Asosiy mazmunga o‘tish

IZOHLI LUG‘ATLARDAGI IQTISODIY TERMINLAR TAVSIFLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Almardanova Iroda ToshmamatovnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 658–661

Annotatsiya

Maqolada O‘zbek tili izohli lug‘atlarida iqtisodiy terminlarning tavsiflariniberilishdagi O‘TIL dagi nashrlar orasidagi sohaviy terminlarning terminosistemada takomillashgani vaiqtisodiy terminlarning izohli lug‘atlardagi umumiste‘moldagi birlik sifatidagi farqli o‘rinlarini belgilashdailmiy asoslandi

Boshqa tillarda

ruschaВопросы совершенствования определений экономических терминов в пояснительных словарях

Маколада Узбек тили изохли лугъатларида иктисодий терминлнинг тавсифлариниБерилишдаги О‘ТИЛ даги нашрлар орасидаги сохави терминларинг терминосистемада такомиллашгани ваiqtisodiy terminlarning izohli lug‘atlardagi umumiste‘moldagi birlik sifatidagi Farqli o‘rinlarini belgilashdaИльмий Асосланди

inglizchaISSUES OF IMPROVING THE DEFINITIONS OF ECONOMIC TERMS IN EXPLANATORY DICTIONARIES

The article provides a scientific basis for the improvement of the terminological system of industry terms between publications in the Uzbek explanatory dictionaries in the description of economic terms and the determination of the different places of economic terms as units of general use in explanatory dictionaries.

Kalit so‘zlar

  • O‘zbek tili izohli lug‘ati
  • sohaviy terminlar
  • iqtisodiy terminlar
  • tavsiflash
  • polisemiyalik
  • umumiste‘mol birlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IZOHLI LUGʻATLARDAGI IQTISODIY TERMINLAR TAVSIFLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Almardanova Iroda Toshmamatovna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi iroda_almardanova@tues.uz

Annotatsiya: Maqolada O‘zbek tili izohli lug‘atlarida iqtisodiy terminlarning tavsiflarini berilishdagi O‘TIL dagi nashrlar orasidagi sohaviy terminlarning terminosistemada takomillashgani va iqtisodiy terminlarning izohli lug‘atlardagi umumiste’moldagi birlik sifatidagi farqli o‘rinlarini belgilashda ilmiy asoslandi. Kalit so‘zlar: O‘zbek tili izohli lug‘ati, sohaviy terminlar, iqtisodiy terminlar, tavsiflash, polisemiyalik, umumiste’mol birlik

ISSUES OF IMPROVING THE DESCRIPTIONS OF ECONOMIC TERMS IN EXPLANATORY DICTIONARIES

Almardanova Iroda Toshmamatovna Termez University of Economics and Service Teacher of the Department of Uzbek Language and Literature iroda_almardanova@tues.uz

Abstract: The article scientifically substantiates the improvement of sectoral terms in the terminological system between the publications in the Uzbek language in the description of economic terms in explanatory dictionaries and the determination of the different places of economic terms as units of general use in explanatory dictionaries.

Keywords: Explanatory dictionary of the Uzbek language, sectoral terms, economic terms, description, polysemy, unit of general use

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ОПИСАНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ В ТОЛКОВЫХ СЛОВАРЯХ

Алмарданова Ирода Тошмаматовна Термезский университет экономики и сервиса Преподаватель кафедры узбекского языка и литературы iroda_almardanova@tues.uz

Аннотация: В статье научно обосновано совершенствование отраслевых терминов в терминологической системе между изданиями на узбекском языке при описании экономических терминов в толковых словарях и определение различных мест экономических терминов как единиц общего употребления в толковых словарях. Ключевые слова: Толковый словарь узбекского языка, отраслевые термины, экономические термины, описание, полисемия, единица общего употребления

Terminologiyada tilning ijtimoiy funksiyalari sohaviy terminlar bilan bog‘liq masalalar zamonaviy tilshunoslikning muhim oldidagi vazifalarni taqozo etadi. O‘zbek tili izohli lug‘atida terminlarning tavsiflanishi bilan bog‘liq salmoqli tadqiqotlar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda, Iqtisodiy terminlarning O‘zbek tilining izohli lug‘atlarda tavsiflanishini takomillashtirish sohaviy terminlarning til imkoniyatlarini oshirish, leksik tarkibini kengaytirish leksikografik omillarini belgilaydi.

Tilda – sohaviy terminlarning ortib borayotgani shaxsning ishtiroki, iqtisodiy atamalarning vujudga kelishi, zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va o‘zgarishlar sohaviy terminologiyani qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar terminologik birliklarni chuqur o‘rganishning ahamiyatini oshiradi.

Lug‘atda birlikni tavsiflashda takomillashtirish: birlikni tanlash mezoni sanaladi. Iqtisodiy terminlarning matnlarda iqtisodiy atalamalar lug‘atida birlikning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarining materialidan biri sifatida tanlanishi umumiy til, jurnalistikaning tarkibiy qismi bo‘lish uslubi sifatida kirib borishi kasbiy lug‘atni umumiy foydalanishga aylantiradi.

