Asosiy mazmunga o‘tish

OGAHIYNING ,,USTINA‘‘ RADIFLI G‘AZALIDA SO‘ZLAR BETAKRORLIGI

Yakutkhan AnvarovaToshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta‘lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 631–634

Annotatsiya

Mazkur maqolada Ogahiyning ,,Ustina‘‘ radifli g‘azali badiiy jihatdan atroflichatahlil qilinadi. G‘azalning mazmuniy qatlamlari , undagi poetic vositalar , tashbeh, tazod, tanosub, istiora,mubolag‘a kabi badiiy san‘atlarning qo‘llanishi ilmiy-nazariy jihatdan sharhlanadi. Baytlar ketma-ketholda izohlanib , shoirning obrazlar tizimi, uslubiy mahorati va badiiy qarashlari kengyoritiladi.Shuningdek, g‘azalda ifodalangan oshiqona kayfiyat, ma‘shuqaning husni va uning oshiqqata‘siri xususida adabiy-nazariy mulohazalar keltiriladi.

Boshqa tillarda

ruschaУНИКАЛЬНОСТЬ СЛОВ В ГАЗАЛЕ ОГАХИ «УСТИНА», ПОЛНОЦЕННОМ ИЗОБРАЖЕНИЕМ КОРНЕВЫХ ТРАВ.

В данной статье представлен всесторонний художественный анализ газели Огахия «Устина», рассмотрен поэтический приём и использование таких художественных средств, как сравнение, метафора, аллитерация, гипербола, а также даны научно-теоретические объяснения. Стихи анализируются последовательно, широко освещается система образов поэта, стилистические навыки и художественные взгляды. Кроме того, рассматриваются литературные и теоретические аспекты романтического настроения, выраженного в газели, красоты возлюбленной и её влияния на влюблённого.

inglizchaUNIQUENESS OF WORDS IN OGAHI‘S RADIFLED GHAZAL "USTINA"

This article provides a comprehensive artistic analysis of Ogahiy‘s ghazal "Ustina", a poetic device, and the use of artistic devices such as simile, metaphor, alliteration, metaphor, and hyperbole are scientifically and theoretically interpreted. The verses are interpreted one after the other, and the poet‘s system of images, stylistic skills, and artistic views are widely illuminated. In addition, literary and theoretical considerations are made about the romantic mood expressed in the ghazal, the beauty of the beloved, and her influence on the lover.

Kalit so‘zlar

  • g‘azal
  • radif
  • badiiy san‘at
  • tashbeh
  • istiora
  • mubolag‘a
  • ma‘shuqa
  • oshiqona lirika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

OGAHIYNING ,,USTINA’’ RADIFLI G’AZALIDA SO’ZLAR BETAKRORLIGI

Yoqutxon Anvarova Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi @anvarovayoqutxon523gmail.com [telefon raqami yashirilgan] Ilmiy rahbar F.f.d , Mutalova Gulnora Sattarovna

Annotatsiya. Mazkur maqolada Ogahiyning ,,Ustina’’ radifli g’azali badiiy jihatdan atroflicha tahlil qilinadi. G’azalning mazmuniy qatlamlari , undagi poetic vositalar , tashbeh, tazod, tanosub, istiora, mubolag’a kabi badiiy san’atlarning qo’llanishi ilmiy-nazariy jihatdan sharhlanadi. Baytlar ketma-ket holda izohlanib , shoirning obrazlar tizimi, uslubiy mahorati va badiiy qarashlari keng yoritiladi.Shuningdek, g’azalda ifodalangan oshiqona kayfiyat, ma’shuqaning husni va uning oshiqqa ta’siri xususida adabiy-nazariy mulohazalar keltiriladi. Kalit so’zlar: g’azal, radif , badiiy san’at, tashbeh, istiora, mubolag’a, ma’shuqa, oshiqona lirika.

