Asosiy mazmunga o‘tish

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA MILLIY MADANIYATNI SAQLASH MUAMMOLARI

Ochilova Khursanoy Makhmud kizi1, Rustamova Shaydo Farhod kizi2, Mominova Zahro Jamoliddin kizi32025

  1. 1Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, Umumiy pedagogika kafedrasi (PhD) dotsent
  2. 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti https://ror.org/01nzrgp81
  3. 3Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Turizm fakulteti 2-kurs talabalari

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 233–236

Annotatsiya

Globalizatsiya sharoitida milliy madaniyatni saqlash muammolari, zamonaviyjamiyatlar uchun dolzarb masalalardan biridir. Ushbu jarayon, turli xalqlar va madaniyatlarning bir-birigayaqinlashishi, axborot va texnologiyalar almashinuvi orqali global miqyosda o‘zaro ta‘sirni kuchaytiradi.Biroq, bunday integratsiya jarayonlari milliy madaniyatlarning yo‘qolishi yoki o‘ziga xos xususiyatlariniyo‘qotishiga olib kelishi mumkin. Maqolada, globalizatsiyaning milliy madaniyatga ta‘siri, uning ijobiy vasalbiy tomonlari, shuningdek, madaniy merosni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozimbo‘lgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Milliy identitetni saqlash, mahalliy an‘analarni rivojlantirish va yoshavlodni milliy madaniyatga bog‘lash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, globalizatsiya jarayonidamadaniy xilma-xillikni ta‘minlash va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun xalqaro hamkorlikningahamiyati ta‘kidlanadi

Boshqa tillarda

ruschaПРОБЛЕМЫ СОХРАНЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ

Проблемы сохранения национальной культуры в контексте глобализации являются одними из наиболее актуальных вопросов для современных обществ. Этот процесс сближает различные народы и культуры, усиливая их взаимодействие в глобальном масштабе посредством обмена информацией и технологиями. Однако такие интеграционные процессы могут привести к исчезновению национальных культур или утрате их самобытных черт. В статье рассматривается влияние глобализации на национальную культуру, его положительные и отрицательные аспекты, а также стратегии, которые следует реализовать для сохранения и развития культурного наследия. Обсуждаются вопросы сохранения национальной идентичности, развития местных традиций и вовлечения молодого поколения в национальную культуру. Также подчеркивается важность международного сотрудничества в обеспечении культурного многообразия и укреплении культурных связей в процессе глобализации.

inglizchaPROBLEMS OF PRESERVING NATIONAL CULTURE IN THE CONDITIONS OF GLOBALIZATION

The problems of preserving national culture in the context of globalization are one of the most urgent issues for modern societies. This process brings different peoples and cultures closer together, increasing their interaction on a global scale through the exchange of information and technology. However, such integration processes can lead to the disappearance of national cultures or the loss of their distinctive features. The article examines the impact of globalization on national culture, its positive and negative aspects, as well as strategies that should be implemented to preserve and develop cultural heritage. The issues of preserving national identity, developing local traditions, and connecting the younger generation to national culture are discussed. The importance of international cooperation in ensuring cultural diversity and strengthening cultural ties in the process of globalization is also emphasized.

Kalit so‘zlar

  • Globalizatsiya
  • milliy madaniyat
  • madaniy xilma-xillik
  • madaniy meros
  • an‘analar
  • axborot almashinuvi
  • madaniy a‘loqalar
  • madaniy ta‘sir
  • global miqyos
  • jamiyat
  • milliy qadriyatlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA MILLIY MADANIYATNI SAQLASH MUAMMOLARI

Ilmiy rahbar: Ochilova Xursanoy Maxmud qizi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti, Umumiy pedagogika kafedrasi (PhD) dotsent Rustamova Shaydo Farhod qizi E-mail: rustamovashaydo506@gmail.com Mo`minova Zahro Jamoliddin qizi E-mail: mzahro341@gmail.com Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Turizm fakulteti 2-kurs talabalari