Sohaviy lug‘atlarni terminologiya jarayonlarida tavsiflash tilda insonning ishtiroki darajasi oshishi bilan iqtisodiy jarayonlar, iqtisodiyot madaniy tarkibiy qismga aylangan. Bu leksik birliklarning ko‘chishining sabablaridan biridir. Tilning terminologik qatlamidan umumiy tilga o‘tishi lug‘at tizimidagi ko‘pgina tavsiflashga doir amaliy ishlarni taqozo etadi.

O‘TILda iqtisodiy terminlarni tavsiflashda lug‘atning ikki tomli nashrida berilgan iqtisodiy terminlar miqdori kam bo‘lgan. Chegaralangan qatlam leksikasi uchun berilgan uslubiy belgilar izohlanuvchi birlik haqida muhim axborot yetkazuvchi lug‘at unsuri. Ya’ni bosh so‘zning qaysi sohaga oid yoki qaysi uslubda qo‘llanishi haqida izohda uzundan uzun gapirish zaruratini yo‘qotadi. Uslubiy xarakteristika lug‘at birliklariga beriladigan izoh – lug‘at maqolasini ixchamlashtirishga yordam beradi [3]. O‘TILning ikki tomli nashrida iqtisodiy terminlar shartli belgi sifatida ek. – ekonomika, iqtisodga oid termin deya izohlanadi. 2006-yildagi nashrida esa iqt.- iqtisodiyotga oid termin shartli qisqartmalar ro‘yxatida berilgan.

Zamonaviy tilshunoslikdagi termin tizimlarini tavsiflashda linvokognitiv yondashuv ham muhim ahamiyat kasb etadi. U terminologiya qanday qilib jamiyatda shakllangan olam haqidagi ilmiy tasavvurlarini aks ettirishini va tushunchalar, ya’ni predmetlar va hodisalardagi asosiy tavsiflarni ikkinchi darajalaridan alohida ajratib olish asosiy tavsiflarni ikkinchi darajalaridan alohida ajratib olish asosida yuzaga keladigan mantiqan anglanadigan konseptlar bilan qanday ishlashini aniqlash imkoniyatini berdi [1]. Sohaviy terminlarning leksik qatlamdagi lingvokognitiv jihati shuni ko‘rsatadiki, O‘TIL dagi tavsifiga konseptlar asosida yondashilgani o‘rinlidir. Bu esa tadqiqotimiz davomida bugungi davr talabi bo‘yicha sohaviy terminlarlarning leksikografiyadagi amaliy jihatdan takomillashtirish jarayonlarini qamrab oladi.

Turkiy tillar tarixida qo‘llangan iqtisodiy terminlar tahlili o‘zbek turkshunosi H.Dadaboyevning monografiyasida batafsil tahlilga tortilgan. Unda iqtisodiy terminlar tarixiy-etimologik aspektda o‘rganib chiqilgan [2].

Zamonaviy turk tilidagi terminlarning muayyan qismi arab, fors va qator yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar hisoblanadi. Arab va forscha o‘zlashma so‘zlar asosan an’anaviy oldi-sotdi shakllarini ifodalaydi, yevropa tillaridan o‘zlashtirilganlari esa “moliya” tushunchasi atrofidagi iqtisodiy munosabatlar turini modellashtirgan [1]. Bozor 4.(forscha-tojikcha) Ek.-Tovar, mol almashinuv sferasi. Ichki bozor. Tashqi bozor. Jahon bozori [4]. O‘TILning 5 jildlik va 6 jildlik nashrida ham shu tarzda izohlanadi. Bozor 4 iqt. Sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari.Jahon bozori. Tashqi bozor.Ichki bozor. Bozor islohatlari. Bozor xo‘jaligi. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatga kirishadilar. “O‘zME”. Dunyo bozorida terilarimizning narxi tushmasa deyman. S.Ahmad, Yulduz. [5] Bunda II jildlik lug‘atda fors, arab, tojik tillardan o‘zlashgan terminlar izohlansa, mustaqillik yillarida nashr etilgan 5 jildlik va 6 jildlik nashrlarida yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir. Amortizatsiya [lot. amortisatio-qoplash] 1 iqt. Mehnat vositalarining (mashina, jihoz, bino va sh.k) eskirishiga qarab, ular qiymatini muayyan davr mobaynida ishlab chiqarilayotgan mahsulot ustiga qo‘ya borish, shu yo‘l bilan eskirgan vositalar bahosini qoplash [5]. O‘TILning 5 jildlik va 6 jildlik nashrlarida iqtisodiy termin sifatida izohlangan. II jildlik lug‘atda esa ekonomika pometasi berilmay izohlanib ketilgan: Amortizatsiya 1 [Ruscha-lotincha] mashina, asbob-uskuna, mulk, bino va shu kabi – ularning bahosini kamaytira borish, ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot ustiga qo‘ya boorish. Amortizatsiya muddati. Amortizatsiya kapitali. Amortizatsiya qilmoq.[4] BONUS lotincha.bonus-yaxshi, marhamatli iqt. Turli xil munosabat bilan beriladigan qo‘shimcha haq (mukofot, ustama, qo‘shimcha dividend va b.) Biroq kimdir bonusga ega bo‘lsa, boshqa birov bergan pulini ham qaytarib olomaydi. Ayniqsa, so‘nggi kunlarda jalb qilingan fuqarolarga hech qanday bonus berilmagan. Gazetadan.[4] II jildlikda yo‘q 5 jildlik O‘TIL da bu termin huquqqa, huquqshunoslikka oid termin sifatida izohlanadi. BONUS lotincha. bonus-yaxshi, marhamatli huq. Turli xil munosabat bilan beriladigan qo‘shimcha haq(mukofot, ustama, qo‘shimcha dividend va b.) to‘lash [5]. Berilgan O‘TILdagi iqtisodiy terminlarni tavsiflashda 2 jildlikdan, 5 jildlik, 6 jildlik nashrlarida qayta ishlanishida o‘zbek tili leksik qatlam tamoyillariga so‘zning konseptiga ham tayanilganini ko‘ramiz. O‘TIL dagi 2 jildlikdan, 5 jildlik, 6 jildlik nashrlarida tadqiqotimiz davomida iqtisodiy terminlar izohida iqtisodiy termin pometasining berilishida ko‘p ma’nolilikda iqtisodiy terminni birikma holida berish ham o‘rinlidir:

