Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TARBIYA DARSLARIDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI INTERAKTIV O‘YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada tarbiya darslarida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini rivojlantirishdainteraktiv o‘yinlardan foydalanishning samarali usullari yoritilgan. Tadqiqotda o‘yinli ta‘limtexnologiyalarining psixologik-pedagogik asoslari, ularning o‘quvchilarning ijodkorligi, mantiqiy fikrlashiva mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ta‘siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya faniningmazmuniga mos interaktiv o‘yin turlari - rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar, “aqliy hujum”, “fikrlarzanjiri”, “kichik guruhli musobaqalar” kabi metodlar amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqoladainteraktiv o‘yinlarning o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni, hamkorlikda ishlash madaniyatini va ijobiymunosabatlarni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ritanlangan o‘yin texnologiyalari tarbiya jarayonini qiziqarli, samarali va motivatsion muhitga aylantiradihamda o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LALMIKOR MAYDONLARDA XASHAKI VA XO‘RAKI KO‘K NO‘XATNING BIOMETRIK TAHLILI ASOSIDA MAHSULDORLIGI YUQORI TIZMALARINI TANLASH
Mamatkulova S.U., Naxalbayev J.T · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada tadqiqot olib borilayotgan nazorat va kolleksiya pitomnigidagihashaki va ho‘raki ko‘k no‘xat nav namunalari biometrik tahlil natijalari asosida mahsuldorligi yuqoritizmalarni tanlash haqida ma‘lumotlar keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KREATIV QOBILIYAT TUSHUNCHASI VA UNING O‘QUVCHILARDA SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Elbekova Shohsanam Ne‘matjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada “kreativ qobiliyat” tushunchasining mohiyati, ularnio‘quvchilarda shakllantirish bosqichlari hamda bu jarayonning pedagogik va psixologik jihatlari tahlilqilingan. Zamonaviy ta‘lim jarayonida kreativ fikrlash, ijodkorlik va mustaqil qaror qabul qilishko‘nikmalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, xorijiy tajriba hamda O‘zbekiston ta‘limtizimidagi yondashuvlar asosida yoritilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘SIMLIK MOYLARINI OQLASH UCHUN UGLERODLI ADSORBENT OLISHDA KIMYOVIY FAOLLASHTIRISHNING ADSORBSION XOSSALARIGA TA‘SIRI
Sherquzieva is the daughter of Shakhlo Ibrahimali, Nazirova RakhnamohoMukhtorovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Uglerodli adsorbentlar turli xil organik chiqindilar- qobiq, yog‘och qipig‘i,meva danaklari va aktivatsiya yo‘li bilan olinadi. O‘simlik moylarining sifati ularningtarkibida uchraydigan yerkin yog‘ kislotalari, pigmentlar, oksidlanish mahsulotlari va boshqaaralashmalar miqdoriga bevosita bog‘liq. Mazkur tadqiqotda o‘simlik moylarini adsorbsiontozalash usulida kimyoviy faollashtirishni adsorbtsion xossalariga tasiri ko‘rib chiqildi.Adsorbent sifatida olxo‘ri va o‘rik danigidan uglerodli adsorbent olish maqsadida ularnitermik piroliz qilindi.Kimyoviy faollashtirishda turli xil kimyoviy reagent yordamida amalgaoshiriladi. Bunda asosan kaliy gidroksid, natriy gidroksid, kaliy va natriy karbonatdan kengfoydalaniladi. Kimyoviy reagent bilan uglerod ta‘sirlashishi natijasida kristalitlar Uglerodli adsorbentlar turli xil organik chiqindilar- qobiq, yog‘och qipig‘i,meva danaklari va aktivatsiya yo‘li bilan olinadi. O‘simlik moylarining sifati ularningtarkibida uchraydigan yerkin yog‘ kislotalari, pigmentlar, oksidlanish mahsulotlari va boshqaaralashmalar miqdoriga bevosita bog‘liq. Mazkur tadqiqotda o‘simlik moylarini adsorbsiontozalash usulida kimyoviy faollashtirishni adsorbtsion xossalariga tasiri ko‘rib chiqildi.Adsorbent sifatida olxo‘ri va o‘rik danigidan uglerodli adsorbent olish maqsadida ularnitermik piroliz qilindi.Kimyoviy faollashtirishda turli xil kimyoviy reagent yordamida amalgaoshiriladi. Bunda asosan kaliy gidroksid, natriy gidroksid, kaliy va natriy karbonatdan kengfoydalaniladi. Kimyoviy reagent bilan uglerod ta‘sirlashishi natijasida kristalitlar
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
“BOBURNOMA” ASARIDAGI MURAKKABLASHGAN GAPLARNING SINTAKTIK TAHLILI
