Asosiy mazmunga o‘tish

BOSHLANG‘İCH SİNF O‘QUVCHİLARİDA OİLAVİY-QO‘SHNİCHİLİK MUNOSABATLARİ TUSHUNCHALARİNİ SHAKLLANTİRİSH VA İJTİMOİYLASHUVİ

Jumaniyazova Zulfiya AitbayevnaChDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 623–626

Annotatsiya

Ushbu maqolada oilaviy qo‘shnichilik munosabatlari asosida aholi bilan ijtimoiyta‘limiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, diniy bag‘rikenglik, aholining ishchanlik faolligi, qo ‘shnidavlatlar bilan hamkorlik masalalari haqida yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida oilaviyqo‘shnichilik munosabatlari tushunchalarini shakllantirish va ijtimoiylashuviga ko‘maklashish eng muhimbosqichlari haqida ma‘lumot beriladi. U o‘quvchi jamoa oldida o‘zini boshqarishga, obro‘yinimustahkamlashga, tengdoshlari o‘rtasida o‘z ornini topishga yordam berish maqsadida ishni to‘g‘ri tashkilqailish jihatlari haqida ma‘lumotlar beriladi. Ko‘zi ojiz bolalar jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishiuchun faqat maktabdagi ta‘lim emas, balki oila, qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla muhitining bola hayotidagio‘rnining muhimligi ko‘rsatiladi.Maqolada o‘qituvchining o‘zini namoyon qilishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar —mahorat, axloqiymadaniyat, bilim ko‘nikmalar, o‘ziga nisbatan talabchanlik, munosabatlarni shakllantirish jihatlari tahlilqilinadi.

Boshqa tillarda

ruschaФОРМИРОВАНИЕ И СОЦИАЛИЗАЦИЯ ПОНЯТИЯ СЕМЕЙНО-СОСЕДИНЫХ ОТНОШЕНИЙ СРЕДИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

В данной статье рассматриваются вопросы совершенствования социально-воспитательной и образовательной работы с населением на основе семейно-соседских отношений, религиозной терпимости, трудовой деятельности населения, сотрудничества с соседними странами. Представлена ​​информация о важнейших этапах формирования и продвижения социализации понятий семейно-соседских отношений у учащихся начальной школы. Рассмотрены аспекты правильной организации работы, помогающие ученику самоорганизовываться в обществе, укреплять свою репутацию и находить свое место среди сверстников. Для полноценного участия слепых детей в жизни общества показана важность не только школьного образования, но и роли семьи, соседей и окружающей среды в жизни ребенка. В статье анализируются качества, необходимые учителю для самовыражения – навыки, нравственная культура, знания и умения, требовательность к себе и аспекты построения отношений.

inglizchaFORMATION AND SOCIALIZATION OF THE CONCEPT OF FAMILY-NEIGHBORHOOD RELATIONSHIPS AMONG ELEMENTARY STUDENTS

This article discusses the issues of improving social educational and educational work with the population on the basis of family-neighborhood relations, religious tolerance, work activity of the population, cooperation with neighboring countries. Information is provided on the most important stages of forming and promoting the socialization of concepts of family-neighborhood relations in primary school students. Information is provided on the aspects of proper organization of work in order to help the student manage himself in the community, strengthen his reputation, and find his place among his peers. In order for blind children to fully participate in society, the importance of not only school education, but also the role of the family, neighbors, and the neighborhood environment in the child‘s life is shown. The article analyzes the qualities necessary for a teacher to express himself - skills, moral culture, knowledge and skills, self-demandingness, and aspects of relationship building.

Kalit so‘zlar

  • axloqiy madaniyat
  • o‘qituvchi ko‘nikmalari
  • qo‘shnichilik
  • muomala madaniyati
  • o‘qituvchi obro‘si
  • ijodkorlik
  • o‘quvchi bilan muloqot
  • o‘quvchi obro‘si
  • qo‘shnichilik munosabati
  • diniy bag‘rikenglik
  • fuqaro
  • aholi
  • jamiyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

BOSHLANG’İCH SİNF O’QUVCHİLARİDA OİLAVİY-QO’SHNİCHİLİK MUNOSABATLARİ TUSHUNCHALARİNİ SHAKLLANTİRİSH VA İJTİMOİYLASHUVİ.

