TARBIYA DARSLARIDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI INTERAKTIV O‘YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Ziyomiddinova Nilufar AvazbekovnaNamangan davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 679–682
Annotatsiya
Maqolada tarbiya darslarida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini rivojlantirishdainteraktiv o‘yinlardan foydalanishning samarali usullari yoritilgan. Tadqiqotda o‘yinli ta‘limtexnologiyalarining psixologik-pedagogik asoslari, ularning o‘quvchilarning ijodkorligi, mantiqiy fikrlashiva mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ta‘siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya faniningmazmuniga mos interaktiv o‘yin turlari - rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar, “aqliy hujum”, “fikrlarzanjiri”, “kichik guruhli musobaqalar” kabi metodlar amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqoladainteraktiv o‘yinlarning o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni, hamkorlikda ishlash madaniyatini va ijobiymunosabatlarni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ritanlangan o‘yin texnologiyalari tarbiya jarayonini qiziqarli, samarali va motivatsion muhitga aylantiradihamda o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Boshqa tillarda
ruschaМетоды использования интерактивных игр, развивающих мышление на уроках.
В статье рассматриваются эффективные методы использования интерактивных игр для развития мышления учащихся на учебных занятиях. В исследовании анализируются психолого-педагогические основы игровых образовательных технологий, их влияние на креативность, логическое мышление и навыки самостоятельного принятия решений учащихся. Также на основе практических примеров рассматриваются виды интерактивных игр, актуальные для содержания педагогической науки: ролевые игры, проблемные ситуации, «мозговой штурм», «цепочка идей», «соревнования в малых группах». В статье обосновывается роль интерактивных игр в формировании социальной активности, культуры сотрудничества и позитивных взаимоотношений у учащихся. Результаты исследования показывают, что правильно подобранные игровые технологии превращают образовательный процесс в интересную, эффективную и мотивирующую среду, а также служат важным фактором развития мышления учащихся.
inglizchaMETHODS OF USING INTERACTIVE GAMES THAT DEVELOP THINKING IN EDUCATIONAL LESSONS
The article discusses effective methods for using interactive games to develop students‘ thinking in educational lessons. The study analyzes the psychological and pedagogical foundations of game educational technologies, their impact on students‘ creativity, logical thinking, and independent decision-making skills. Also, types of interactive games that are relevant to the content of educational science - role-playing games, problem situations, "brainstorming", "chain of ideas", "small group competitions" - are considered on the basis of practical examples. The article substantiates the role of interactive games in forming social activity, a culture of cooperation, and positive relationships in students. The results of the study show that correctly selected game technologies turn the educational process into an interesting, effective, and motivating environment, and also serve as an important factor in developing students‘ thinking.
Kalit so‘zlar
- tarbiya darslari
- tafakkur
- interaktiv o‘yinlar
- o‘yin texnologiyalari
- ijodkorlik
- mantiqiy fikrlash
- o‘quv motiatsiyasi
- hamkorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
TARBIYA DARSLARIDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRUVCHI INTERAKTIV O‘YINLARDAN FOYDALANISH USULLARI
Ziyomiddinova Nilufar Avazbekovna Namangan davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi nilufarziyomiddinova83@gmail.com Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Maqolada tarbiya darslarida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini rivojlantirishda interaktiv o‘yinlardan foydalanishning samarali usullari yoritilgan. Tadqiqotda o‘yinli ta’lim texnologiyalarining psixologik-pedagogik asoslari, ularning o‘quvchilarning ijodkorligi, mantiqiy fikrlashi va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya fanining mazmuniga mos interaktiv o‘yin turlari - rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar, “aqliy hujum”, “fikrlar zanjiri”, “kichik guruhli musobaqalar” kabi metodlar amaliy misollar asosida ko‘rib chiqiladi. Maqolada interaktiv o‘yinlarning o‘quvchilarda ijtimoiy faollikni, hamkorlikda ishlash madaniyatini va ijobiy munosabatlarni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri tanlangan o‘yin texnologiyalari tarbiya jarayonini qiziqarli, samarali va motivatsion muhitga aylantiradi hamda o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: tarbiya darslari, tafakkur, interaktiv o‘yinlar, o‘yin texnologiyalari, ijodkorlik, mantiqiy fikrlash, o‘quv motiatsiyasi, hamkorlik.
МЕТОДЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ ИГР, РАЗВИВАЮЩИХ МЫШЛЕНИЕ, НА УРОКАХ ВОСПИТАНИЯ
Аннотация: В статье рассматриваются эффективные методы использования интерактивных игр на уроках воспитания для развития мыслительной деятельности учащихся. В исследовании анализируются психолого-педагогические основы игровых образовательных технологий, их влияние на развитие творческих способностей, логического мышления и самостоятельности школьников. Особое внимание уделяется видам интерактивных игр, соответствующих содержанию воспитательных дисциплин - ролевым играм, проблемным ситуациям, «мозговому штурму», «цепочке идей» и групповым соревнованиям. В статье обоснована роль интерактивных игр в формировании социальной активности, культуры сотрудничества и положительных межличностных отношений среди учащихся. Результаты исследования показывают, что правильно подобранные игровые технологии делают процесс воспитания более интересным, эффективным и мотивирующим, а также способствуют развитию критического и творческого мышления учащихся.
