Asosiy mazmunga o‘tish

“BOBURNOMA” ASARIDAGI MURAKKABLASHGAN GAPLARNING SINTAKTIK TAHLILI

Abdazova Gulsanam Inomjon kiziO‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 661–663

Annotatsiya

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat tarixiy voqealarnihujjatlashtiradi, balki muallifning ichki kechinmalari, shaxsiy psixologik holatlari va estetik qarashlarinio‘zida mujassam etgan murakkab sintaktik tuzilmalar vositasida tasvirlaydi. Bobur o‘z asarida arabcha vaforscha grammatik matnlardan, sintaktik parallelizm, bog‘langan va ergashgan gaplar kabikonstruksiyalardan keng foydalangan bo‘lib, ushbu uslubiy xususiyatlar uning o‘ziga xos nutqmadaniyatini namoyon etadi. Ushbu tezisda asarda qo‘llangan murakkab qurilmalar, muallif uslubininggrammatik xususiyati haqida so‘z yuritiladi.

Boshqa tillarda

ruschaСИНТАКТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИИ «БАБУРНАМА»

Произведение Захириддина Мухаммада Бабура «Бобурнома» не только документирует исторические события, но и описывает внутренние переживания автора, его личное психологическое состояние и эстетические взгляды посредством сложных синтаксических структур. В своем произведении Бабур широко использовал арабские и персидские грамматические приемы, синтаксический параллелизм, связные и придаточные предложения, и эти стилистические особенности демонстрируют его уникальную речевую культуру. В данной работе рассматриваются сложные средства, используемые в произведении, и грамматические особенности стиля автора.

inglizcha“BOBURNOMA” ASARIDAGI MURAKKABLASHGAN GAPLARNING SINTAKTIK TAHLILI

Zahiriddin Muhammad Babur‘s work "Boburnoma" not only documents historical events, but also describes the author‘s inner experiences, personal psychological states, and aesthetic views through complex syntactic structures. In his work, Babur widely used Arabic and Persian grammatical texts, syntactic parallelism, connected and subordinate clauses, and these stylistic features demonstrate his unique speech culture. This thesis discusses the complex devices used in the work and the grammatical features of the author‘s style.

Kalit so‘zlar

  • “Boburnoma”
  • murakkab gap
  • sintaktik tahlil
  • o‘zbek tili
  • Bobur

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

“BOBURNOMA” ASARIDAGI MURAKKABLASHGAN GAPLARNING SINTAKTIK TAHLILI

Abdazova Gulsanam Inomjon qizi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari nafaqat tarixiy voqealarni hujjatlashtiradi, balki muallifning ichki kechinmalari, shaxsiy psixologik holatlari va estetik qarashlarini o‘zida mujassam etgan murakkab sintaktik tuzilmalar vositasida tasvirlaydi. Bobur o‘z asarida arabcha va forscha grammatik matnlardan, sintaktik parallelizm, bog‘langan va ergashgan gaplar kabi konstruksiyalardan keng foydalangan bo‘lib, ushbu uslubiy xususiyatlar uning o‘ziga xos nutq madaniyatini namoyon etadi. Ushbu tezisda asarda qoʻllangan murakkab qurilmalar, muallif uslubining grammatik xususiyati haqida soʻz yuritiladi. Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, sintaksis, sintaktik tahlil, Grammatik qurilma, murakkab qurilmalar, murakkablashgan sodda gap, murakkablashgan qoʻshma gap.

СИНТАКСИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ ПРЕДЛОЖЕНИЙ В ПРОИЗВЕДЕНИИ «БАБУР-НАМЕ»

Аннотация. Произведение Захириддина Мухаммада Бабура «Бабур-наме» представляет собой не только ценный исторический источник, фиксирующий события своего времени, но и выдающийся образец авторской речи, насыщенной сложными синтаксическими структурами. Посредством данных конструкций автор раскрывает внутренние переживания, психологические состояния и эстетические воззрения. В тексте широко используются элементы арабской и персидской грамматической традиции, синтаксический параллелизм, а также сложносочинённые и сложноподчинённые предложения, что свидетельствует о высоком уровне речевой культуры Бабура. В настоящем исследовании проводится анализ синтаксической организации сложных предложений в «Бабур-наме» и выявляются грамматические особенности авторского стиля. Ключевые слова: «Бабур-наме», синтаксис, синтаксический анализ, грамматическая конструкция, сложные структуры, осложнённое простое предложение, осложнённое сложное предложение.

