Asosiy mazmunga o‘tish

Konferensiya maqolasi

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

1 582 natija

Konferensiya maqolasi

1 582 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbek onomastikasida ayol shaxs nomlarining etnolingvistik va semantik tadqiqi

    Allaberganova Rayxon Olimovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Mazkur tadqiqotda o‘zbek tili antroponimik tizimidagi ginekonomlar, ya‘ni ayol shaxs nomlarining etnolingvistik tabiati, lisoniy-semantik modellari va etnomadaniy motivatsiyasi kompleks tahlil qilinadi. Maqolada ayol shaxs nomlarining milliy tafakkur tarzi, estetik ideallar, mifopoetik qarashlar hamda arxaik urf-odatlar bilan aloqadorligi aniq faktik materiallar asosida dalillangan. Shu bilan birga, tarixiy manbalardagi turkiy tub qatlam hamda o‘zlashma birliklarning funktsional-semantik xususiyatlari, ularning an‘anaviy va zamonaviy shakllanish bosqichlari ochib beriladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaq folklorındaǵı táriyip qosıqlarınıń balalar tárbiyasındaǵı ornı

    Alimova Asal Yunusovna, Abishov Genjebay Matjanovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bul maqalada qaraqalpaq folklorındaǵı táriyip qosıqlarınıń mazmunı, kórkemlik ózgeshelikleri hám balalar tárbiyasındaǵı áhmiyeti izertlengen. Táriyip qosıqları arqalı jas áwladqa watansúyiwshilik, adamgershilik, miynet súygishlik, úlkenlerdi húrmetlew, ata-ananı qádirlew hám milliy qádiriyatlardı sińdiriw múmkinshilikleri qarastırılǵan. Sonday-aq, táriyip qosıqların mektep hám shańaraq tárbiyasında paydalanıwdıń áhmiyeti kórsetilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaqstan telekanallarınıń informaciyalıq kórsetiwlerinde lingvistikalıq kompetenciyanıń sáwleleniwi: (2021-2026)

    Alimbetova Shaxzada Jumabay qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    maqalada Qaraqalpaqstandaǵı bes regional telekanal (“Qaraqalpaqstan”, “ATV”, “ETV”, “TTV”, “Jaslar tv”) informaciyalıq kórsetiwleriniń 2021-2026-jıllardaǵı efir ámeliyatı lingvistikalıq kompetenciya kórsetkishleri boyınsha analizlengen. Izertlewde tele-xabarlar tekstlerindegi tillik gigiyenanıń saqlanıwı, jurnalist hám xabarshılardıń efir stilistikası salıstırmalı hám kontent-analiz usılları arqalı úyrenildi. Analizler televideniyeniń informaciya beriw sapasında lingvistikalıq sheberliktiń áhmiyetin kórsetti. Izertlew nátiyjeleri tiykarında regional telekanallarda informaciyalıq kórsetiwler sapasın hám jurnalistlerdiń kommunikativ kompetenciyasın arttırıw boyınsha ámeliy usınıslar berilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Approaches to teaching literature in EFL classrooms: a review of scholars‘ perspectives

    Alimbetova Mekhriban Muratbaevna · Proceedings of the International Scientific and Practical Conference “Contribution of Women Scientists of Uzbekistan to the Development of the Country” (Nukus, October 9–10, 2026) · 2026

    Adabiyot ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda, ayniqsa kommunikativ kompetensiyani oshirish, madaniy xabardorlikni kuchaytirish va ta‘lim oluvchilarni rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada ingliz tili chet tili sifatida o‘rganiladigan (EFL) darslarda adabiyotni o‘qitishga yondashuvlar haqidagi olimlar qarashlari sharhlanadi. Carter va Long, Maley, Van, Wellek va Warren hamda Durant taklif etgan tasniflar, shuningdek, Lucas, Timucin, Savvidou, Divsar va Tahriri hamda Tasmaniya olimlari guruhi ilgari surgan integratsiyalashgan yondashuv va modellar ko‘rib chiqiladi. Sharh birorta yondashuvning o‘zi yetarli emasligini ko‘rsatadi: til, madaniyat, shaxsiy o‘sish va tanqidiy tahlilga asoslangan yondashuvlar bir-birini to‘ldiradi. Maqola o‘qituvchilarga chet tili darslariga adabiyotni olib kirishda yondashuvlarni tanlash va uyg‘unlashtirishda yordam berishga mo‘ljallangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    B.Genjemuratov shıǵarmalarında janapaylardıń qollanılıw ózgesheligi