УНИКАЛЬНОСТЬ СЛОВ В ГАЗЕЛИ ОГАХИЙ С РЕДИФОМ «УСТИНА»

Йокутхон Анварова Ташкентский государственный университет востоковедения, Направление: Филология и преподавание языков (узбекский язык), студентка 2-го курса @anvarovayoqutxon523gmail.com [telefon raqami yashirilgan] Научный руководитель: д.ф.н., Муталова Гулнора Саттаровна

Аннотация. В данной статье проводится всесторонний художественный анализ газели Огахий с редифом «Устина». Рассматриваются смысловые слои произведения, использование поэтических средств — таких как ташбех, тазод, таносуб, истиора и мубалага — в научно-теоретическом аспекте. Каждый бейти последовательно анализируется, раскрывается система образов поэта, его стилистическое мастерство и художественные взгляды. Кроме того, в статье представлены литературно-теоретические размышления о любовном настроении, красоте возлюбленной и её влиянии на влюблённого. Ключевые слова: газель, редиф, художественное средство, сравнение, метафора, гипербола, возлюбленная, любовная лирика.

THE UNIQUENESS OF WORDS IN OGAHIY’S GHAZAL WITH THE RADIF “USTINA”

YOQUTXON ANVAROVA Tashkent State University of Oriental Studies, Faculty of Philology and Language Teaching (Uzbek Language), 2nd-year student @anvarovayoqutxon523gmail.com [telefon raqami yashirilgan] Scientific supervisor: DSc in Philology, Mutalova Gulnora Sattarovna

Abstract. This article provides a comprehensive artistic analysis of Ogahiy’s ghazal with the radif “Ustina.” The semantic layers of the poem and the use of poetic devices such as simile, antithesis, parallelism, metaphor, and hyperbole are examined from a theoretical perspective. Each couplet is analyzed in sequence, highlighting the poet’s system of imagery, stylistic mastery, and artistic vision. The paper also presents literary and theoretical reflections on the romantic mood expressed in the ghazal, the beauty of the beloved, and her influence on the lover. Keywords: ghazal, radif, poetic device, simile, metaphor, hyperbole, beloved, romantic lyricism.

Kirish. XIX asrning yirik adiblaridan biri bo’lgan Muhammad Rizo Ogahiy o’z davrining yetuk shoirlaridan hisoblanadi. U o’zining g’azal va dostonlari bilan turkey adabiyot xazinasini boyitgan, xalqona ruhdagi asarlari bilan tanilgan. Shoir lirikasida ishqaiy mavzular yetakchi o’rin tutib, ularning badiiy ifodasi hamisha nazokat bilan yoritiladi. Ogahiyning ,, Ustina’’ radifli g’azali ham ana shunday nafis tuyg’ular va badiiy san’atlar uyg’unligidan tarkib topgan. Ushbu maqolada g’azal baytma-bayt tahlil qilinib, undagi ma’no qatlamlari va badiiy vositalar izchil sharhlanadi.

Baytma-bayt tahlil Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun “nas” keltirur “nun” eltibon “sod” ustina.

