Asosiy mazmunga o‘tish

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Gilishtaganova Ogultagan MeretbaevnaAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 626–629

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirishningmazmun-mohiyati, uni ta‘lim jarayonida amalga oshirishning samarali shakl va usullari hamda bujarayonning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, deontologik sifatlarning tarkibiykomponentlari axloqiy-madaniy, kasbiy-axloqiy, emotsional-irodaviy va refleksiv jihatlar ilmiy asosdako‘rib chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

В данной статье анализируются содержание и сущность развития деонтологических качеств будущих учителей, эффективные формы и методы их реализации в образовательном процессе, а также специфические особенности этого процесса. Кроме того, на научной основе рассматриваются структурные компоненты деонтологических качеств – морально-культурный, профессионально-этический, эмоционально-волевой и рефлексивный аспекты.

inglizchaSPECIFIC FEATURES OF DEVELOPING DEONTOLOGICAL QUALITIES OF FUTURE TEACHERS

This article analyzes the content and essence of developing deontological qualities of future teachers, effective forms and methods of implementing it in the educational process, and the specific features of this process. Also, the structural components of deontological qualities - moral-cultural, professional-ethical, emotional-volitional and reflexive aspects - are considered on a scientific basis.

Kalit so‘zlar

  • bo‘lajak o‘qituvchi
  • pedagogik deontologiya
  • deontologik sifatlar
  • kasbiy burch
  • axloqiy javobgarlik
  • pedagogik etika
  • insonparvarlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING DEONTOLOGIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Gilishtaganova Ogultagan Meretbaevna Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti

Annotatsiya. Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirishning mazmun-mohiyati, uni ta’lim jarayonida amalga oshirishning samarali shakl va usullari hamda bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, deontologik sifatlarning tarkibiy komponentlari axloqiy-madaniy, kasbiy-axloqiy, emotsional-irodaviy va refleksiv jihatlar ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, pedagogik deontologiya, deontologik sifatlar, kasbiy burch, axloqiy javobgarlik, pedagogik etika, insonparvarlik.

FEATURES OF DEVELOPING DEONTOLOGICAL QUALITIES OF FUTURE TEACHERS

Gilishtaganova Ogultagan Meretbaevna Basic doctoral student of the Nukus State Pedagogical Institute named after Adjiniyaz

Abstract. This article analyzes the essence of developing deontological qualities in future teachers, effective forms and methods of implementing them in the educational process, and the specific features of this process. Using a scientific basis, it examines the structural components of deontological qualities: moral and cultural, professional and ethical, emotional and volitional, and reflective aspects. Key words: future teacher, pedagogical deontology, deontological qualities, professional duty, moral responsibility, pedagogical ethics, humanism.

ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ДЕОНТОЛОГИЧЕСКИХ КАЧЕСТВ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

Гилиштаганова Огултаган Меретбаевна Базовый докторант Нукусского государственного педагогического института имени Аджинияза

Аннотация. В статье анализируются сущность формирования деонтологических качеств будущих педагогов, эффективные формы и методы его реализации в образовательном процессе, особенности данного процесса. На научной основе рассматриваются структурные компоненты деонтологических качеств: нравственно-культурный, профессионально-этический, эмоциональноволевой и рефлексивный аспекты. Ключевые слова: будущий учитель, педагогическая деонтология, деонтологические качества, профессиональный долг, моральная ответственность, педагогическая этика, гуманизм.

