Asosiy mazmunga o‘tish

DUDUQLANUVCHI BOLALAR NUTQINING RIVOJLANGANLIK HOLATINI O‘RGANISH METODIKASI

Ganiyeva Zilola Kamil qiziToshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Logopediya yo‘nalishi MSPD-1U talabasi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 640–643

Annotatsiya

Ushbu maqolada duduqlanuvchi bolalarning kommunikativ faoliyatinirivojlantirish, ularning nutqiy faolligini oshirish va tortinchoqlik darajasining shaxslararo munosabatlargata‘siri yoritilgan. Tadqiqot davomida logoped, psixolog va pedagoglarning hamkorlikdagi korreksionpedagogik ishlari, o‘yinli va ko‘rgazmali metodlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Natijalarduduqlanuvchi bolalarda nutq izchilligi, so‘z boyligi hamda muloqotdagi ishonchning ortishiga olibkelganini ko‘rsatdi.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДОЛОГИЯ ИЗУЧЕНИЯ РЕЧЕВОГО РАЗВИТИЯ ДЕТЕЙ, ЗАПИРАЮЩИХСЯ

В данной статье рассматривается развитие коммуникативной активности детей с заиканием, повышение их речевой активности и влияние уровня застенчивости на межличностные отношения. В ходе исследования был проанализирован эффект совместной коррекционно-педагогической работы логопеда, психолога и педагогов, а также использование игровых и демонстрационных методов. Результаты показали, что у детей с заиканием повысилась связность речи, словарный запас и уверенность в общении.

inglizchaMETHODOLOGY FOR STUDYING THE SPEECH DEVELOPMENT OF CHILDREN WHO STUTTER

This article discusses the development of communicative activity of stuttering children, increasing their speech activity and the impact of the level of shyness on interpersonal relationships. During the study, the effectiveness of the joint correctional pedagogical work of a speech therapist, psychologist and teachers, the use of game and demonstration methods was analyzed. The results showed that stuttering children increased their speech coherence, vocabulary and confidence in communication.

Kalit so‘zlar

  • duduqlanish
  • kommunikativ faoliyat
  • tortinchoqlik
  • logoped
  • psixologik yordam
  • korreksion yondashuv
  • nutqni rivojlantirish
  • o‘yinli metod

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

DUDUQLANUVCHI BOLALAR NUTQINING RIVOJLANGANLIK HOLATINI O‘RGANISH METODIKASI

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti Logopediya yo‘nalishi MSPD-1U talabasi G‘aniyeva Zilola Komil qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada duduqlanuvchi bolalarning kommunikativ faoliyatini rivojlantirish, ularning nutqiy faolligini oshirish va tortinchoqlik darajasining shaxslararo munosabatlarga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot davomida logoped, psixolog va pedagoglarning hamkorlikdagi korreksionpedagogik ishlari, o‘yinli va ko‘rgazmali metodlardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar duduqlanuvchi bolalarda nutq izchilligi, so‘z boyligi hamda muloqotdagi ishonchning ortishiga olib kelganini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: duduqlanish, kommunikativ faoliyat, tortinchoqlik, logoped, psixologik yordam, korreksion yondashuv, nutqni rivojlantirish, o‘yinli metod.

МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ УРОВНЯ РАЗВИТИЯ РЕЧИ У ЗАИКАЮЩИХСЯ ДЕТЕЙ

Ташкентский международный химический университет Направление: Логопедия Студент группы MSPD-1U Ганиева Зилола Комил кизи

Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы развития коммуникативной деятельности у заикающихся детей, повышения их речевой активности и влияние степени застенчивости на межличностные отношения. В процессе исследования анализировалась эффективность коррекционно-педагогической работы логопеда, психолога и педагога, использование игровых и наглядных методов обучения. Результаты показали положительную динамику в развитии связной речи, обогащении словарного запаса и повышении уверенности в общении у заикающихся детей. Ключевые слова: заикание, коммуникативная деятельность, застенчивость, логопед, психологическая поддержка, коррекционная работа, развитие речи, игровые методы.

METHODOLOGY FOR STUDYING THE LEVEL OF SPEECH DEVELOPMENT IN CHILDREN WHO STUTTER

Tashkent International University of Chemistry Department: Speech Therapy Student of Group MSPD-1U Ganiyeva Zilola Komil qizi

Abstract: This article examines the development of communicative activity in stuttering children, the increase of their speech activity, and the influence of shyness on interpersonal relationships. The study analyzed the effectiveness of corrective and pedagogical work conducted by speech therapists,

psychologists, and teachers using play-based and visual methods. The results demonstrated significant improvements in speech fluency, vocabulary enrichment, and communication confidence among stuttering children. Keywords: stuttering, communicative activity, shyness, speech therapist, psychological support, correctional approach, speech development, play-based methods.