    Alimbayeva Aseliya Kaiirjan qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqalada shayir B.Genjemuratov shıǵarmalarında janapaylardıń qollanılıwı, olardıń semantikası hám stilistikalıq ózgeshelikleri úyrenilgen. Janapaylardıń shayir shıǵarmalarındaǵı qosımsha mánileri semantika-grammatikalıq hám stilistikalıq jaqtan analizlengen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Auditoriya diqqatini jalb etishda klikbeyt sarlavhalar: muammolar va yechimlari

    Alieva Zulfiya Kenesbaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Mazkur tezisda internet-jurnalistikada klikbeyt sarlavhalarning auditoriya diqqatini jalb etish funksiyasi bilan jurnalistik ishonchni saqlash o‘rtasidagi nomutanosiblik muammosi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tezisda statistik jadvallar, diagrammalar va sakkiz mezonli kodlash modeli asosida "diqqat-qiziqish-kirish-mazmun mosligi-ishonch" nazariy modeli taklif etiladi hamda rasmiy media uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Формирование профессиональной компетентности будущих учителей посредством проектно-контекстной технологии

    Aljanova Guljahan Amangeldiyevna · Материалы международной научно-практической конференции «Вклад женщин-учёных Узбекистана в развитие страны» (Нукус, 9–10 октября 2026 г.) · 2026

    Maqolada loyihaviy va kontekstli yondashuvlarni integratsiyalash orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi pedagogik yo‘nalishlar talabalarining kasbiy kompetentligini loyihaviy-kontekstli shakllantirish modelini ilmiy asoslash va eksperimental tekshirishdan iborat. Tahlil, modellashtirish, kuzatish, anketa so‘rovi, pedagogik eksperiment va ma‘lumotlarni matematik-statistik qayta ishlash usullaridan foydalanilgan. Ishlab chiqilgan model diagnostik, motivatsion-kognitiv, texnologik va ijodiy-refleksiv bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Eksperiment natijalari talabalarning loyihaviy-kontekstli faoliyatga tayyorligi ko‘rsatkichlarida ijobiy dinamika borligini ko‘rsatdi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Iqlim o‘zgarishlarining makroiqtisodiy barqarorlikka ta‘sirini baholashning zamonaviy modellashtirish yondashuvlari

    Jamshid Axmatov · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada iqlim o‘zgarishlarining makroiqtisodiy barqarorlikka ta‘sirini baholashda qo‘llaniladigan zamonaviy modellashtirish yondashuvlari tahlil qilingan. Xususan, Integrated Assessment Models (IAM), Dynamic General Equilibrium (DGE), Debt-Investment-Growth and Natural Disasters (DIGNAD), Computable General Equilibrium (CGE) hamda Stock-Flow Consistent (SFC) modellarining nazariy xususiyatlari, afzalliklari va cheklovlari qiyosiy o‘rganilgan. Xalqaro tajriba tahlili asosida iqlim shoklarining iqtisodiy o‘sish, tarmoqlar, davlat moliyasi va tashqi sektorga ta‘sirini bir model doirasida to‘liq qamrab olish murakkabligi asoslangan. O‘zbekiston sharoitida iqlim xavflarining makroiqtisodiy ta‘sirini baholashda bir-birini to‘ldiruvchi modellardan foydalanish bo‘yicha metodologik yondashuv taklif etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston sug‘oriladigan tuproqlarida degradatsiya jarayonlarini kamaytirish va resurs-tejamkor usullar bilan unumdorlikni oshirishning ilmiy asoslari

    Ajiniyazova Mexriban Qoylibaevna, Sultanova Nilufar Xamidullaevna, Xojasov Muratbek Allamuratovich · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu tadqiqotda Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan agroekotizimlarida kechayotgan tuproq degradatsiyasi jarayonlari (sho‘rlanish, deflyatsiya va gumus miqdorining kamayishi) ekologik jihatdan baholangan. Amudaryoning quyi qismidagi sug‘oriladigan tuproqlarning zamonaviy agrokimyoviy va agrofizik holati o‘rganiladi. Natijalarga ko‘ra, an‘anaviy dehqonchilik usullari tuproq strukturasining buzilishiga va unumdorlikning pasayishiga olib kelayotgani aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida resurs-tejamkor dehqonchilik texnologiyalari (minimal ishlov berish, organik o‘g‘itlardan foydalanish va suvni tejovchi sug‘orish usullari) asosida tuproq unumdorligini boshqarishning ilmiy-amaliy yechimlari taklif etildi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Jamiyat va ilm-fan taraqqiyotida ayollarning o‘rni: tarixiy tajriba va zamonaviy yondashuvlar