Ключевые слова: воспитательные уроки, мышление, интерактивные игры, игровые технологии, творчество, логическое мышление, мотивация, сотрудничество.
METHODS OF USING INTERACTIVE GAMES THAT DEVELOP THINKING IN MORAL EDUCATION LESSONS
Annotation: This article examines effective methods of using interactive games in moral and character education lessons to enhance students’ thinking abilities. The research analyzes the psychological and pedagogical foundations of game-based learning technologies and their impact on students’ creativity, logical reasoning, and independent decision-making. Special attention is given to various types of interactive games suitable for moral education, such as role-playing, problem-based tasks, brainstorming sessions, idea chains, and group competitions. The paper highlights the role of interactive games in developing social activity, collaboration, and positive interpersonal relations among learners. The study findings show that well-chosen game technologies make the educational process more engaging, effective, and motivating, thus playing a significant role in developing students’ cognitive and reflective thinking. Keywords: moral education, thinking development, interactive games, game-based learning, creativity, logical reasoning, motivation, collaboration.
KIRISH: Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri - o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va ijodiy tafakkurini shakllantirishdir. Chunki zamonaviy jamiyat shaxsdan nafaqat tayyor bilimlarni egallashni, balki ularni tahlil qilish, qayta ishlash, amaliyotda qo‘llash va yangi g‘oyalar yaratish qobiliyatini ham talab etadi. Shu bois ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini faollashtiruvchi, ularni mustaqil fikrlashga undovchi innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tarbiya darslari o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning dunyoqarashi, qadriyatlarga munosabati va hayotiy pozitsiyasini shakllantirishda markaziy o‘rin tutadi. Mazkur darslar nafaqat axloqiy me’yorlarni o‘rgatish, balki o‘quvchilar tafakkurini kengaytirish, ularni o‘z fikrini erkin ifoda etishga, muammoli vaziyatlarga mustaqil yondashishga o‘rgatish imkonini beradi. Shu jihatdan, tarbiya darslarining samaradorligini oshirishda interaktiv o‘yinlardan foydalanish o‘ta muhim omil hisoblanadi. Interaktiv o‘yinlar o‘quv jarayonini jonlantiradi, darsni qiziqarli va faol ishtirok asosida tashkil etish imkonini beradi. O‘yinli faoliyat o‘quvchilarning diqqatini jamlash, fikr yuritish, tahlil qilish va mantiqiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Eng muhimi, bunday o‘yinlar o‘quvchini o‘z fikriga ishonch bilan qarashga, boshqalar bilan muloqotda bo‘lishga, jamoada hamkorlik qilishga o‘rgatadi. So‘nggi yillarda pedagogika va psixologiya fanida interaktiv ta’lim texnologiyalari, shu jumladan, o‘yin metodlari orqali tafakkurni rivojlantirish masalasi dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Chunki o‘yin - bu o‘quvchi uchun tabiiy faoliyat turi bo‘lib, u orqali o‘quvchi bilimni bevosita tajriba asosida o‘zlashtiradi. O‘yin jarayonida o‘quvchi o‘zi sezmagan holda o‘rganadi, tahlil qiladi, solishtiradi, muammolarni hal etadi, bu esa tafakkurning rivojlanishiga zamin yaratadi. Tadqiqotda tarbiya darslarida tafakkurni rivojlantiruvchi interaktiv o‘yinlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda amaliy qo‘llash usullari o‘rganiladi. Shu bilan birga, maqolada o‘yin texnologiyalarining o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish va ijtimoiy faollikni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari o‘qituvchilarga tarbiya darslarini yanada samarali, mazmunli va interaktiv tarzda tashkil etish uchun amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan. ADABIYOTLAR TAHLI: Tafakkurni rivojlantirish masalasi pedagogika va psixologiya fanlarida eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini shakllantirish, ularni mustaqil va ijodiy tafakkurga yo‘naltirish bo‘yicha turli olimlar tomonidan ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan. Xususan, J. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasida tafakkur insonning faol bilish jarayonida, tajriba va muomala orqali shakllanishi ta’kidlanadi. Unga ko‘ra, bola o‘yin jarayonida atrofmuhitni o‘rganadi, tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi, bu esa tafakkurning tabiiy rivojlanishiga xizmat qiladi. L. S. Vygotskiy esa o‘yin faoliyatini bolaning psixik rivojlanishida yetakchi omil sifatida ko‘rsatadi. Unga ko‘ra, o‘yin bolaning “yaqin rivojlanish zonasi”ni kengaytiradi, ya’ni o‘quvchi o‘yinda