Duduqlanuvchi bolalarni kommunikativ faoliyatini rivojlantirish uzoq va tizimli faoliyat hisoblanadi. Lekin bu jarayon nazoratga olib borilsa albatda yaxshi natija ko‘rsatadi. Bunda avvalo kompleks ravishda bir necha mutaxassis yordamida olib boriladi. Bu ro‘yxatga logoped-defektolog, nevropotolog, psixolog, pedagog, bolaning ota-onasi, yaqin qarindoshlari va boshqalar kiradi. Duduqlanuvchi bolalar kommunikativ faoliyatini rivojlantirish korreksion ishini tashkil qilish uchun avvalo nuqson darajasini, xarakterini va bolaning yoshi va individual holatini hisobga olish darkordir. Ta’kidlovchi eksperiment metodikasini ishlab chiqishda nutqni rivojlantirish mashg‘ulotini maqsadlari bilan tanishib olamiz. - Kommunikativ jarayonni rivojlantirishda tanlangan metodikani soddadan murakkabga qarab tanlash lozim. - Korreksion-pedagogik ishlarni olib borishda nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi tamoyiliga tayaniladi. - Duduqlanuvchi bolalar nutqiy materialni idrok qilishi, tushunishi va ularni amaliy egallashiga qaratilgan mashqlar izchilligiga va ketma-ketligiga va ko‘rgazmalilik tamoyiliga e’tibor bergan holda tanlanadi. - O‘zbek tilining leksik, grammatik va fonetik-fonematik vositalarini shakllantirishda tegishli manbaalardan foydalanish lozim. - Korreksion-pedagogik ta’limni amalga oshirishda bolalarga individual-differsial yondashiladi. Bizga ma’lumki, duduqlanuvchi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — o‘z nutqidan uyalish, muomalaga kirishishda tortinchoqlik, muloqatga kirishishdan qo‘rqish, tengdoshlari va atrofdagilarga kulgi bo‘lishdir. Shu sababdan biz tadqiqotimiz davomida duduqlanuvchilarning o‘z tengdoshlari bilan munosabatlarda egallagan mavqe’siga uning tortinchoqlik darajasi ta’sir ko’rsatishi mumkin degan farazni ilgari surdik. Ushbu farazni isbotlash uchun битирув ishi bo’yicha tadqiqotni quyidagicha tashkil etdik. Tadqiqot ishi дудуқланувчи болаларнинг shaxslararo munosabatlarda egallagan mavqe’iga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishga qaratilgan va shu sababli sinaluvchilar bir doimiy guruh a’zolari bo’lishi lozim edi. Ya’ni sinaluvchilar orasida barqaror va doimiy shaxslararo munosabatlar qaror topgan, guruh ancha shakllangan va jipslashgan bo’lishi lozim edi. Tadqiqot давомида sinaluvchilarning tortinchoqlik darajasini aniqlab olishga qaror qildik. Shu maqsadda sinaluvchilarda “Tortinchoqlik darajasini aniqlash metodikasi” o’tkazildi. Mazkur so‘rovnoma original variantda kattalar bilan tashxis ishlarini o‘tazishga mo‘ljallangan. So‘rovnoma bilan ishlashda bolalarga “ha" va “yo‘q" javob variantlaridan foydalanib o‘z munosabatini bildirish talab qilindi. Болаларга кундалик ҳаётда учрайдиган саволлар билан мурожаат этилди. - Suhbat jarayonida qo‘llanilgan savollar: - 1.Sening do‘stlaring ko‘pmi? - 2.Senga insonlar bilan muloqot qilish osonmi? - 3.Sen qachon muloqot vaqtida qiyinchilik xis etasan? - 4.Senga mulоqot davomida duduqlanishing xalal beradimi? - 5.Sen duduqlanishingdan uyalasanmi? - 6.Sen duduqlanishdan xolos bo‘lishni istarmiding? - Ushbu metodika bo’yicha qayd etilgan natijalarga ko’ra sinaluvchilarni 5 guruhga bo’lish nаzаrdа tutildi: - 1 – guruh – tortinchoqlik darajasi juda yuqori - 2 – guruh – o’rtacha tortinchoq - 3 – guruh – muayyan darajada tortinchoq - 4 – tortinchoqlik me’yoriy darajada - 5 – tortinchoqlik darajasi juda past, o’ta sovuqqon

Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalar bog‘langan nutqini eksperimental o‘rganishда quyidagi topshiriqlar beriladi. 1– Vazifa: Syujetli rasmlar asosida hikoya tuzish; Bolalarda kelishik, tushum va qaratqich kelishiklarini birlikda va ko‘plikda qo‘llashni tekshirish. Ikkita kartondan yasalgan uycha ko‘rsatiladi, birinchi uychada “o‘yinchoqlar”, ikkinchi uychada “oila a’zolari” yashaydi deb bolalarga tushuntiriladi. Bolalarga bitta va bir nechta o‘yinchoqlar va oila a’zolari tasvirlangan rasmlarni tarqatib chiqiladi. Rasmlar ko‘plik va birlikda berilgan, masalan: bola – bolalar, koptok – koptoklar qo‘g‘irchoq – qo‘g‘irchoqlar. Predmetli rasmlardan foydalanib birlikdagi otlardan ko‘plikdagi otlarni hosil qilish. Olmoshlar, kelishik qo‘shimchalarini birlik va ko‘plikda aytishlarini tekshirish. Masalan: ko‘plikda va birlikda tasvirlangan mevalari va sabzavotlar rasmini alohida birin ketin ko‘rsatib savol beramiz: – Bu qanday meva? – Bu qayerda o‘sadi? – Bola javob beradi: – U daraxtda o‘sadi. Ko‘plikdagi rasmlarni ko‘rsatib so‘raladi: -Bularchi? - Bular sabzavotlar. - Ular qayerda o‘sadi? - Polizda. Ot turkumidagi so‘zlardan kichraytirish, erkalatish, formalarini hosil qilish, masalan uy-uycha, mushuk-mushukcha 2– Vazifa: Otlarga belgi ifodalovchi so‘zlar qo‘shib gap tuzish yasash. Bunda asosiy e’tibor gaplarning tuzilishiga qaratiladi. Bolaga rasmlar yoki davomli rasmlar asosida hikoya qilib breish, oddiy va murakkab mazmunli matnlarni so‘zlab berish tavsiya berish taklif etiladi. Masalan: “Ona tovuq jo‘jalari” bilan tasvirlangan rasm ko‘rsatiladi. • Rasmda nima ko‘ryapsizlar? • Jo‘jalar. • Yana nimalar tasvirlangan? • Ona tovuq va jo‘jalarning rangi qanday? Bola: Jo‘ja kichkina, katta, sariq, yumshoq, momiq kabi javoblarni berishi kerak. Tekshirish uchun: turli o‘lchamdagi predmetlar yoki ularning rasmlari, ovozli o‘yinchoqlar to‘plami: baraban, nay, ovoz chiqaradigan hayvon o‘yinchoqlar.Rasmlar to‘plami: (o‘yinchoqlar) mebel, kiyim, idish – tovoqlar, transportlar, uy va yovvoyi hayvonlar, sabzavot va mevalar. 3 – Vazifa: “Sehrli ertaklar” mavzusida bo‘lib, bolalarga sehrli ertaklarga qaysi ertaklar kirishi , “Yalmog‘iz kampir” , “Kenja botir”, “Semurg” kabi ertaklari bilan tanishtirdik, bu ertaklardagi qahramonlar haqida tushunchalar berildi. Suhbat savol javob usullardan foydalangan holda ertakdagi voqealar va ertak mazmuni aytib berish vazifasi berildi. Bolalarning har bir berilgan savollarga javoblarini quyidagi mezonlar asosida baholab bordik. -Vazifalarni to‘g‘ri bajardi - 5 ball -Logoped yordamiga tayanib bajardi - 4 ball -Vazifani bajarishda xatolarga yo‘l qo‘ydi - 3 ball -Vazifani bajarishdan voz kechdi - 2 ball Duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda eng muhim jihat — nutqiy faoliyat bilan bir qatorda psixologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashdir. Tortinchoqlik darajasi ularning kommunikativ faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun har bir bola uchun individual-differensial dastur ishlab chiqish zarur. Tavsiyalar: 1. Mashg‘ulotlarda soddadan murakkabga tamoyiliga rioya qilish. 2. Nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmalilik, o‘yinli metodlar va ertak terapiyasidan foydalanish. 3. Logopedik ishni psixologik mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish. 4. Ota-onalarni jarayonga faol jalb etish. 5. Bolaning shaxsiy yutug‘ini har safar rag‘batlantirib borish.