Shoir g‘azalni yor ko‘zining tasviri bilan boshlaydi. Yorning ,,chashmi jallod’’ deb atalayotgani oshiqning unga mahkumligini anglatadi. Baytda Qur’on harflaridan foydalanish orqali diniy timsollar keltirilgan. ,,Nas’’, ,,nun’’ va ,,sod’’kabi arabiy ishoralar ma’no qatlamiga diniy-falsafiy ohang beradi. Shoir o‘z qatlini yor ko‘zining qotilligi bilan bog‘lab, uning qarashidan o‘lim topishini mubolag‘ali tarzda ifodalaydi. Bu yerda istiora va tashbeh uyg‘unlashib, yor ko‘zi oshiqqa hukm chiqaruvchi jallod sifatida gavdalanadi. Qatl uchun hujjat keltirish motivi ham badiiy ramzdir. Shoirning bu tasviri oshiqona lirikaning fojiaviy kayfiyatini ochib beradi. Baytda tanosub ham mavjud bo‘lib, ko‘z, qatl, jallod kabi so‘zlar bir-biri bilan ma’no jihatdan uyg‘unlashadi. Umuman olganda, bu bayt g‘azalning boshlanishidayoq dramatik ohangni belgilab beradi. Qilg‘il tamosho qomati, zebosi birla orazin, Gar ko‘rmasang gul bo‘lg‘onin payvand shamshod ustina. Bu baytda shoir ma’shuqaning go‘zalligini qomat va yuz tasviri orqali ifodalaydi. Yorning qomati shamshod daraxtiga, yuzi esa ochilgan gulga qiyos qilinadi. Bu yerda tashbeh san’ati ustalik bilan qo‘llanadi. ,,Payvand shamshod’’ iborasi yorning qomati hech bir narsa bilan tenglashtirib bo‘lmas darajada mukammalligini ko‘rsatadi. Mubolag‘a orqali yor husnining beqiyosligi tasdiqlanadi. Qomat, yuz, gul va shamshod obrazlari tanosub san’atini yuzaga keltiradi. Shoir ma’shuqani tabiatdagi eng go‘zal timsollar bilan uyg‘unlashtirib tasvirlaydi. Bu oshiqqa bo‘lgan cheksiz hayratni ifodalash vositasiga aylanadi. Baytda estetik go‘zallikning yuksak darajada madh etilishi seziladi. Natijada yor jamoli ilohiy darajada yuksaltirilgan bo‘ladi. Noz-u ado-vu g‘amzasi qasdim qilurlar dam-badam, Vah, muncha ofatmu bo‘lur bir odamizod ustina. Bu baytda yorning noz-u ishorasi oshiq uchun xatar manbai sifatida ko‘rsatilgan. Shoir uni odamzod uchun ,,ofat’’ darajasida ta’riflaydi. Yorning qahrli qiyofasi oshiq uchun doimiy azob tug‘diradi. Bu yerda mubolag‘a va tazod san’atlari ustalik bilan qo‘llangan. Bir odamzodning bu qadar ofatli bo‘lishi poetik kinoya orqali kuchaytirilgan. Oshiqning qasdi oshiqlikni o‘lim bilan barobar ko‘rsatadi. G‘amza va nazarlarning o‘lim hukmiga tenglashtirilishi dramatik ohang yaratadi. Baytda lirikaning fojiaviy ruhiyati yuksaladi. Shoir insoniy go‘zallikning xavfli tomonlarini ham yoritib beradi. Bu oshiqona lirikaning ichki dramatizmini kuchaytiruvchi baytdir. Man xastag‘a jon asramoq emdi erur dushvorkim, Qotil ko‘zi bedod etar har lahza bedod ustina. Shoir bu baytda o‘zini xasta oshiq sifatida ko‘rsatadi. Yorning qotil nigohi har on uni qiynashini ta’kidlaydi. Bu oshiqlikning azobini oshirib ko‘rsatishga xizmat qiladi. ,,Qotil ko‘z’’ istiorasi orqali yor nigohi haqiqiy o‘lim xavfidan ham qo‘rqinchliroq qilib tasvirlanadi. Mubolag‘a san’ati yor nigohining beqiyos kuchini ochadi. Shoir har lahzada bedodlikka uchrashini dramatik ohangda bayon etadi. Baytda oshiqning hayoti uzluksiz xavf ostida ekanligi tasvirlangan. Fojiaviy kayfiyat lirikaning markazida turadi. Shoir oshiqlikni jon saqlashdan ham qiyinroq deb hisoblaydi. Natijada yor nigohi oshiqqa hayotiy halokat manbai sifatida gavdalanadi. Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko‘ngul shom-u sahar, Bulbuldek aylar yuz navo ming nav faryod ustina. Bu baytda oshiq bulbulga qiyos qilinadi. Yorning gul yuzidan ilhomlangan oshiq shom-u sahar nola qiladi. Bulbul va gul obrazlari klassik lirikaning eng yorqin timsollaridan sanaladi. Shoir o‘zini bulbuldek beqaror, ma’shuqasini esa guldek go‘zal sifatida tasvirlaydi. Baytda tashbeh san’ati asosiy o‘rinni egallagan. ,,Yuz navo, ming nav faryod’’ mubolag‘asi oshiqning nolalarini cheksiz darajada ko‘rsatadi. Bu tasvir oshiqning ma’shuqaga bo‘lgan cheksiz intilishidan dalolat beradi. Bulbul va gul timsollari tanosub san’atini yuzaga keltiradi. Shoir lirikasida shodlik emas, balki iztirob ustuvor ohang sifatida aks etadi. Baytda