Jumaniyazova Zulfiya Aitbayevna ChDPU Maxsus pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi zulfiyajumaniyazova2@gmail.com[telefon raqami yashirilgan]

Annotatsiya: Ushbu maqolada oilaviy qo'shnichilik munosabatlari asosida aholi bilan ijtimoiy ta'limiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, diniy bag'rikenglik, aholining ishchanlik faolligi, qo'shni davlatlar bilan hamkorlik masalalari haqida yoritilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida oilaviy-qo’shnichilik munosabatlari tushunchalarini shakllantirish va ijtimoiylashuviga ko’maklashish eng muhim bosqichlari haqida ma’lumot beriladi. U o’quvchi jamoa oldida o’zini boshqarishga, obro’yini mustahkamlashga, tengdoshlari o’rtasida o’z ornini topishga yordam berish maqsadida ishni to’g’ri tashkil qailish jihatlari haqida ma’lumotlar beriladi. Ko‘zi ojiz bolalar jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun faqat maktabdagi ta’lim emas, balki oila, qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla muhitining bola hayotidagi o’rnining muhimligi ko’rsatiladi. Maqolada o‘qituvchining o‘zini namoyon qilishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar —mahorat, axloqiy madaniyat, bilim ko‘nikmalar, o’ziga nisbatan talabchanlik, munosabatlarni shakllantirish jihatlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: axloqiy madaniyat, o‘qituvchi konikmalari, qo’shnichilik, muomala madaniyati, o‘qituvchi obro‘si, ijodkorlik, o‘quvchi bilan muloqot, o’quvchi obro’si qo’shnichilik munosabati, diniy bag‘rikenglik, fuqaro, aholi, jamiyat

FORMATION AND SOCIALIZATION OF CONCEPTS OF FAMILY-NEIGHBORLY RELATIONSHIPS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS.

Zhumaniyazova Zulfiya Aitbayevna Lecturer of the Department of Special Pedagogy of CHPU zulfiyajumaniyazova2@gmail.com[telefon raqami yashirilgan]

Abstract: This article provides information on the most important stages of forming and promoting the socialization of concepts of family-neighborly relations in primary school students. It provides information on the proper organization of work to help students manage themselves in the student collective, strengthen their reputation, and find their place among peers. In order for blind children to fully participate in the life of society, the importance of not only school education, but also the role of the family, neighbors, and the environment of the mahalla in the child's life is shown. The article analyzes the qualities necessary for a teacher's self-expression - skills, moral culture, knowledge and skills, self-discipline, and the formation of attitudes.

Keywords: moral culture, teacher skills, neighborliness, communication culture, teacher reputation, creativity, communication with students, student reputation, religious tolerance, citizen, population, society

ФОРМИРОВАНИЕ И СОЦИАЛИЗАЦИЯ ПОНЯТИЙ СЕМЕЙНО-СОСЕДСКИХ ОТНОШЕНИЙ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ.

Жуманиязову Зульфию Айтбаевну преподавателя кафедры специальной педагогики ЧГПУ zulfiyajumaniyazova2@gmail.com[telefon raqami yashirilgan]

Аннотация: Аннотация: В данной статье представлена информация о наиболее важных этапах формирования и содействия социализации понятий семейно-соседских отношений у учащихся начальных классов. Он предоставляет информацию об аспектах правильной организации работы, чтобы помочь учащимся управлять собой в коллективе, укреплять свой авторитет и находить свое место среди сверстников. Для полноценного участия незрячих детей в жизни общества будет показана важность не только школьного образования, но и роли семьи, соседей и общины в жизни ребенка. В статье анализируются качества, необходимые для самовыражения учителя - мастерство, нравственная культура, знания, навыки, требовательность к себе, аспекты формирования отношений. Ключевые слова: нравственная культура, навыки учителя, добрососедство, культура общения, авторитет учителя, творчество, общение с учеником, авторитет ученика, добрососедские отношения, религиозная терпимость, гражданин, население, общество