Duduqlanuvchi bolalarda kommunikativ faoliyatni rivojlantirish jarayoni muntazam, tizimli va kompleks yondashuvni talab etadi. Korreksion-pedagogik ishlar jarayonida bolalarning tortinchoqlik darajasi ularning nutqiy faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Logoped, psixolog va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati, individual-differensial yondashuv hamda o‘yinli metodlardan foydalanish duduqlanuvchi bolalarda nutqning izchilligi, so‘z boyligi va muloqotdagi ishonchni oshiradi. Shunday qilib, tizimli korreksion yondashuv orqali duduqlanuvchi bolalarning nutqiy va ijtimoiy moslashuv ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilash mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar19 ta adabiyot

  1. Визель.Т.Г. Москва, Россия “О природе заикания и его коррекции” Специальное образование. 2018. № 1 (16)
  2. Кисельников.А.А Психофизиологические и нейропсихологические и механизмы заикания Дис. ... канд. пед. наук : Специальность 19.00.02 — Психофизиология (психологические науки) Москва :2006 (24)
  3. Харькова О.А., Попова С.В. ИССН 2410-6070 Инновационная наука № 8 / 2020 ~ 82 ~ УДК
  4. 95 Психологический аспект логоневроза: обзор литературы (14)
  5. Шевцова.Е.Е. Теоретический анализ проблемы заикания Основы коррекционной педагогики и коррекционной психологии: заикание. Издательство Юрайт 2019 (22)
  6. Леонова, С. В. Психолого-педагогическая коррекция заикания у дошкольников Текст. : учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений / С. В. Леонова. М. : ВЛАДОС, 2004. - 128.
  7. Арутюнян, JI. 3. Мое понимание заикания Текст. / Л. 3. Арутюнян // Школьный логопед. 2006. - №4. - С. 5-11. (10,42)Белякова Л.И., Дьякова Е.А. Тр
  8. етий международный конгресс по проблеме заикания // Дефектология. - 2001. - № 1. - С. 75-
  9. (4,10,12,13)vБорисова.Е.А. Новый подход к устранению заи
  10. кания у дошкольников имеющих общее недоразвития речи. Образавания и наука. №4.2011год. С 108-118. (13,24)Калягин, В. А. Речевая тр
  11. евога - за и против / В. А. Калягин // Современные проблемы речевого дизонтогенеза: психолого-педагогические аспекты; под ред. С. М. Валявко. - М.: Спутник +, 2011. - С. 81 - 88. (4,11)Нуркельдиева Д.А. Методы определения р
  12. ечевой готовности умственно отсталых детей к обучению в школе: Автореф.дисс. ... канд. пед. наук. – Т.: ТГПИ им.Низами. 2001.– 21 с. (31
  13. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
  14. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
  15. Шевцова.Е.Е. Технологии формирования интонационной стороы речи : учебное пособие для вўзов / Е. Е. Шевцова, Л. В. Забродина. — 2-е изд., перераб. и доп. — Москва : Издательство Юрайт, 2024. (22Фесенко Ю.А, Лохов М
  16. .И. Заикание: история и обзор современного состояния проблемы Вестник СПГУ. Сер. 11. 2015. Вып. 3 (18,22)
  17. Дель, С. В. Клинико-психолого-педагогическое изучение и коррекция заикания у младших школьников Текст. / С. В. Дель // Логопедия. 2004. № 3(5).-С. 27-35 с (21)Чевелева Н. А. Преодоление заикания у детей : Пособие для л
  18. гопедов и воспитательей / Н. А. Чевелева. - М. : Гном и Д, 2001. - 123 с. : ил.; 20 см. - (Серия "Практическая логопедия").; ИСБН 5-296-00179-6 (10,11,41,131)
  19. Левина, Р. Е. Нарушения чтения и письма у детей Текст.: избранные труды / Р. Е. Левина; ред.-сост. Г. В. Чиркина, П. Б. Шошин. М.: Аркти, 2005.-224 с.. (10,41,59,60) ZAMONAVIY NUTQ TERAPIYASI FALSAFASI Samarqand Kimyo Xalqaro Universiteti Logopediya yo‘nalishi MSPD-S-251U talabasi Norqobilova Dilnoza Elmurod qizi

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011452
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/461
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
640–643
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-13 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25