ishqiy kechinmalar butun kuchi bilan tasvirlanadi. Boshimg‘a yoqqon g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. Bu baytda oshiq o‘z g‘amini Farhodning dardidan ustun qo‘yadi. Farhod timsoli mumtoz adabiyotda sabr va mehnat ramzi sifatida ma’lum. Shoir o‘z iztirobini minglab Besutun tog‘idan ham og‘irroq deb hisoblaydi. Bu mubolag‘a san’atining yorqin namunasidir. Farhod obrazini keltirish poetik bog‘lanish yaratadi. Baytda oshiqlikning fojiasi yanada kuchaytiriladi. Shoir o‘zini buyuk afsonaviy qahramon bilan solishtiradi. Lekin uning dardi Farhodnikidan ham ortiqroq deb ta’kidlaydi. Bu oshiqona lirikaning dramatizmini kuchaytiradi. Natijada bayt oshiqlik iztirobining yuksak cho‘qqisini ko‘rsatadi. Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini, Kim mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Bu baytda shoir podshohga murojaat qiladi. Shoir adolat va mehrni targ‘ib qiladi. ,,Mehr nuri teng tushar’’ iborasi orqali shoir hayot falsafasini ifodalaydi. Bu yerda tazod san’ati muhim rol o‘ynaydi: vayron va obod, yaxshi va yomon qarama-qarshi qo‘yiladi. Shoir mehr va adolatning umumiylik sifatida hammani qamrab olishini tasvirlaydi. Baytda hikmatli ohang seziladi. Shoir jamiyatni adolatli bo‘lishga da’vat etadi. Bu bayt g‘azaldagi ijtimoiy-falsafiy qatlamni ochib beradi. Shoir muhabbatni faqat shaxsiy emas, balki umumiy qadriyat darajasiga ko‘taradi. Natijada bayt g‘azalning ijtimoiy ma’nosini chuqurlashtiradi. Xoki taning barbod o‘lur oxir jahonda necha yil, Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina. Bu baytda shoir inson umrining foniyligini eslatadi. Shoir Sulaymon timsolini keltirib, dunyo saltanati ham abadiy emasligini ko‘rsatadi. Sulaymon taxti ham oxir-oqibat shamol ustiga qurilgandek barbod bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Bu tashbeh va istiora san’atining yorqin namunasi. Baytda hikmatli, falsafiy ohang seziladi. Shoir insonning tanasi ham tuproqqa aylanadi, deya eslatma beradi. Bu o‘quvchini dunyoqarashga undovchi xulosa sifatida xizmat qiladi. Bayt lirikaning falsafiy qatlamini ochib beradi. Shoir inson umrini abadiylik bilan qiyoslab, hayotning beqarorligini ko‘rsatadi. Natijada bayt oshiqlik iztiroblaridan umumiy falsafiy fikr sari ko‘tariladi. Ne jur’at ila Ogahiy ochg‘ay og‘iz so‘z dergakim, Yuz xayli g‘am qilmish hujum ul zori noshod ustina. So‘nggi baytda shoir o‘zini noshod, g‘amgin oshiq sifatida tasvirlaydi. Shoir yuz xil g‘am uni bosganini ta’kidlaydi. Bu mubolag‘a oshiqning ruhiy iztirobini kuchaytiradi. Shoir o‘zining ojizligini e’tirof etadi. Oshiqlik unga jur’at bermayotganini bildiradi. Baytda lirikaning yakuniy dramatik kayfiyati aks etadi. Shoirning ruhiy tushkunligi oshiqona lirikaning tabiiy natijasi sifatida ko‘rsatiladi. Ogahiy o‘z g‘azalini fojiaviy ohangda yakunlaydi. Bu oshiqona lirikaning yuksak dramatizmini yakunlovchi baytdir. Natijada butun g‘azal oshiqning iztiroblarini yorituvchi mukammal asar sifatida tugaydi.

Ogahiy g‘azalining har bir bayti chuqur ma’no va badiiy san’atlarga boydir. Shoir ma’shuqaning qiyofasi, uning qahrli va jozibali nigohi, shuningdek, oshiqqa ta’sirini nozik badiiy uslubda tasvirlaydi. Radif va qafiyaning mukammal qo‘llanishi g‘azalning ohangdorligini oshirgan. Baytlardagi tashbeh, istiora, mubolag‘a, tanosub va tazodlar shoirning yuksak poetik mahoratini yaqqol namoyon qiladi. Umuman olganda, ushbu g‘azal o‘zbek mumtoz adabiyotidagi oshiqona lirikaning yorqin namunasidir.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Ogahiy M. G‘azallar devoni. – Toshkent: Fan, 1971.
  2. Yoqubov H. Mumtoz adabiyot poetikasi. – Toshkent: Universitet, 2005.
  3. Sirojiddinov S. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2010.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011448
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/457
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
631–634
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25