Asosiy qism. Diniy bag'rikenglik hamisha diniy zamindagi adovatga qarshi o'ziga xos qalqon vazifasini o'tagan. U turli e'tiqodlarning bir zamon va makonda birgalikda mavjud bo'lishiga,o'zaro hamkorlik va hamjihatlikning shakllanishiga yo'l ochgan. Bu esa o'z navbatida yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma'naviyatning keng rivojlanishiga xizmat qilgan. Insoniyat tarixida kishilar orasidagi teng huquqlilikning buzilishiga, o'zaro ziddiyatlarga sabab bo'luvchi omillardan biri bu turli din vakillarining boshqa dinga e'tiqod va amal qiluvchilarga diniy ayirmachilik asosida qarashi, o'z diniga bo'lgan tarafkashlik tuyg'usi, o'zga dindagi kishilarga boshqacha nazar bilan qarashlaridir. Mana shunday qarashlar oqibatida bugun dunyoning turli davlatlarida har xil nizo va qarama- qarshiliklar yuzaga kelayotir. Diniy bag'rikenglik aynan mana shu hodisalaming oldini olishda juda muhim sanaladi. Istiqlol yillari Vatanimizda yashayotgan turli xalqlar o'rtasida o'zaro hurmat, teng huquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy e'tibor qaratildi. Ushbu tamoyillar O'zbekiston Konstitutsiyasi va barcha qonunlarimizda aniq va qat'iy muhrlab qo'yildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida O'zbekiston davlati o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odat va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko'rsatib o'tildi. Konstitutsiyamizning 18-moddasida esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo'yildi. Shu tenglikdan foydalanish va bolalarning huquqiy masalalarida faol, qo’rqmas, o’ziga ishonch, boshqalarning yordamlarisiz mustaqil harakatlanish, qarorlar qabul qila olishlari uchun yordam beruvchi omillarin o’z o’rnida foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirish masalalarini hal qilishga yordam beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida oilaviy-qo’shnichilik munosabatlari tushunchalarini shakllantirish va ijtimoiylashuviga ko’maklashish eng muhim bosqichli masalalaridan biridir. U o’quvchining jamoa oldida o’zini boshqarishga, obro’yini mustahkamlashga, tengdoshlari o’rtasida o’z ornini topishga yordam beradi. Ko‘zi ojiz bolalar jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun faqat maktabdagi ta’lim emas, balki oila, qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla muhiti ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki bola ilk ijtimoiy ko‘nikmalarini aynan shu doirada shakllantiradi. Ko‘zi ojiz bolalarda oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlarida mustaqil ishtirok etish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish va ijtimoiy moslashish ko‘nikmalarini shakllantirish malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Yuqoridagi ko’nikmalarni shakllantirish bizning oldimizga bir qancha vazifalarni qo’yadi.

Sensor-idrokiy (eshitish, tegish, hid) qobiliyatlarni ijtimoiy yo‘naltirish. Oilaviy mas’uliyat va o‘zaro yordamning axloqiy me’yorlarini singdirish. O‘zbekona qo‘shnichilik odob-axloqini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish. O‘z fikrini va hissiyotini erkin ifodalashga undash. Bu vazifalarni amalga oshirishda munosabatlarni asosan ikki katta qismga bo’lib o’rganamiz. 1. Oilaviy Munosabatlar Oilaviy munosabatlar – bu oila ichidagi a'zolar o'rtasidagi shaxsiy, hissiy, iqtisodiy, huquqiy va tarbiyaviy aloqalardir. Oilaviy munosabatlarning asosiy jihatlari: Mehr va hurmat: Oila a’zolari bir-biriga bo‘lgan sevgi, sadoqat va hurmat tuyg‘ulari. O‘zaro yordam: Moddiy va ma’naviy ko‘mak, g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash. Mas’uliyat: Har bir a’zoning o‘z burchi va majburiyatlarini (bola tarbiyasi, ro‘zg‘or yuritish, kasbiy faoliyat va h.k.) bajarishi. Qadriyatlar va an’analar: Oilaning o‘ziga xos axloqiy me’yorlari, udumlari va milliy qadriyatlarga amal qilish. Muloqot: Oiladagi ochiq, samimiy va sog‘lom axborot almashinuvi. Oilaviy kontekstda qo‘shnichilik oilaning yaqin atrofdagi insonlar bilan ahil yashashi, ularga yordam berishi va ularning yordamini qabul qilishiga asoslanadi. Qo‘shnichilik ijtimoiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. 2. Qo‘shnichilik Munosabatlari esa muhim jihatlari bilan quyidagi jihatlarni o’z ichiga oladi. Qo‘shnichilik munosabatlari – bu oilalar o‘rtasidagi, ya’ni yonma-yon yashovchi kishilar (qo‘shnilar) o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy aloqalardir. Asosiy jihatlari (O‘zbekiston sharoitida juda muhim): Ahillik va hamkorlik: Qo‘shnilarning tinch-totuv yashashi, umumiy masalalarda (mahalla obodonligi, turli tadbirlar) birgalikda harakat qilish. O‘zaro ehtirom: Bir-birining shaxsiy daxlsizligini, oilaviy sirlarini hurmat qilish va e’tiqodini inobatga olish. Yordam va ko‘mak: Hayotdagi quvonchli kunlarda (to‘y, marosim) va musibatli damlarda (kasallik, motam) yelkadosh bo‘lish. Mehmondo‘stlik va inoqllik: Bir-birining holidan xabar olish, yaxshi qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish. Ijtimoiy nazorat: Mahallada (ayniqsa, O‘zbekistonda) tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, axloqiy me’yorlarga rioya qilinishini ta’minlovchi jamoaviy ta’sir. oilaviy-qo‘shnichilik munosabatlari – bu shaxsni sotsializatsiya qilishning asosiy platformasi bo‘lib, unda bola shaxsiy munosabatlar (oila ichida) va ijtimoiy munosabatlar (qo‘shnilar bilan) orqali hayotiy ko‘nikmalarni, axloqiy me’yorlarni, o‘zbekona qadriyatlarni va jamiyatda o‘zini tutish madaniyatini o‘rganadi. Ko‘zi ojiz bolalarni bu munosabatlarga tayyorlash metodikasi esa ularning ko‘rish imkoniyati cheklanganligini hisobga olgan holda, yuqoridagi barcha ko‘nikmalarni sezgi, eshitish, taktil idrok va hissiy muloqot orqali egallashlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Oilaviy qo'shnichilik munosabatlari asosida aholi bilan ijtimoiy-ta'limiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uchun qishloq joylarda oilaviy, mahalla faollari, maktab va bog'chalar hamkorlikda yoshlar bilan ishlash bo'yicha keng ko'lamli ishlarni olib borishi zarur. Bu jarayonni quyidagicha tashkil etish mumkin: Ijtimoiy-ta'limiy yo'nalish Ma'naviy-ahloqiy tarbiya: Oilaviy-qo'shnichilik sharoitida o'zaro hurmat, mehr-oqibat, birovning hayotiga xolis aralashmaslik kabi tushunchalarni targ'ib qilish. Salomatlik: Qishloq joylarda oilalar sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, oziq-ovqat xavfsizligi va sog'lom ovqatlanish bo'yicha tadbirlar o'tkazish. Ijtimoiy faollik: Mahalliy aholini ijtimoiy faoliyatga jalb etish, jamiyatga foydali bo'lgan ishlarni birgalikda bajarish. Tarbiyaviy yo'nalish Yoshlar bilan ishlash: Maktab o'quvchilarining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni turli to'garaklarga jalb etish. Mahalla hayoti: Mahalla faollari va oqsoqollar tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etish.