Annotatsiya: Globalizatsiya sharoitida milliy madaniyatni saqlash muammolari, zamonaviy jamiyatlar uchun dolzarb masalalardan biridir. Ushbu jarayon, turli xalqlar va madaniyatlarning bir-biriga yaqinlashishi, axborot va texnologiyalar almashinuvi orqali global miqyosda o'zaro ta'sirni kuchaytiradi. Biroq, bunday integratsiya jarayonlari milliy madaniyatlarning yo'qolishi yoki o'ziga xos xususiyatlarini yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Maqolada, globalizatsiyaning milliy madaniyatga ta'siri, uning ijobiy va salbiy tomonlari, shuningdek, madaniy merosni saqlash va rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan strategiyalar ko'rib chiqiladi. Milliy identitetni saqlash, mahalliy an'analarni rivojlantirish va yosh avlodni milliy madaniyatga bog'lash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, globalizatsiya jarayonida madaniy xilma-xillikni ta'minlash va madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun xalqaro hamkorlikning ahamiyati ta'kidlanadi. Kalit so`zlar: Globalizatsiya, milliy madaniyat, madaniy xilma-xillik, madaniy meros, an`analar, axborot almashinuvi, madaniy a`loqalar, madaniy ta`sir, global miqyos, jamiyat, milliy qadriyatlar.

GLOBALIZATION AND THE PROBLEMS OF PRESERVING NATIONAL CULTURE

Scientific Supervisor: Ochilova Xursanoy Maxmud qizi Associate Professor, Chirchiq State Pedagogical University, PhD, Associate Professor, Department of General Pedagogy Rustamova Shaydo Farhod qizi E-mail: rustamovashaydo506@gmail.com Mo`minova Zahro Jamoliddin qizi E-mail: mzahro341@gmail.com 2nd Year Students, Faculty of Tourism, Chirchiq State Pedagogical University

Abstract: The problems of preserving national culture in the context of globalization are one of the pressing issues for modern societies. This process enhances the interaction between different peoples and cultures through the exchange of information and technologies on a global scale. However, such integration processes can lead to the loss of national cultures or the erosion of their unique characteristics. This article examines the impact of globalization on national culture, its positive and negative aspects, as well as the strategies that need to be implemented to preserve and develop cultural heritage. Issues related to maintaining national identity, promoting local traditions, and connecting the younger generation to national culture are discussed. Furthermore, the importance of international cooperation in ensuring cultural diversity and strengthening cultural ties during the globalization process is emphasized. Keywords: Globalization, national culture, cultural diversity, cultural heritage, traditions, information exchange, cultural ties, cultural influence, global scale, society, national values.

ГЛОБАЛИЗАЦИЯ И ПРОБЛЕМЫ СОХРАНЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ

Научный руководитель: Очилова Хурсаной Махмуд кизи Доцент Чирчикского Государственного Педагогического Университета, Доцент (PhD), кафедра общей педагогики Русамова Шайдо Фарход кизи E-mail: rustamovashaydo506@gmail.com Муминова Захро Джамолиддин кизи E-mail: mzahro341@gmail.com Студенты 2 курса Факультета Туризма Чирчикского Государственного Педагогического Университета Аннотация: Проблемы сохранения национальной культуры в условиях глобализации являются одной из актуальных задач для современных обществ. Этот процесс усиливает взаимодействие между различными народами и культурами через обмен информацией и технологиями на глобальном уровне. Однако такие интеграционные процессы могут привести к утрате национальных культур или к исчезновению их уникальных характеристик. В статье рассматривается влияние глобализации на национальную культуру, ее положительные и отрицательные стороны, а также стратегии, которые необходимо реализовать для сохранения и развития культурного наследия. Обсуждаются вопросы сохранения национальной идентичности, продвижения местных традиций и связи молодежи с национальной культурой. Кроме того, подчеркивается важность международного сотрудничества в обеспечении культурного разнообразия и укреплении культурных связей в процессе глобализации. Ключевые слова: Глобализация, национальная культура, культурное разнообразие, культурное наследие, традиции, обмен информацией, культурные связи, культурное влияние, глобальный уровень, общество, национальные ценности.