Abdazova Gulsanam Inomjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat tarixiy voqealarnihujjatlashtiradi, balki muallifning ichki kechinmalari, shaxsiy psixologik holatlari va estetik qarashlarinio‘zida mujassam etgan murakkab sintaktik tuzilmalar vositasida tasvirlaydi. Bobur o‘z asarida arabcha vaforscha grammatik matnlardan, sintaktik parallelizm, bog‘langan va ergashgan gaplar kabikonstruksiyalardan keng foydalangan bo‘lib, ushbu uslubiy xususiyatlar uning o‘ziga xos nutqmadaniyatini namoyon etadi. Ushbu tezisda asarda qo‘llangan murakkab qurilmalar, muallif uslubininggrammatik xususiyati haqida so‘z yuritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IZOHLI LUG‘ATLARDAGI IQTISODIY TERMINLAR TAVSIFLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Almardanova Iroda Toshmamatovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada O‘zbek tili izohli lug‘atlarida iqtisodiy terminlarning tavsiflariniberilishdagi O‘TIL dagi nashrlar orasidagi sohaviy terminlarning terminosistemada takomillashgani vaiqtisodiy terminlarning izohli lug‘atlardagi umumiste‘moldagi birlik sifatidagi farqli o‘rinlarini belgilashdailmiy asoslandi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В 9–10 КЛАССАХ ШКОЛ С УЗБЕКСКИМ ЯЗЫКОМ ОБУЧЕНИЯ В ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОМ КОНТЕКСТЕ
Okhunova Mokhlaroyim Nishonboy kizi · Республиканская научно-практическая конференция на тему «Новые парадигмы в науке, технологиях и образовании» · 2025
Ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda rus tilini o‘qitishning dolzarb mavzusini o‘rganadi, bu yerda rus tili ikkinchi eng keng tarqalgan til hisoblanadi. Shuningdek, unda rus tilini o‘qitishda, ayniqsa o‘zbek tilida so‘zlashiladigan maktablar sharoitida lingvomadaniy yondashuvning ahamiyati ham o‘rganiladi. Shuningdek, unda rus va o‘zbek tillari o‘rtasidagi madaniy farqlarni hisobga oladigan samarali o‘qitish usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos sifatida lingvomadaniy tadqiqotlarning roli tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LOGOPEDIYA FALSAFASINING SHAKLLANISHI VA ZAMONAVIY PARADIGMALARI
Umarova Rahima Muhammad kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Logopediya fanining falsafasi inson tafakkuri, tili, psixik faoliyati va ijtimoiymunosabatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tahlil qiluvchi murakkab ilmiy yo‘nalishdir. U nutqni faqatfonetik yoki fiziologik jarayon sifatida emas, balki shaxsning borliqni anglash, o‘zini ifodalash va ijtimoiymuhit bilan o‘zaro aloqasini ta‘minlovchi falsafiy-madaniy tizim sifatida ko‘radi. Logopediya falsafasiningshakllanishi qadimgi yunon, rim, sharq va Yevropa olimlarining ilmiy-falsafiy izlanishlari orqalibosqichma-bosqich rivojlandi. XX va XXI asrlarda fan neyropsixologiya, biopsixososial yondashuv, sun‘iyintellekt va raqamli texnologiyalar orqali yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugungi kunda logopediya insonningnutqiy, psixologik va ijtimoiy rivojlanishini kompleks tarzda tiklash va rivojlantirishga qaratilgan ilmiyyo‘nalish sifatida shakllanmoqda.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LOGOPEDIYA FANINING FALSAFIY YO‘NALISHLARI VA INNOVATSION TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Abdullayeva Fatima Mamatkhanovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada logopediya fanining falsafiy asoslari va uning tarixiy rivojlanishi tahlilqilinadi. Logopediya inson nutq faoliyatidagi buzilishlarni aniqlash, oldini olish va tuzatish bilanshug‘ullanadigan integrativ fan sifatida tasvirlangan. Qadimgi yunon, rim va sharq falsafasidagi nutq vatafakkur haqidagi qarashlar, biologik, psixologik va pedagogik yondashuvlar orqali fan nazariy poydevorishakllanganligi ko‘rsatildi. XX va XXI asrlarda logopediya fanida ijtimoiy-madaniy, neyropsixologik vatexnologik yondashuvlar rivojlanib, sun‘iy intellekt, neyrofanlar, raqamli kommunikatsiya va biofeedbacktizimlari logopedik amaliyotga joriy qilindi. Maqolada logopediya fanining “biopsixososial” modeli,shaxsga yo‘naltirilgan terapiya usullari va innovatsion yondashuvlarning nutq buzilishlarini tuzatishdagiahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, logopediya fani insonning nutqiy, ruhiy va ijtimoiy kamolotini birbutun sifatida tushuntirishga qaratilganligi ta‘kidlangan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LOGOPEDIYANING FALSAFIY VA METODOLOGIK ASOSLARI