o‘z imkoniyatlaridan yuqori darajada faoliyat yuritadi. Shu orqali tafakkur, xotira, diqqat, tasavvur va nutq kabi psixik jarayonlar faollashadi. J. Bruner, D. Dewey, K. Rodjers kabi zamonaviy g‘arb olimlari ham interaktiv yondashuvlar orqali o‘qitishning insonparvarlik asoslarini rivojlantirgan. Ularning fikricha, o‘yinli ta’lim o‘quvchiga o‘z fikrini erkin ifoda etish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va ijtimoiy muhitda faol bo‘lish imkonini beradi. O‘zbekistonlik olimlardan A. Avloniy, A. Qodiriy, I. Karimov, A. Abduqodirov, B. Ziyomuhammadov, R. Mavlonova, N. Saidahmedov va boshqalar o‘z tadqiqotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsni har tomonlama kamol toptirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab o‘tganlar. Xususan, A. Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot masalasidir” deb ta’kidlab, har bir darsda o‘quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantirish zarurligini aytib o‘tgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi qarorlari, Milliy o‘quv dasturi hamda Innovatsion rivojlanish konsepsiyasida o‘quvchilarda ijodiy va tanqidiy tafakkurni shakllantirish, bunda interaktiv metodlardan foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Pedagogik tadqiqotlarda (R. Mavlonova, N. Saidahmedov, A. Abduqodirov va boshqalar) interaktiv metodlar, xususan o‘yin texnologiyalari ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi eng muhim vositalardan biri sifatida talqin etiladi. Bu metodlar o‘quvchining darsdagi passiv tinglovchilik holatini bartaraf etib, uni faol ishtirokchiga aylantiradi. Ayniqsa, tarbiya darslarida o‘yin usullaridan foydalanish o‘quvchilarda hayotiy qadriyatlarga oid tushunchalarni mustahkamlash, o‘zini ifoda etish, muloqot madaniyatini rivojlantirish va ijtimoiy mas’uliyat hissini kuchaytirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli ta’lim jarayonida o‘quvchi bilimni tayyor shaklda emas, balki o‘z faol ishtiroki orqali egallaydi. Bu jarayon tafakkur, xotira, idrok, diqqat, nutq va ijodiy tasavvurni uyg‘un rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu sababli, interaktiv o‘yinlardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning bilimini oshiradi, balki ularning tafakkur faoliyatini yanada chuqurlashtiradi, o‘quv jarayoniga ijobiy motivatsiya olib kiradi. TADQIQOT METODOLOGIYASI: Tadqiqotning metodologik asosi zamonaviy pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari nazariyalariga tayanadi. Tadqiqotda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi, faol o‘qitish metodlari hamda interaktiv o‘yin texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari asos qilib olingan. Shuningdek, ishning nazariy asosini L. S. Vygotskiy, J. Piajé, J. Bruner, D. Dewey, K. Rodjers, R. Mavlonova, N. Saidahmedov, A. Abduqodirov kabi olimlarning ta’lim jarayonida tafakkur va bilish faoliyatini rivojlantirishga oid qarashlari tashkil etadi. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning asosiy maqsadi - tarbiya darslarida o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv o‘yinlardan foydalanishning samarali usullarini aniqlash, ularning didaktik asoslarini ishlab chiqish hamda amaliy qo‘llanilish mexanizmini asoslab berishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi ilmiy-vazifalar bajarildi: 1. Tafakkurni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslarini tahlil qilish; 2. Tarbiya fanining mazmuniga mos interaktiv o‘yin turlarini aniqlash va tasniflash; 3. Interaktiv o‘yinlarning o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlashiga ta’sirini o‘rganish; 4. O‘yin texnologiyalarini tarbiya darslarida qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish; 5. Amaliy tajribalar asosida o‘yin metodlarining samaradorligini baholash. Tadqiqot metodlari: Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy metodlardan foydalanildi: Nazariy metodlar - ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, konseptual yondashuvlar asosida nazariy model ishlab chiqish; Empirik metodlar - kuzatish, so‘rovnoma, suhbat, pedagogik eksperiment, test sinovlari orqali amaliy ma’lumotlarni yig‘ish; Tahliliy metodlar - olingan natijalarni statistik qayta ishlash, ularni tahlil qilish va ilmiy xulosalarga kelish. TAHLIL VA NATIJALAR: Tadqiqot davomida o‘tkazilgan nazariy va amaliy kuzatuvlar, so‘rovnomalar hamda pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, tarbiya darslarida interaktiv o‘yinlardan oqilona foydalanish o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. Tajriba jarayonida 3-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda o‘yinli ta’lim texnologiyalarining o‘quvchilarda mantiqiy, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli amalda o‘rganildi.