    Ajibaeva Miyrxan, Gulshinar Xudaybergenova · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada xotin-qizlarning jamiyat, ilm-fan, ta‘lim va davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda ahamiyati ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida xotin-qizlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi jahon va milliy tajriba asosida qiyosiy o‘rganildi. Yangi O‘zbekiston sharoitida gender tenglikni ta‘minlash, olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, qonunchilikdagi kafolatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va maxsus qonun hujjatlarining amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Ayollarning intellektual salohiyatini oshirish jamiyat barqarorligi va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdagi asosiy omillardan biri ekanligi ilmiy dalillar bilan asoslab berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Kremniy dioksidni olishning zamonaviy usullari

    Ahmadova Oyxon Gulmirzo qizi, Qo‘zibayeva Nafosat Shavkatovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu tezisda kremniy dioksid (SiO₂)ni olishning asosiy kimyoviy va fizik-kimyoviy usullari, ularning afzalliklari hamda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Kremniy dioksid yuqori kimyoviy va termik barqarorligi, rivojlangan sirt maydoni, adsorbsion xususiyatlari va modifikatsiyalanish imkoniyati tufayli zamonaviy materialshunoslik, kataliz, adsorbsiya, farmatsevtika, elektronika va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llaniladi. SiO₂ olishda sol-gel, cho‘ktirish, gidrotermal, aerozol/piroliz, bug‘ fazasida kimyoviy cho‘ktirish hamda biogen xomashyodan ajratib olish usullari alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotlarda olinadigan SiO₂ ning zarracha o‘lchami, g‘ovakligi, solishtirma sirt maydoni, kimyoviy tozaligi va morfologiyasi texnologik jarayon parametrlariga bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan, jumladan, guruch po‘stlog‘i va boshqa kremniyga boy biomateriallardan SiO₂ olish ekologik va iqtisodiy jihatdan istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘rg‘oshin-kremnezyom sistemasi asosida past haroratda pishuvchi shaffof shisha olish imkoniyatlari

    Adinayev X.A., Tursunova S.T., Kudiyarova K.K. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada qo‘rg‘oshin oksidi – kremniy dioksidi sistemasi asosida past haroratda pishuvchi shaffof shishalar olish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Turli tarkibdagi shixtalarning differensial termik tahlili asosida shisha hosil bo‘lish jarayonlari o‘rganildi. Tadqiqot natijasida 80 foiz qo‘rg‘oshin oksidi va 20 foiz kremniy dioksidi tarkibi optimal deb topildi. Olingan shishalarning nur sindirish ko‘rsatkichi, zichligi, issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti, yumshalish harorati va kimyoviy barqarorligi aniqlandi. Shuningdek, shixta tarkibiga 30 foizgacha shisha chiqindilarini qo‘shish imkoniyati asoslandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbekistonda gender tenglikni ta‘minlashning institutsional va huquqiy asoslari: muammolar va rivojlanish istiqbollari

    Adilova Marjangul Yelmuratovna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Ushbu maqolada gender tenglik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning nazariy-tarixiy asoslari hamda zamonaviy jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. Ilmiy maqolada BMT doirasida qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjatlar va AQShda xotin-qizlarning saylov huquqlarini tan olish tarixiga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikni ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan institutsional va qonunchilik islohotlari, xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, 2030 yilgacha mo‘ljallangan Gender strategik maqsadlari tahlil qilingan. Maqola yakunida gender tenglikni yanada rivojlantirish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ilgari surilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qazaq etnolingvistikasında etnografizmlerdiń izertleniwi

    Adilova Gulshat Agitaevna · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqalada etnografizmlerdiń til sistemasındaǵı roli, til biliminiń tariyxındaǵı etnolingvistikalıq mektepler, qazaq tiliniń etnolingvistikası boyınsha ilimiy miynetler qarastırıladı.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qaraqalpaqstan qazaqları tiliniń ruwxıy mádeniyat leksikasındaǵı arxaizmlik etnografizmler haqqında