SYNTACTIC ANALYSIS OF COMPLEX SENTENCES IN THE WORK BABURNAMA

Annotation: Zahiriddin Muhammad Babur’s Baburnama serves not only as a valuable historical record documenting the events of its time but also as an outstanding example of the author’s linguistic artistry, characterized by the use of complex syntactic structures. Through these constructions, Babur reveals his inner emotions, psychological states, and aesthetic perceptions. The text demonstrates extensive use of Arabic and Persian grammatical traditions, syntactic parallelism, and both compound and complex sentences, all of which reflect the author’s refined speech culture. This study analyzes the syntactic organization of complex sentences in the Baburnama and identifies the grammatical features that define Babur’s unique stylistic manner. Keywords: Baburnama, syntax, syntactic analysis, grammatical structure, complex constructions, complicated simple sentence, complicated compound sentence.

Kirish. Adabiy til taraqqiyoti jarayonida har bir yozma yodgorlik o‘z zamonasi uchun nafaqat madaniy va tarixiy manba, balki lingvistik hodisalar majmui sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari ham ushbu yondashuv nuqtai nazaridan chuqur tahlilni taqozo etadi. Asarda Boburning ichki kechinmalari, shaxsiy qarashlari va hayotiy tajribalari til vositalari, ayniqsa sintaktik konstruktsiyalar orqali badiiy obraz darajasida ifodalanadi. Ayniqsa, murakkab gaplar, sintaktik parallelizm, arabcha va forscha grammatik konstruksiyalar poetik nutqning ajralmas komponentlari sifatida ko‘zga tashlanadi. Shu sababli, “Boburnoma”dagi sintaktik qurilishlar badiiylik va psixologik yondashuvning mazmuniy asosini tashkil etadi. Professor G‘.Abdurahmonov tomonidan ilmiy adabiyotlarga olib kirilgan murakkablashgan sodda gaplar atamasi ostida sodda gaplar bilan qo‘shmagaplar oralig‘idagi gaplar ekanligita’kidlandi. Tilshunos olim murakkab gap atamasini qo‘shmagapga nisbatan, murakkablashgan gap terminini esa sodda gapga nisbatan qo‘llagan. Olim sodda gaplarni murakkablashtiruvchi birliklar sirasiga ajratilgan bo‘lakli gaplar, undalma va kirishlarni kiritadi. A.G‘ulomov va M.Asqarovalarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis” darsligida ham murakkablashtiruvchilarga uyushiq bo‘laklar, ajratilgan bo‘laklar, kirish qurilmalar, undalmalarni kiritadilar. Hamda bunday murakkablashtirish uni sodda gaplar doirasidan chiqarib yubormasligini, shakliy va mazmuniy jihatdan murakkablashuviga sabab bo‘lishini ta’kidlaydilar. Sodda gaplarda murakkablashuv sintagmatik yoki intonatsion bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra murakkablashishi mumkin ekanligi H.Boltaboyeva tomonidan qayd etilgan. Zahiriddin Bobur o‘zining “Boburnoma” asarida ruhiy holatlarini, ayniqsa, yo‘qotish, g‘am, sog‘inch yoki ishonchsizlik kayfiyatini ifoda etishda murakkab sintaktik qurilmalardan ustalik bilan foydalangan. Bunday sintaktik vositalar orasida ergash gapli, bog‘lovchisiz bog‘langan va ketma-ket bog‘langan gaplar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular matnda psixologik uzilishlar, ichki ziddiyatlar yoki fikr oqimining murakkabligi kabi holatlarni berishda xizmat qiladi. Nechukki, mazkur bo‘ldi, xotirg‘a yettikim, ora muncha yovuq bo‘lg‘onda xon, chun ota og‘adurlar, borib mulozamat qilsam, o‘tkan kuduratlar raf’ bo‘lg‘ay, iroqta-yovuqta eshitur, ko‘rarga yaxshi bo‘lg‘ay deb kelib, Shohruxiyadan tashqari Haydarbek solg‘on bog‘da xong‘a mulozamat qildim. (32 a) Ushbu jumla Bobur uslubiga xos bo‘lgan murakkab ergash gapli qo‘shma gap namunasi hisoblanadi. Sintaktik jihatdan: kesimlar ko‘pincha fe’lning ehtimol mayli (-g‘ay) yoki shart mayli (-sa/- nda) shakllarida qo‘llangan, bu esa matnga modallik va ehtimollik ohangini beradi; bog‘lovchilar:“nechukki”, “kim”, “chun”, “deb” gaplarni semantik jihatdan izohlashga xizmat qilgan; asosiy voqea – Boburning xonga borib, mulozamat qilgani; qolgan gaplar esa bu voqeani izohlaydi, ijtimoiy va hissiy asosini ochadi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida o‘zbek tilining ona tiliga xos sintaktik tizimini saqlagan holda, arab va fors tillaridan olingan sintaktik konstruksiyalarni keng qo‘llagan. Bu konstruktsiyalar asar matniga nafaqat madaniy rang-baranglik baxsh etgan, balki Boburning til shijoati va ifoda vositalarini boyitgan. Arabcha va forscha sintaktik elementlar asosan murakkab jumlalar tarkibida, jumladan, ko‘plikda bog‘langan gaplar, kelishik ergash gaplar, va infinitivli gaplar ko‘rinishida uchraydi. Ushbu elementlar yordamida Bobur murakkab ruhiy holatlarni va falsafiy mulohazalarni yanada chuqurroq ifodalash imkoniga ega bo‘lgan. Sulton Ali mirzo bilan ko‘rushgondin so‘ng chun qish yovuq kelib edi, Samarqand elining ham xeyli tanqislig‘i yo‘q edi. (38-b) Gapning grammatik asosi “tanqislig‘i yo‘q edi” kesimidir. Ergash gaplar zamon va sabab asosiy gapdagi holatni Samarqand xalqining tanqislik ko‘rmagani sabab va vaqt nuqtai nazaridan izohlaydi. Bog‘lovchilar: “-gondin so‘ng” → vaqt bog‘lovchi shakl, “chun” → sabab bog‘lovchi. Gapning umumiy ma’nosi: Sulton Ali mirzo bilan uchrashuvdan keyin, qish sovuq kelgan bo‘lsa-da, Samarqand xalqi hech qanday qiyinchilik ko‘rmadi. Bu jihattinkim, Shayx Abdullo barlos Boysunqur mirzo qoshidin Sulton Mas’ud mirzo qoshig‘akim bordi, chun mirzoga qoyinota edi, asru ulug‘rioyat topti. (“B” 65-bet) Gap murakkab ergash gapli qo‘shma gap bo‘lib, tarkibida uchta ergash gap qatnashadi: 1.Sababiy izohlovchi ergash gap:“Bu jihattinkim…” 2. Aniqlovchi ergash gap:“…qoshidin … qoshig‘akim bordi” 3. Sabab ergash gap: “chun mirzoga qoyinota edi”. Asosiy mazmuniy markaz esa “asru ulug‘rioyat topti” jumlasida mujassam.

