar, taqdimotlar yoki onlayn testlar orqali mavzularni osonroq tushuntirish mumkin bo‘lmoqda. Shuningdek, raqamli taʼlim tizimida teskari aloqa juda muhim: o‘qituvchi o‘quvchining natijasini tezkor ko‘rish va baholash imkoniga ega bo‘ladi. Biroq, raqamli taʼlim muhitining samarali ishlashi uchun muayyan shart-sharoitlar zarur. Texnik vositalarning yetarli bo‘lishi, barqaror internet, hamda o‘quvchilarning raqamli savodxonligi bunga asos bo‘ladi. Ayrim hollarda texnik imkoniyatlarning cheklanganligi yoki o‘quvchilarning kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tajribasining kamligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Shu bois, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish bugungi taʼlim tizimining dolzarb vazifasidir. Raqamli taʼlim shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashiga ham imkon yaratadi. Ular onlayn kurslarda qatnashib, yangi metodikalarni o‘rganib, tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa taʼlim sifatini oshirish bilan birga, o‘qituvchining kasbiy o‘sishini ham taʼminlaydi.Raqamli taʼlim muhiti bugungi taʼlim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. U o‘qitish jarayonini soddalashtiradi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda bilim olish jarayonini qiziqarli qiladi. Kelajakda taʼlimni raqamlashtirish orqali o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yanada samarali aloqa o‘rnatish, o‘quv dasturlarini individual tarzda takomillashtirish imkoniyatlari kengayadi. Shu sababli, har bir pedagog zamonaviy texnologiyalarni o‘z faoliyatiga to‘g‘ri qo‘llay olishi, ularni taʼlim jarayoniga tatbiq eta bilishi zarurdir. Raqamli taʼlim muhiti — bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni elektron vositalar, internet va dasturiy platformalar orqali tashkil etish tizimidir. Masalan, Google Classroom, Moodle, Edmodo kabi platformalar o‘qitish jarayonini soddalashtirib, uni zamonaviylashtirmoqda. Raqamli taʼlimda o‘qitishning yangi paradigmalari quyidagilarga asoslanadi: - Konstruktivizm – o‘quvchi bilimni o‘zi yaratadi, o‘qituvchi esa yo‘naltiruvchi rolida bo‘ladi; - Konnektivizm – bilim tarmoqlar orqali almashiladi, yaʼni o‘rganish jamoaviy shaklda kechadi; - Personalizatsiya – har bir talaba uchun individual o‘quv yo‘nalishi yaratiladi; - Kolaborativ o‘rganish – o‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda loyihalar ustida ishlaydi. Raqamli texnologiyalar o‘qituvchiga o‘quvchilar faoliyatini kuzatish, natijalarni tahlil qilish va taʼlim jarayonini samarali tashkil etish imkonini beradi. Sunʼiy intellekt yordamida o‘quvchilar bilim darajasi tahlil qilinadi, individual topshiriqlar taklif etiladi. Shuningdek, virtual va kengaytirilgan haqiqat (VR/AR) texnologiyalari darslarni yanada qiziqarli qiladi. Raqamli taʼlimning afzalliklari — taʼlimning qulayligi, moslashuvchanligi, o‘quvchilar mustaqil o‘rganish imkoniyatining kengayishidir. Biroq, bu tizimda muammolar ham mavjud: internet infratuzilmasining yetarli emasligi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi pastligi va ayrim o‘quvchilarning motivatsiyasining kamayishi. Raqamli taʼlimning rivojlanishi natijasida o‘qitishning quyidagi yangi paradigmalari shakllanmoqda: 1. Shaxsga yo‘naltirilgan raqamli taʼlim paradigmasi – Har bir talabaning individual ehtiyojlari, bilim darajasi va o‘rganish uslubiga moslashtirilgan o‘qitish tizimi. – Sun’iy intellekt yordamida o‘quv jarayonining moslashuvchanligi ta’minlanadi. 2. Aralash (blended) va gibrid taʼlim paradigmasi – An’anaviy auditoriya mashg‘ulotlari bilan onlayn darslarning integratsiyasi. – Talaba o‘ziga qulay vaqt va joyda bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 3. Masofaviy va mobil o‘qitish paradigmasi – Internet, smartfon va planshetlar yordamida o‘qish imkoniyati kengayadi. – Moodle, Coursera, Google Classroom, Edmodo kabi platformalar keng qo‘llanilmoqda. 4. Hamkorlikda o‘qitish (collaborative learning) – O‘quvchilar virtual muhitda jamoa bo‘lib ishlaydi, fikr almashadi, birgalikda loyiha yaratadi. – Bu yondashuv ijtimoiy o‘rganish nazariyasiga asoslanadi. 5. Maʼlumotga asoslangan (data-driven) o‘qitish paradigmasi – O‘quvchilarning faoliyati raqamli platformalarda kuzatilib, tahlil qilinadi. – O‘qituvchi o‘quv ma’lumotlari (learning analytics) orqali individual yondashuvni belgilaydi.

Raqamli taʼlim muhiti — bu o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani raqamli vositalar, onlayn platformalar va axborot texnologiyalari orqali amalga oshiruvchi tizimdir. U quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: o o‘qitishning vaqt va makondan mustaqilligi; o o‘quv resurslariga tezkor kirish; o o‘quvchilarning o‘zini o‘zi boshqarish va mustaqil o‘rganish imkoniyati; o taʼlim jarayonida shaxsiylashtirilgan yondashuvni joriy etish. Raqamli taʼlim muhitida o‘qitishning yangi paradigmalarini joriy etish taʼlim tizimida innovatsion o‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu paradigma o‘quvchi shaxsining faolligini, ijodkorligini va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga, o‘qituvchining esa metodik va texnologik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Kelajak taʼlimi — bu raqamli, moslashuvchan, shaxsga yo‘naltirilgan va hamkorlikka asoslangan taʼlimdir. Xulosa qilib aytganda: raqamli taʼlim muhitida o‘qitishning yangi paradigmalari o‘qituvchining rolini o‘zgartirib, uni bilim beruvchi emas, balki yo‘naltiruvchi va tahlilchi sifatida namoyon qiladi. Bunday yondashuv taʼlim jarayonini yanada samarali, interaktiv va shaxsga yo‘naltirilgan qiladi. Kelajakda raqamli kompetensiyaga ega bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar taʼlim sifatini oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
  2. To‘xtayeva D. Raqamli taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU, 2023.
  3. UNESCO. Digital Learning Report 2024. – Paris, 2024.
  4. Xolmatova N. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022.
  5. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim portal.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-sentabrdagi PQ–4805-sonli qarori “Raqamli taʼlim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
  7. Xodjayev, A. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va taʼlimda innovatsiyalar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
  8. Jamoldinova,S.N.(2024). Oliy ta’lim talabalarida konfliktologik kompetensiyani shakllantirish va uni rivojlantirish mexanizmlari. “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muammolari va istiqbollari” Ilmiy-amaliy konferensiya, 1(1),116-123.
  9. Jamoldinova,S.N, Temirova,U.I. (2024). Talabalar konfliktologik madaniyatini rivojlantirish ijtimoiy- pedagogik muammo sifatida. “Ta’lim tizimini takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman,1(1),957-962.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011331
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/331
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
280–283
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25