Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI

Akhmedova Aziza Alisher kizi, Rustamov Azizjon Hassan oglu, Tagaymuradov Bekhruz Sherkhan ogluO‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 289–291

Annotatsiya

O‘zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi siyosati davlat va jamiyat hayotidaaxborot resurslarini himoya qilish, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va kiberxavfsizlikni ta‘minlashgaqaratilgan strategik yo‘nalishdir. Bu siyosat axborot texnologiyalari sohasida milliy manfaatlarni himoyaqilish, davlat sirlarini asrash, shaxsiy ma‘lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik sohasida xalqarohamkorlikni rivojlantirishga asoslangan.

Boshqa tillarda

ruschaПОЛИТИКА ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Политика информационной безопасности Республики Узбекистан является стратегическим направлением, направленным на защиту информационных ресурсов в жизни государства и общества, укрепление цифровой инфраструктуры и обеспечение кибербезопасности. Эта политика основана на защите национальных интересов в сфере информационных технологий, охране государственной тайны, защите персональных данных и развитии международного сотрудничества в области кибербезопасности.

inglizchaINFORMATION SECURITY POLICY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The information security policy of the Republic of Uzbekistan is a strategic direction aimed at protecting information resources in the life of the state and society, strengthening digital infrastructure, and ensuring cybersecurity. This policy is based on protecting national interests in the field of information technologies, safeguarding state secrets, protecting personal data, and developing international cooperation in the field of cybersecurity.

Kalit so‘zlar

  • axborot xavfsizligi
  • kiberxavfsizlik
  • raqamli infratuzilma
  • davlat sirlarini himoya qilish
  • shaxsiy ma‘lumotlar
  • milliy manfaatlar
  • O‘zbekiston Respublikasi
  • prezident
  • axborot siyosati
  • raqamli transformatsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

4. Ўзбекистон Республикаси "Ташки иқтисодий алоқалар миллий банки" акциядорлик жамиятининг Кредит сиёсатига 1-илова.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI

Lapasova Sarvinoz O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabalari e-mail:sarvinozlapasova11@gmail.com Abdusaidova Muxlisa e-mail:muxlisaabdusaidova9@gmail.com

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi siyosati davlat va jamiyat hayotida axborot resurslarini himoya qilish, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va kiberxavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan strategik yo'nalishdir. Bu siyosat axborot texnologiyalari sohasida milliy manfaatlarni himoya qilish, davlat sirlarini asrash, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga asoslangan. Kalit so'zlar: axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, raqamli infratuzilma, davlat sirlarini himoya qilish, shaxsiy ma'lumotlar, milliy manfaatlar, O'zbekiston Respublikasi, prezident, axborot siyosati, raqamli transformatsiya.

ПОЛИТИКА ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. Политика информационной безопасности Республики Узбекистан является стратегическим направлением, направленным на защиту информационных ресурсов в жизнедеятельности государства и общества, укрепление цифровой инфраструктуры и обеспечение кибербезопасности. В основе этой политики лежат защита национальных интересов в сфере информационных технологий, обеспечение государственной тайны, защита персональных данных и развитие международного сотрудничества в области кибербезопасности. Ключевые слова: информационная безопасность, кибербезопасность, цифровая инфраструктура, защита государственных секретов, персональные данные, национальные интересы, Республика Узбекистан, президент, информационная политика, цифровая трансформация

INFORMATION SECURITY POLICY IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Annotation. The information security policy of the Republic of Uzbekistan is a strategic direction aimed at protecting information resources in the life of the state and society, strengthening digital infrastructure, and ensuring cybersecurity. This policy is based on protecting national interests in the field of information technologies, safeguarding state secrets, protecting personal data, and developing international cooperation in the field of cybersecurity. Keywords: information security, cybersecurity, digital infrastructure, protection of state secrets, personal data, national interests, Republic of Uzbekistan, president, information policy, digital transformation.

Axborot xavfsizligi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek:"Axborot xavfsizligini ta’minlash mamlakat suverenitetining asosi va zamonaviy davlat boshqaruvining ajralmas qismidir’’.Shu sababli, davlat axborot tizimlarini himoyalash maxsus qonun va chora-tadbirlar bilan tartibga solinayotir.Shavkat Mirziyoyevning so'zlariga koʻra:"Davlatimiz mustaqilligining mustahkam poydevori sifatida axborot xavfsizligini ta’minlash, milliy iqtisodiyotimizni, jamiyatimizni zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali himoya qilish eng dolzarb vazifalardan biri." Globallashuv jarayonida axborot texnologiyalari har bir sohada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, internet xizmatlari va raqamli kommunikatsiyalar inson faoliyatining barcha jabhalariga kirib bormoqda. Shu bilan birga,axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish, ma’lumotlarni o‘g‘irlash va kiberhujumlar kabi xavf-xatarlar ham ortib bormoqda. Shu sababli axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi O‘zbekiston Respublikasida milliy xavfsizlik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi

Axborot xavfsizligi — bu axborotning butligi, maxfiyligi va mavjudligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. Zamonaviy axborot tizimlari jadal rivojlanib borayotgan bir davrda bu sohada xavfsizlikni ta’minlash davlat va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda axborot xavfsizligi siyosati mustahkam huquqiy asosga ega. Quyidagi qonun va hujjatlar bu borada muhim ahamiyat kasb etadi: Axborot xavfsizligi siyosatining asosiy yo'nalishlari 1. Milliy qonunchilik va normativ-huquqiy baza O'zbekistonda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun qator qonun va farmonlar qabul qilingan, jumladan: - "Axborot xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonun - Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonuni - Kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hukumat qarorlari. Bu hujjatlar davlat organlari, korxonalar va fuqarolarning axborot xavfsizligi majburiyatlarini belgilaydi va himoya choralarini tartibga soladi. 2. Raqamli infratuzilmani himoya qilish Raqamli texnologiyalarning keng jalb qilinishi bilan bog‘liq ravishda, davlat axborot tizimlari, telekommunikatsiya va moliyaviy soha tizimlari xavfsizligini oshirish uchun ilg‘or kriptografik vositalar, xavfsizlik devorlari, monitoring tizimlari joriy etilmoqda. 3. Kiberxavfsizlikga qaratilgan chora-tadbirlar Kiberhujumlar, kiberjinoyatlar sonining ortishi tufayli maxsus kiberxavfsizlik markazlari tashkil etilgan, xodimlar kiberxavfsizlik sohasida muntazam malaka oshirishadi. Kiberxavf-xatarlarni aniqlash, oldini olish va zararni kamaytirish uchun chet elning ilg‘or texnologiyalari va tajribasi o‘zlashtirilmoqda. 4. Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. Internetda ma’lumotlarni noqonuniy olish va tarqatishga qarshi dasturiy hamda huquqiy choralar kuchaytirilmoqda. 5. Xalqaro hamkorlik O'zbekiston kiberxavfsizlik sohasida xalqaro standartlar va tajribalarni qabul qilib, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Bu mamlakatni global raqamli maydonda himoya qilish va axborot almashinuvida ishonchlilikni oshirishga yordam beradi. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki O‘zbekiston Respublikasida axborot xavfsizligini ta’minlash milliy siyosatning ajralmas qismiga aylangan. Qabul qilingan qonunlar, davlat dasturlari va xalqaro hamkorlik axborot muhitining barqarorligi va ishonchliligini ta’minlamoqda. Axborot xavfsizligi nafaqat texnik, balki ijtimoiy va madaniy masala hamdir.Har bir fuqaro axborotdan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan yondashishi, o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishga mas’ul bo‘lishi kerak.O'zbekiston axborot xavfsizligini ta'minlash sohasida keng qamrovli siyosat yuritmoqda, bu raqamli davrda milliy manfaatlarni himoya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va kiberxavflarga qarshi samarali kurashning ustuvor yo‘nalishidir. Siyosat samaradorligini oshirish uchun qonunchilikni doimiy takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari (2020–2024 yillar), rasmiy veb-sayt
  2. "Axborot xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar to‘plami, 2019 yil
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kiberxavfsizlik bo‘yicha qarorlari, 2021 yil
  4. "Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlar to‘plami, 2020 yil
  5. Xalqaro kiberxavfsizlik standartlari va amaliyotlari, ISO/IEC 27001, 2022 yil
  6. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisobotlari, 2023 yil
  7. Shavkat Mirziyoyevning rasmiy nutqlari va intervyulari, Milliy axborot agentliklari, 2021–2024 yillar Sayyora Faxriddinovna: Маманова С. Методика развития речевой компетентности у студентов профессионально- технических учебных заведений //Информатика и инженерные технологии. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 417-420.
  8. Mamanova S. “Bo‘lajak o‘qituvchilar nutqini takomillashtiruvchi muhim vositalar” Zamonaviy sharoitda oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashning innovatsion yo‘nalishlari: muammo va yeсhimlar respublika ilmiy-nazariy anjumani-2024-y Ashurova S., Mamanova S. WAYS TO DEVELOP SPEAKING ACTIVITY OF VOCATIONAL SCHOOL STUDENTS //Zamonaviy ilmiy-texnik tadqiqotlar. – 2023. Т. 1. – №. 1. – С. 71-78.
  9. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
  10. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011334
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/334
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
289–291
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25