Xulosa tarzida aytish mumkinki, Zahiriddin Bobur asarlari tili oʻz davridagi boshqa asarlarga nisbatan ancha sodda boʻlsa-da, forsiy qurilmalar ham qoʻllanganini ko‘ramiz. Buni yozma adabiyotda forsiy til an’analari hukmron boʻlganligi bilan izohlash mumkin. Asarda murakkab gaplarning o‘ziga xos ishlatilishi shaxsiy kechinmalarni ifodalashda ularning badiiy va psixologik ahamiyati aniqlandi. “Boburnoma”da arabcha va forscha sintaktik konstruksiyalarning mavjudligi tilning madaniy va tarixiy kontekstini boyitgan, shuningdek, ifoda vositalarini yanada kengaytirgan. Bog‘langan va ergashgan gaplar Zahiriddin Boburning ruhiy holatlari va ichki ziddiyatlarini jonli va ta’sirchan tarzda yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Sintaktik vositalar yordamida asarda psixologik chuqurlik, emotsional turfa-tumanlik va tilning poetik ekspressivligini yuzaga keltirgan. Shunday qilib, “Boburnoma” sintaksisi nafaqat o‘z davrining adabiy tili namunasi, balki o‘ziga xos ruhiy-motivatsion konstruksiyalar to‘plami sifatida ham ilmiy qiziqish uyg‘otadi. Ushbu tadqiqot Zahiriddin Boburning til va uslubiga yangicha yondashuvni taqdim etib, kelajakdagi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar19 ta adabiyot

  1. Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. Toshkent: Sharq. 2002. – B. 378
  2. Абдураҳмонов, Ғ., Шукуров, Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. Тошкент: Ўқитувчи.
  3. 1973. – Б. 311
  4. Rahmatov M., O‘zbek tili sintaksisi rivojida chun bog‘lovchisining o‘rni. - Toshkent // Golden Scripts,
  5. 2020. – B. 21
  6. Abdurahmonov.G‘ “O‘zbek tili sintaksisida murakkab gaplar masalasiga doir o‘zbek tili va adabiyoti masalalari”. Toshkent–1962
  7. Boltaboyeva X.“O‘zbek tilida murakkablashgan sodda gaplar”. Toshkent–1969
  8. Fayzullayev B., Abdullayev T.“Hozirgi o‘zbek adabiy tili’’. Toshkent–2007
  9. Нурмонов, А., Маҳмудов, Н., Аҳмедов, А., Солихўжаева, С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. Тошкент: Фан. 1992.
  10. 8.Гаджиева, Н.З. Основные пути развития синтаксической структуры тюркских языков. Москва:
  11. Наука. 1973.
  12. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. Ikkinchi nashr. Toshkent: 2016.
  13. Щербак, А.М. Грамматика староузбекского языка. Москва, Ленинград: АН СССР. 1962.
  14. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA
  15. SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK
  16. IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388.
  17. R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY
  18. MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH
  19. TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011459
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/468
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
661–663
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25