Kirish: Bugungi kunda globalizatsiya jarayoni barcha sohalarni birday qamrab olgan va bular jumlasiga madaniyat sohasi ham kiradi. Turli xalqlar va madaniyatlarning o`zaro ta`siri va shuningdek axborot va texnologiyalar almashinuvini ko`plab yangi imkoniyatlar ochmoqda va madaniyatga o`tkazayotgan ta`siri juda yuqori. Bunday integratsiya jarayonlari milliy qadriyatlarni o`ziga xos xusussiyatlarini yo`qotish xavfini tug`diradi. Milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish masalalari zamonaviy jamiyatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lib, bu jarayonda mahalliy an'analarni rivojlantirish va yosh avlodni milliy madaniyatga bog'lash muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy madaniyat nafaqat an`analar yoki kiyim-kechak emas, balki u xalqning tili, urf-odatlari, musiqasi, oshxonasi, qadriyatlari, e`tiqodlari va hatto fikrlash tarzini o`z ichiga oladi. U avloddan avlodga o`tib kelayotgan millatning ruhidir va u bizning shaxs va jamoa sifatidagi o`zligimzni shakllantiradi. Shu bois ham biz tug`ilayotgan muammolarni bartaraf etib, global o`zgarishlar bo`layotgan bir davrda qadriyatlarimizni va milliy qadriyatlarimizni saqlab qolishga harakat qilishim bu bizning burchimizdir. Globallashuvning ta'siri ostida milliy madaniyatlar yangi shakllarini topishi mumkin. Misol uchun, global muzika, moda, kino sanoati va internet platformalarida milliy madaniyatlarning o'ziga xos xususiyatlari aralashib, yangi madaniy shakllar, turli madaniy o'zgarishlar vujudga keladi. Bunday o'zgarishlar jahon madaniyatining boyishiga yordam beradi, lekin bu jarayon har bir millatning madaniy merosini saqlab qolish zaruratini ham taqozo etadi. Shuningdek, jamiyatdagi o'rni esa Globallashuv va milliy madaniyat o'rtasidagi muvozanat jamiyatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Aynan shu muvozanatni saqlash orqali biz mahalliy an'analarni va urf-odatlarni zamonaviy hayotga moslashtirish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Bu jarayon yosh avlodni milliy madaniyatga bog'lashda muhim rol o'ynaydi, chunki ular kelajakda o'z xalqining madaniy merosini davom ettirishi kerak. Mahalliy san'at va adabiyot orqali milliy identitetimizni mustahkamlash, xalqimizning boy tarixini yodda saqlashga yordam beradi. Bunday faoliyatlar nafaqat milliy g'ururni oshiradi, balki xalqaro maydonda ham o'z o'rnimizni mustahkaydigan ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada, globalizatsiya jarayonida milliy qadriyatlarimizni saqlash va rivojlantirish bizning jamiyatimizning barqarorligini ta'minlaydi. Shunday qilib, har bir fuqaro o'z madaniyatiga hurmat bilan qarab, uni kelajak avlodlarga yetkazish uchun mas'uliyat hissi bilan yashashi lozim. XXI asrda globallashuv jarayonlari butun dunyo mamlakatlari hayotiga chuqur kirib bordi. Axborot texnologiyalari, internet tarmoqlari, xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida millatlar o‘rtasidagi masofa qisqarmoqda. Biroq bu jarayon bilan bir qatorda milliy madaniyatlarni saqlab qolish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki har bir xalqning madaniyati — bu uning tarixiy xotirasi, o‘zligini ifodalovchi ma’naviy poydevoridir. Milliy madaniyat