Fayzullayeva Nozima Rustam kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Nutq terapiyasi (logopediya) inson nutq faoliyatidagi buzilishlarni o‘rganish, ularnituzatish va oldini olish bilan shug‘ullanadigan fan bo‘lib, uning falsafiy asoslari shaxsning ijtimoiy vama‘naviy rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur maqolada logopediya fanining tarixiy ildizlari,qadimgi yunon va sharq mutafakkirlari qarashlari, Yevropa va Rossiya ilmiy maktablaridagi rivojlanish jarayoni, zamonaviy texnologiyalar va biopsixososial yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, nutqterapiyasining insonparvarlik tamoyiliga asoslanishi va shaxsning nutqiy, psixologik va ijtimoiysalomatligini yaxlit tarzda tiklashdagi roli tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ZAMONAVIY NUTQ TERAPIYASI FALSAFASI
Norqobilova Dilnoza Elmurod kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada zamonaviy logopediya fanining falsafiy, ilmiy va texnologikasoslari tahlil etilgan. Inson tafakkuri, tili, ongi va ijtimoiy muloqoti o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorliklogopedik amaliyot nuqtai nazaridan yoritiladi. Tadqiqotda biopsixososial paradigma asosida nutqfaoliyatining neyropsixologik, kognitiv va madaniy omillari tahlil qilingan. Shuningdek, sun‘iy intellekt,neyrotexnologiyalar, VR/AR tizimlari va raqamli reabilitatsiya vositalarining logopedik jarayonlardagi roliko‘rib chiqiladi. Maqolada logopediya fani insonparvar, integrativ va innovatsion tizim sifatida talqin etilib,uning shaxs kamoloti, ijtimoiy adaptatsiya va kommunikativ salomatlikdagi o‘rni asoslab beriladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
DUDUQLANUVCHI BOLALAR NUTQINING RIVOJLANGANLIK HOLATINI O‘RGANISH METODIKASI
Ganiyeva Zilola Kamil qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada duduqlanuvchi bolalarning kommunikativ faoliyatinirivojlantirish, ularning nutqiy faolligini oshirish va tortinchoqlik darajasining shaxslararo munosabatlargata‘siri yoritilgan. Tadqiqot davomida logoped, psixolog va pedagoglarning hamkorlikdagi korreksionpedagogik ishlari, o‘yinli va ko‘rgazmali metodlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Natijalarduduqlanuvchi bolalarda nutq izchilligi, so‘z boyligi hamda muloqotdagi ishonchning ortishiga olibkelganini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LOGOPEDIYA FANIGA TARIXIY VOQEALAR VA IXTIROLARNING ZAMONAVIY NUTQ TERAPIYASIGA TA‘SIRI
Abdullayeva Fatima Mamatkhanovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada logopediya fanining tarixiy shakllanish jarayoni, unga tarixiyvoqealar, ilmiy kashfiyotlar va zamonaviy texnologik ixtirolarning ta‘siri yoritilgan. Dastlab logopediyaalohida fan sifatida e‘tirof etilmagan, nutq nuqsonlariga yetarlicha e‘tibor berilmagan davrlar haqida so‘zyuritiladi. Keyinchalik tibbiyot va psixologiya fanlarining rivojlanishi natijasida nutq buzilishlari ilmiyasosda o‘rganila boshlagani, maxsus tuzatish metodlari ishlab chiqilgani ta‘kidlanadi. Hozirgi davrdalogopediya fanining zamonaviy texnologiyalar, sun‘iy intellekt, neyrofanlar va innovatsion yondashuvlarbilan uyg‘unlashgani, natijada bu yo‘nalishning chuqur o‘rganilayotgan sohaga aylangani ilmiy tahlilqilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TARIXIY BOSQICHLARDA NUTQ TERAPIYASINING SHAKLLANISHI VA UNING ZAMONAVIY RIVOJLANISHIGA TA‘SIRI
Umarova Rahima Muhammad kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada logopediya fanining tarixiy shakllanish jarayoni va nutq terapiyasiningrivojlanishiga tarixiy voqealar, ilmiy kashfiyotlar va zamonaviy texnologik ixtirolarning ta‘siri tahlilqilinadi. Dastlab nutq buzilishlariga e‘tibor kam bo‘lgan bo‘lsa-da, tibbiyot va psixologiya fanlariningrivojlanishi bilan logopediya mustaqil ilmiy soha sifatida shakllandi. Hozirgi davrda sun‘iy intellekt, virtualreallik va neyropsixologik tadqiqotlar asosida nutqni diagnostika qilish va davolash usullaritakomillashmoqda. Tarixiy tajribalar va ilmiy izlanishlar zamonaviy logopediyaning rivojlanishiga asosbo‘lib, kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo‘l ochmoqda.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGLIZ TILI TALABALARIDA YOZMA NUTQ KO‘NIKMASINI TAKOMILLASHTIRISHNING SAMARALI USULLARI.