Bugungi globallashuv jarayonida ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri barkamol, ma’naviy yetuk, kasbiy kompetensiyaga ega, ijtimoiy mas’uliyatni his qiladigan pedagog kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Chunki zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, yosh avlod tarbiyasi va milliy g‘oya g‘alabasining muhim omili aynan o‘qituvchi shaxsining ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogik ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Pedagogik deontologiya o‘qituvchining kasbiy burchi, axloqiy javobgarligi, odob me’yorlari hamda o‘quvchi, ota-ona, hamkasblar va jamiyat oldidagi majburiyatlarini belgilovchi ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda bu sifatlarning erta bosqichdanoq shakllanishi ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etishida, ta’lim-tarbiya jarayonida insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik jarayonda deontologik yondashuv nafaqat kasbiy odob-axloq me’yorlariga rioya etishni, balki o‘qituvchining shaxsiy mas’uliyatini, o‘zini tahlil qilish, o‘zini rivojlantirish va jamiyatga xizmat qilish motivatsiyasini ham nazarda tutadi. Shu jihatdan, bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni shakllantirish mexanizmlarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish dolzarb ilmiy-pedagogik masalalardan biri sanaladi. Pedagogik deontologiya – bu o‘qituvchi faoliyatining axloqiy-me’yoriy asoslarini, uning kasbiy burchi va javobgarligini belgilovchi fan sohasi. “Deontologiya” atamasi lotincha “deontos” – burch, shart va “logos” – ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib [4], o‘qituvchining o‘z kasbiy faoliyatida amal qilishi zarur bo‘lgan axloqiy tamoyillarni o‘rganadi. Pedagogik deontologiya o‘qituvchi faoliyatining quyidagi jihatlarini o‘z ichiga oladi: - o‘qituvchining kasbiy burchi va javobgarligi; - o‘qituvchi–o‘quvchi, o‘qituvchi–ota-ona, o‘qituvchi–jamiyat munosabatlaridagi axloqiy me’yorlar; - kasbiy etika, odob-axloq, so‘z va xulq madaniyati; - pedagogik faoliyatda adolat, insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillariga amal qilish. Bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirish bu fazilatlarni nazariy jihatdan o‘rganish bilangina cheklanmay, balki ularni amaliy faoliyatda mustahkamlashni ham nazarda tutadi. Chunki pedagogik deontologiya nafaqat kasbiy bilim, balki hayotiy pozitsiya, kasbiy e’tiqod ham hisoblanadi. G.Karaxanovaning fikriga ko‘ra, kasbiy faoliyatga deontologik tayyorlik quyidagilarda namoyon bo‘ladi, ya’ni har qanday aqliy hodisalar va namoyon bo‘lishlardan oldin paydo bo‘ladigan munosabat shaklida (o‘tmishdagi tajribaning “hozir va shu yerda” vaziyatga proektsiyasi sifatida); dunyoning o‘z

qiyofasini “tartibga solish”ga motivatsion tayyorlik shaklida (bunday tayyorlik insonga o‘z qilayotgan ishining ma’nosi va qiymatini anglashga imkon beradi); shaxsiylashtirish jarayoni orqali o‘zini o‘zi anglash uchun professional va shaxsiy tayyorlik shaklida [2]. Bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlari bir necha omillar ta’sirida shakllanadi: 1. Ma’naviy-ma’rifiy omillar – o‘qituvchi shaxsining ichki dunyosi, e’tiqodi, qadriyatlari va axloqiy qarashlari uning kasbiy faoliyatidagi xulq-atvorini belgilaydi. 2. Ta’lim-tarbiya jarayoni – pedagogik ta’lim mazmunida deontologik mavzularga alohida e’tibor qaratish, fanlararo integratsiya asosida o‘quv dasturlarini boyitish bu jarayonning samaradorligini oshiradi. 3. Pedagogik amaliyot – talabalar amaliyot jarayonida real ta’lim muhitida o‘z deontologik bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi. 4. Ijtimoiy muhit va jamoaviy munosabatlar – guruh, jamoa va o‘qituvchi jamoasidagi ijobiy axloqiy muhit talabalarda kasbiy axloqiy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Ushbu omillar o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi shaxsining kasbiy va axloqiy kamolotini ta’minlaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlari quyidagi asosiy komponentlardan tashkil topadi: axloqiy-madaniy komponent (o‘qituvchining odob, nutq, kiyinish, muloqot madaniyati); kasbiy-axloqiy komponent (o‘z kasbiy burchini his etish, adolat, sadoqat, mas’uliyat, talabchanlik); emotsional-irodaviy komponent (sabr-toqat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat, empatiya); refleksiv komponent (o‘z faoliyatini tahlil qilish, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, o‘zini takomillashtirishga intilish). Bu komponentlar uyg‘un holda rivojlangandagina o‘qituvchining haqiqiy deontologik qiyofasi shakllanadi. Psixologik tayyorgarligi esa quyidagi komponentlarga asoslanadi: kognitiv, motivatsion-qiymatli, ijodiy va faol-amaliy. Motivatsion-qiymatli komponent o‘zini o‘zi anglaydigan shaxsning motivlariga mos keladigan va talabalarning akademik, professional muvaffaqiyatga erishish motivlari kabi tuzilmalarni o‘z ichiga oladi [3]. Bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik sifatlarni shakllantirishda quyidagi usullar o‘z samarasini beradi: a) interfaol ta’lim metodlari – “Aqliy hujum”, “Munozara”, “Rolli o‘yinlar”, “Keys-stadi” kabi usullar orqali talabalarda axloqiy qaror qabul qilish malakasi rivojlanadi; b) refleksiya va o‘zini baholash – talabalarning o‘z xatti-harakatlarini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga baho berish qobiliyatini oshiradi; c) pedagogik vaziyatlarni modellashtirish – real hayotdagi muammoli vaziyatlar asosida o‘qituvchilik burchiga oid qarorlar ishlab chiqish; d) psixologik treninglar va ma’naviy suhbatlar – kasbiy empatiya, muloqot madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik sifatlarni shakllantirishda mentorlik tizimi, ustoz-shogird an’analari va o‘zaro tajriba almashish jarayonlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik rivojlanishi quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: 1) uzluksizlik deontologik tarbiya ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida izchil olib borilishi zarur; 2) integrativlik deontologik tamoyillar barcha fanlar mazmuniga singdirilishi lozim; 3) amaliy yo‘naltirilganlik nazariy bilimlar amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashgan holda shakllantiriladi; 4) shaxsga yo‘naltirilganlik har bir talabaning individual fazilatlari, ehtiyojlari va qadriyatlari inobatga olinadi; 5) milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish pedagogik deontologiyaning asosi sifatida milliy an’analar, ma’naviy meros va umuminsoniy axloqiy tamoyillar uyg‘unlashtiriladi. Ushbu xususiyatlar bo‘lajak o‘qituvchilarni nafaqat bilimli mutaxassis, balki axloqan yetuk, mas’uliyatli va jamiyat oldida burchini chuqur anglaydigan shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirish ularning kasbiy shakllanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab, lekin zaruriy pedagogik jarayon hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, pedagogik deontologiya tamoyillariga asoslangan holda o‘qituvchi shaxsini shakllantirish, avvalo, uning kasbiy burchini anglash, axloqiy mas’uliyatni his etish, o‘quvchi shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va pedagogik faoliyatda odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya etishni talab qiladi. Biz bo‘lajak o‘qituvchining deontologik kompetentsiyasini intellektual, mafkuraviy va