nafaqat an’analar yoki kiyim-kechak, balki xalqning tili, urf-odatlari, qadriyatlari, e’tiqodlari, musiqasi, oshxonasi va fikrlash tarzini ham o‘z ichiga oladi. Bu madaniyat avloddan-avlodga o‘tib kelgan meros bo‘lib, millatning ruhiy birligini ta’minlaydi. Shu bois globallashuv sharoitida uni asrab-avaylash — har bir fuqaroning, har bir jamiyatning muqaddas burchidir. Globallashuv va milliy madaniyat o‘rtasidagi munosabat Globallashuv jarayonlari madaniyatlar o‘rtasida faol almashinuvni yuzaga keltiradi. Natijada milliy madaniyatlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, yangi madaniy shakllar vujudga keladi. Misol uchun, xalq musiqasi zamonaviy janrlar bilan uyg‘unlashib, yangi san’at uslublari paydo bo‘lmoqda; milliy taomlar xalqaro restoranlarda taklif qilinmoqda; milliy kiyimlar modaga aylanyapti. Bunday o‘zgarishlar jahon madaniyatining boyishiga sabab bo‘ladi. Biroq bu jarayonning salbiy tomonlari ham mavjud. Ayrim hollarda global madaniyatning ta’siri ostida kichik millatlarning o‘ziga xos madaniy qadriyatlari, urfodatlari va tillari yo‘qolish xavfi ostida qolmoqda. Ommaviy madaniyat, asosan g‘arb madaniyatining elementlari, ko‘plab yoshlarning hayot tarziga singib ketmoqda. Natijada milliy identitet, ya’ni “men kimman?” degan savolga javob susayadi. Shu sababli globallashuvni to‘liq rad etmasdan, balki undan oqilona foydalanib, milliy qadriyatlarni saqlash yo‘llarini topish muhim vazifaga aylanmoqda. Globallashuv davrida milliy madaniyatni asrab-avaylash uchun quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish zarur: 1. Ta’lim tizimi orqali madaniyatni singdirish. Maktab va oliy ta’limda milliy tarix, til, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, amaliy san’at va urf-odatlarni o‘qitish orqali yosh avlodni o‘z madaniyatiga sodiq ruhda tarbiyalash kerak. 2. Raqamli madaniyatdan samarali foydalanish. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn platformalarda milliy madaniyatni targ‘ib etuvchi kontent yaratish — zamonaviy yoshlarga milliy qadriyatlarni qiziqarli shaklda yetkazishning eng samarali yo‘lidir. 3. Madaniy merosni modernizatsiya qilish. Milliy san’at, musiqa, dizayn va moda sohasida an’anaviy unsurlarni zamonaviy shakl bilan uyg‘unlashtirish, ularni global sahnaga olib chiqish madaniyatni jonli va raqobatbardosh saqlaydi. 4. Davlat siyosati va xalqaro hamkorlik. Madaniy siyosatda milliy merosni muhofaza qilish, xalqaro miqyosda o‘z madaniyatini targ‘ib etish, UNESCO kabi tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Globallashuv jarayonida milliy madaniyatni saqlash — bu faqat o‘tmishni asrash emas, balki kelajakni qurish demakdir. Har bir millatning kuchi — uning madaniyatida, tili va qadriyatlarida. Shuning uchun jamiyatdagi har bir fuqaro o‘z madaniyatiga hurmat bilan qarab, uni asrab-avaylash, yosh avlodga yetkazish uchun mas’uliyatni his etishi zarur. Mahalliy san’at, adabiyot, teatr va kinematografiya orqali milliy identitetni mustahkamlash, xalq tarixini esda saqlashga xizmat qiladi. Bu nafaqat milliy g‘ururni oshiradi, balki xalqaro maydonda ham o‘z o‘rnini mustahkamlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda milliy madaniyatni saqlashda raqamli texnologiyalar muhim rol o‘ynamoqda. Virtual muzeylar, onlayn kutubxonalar va raqamli arxivlar orqali xalqning madaniy merosi keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar orqali milliy qadriyatlarni targ‘ib etuvchi yosh blogerlar va ijodkorlar soni ortib bormoqda. Bu esa zamonaviy yoshlarning milliy o‘zligiga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Madaniy siyosat sohasida davlat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, milliy san’at festivallari, folklor bayramlari, milliy liboslar haftaliklari — bularning barchasi xalqning o‘z madaniyatiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytiradi. Bundan tashqari, ta’lim tizimida milliy qadriyatlarni o‘rgatuvchi fanlar, tanlovlar va musobaqalar yosh avlodning milliy ongini mustahkamlaydi. Global miqyosda esa o‘z madaniyatini tanitgan mamlakatlar siyosiy va iqtisodiy sohalarda ham obro‘qozonmoqda. Shu sababli, milliy madaniyatni saqlash — bu nafaqat ma’naviy, balki strategik masaladir. Har bir millat o‘z madaniyatini asrab qolish orqali global madaniyat xilma-xilligini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zligini anglagan xalqgina dunyo miqyosida mustahkam o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish uchun zamonaviy uslublar, jumladan, raqamli o‘yinlar, animatsion filmlar va interaktiv o‘quv dasturlardan foydalanish zarur. Shu tarzda an’anaviy madaniyat zamonaviy ko‘rinish oladi va global raqobatda o‘z o‘rnini saqlab qoladi. Eng muhimi, har bir fuqaro milliy madaniyatning faqat tomoshabini emas, balki faol targ‘ibotchisiga aylanishi kerak. Xulosa: Globallashuv insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lib, u iqtisodiyot, siyosat va madaniyat sohalarida tub o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Shu bilan birga, bu jarayon milliy madaniyatlarning o‘ziga xosligini saqlab qolish muammosini ham keltirib chiqardi. Milliy madaniyat —