Ayirboshlash 1 Ayirboshlash fe’l harakat nomi 2 iqt. Kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini o‘zaro almashtirishlari. [6] Aylanmoq 1 O‘z o‘qi yoki biror narsa tevaragida harakat qilmoq, aylana bo‘ylab davra olib yurmoq.

4.iqt. Muamolada bo‘lmoq, yurmoq. Pulning aylanishi.[6] Boshqarish 1 Boshqarmoq fl.majhul n. Xo‘jalikni boshqarish. Oilani boshqarish.

2 iqt. Xo‘jalik obyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yo‘naltirish jarayoni. Boshqarishning iqtisodiy usuli. Boshqarishning ma’muriy usuli. [5] BOSHQARISH 1 Boshqarmoq fe’l harakat nomi Xo‘jalikni boshqarish.Oilani boshqarish.

2 iqt. Xo‘jalik obyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yo‘naltirish jarayoni. Boshqarishning iqtisodiy ma’muriy usuli. [6] TAQCHILLIK 1 Yetishmaslik holati, taqchil hol. Yog‘och, taxta taqchilligi. – Respublikamiz sug‘orma dehqonchiligida ma’lum darajada suv taqchilligi sezilib turadi. “Fan va turmush” 2 iqt. ilgari belgilangan rejalashtirilgan yoki zarur darajadagi mablag‘, resurs, tovarlarning yetishmasligi, tanqisligi; defitsit. Tovarlar taqchilligi. Byudjet taqchilligi.[6] TAVAKKALCHILIK 1 tavakkal bilan ish tutish, tavakkal ish. Bilimsiz tajribasiz bolalarni mening qarshiligimga qaramay, qaltis tavakkalchilikka boshlagan siz emasmi edingiz? A.Muxtor, Tug‘ilish. Buyuk ishlarning ko‘pchilligi tavakkalchilik bilan qo‘lga kirgan, buni inkor qilib bo‘lmaydi. J.Abdullaxonov, To‘fon. 2 iqt. Foydadan mahrum bo‘lish va boshqa sabablarga ko‘ra zarar ko‘rish singari yomon oqibatlar ro‘y berish ehtimoli. Tavakkalchilikka aoslangan o‘yinlar. [6] Iqtisodiy terminlarning o‘ziga xos jihatlarini asoslagan holda polisemiyalikdan holi ifodalash uchun umumiste’moldagi birlik sifatidagi shakliga ham e’tibor qaratgan tarzda sohaga oid termin sifatida qo‘llanishda birikma holidagi izohi berilishi joiz deb hisoblaymiz. Bu o‘quv lug‘atchiligida hamda sohaviy terminlarning qo‘llanishida lingvodidaktik aspekt sifatida omil bo‘lishini ko‘rsatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. 1.Абдирашева А.Зaмонавий турк тилидаги иқтисодий терминларнинг лингвокогнитив таҳлили – филол. фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дис. автореф. – Тошкент, 2019. Б. 41
  2. Дадабаев Х. Общественно-политическая и социально-экономическая терминология в тюркоязычных письменных памятниках XI-XIV. – Ташкент, 1991.
  3. Сабирова Эъзоза ШУҲРАТ ҚИЗИ “Ўзбек тилининг изоҳли луғати”да
  4. ҳуқуқийтерминларнингберилиши Тошкент – 2021 107-108 b 180.]
  5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.2 жилдлик. Москва. Рус тили, 1981.
  6. Ўзбек тилининг изоҳли луғати.2 жилдлик. Тошкент.Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006.
  7. O‘zbek tili izohli lug‘ati. 6 jildlik. Toshkent. G‘afur G‘ulom, 2022

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011458
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/467
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
658–661
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25