Oilaviy tarbiya: Oilada bolalar tarbiyasi, ularning huquq va majburiyatlari, o'qishdagi muvaffaqiyatlari haqida o'zaro tajriba almashish. Qo'shimcha yo'nalishlar Hunarga o'rgatish: Qishloq joylarda hunarga o'rgatish bo'yicha yoshlarga yo'naltirish, ularga hunarmandchilik, kasb-hunar ko'nikmalarini egallashda ko'maklashish. Oilaiy muammolar: Oila a'zolari, xususan, yoshlar o'rtasida sog'lom munosabatlarni shakllantirish, oilaviy janjal va muammolarni oldini olish bo'yicha tadbirlar o'tkazish. Jamoat ishlari: Qishloq obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish kabi jamoat ishlari tashkil etish.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar12 ta adabiyot

  1. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
  2. To‘xtayeva D. Raqamli taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU, 2023.
  3. UNESCO. Digital Learning Report 2024. – Paris, 2024.
  4. Xolmatova N. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022.
  5. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim portal.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-sentabrdagi PQ–4805-sonli qarori “Raqamli taʼlim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
  7. 7.Jumanoyazova Z.A. “Ko’zi ojiz bolalarni oilaviy-qo’shnichilik munosabatlariga tayyorlash-pedagogikaning zamonaviy muammosi sifatida” // Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali. Pedagogik, psixometodologik va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan jurnal, 2024-yil, dekabr, 87-90 betlar, № 8/20
  8. 8.Jumaniyazova Z.A. “Oilaviy qo’shnichilik jamiyatida tarbiyaviy ishlarni tizimli rivojlantirishning metodologik asoslari” // Ta’lim taraqqiyoti ilmiy-uslubiy jurnali 2025-yil. 2-son.13.00.00-pedagogika fanlari jurnali, ISSN:2992-9008; UDK: 37, 1168-1175 betlar, (13.00.01 № 37, 045044)
  9. 9.Jumaniyazova Z.A. “Inklyuziv ta’limni itegratsiyasining tashkiliy pedagogik muammolari” // Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida // Zamonaviy ta’lim va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning dolzarb masalalari mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya, Toshkent: 17-oktyabr, 2024 yil, 746-749 b.
  10. 10.Jumaniyazova Z.A. “O’zbekistonda boshlang’ich ta’limda tenglik g’oyasi: allomalar merosi va zamonaviy olimlar qarashlari” // “Intellektual asrda maktabgacha va boshlang’ich ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya,
  11. 11.Jumaniyazova Z.A. “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni oilaviy-qo‘shnichilik jamiyatidagi tarbiyaviy ishlarini tizimli rivojlantirish” // xalqaro miqyosdagi konferensiya, International congress on modern sciencesiv “Global prospects for multidisciplinary research and education" based on order no. 490 of the minister of higher education, science and innovation dated december 27, 2024, 232-235 b.
  12. 12.Jumaniyazova Z.A. “Oilaviy-qo‘shnichilik jamiyatida tarbiyaviy ishlarni tizimli rivojlantirish” // “Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: tahlillar, takliflar, tavsiyalar”. mavzusidai ilmiy amaliy anjuman. Namangan 2025 yil, 22 aprel, 76-80 betlar.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011445
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/454
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
623–626
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25