bu xalqning tarixiy xotirasi, tili, urf-odati, qadriyatlari va ma’naviy merosining mujassam ifodasidir. Uni asrab-avaylash — jamiyat barqarorligini, xalqning o‘zligini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biridir. Bugungi kunda har bir millat globallashuvning ijobiy tomonlaridan foydalangan holda, o‘z milliy qadriyatlarini zamonaviy hayotga moslashtirishi zarur. Raqamli texnologiyalar, ta’lim tizimi va madaniy siyosat orqali milliy madaniyatni targ‘ib etish bu yo‘lda eng samarali vositalardir. Shu bilan birga, xalqaro madaniy hamkorlik jarayonida o‘z madaniyatini himoya qilish, uni jahon maydonida tanitish ham muhim ahamiyatga ega. Xulosa qilib aytganda, globallashuvni to‘xtatish emas, balki uni to‘g‘ri yo‘naltirish, milliy manfaatlar va qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish — bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Har bir fuqaro o‘z madaniyatiga hurmat bilan qarasa, uni kelajak avlodlarga yetkazish uchun mas’uliyatni his etsa, biz milliy o‘zligimizni yo‘qotmay, aksincha, uni boyitgan holda global dunyoda munosib o‘ringa ega bo‘lamiz.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. M, Globallashuv jarayonida milliy qadriyatning saqlanishi Journal of Bridging the gap: Education and science for a sustainable future, (2025)
  2. Abduraxmonova S, Fayziyev Ch, Globallashuv va milliy madaniyatning jamiyatga ta`siri, Journal of Analytical and Scientific Horizon, (2025)
  3. Alieva, O.G., Savvina, O.V., Moiseenko, M.V. The crisis of national culture in the era of globalization. RUDN Journal of Philosophy, No 2 (2014). journals.rudn.ru
  4. Farxodjonova, N.F. Modernization And Integration Of National Culture In The Condition Globalization And Its Importance In The Restoration Of The New Uzbekistan. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, Vol 12 No 6 (2021). tojqi.net
  5. Kotlyarova, V., Bermus, A. Culture And National Identity In The Context Of Globalization. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences, (2019). europeanproceedings.com
  6. Iskakova, Z.U., Dauyen, D.B. Changes in Chinese culture in the context of globalization. Journal of Oriental Studies, Vol 113 No 2 (2025). bulletin-orientalism.kaznu.kz
  7. Karimova, S.S. Globallashuv jarayonida milliy qadriyatlarni saqlashning ijtimoiy ahamiyati. O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali, 2022.
  8. Turaev, B. Madaniy merosni raqamlashtirish va globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni asrash. “Ma’naviyat va ma’rifat” jurnali, 2023.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011318
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/318
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
233–236
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25