axloqiy qadriyatlarning mazmunli mohiyatini aks ettiruvchi bilimlar tizimining mavjudligi va kasbiy faoliyat jarayonini uning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda va talabalar, hamkasblar va ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlar sohasida bashorat qilish va loyihalash qobiliyati bilan tavsiflaymiz [1]. Deontologik sifatlarni rivojlantirish jarayonida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik amaliyot, psixologik treninglar, hamkorlikdagi loyihalar ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z kasbiga sadoqat, insonparvarlik, adolat, mehr-oqibat, vatanparvarlik kabi fazilatlarni singdirish ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanishi zarur. Shuningdek, deontologik tarbiyaning samaradorligi o‘qituvchi tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini insonparvarlik g‘oyalari, kasbiy etika va madaniyat, kommunikativ kompetensiyalar bilan boyitishga bevosita bog‘liqdir. Shu ma’noda, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan, muammoli vaziyatlardan, refleksiv tahlil va o‘z-o‘zini baholash usullaridan foydalanish bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik sifatlarini rivojlantirish ularning shaxsiy va kasbiy kamolotini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish hamda kelajak avlodni ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Shu bois mazkur yo‘nalishda pedagogik tajriba, ilmiy izlanish va amaliy faoliyatning uzviy birligi ta’minlanmog‘i zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Батура И.Н. Деонтологическая компетентность педагога: теоретический аспект // Педагогическая наука и образование, 2021. – № 3. – С. 5–8.
  2. Караханова Г.А. Формирование деонтологической культуры учителя в системе непрерывного педагогического образования // Общество: социология, психология, педагогика, – 2017. – С. 17.
  3. Орешкина М.Е. Деонтология в профессиональной деятельности логопеда // Автореферат дисс… канд. пед. наук. – Москва: МПГУ, 2007. – 34 с.
  4. Safarova R.G, Gaipov D.J. Pedagogik deontologiya va kompetentlik. – Nókis: «AVANGARD- BASPA» , 2025. – 120 bet.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011446
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/455
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
626–629
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25