Abdiolimova Qizlarxon Subhanali qizi, Qahhorova Mavluda Mukarramovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada ingliz tili talabalarida yozma nutq ko‘nikmasinitakomillashtirishning nazariy asoslari va amaliy yo‘llari tahlil qilinadi. Yozma nutqni rivojlantirishdakommunikativ yondashuv, jarayon–mahsulot modeli hamda hamkorlikda yozish strategiyalari asosiyomillar sifatida ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari ingliz tili o‘qituvchilari uchun yozma nutqni samaralishakllantirishga oid metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
OGAHIYNING ,,USTINA‘‘ RADIFLI G‘AZALIDA SO‘ZLAR BETAKRORLIGI
Yakutkhan Anvarova · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada Ogahiyning ,,Ustina‘‘ radifli g‘azali badiiy jihatdan atroflichatahlil qilinadi. G‘azalning mazmuniy qatlamlari , undagi poetic vositalar , tashbeh, tazod, tanosub, istiora,mubolag‘a kabi badiiy san‘atlarning qo‘llanishi ilmiy-nazariy jihatdan sharhlanadi. Baytlar ketma-ketholda izohlanib , shoirning obrazlar tizimi, uslubiy mahorati va badiiy qarashlari kengyoritiladi.Shuningdek, g‘azalda ifodalangan oshiqona kayfiyat, ma‘shuqaning husni va uning oshiqqata‘siri xususida adabiy-nazariy mulohazalar keltiriladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK IQTISODCHI MUTAXASSISLARNING KREATIV IQTISODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDA TA‘LIM VA KREATIV IQTISODIYOT INTEGRATSIYASINING AHAMIYATI
Davlatova Nilufar Vosiljonovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda O‘zbekiston kreativ iqtisodiyotining shakllanishi va bo‘lajakiqtisodchi mutaxassislarning kreativ fikrlashini rivojlantirishda ta‘lim tizimining o‘rni tahlil qilinadi.UNCTAD (2024), WIUT (2024) hamda S. Xamidullaev (2024) ma‘lumotlari asosida mamlakatda kreativtarmoqlarning iqtisodiy o‘sishdagi ulushi, raqamli transformatsiya jarayonlari va innovatsion ta‘limyondashuvlarining iqtisodiy samaradorlikka ta‘siri yoritilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Gilishtaganova Ogultagan Meretbaevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirishningmazmun-mohiyati, uni ta‘lim jarayonida amalga oshirishning samarali shakl va usullari hamda bujarayonning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, deontologik sifatlarning tarkibiykomponentlari axloqiy-madaniy, kasbiy-axloqiy, emotsional-irodaviy va refleksiv jihatlar ilmiy asosdako‘rib chiqilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
BOSHLANG‘İCH SİNF O‘QUVCHİLARİDA OİLAVİY-QO‘SHNİCHİLİK MUNOSABATLARİ TUSHUNCHALARİNİ SHAKLLANTİRİSH VA İJTİMOİYLASHUVİ
Jumaniyazova Zulfiya Aitbayevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada oilaviy qo‘shnichilik munosabatlari asosida aholi bilan ijtimoiyta‘limiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, diniy bag‘rikenglik, aholining ishchanlik faolligi, qo ‘shnidavlatlar bilan hamkorlik masalalari haqida yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida oilaviyqo‘shnichilik munosabatlari tushunchalarini shakllantirish va ijtimoiylashuviga ko‘maklashish eng muhimbosqichlari haqida ma‘lumot beriladi. U o‘quvchi jamoa oldida o‘zini boshqarishga, obro‘yinimustahkamlashga, tengdoshlari o‘rtasida o‘z ornini topishga yordam berish maqsadida ishni to‘g‘ri tashkilqailish jihatlari haqida ma‘lumotlar beriladi. Ko‘zi ojiz bolalar jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishiuchun faqat maktabdagi ta‘lim emas, balki oila, qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla muhitining bola hayotidagio‘rnining muhimligi ko‘rsatiladi.Maqolada o‘qituvchining o‘zini namoyon qilishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar —mahorat, axloqiymadaniyat, bilim ko‘nikmalar, o‘ziga nisbatan talabchanlik, munosabatlarni shakllantirish jihatlari tahlilqilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YANGI O‘ZBEKISTONDA BOKS SPORT TURINING RIVOJLANISH TARIXI
Abduraimova Madina Turaboy kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada boks sport turning qadimiy davlatlarda rivojlanish bosqichi,O‘zbekistonda ilk marotaba o‘ynalishi, boks sportiga bo‘lgan e‘tibor, ommalashtirish holati, YangiO‘zbekiston bokschilarining xalqaro doiradagi yutuqlari aks etgan.