1. Dastlabki holat tahlili: Tajriba-sinov ishlarining boshlang‘ich bosqichida o‘quvchilarning tafakkur faoliyati, mustaqil fikrlash darajasi va o‘quv motivatsiyasi aniqlash maqsadida diagnostik so‘rov o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning 45 foizi darslarda faol ishtirok etmasligi, 38 foizida esa o‘z fikrini erkin ifoda etish ko‘nikmasi yetarli darajada shakllanmaganligi aniqlandi. Bu esa tarbiya darslarida interaktiv metodlardan foydalanish zaruratini yanada kuchaytirishini ko‘rsatdi. 2. Interaktiv o‘yinlar orqali ta’sir mexanizmini sinovdan o‘tkazish: Keyingi bosqichda o‘quv jarayonida “Aqliy hujum”, “Fikrlar zanjiri”, “Rolli o‘yin”, “Muammoli vaziyat”, “Debat”, “Guruhli musobaqa” kabi o‘yinli metodlardan foydalanildi. Ushbu usullar darsning mavzusiga moslashtirilib, har bir o‘yin orqali o‘quvchilarning fikrlash, tahlil qilish, muammoni hal etish va xulosa chiqarish ko‘nikmalari rivojlantirildi. Masalan, “Rolli o‘yin” metodida o‘quvchilar turli ijtimoiy rollarni bajarish orqali muayyan axloqiy vaziyatlarga o‘z nuqtayi nazaridan yondashishdi. Bu jarayon ularning tafakkurini faollashtirib, muloqot madaniyati va empatiya tuyg‘usini mustahkamladi. “Aqliy hujum” mashg‘ulotlari esa o‘quvchilarda tezkor fikrlash, fikrlar xilma-xilligini qadrlash va jamoaviy muhokama yuritish malakasini rivojlantirdi. Shunday qilib, olib borilgan tadqiqotlar shuni isbotladiki, tarbiya darslarida interaktiv o‘yinlardan samarali foydalanish o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollik, mas’uliyat, muloqot madaniyati va ijodiy yondashuvni shakllantirishda muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. XULOSA VA TAKLIFLAR: Olib borilgan nazariy tahlillar hamda amaliy tajriba-sinov ishlari asosida tarbiya darslarida interaktiv o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning tafakkur faoliyatini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlandi. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv o‘yinli metodlar o‘quvchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini, balki ularning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, muloqot va hamkorlik madaniyatini ham samarali rivojlantiradi. - Tafakkurni rivojlantirishning asosiy sharti - faol o‘quv jarayoni. Interaktiv o‘yinlar o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirokchi sifatida jalb etadi, bu esa ularning tafakkur jarayonlarini faollashtiradi. - O‘yinli ta’lim - tabiiy o‘rganish shakli. O‘quvchi o‘yin jarayonida tahlil qiladi, solishtiradi, qaror qabul qiladi va xulosa chiqaradi. Bu esa tafakkurning mantiqiy va ijodiy yo‘nalishda shakllanishiga xizmat qiladi. - Tarbiya darslarida o‘yin texnologiyalarining qo‘llanishi o‘quvchilarning axloqiy qadriyatlarga ongli munosabatini shakllantiradi, ularni ijtimoiy muhitda faol, fikrini erkin ifoda etuvchi shaxs sifatida tarbiyalaydi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar15 ta adabiyot
- Avloniy, A. Turkiy guliston yoxud axloq. - Toshkent: O‘qituvchi, 1992.
- Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
- Mavlonova, R., Saidahmedov, N., Abduqodirov, A. Pedagogika. - Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari jamiyati nashriyoti, 2010.
- Ziyomuhammadov, B., To‘raev, A. Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2014.
- Saidahmedov, N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - Toshkent: Fan, 2003.
- Dewey, J. Democracy and Education. - New York: Macmillan, 1916.
- Piaget, J. The Psychology of Intelligence. - London: Routledge & Kegan Paul, 1950.
- Vygotsky, L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. - Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.
- Bruner, J. The Process of Education. - Cambridge, MA: Harvard University Press, 1960.
- Rodjers, K. Freedom to Learn. - Columbus, OH: Merrill, 1969.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi qarori. -Toshkent, 2020.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti to‘g‘risida”gi qarori. - Toshkent, 2021.
- Abduqodirov, A., Shodiev, N. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. - Toshkent: Innovatsiya, 2017.
- G‘ofurova, D., Hamidova, N. Tarbiyaviy faoliyatda interaktiv metodlardan foydalanish. “Pedagogika va psixologiya” jurnali, №2, 2022.
- Hasanboeva, O. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari. - Toshkent: Fan, 2019.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011463
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/472
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 679–682
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25