    Adilova Gulshat Agitaevna, Quwanıshbaeva Nargiza Ayazbay qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqalada Qaraqalpaqstan qazaqları tiliniń ruwxıy mádeniyat leksikasındaǵı arxaizmlik etnografizmler izertlengen. Jergilikli qazaqlar tilindegi urın barıw, urın toy, qınamende etnografizmleriniń qollanılıw ózgeshelikleri, lingvomádeniy mazmunı haqqında sóz etilgen.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va gender tengligini ta‘minlashning huquqiy asoslari

    Adilova Marjangul Elmuratovna, Gulimbetova Hurliman Yusup qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Mazkur tezisda O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta‘lim va ilm-fan sohasidagi ishtirokini kengaytirish hamda gender tengligini ta‘minlashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Shuningdek, xotin-qizlarning ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy, oilaviy va iqtisodiy omillar, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar ham aytiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    BEDT-TSF asosidagi molekulyar kristallarda kristall tuzilish, elektron korrelyatsiya va magnit xossalarning kompleks

    Adilova Xalida Shamshetdin qizi · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    BEDT-TSF (bis(etilenditio)-tetratiafulvalen) organik elektron donori asosida sintez qilingan molekulyar birikmalarning kristall tuzilishi xususiyatlari va fizik xossalari ko‘rib chiqiladi. Turli anionlar va kristallanish sharoitlarining birikmalarning kristall qadoqlanish turiga, o‘tkazuvchanligiga va magnit xarakteristikalariga ta‘sirini tahlil qilish natijalari keltirilgan. Ushbu materiallarning organik o‘ta o‘tkazgichlar va past o‘lchamli o‘tkazgichlar sifatidagi o‘zini tutishini belgilovchi strukturaviy parametrlar va elektron xossalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida e‘tibor qaratilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    «Áyyemgi qaraqalpaqlar» romanı hám «Qoblan» dástanında tuwılıw motiviniń intertekstualizaciyası

    Absattarova Nilufar Allabay qızı · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Bul maqalada A. Ábdievtiń “Áyyemgi qaraqalpaqlar” romanındaǵı qaharmannıń tuwılıw epizodı menen qaharmanlıq dástan “Qoblan” dástanındaǵı qaharmannıń dúnyaǵa keliwi arasındaǵı intertekstuallıq baylanıs ilimiy talqıǵa alınadı. Romandaǵı bul epizodtıń jazıwshı tárepinen interpretaciyalanıw maqseti úyreniledi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘simlik xomashyosidan biologik faol moddalarni ajratib olishning zamonaviy usullari

    Abishova G.U., Ubaydullayeva A.K. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Sharhda oziq-ovqat ishlab chiqarish sohasi uchun o‘simlik xomashyosidan biologik faol moddalar (BFM) olish texnologiyasidagi uchta istiqbolli yo‘nalish — ultratovush bilan ishlov berish, membrana texnologiyalari va yuqori gidrostatik bosim ostida ajratib olish tahlil qilinadi. Har bir usulning fizik tamoyillari, optimallashtirishning asosiy parametrlari, afzalliklari va cheklovlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Agrosanoat majmuasining qayta ishlanadigan xomashyosidan polifenollar, antotsianlar, saponinlar va boshqa qimmatli birikmalarni olishda ulardan samarali foydalanish misollari keltiriladi. Ushbu yondashuvlar funksional oziq-ovqat ingrediyentlarini olishning «yashil», resurstejamkor texnologiyalarini yaratishda yuqori samaradorlikka ega degan xulosaga kelinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Olma siqindisidan olingan pektin ekstrakti asosida funksional ichimlik texnologiyasini ishlab chiqish

    Abishova G.U., Dayrabayev R.A. · «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr) · 2026

    Maqolada olma sharbati ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan siqindidan oqilona foydalanish va uning asosida funksional ichimlik yaratish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi olma sharbati va olma siqindisidan olingan suyuq pektinli ekstraktni uyg‘unlashtirish orqali funksional ichimlik texnologiyasini ishlab chiqish hamda tayyor mahsulotning asosiy sifat ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat. Tadqiqot davomida «Renet Simirenko» navi olmasining siqindisidan 0,1 foizli limon kislotasi eritmasida, 80±2 °C haroratda uch soat davomida gidroliz-ekstraksiya o‘tkazildi. Ekstrakt va tayyor ichimlikning fizik-kimyoviy hamda organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ishlab chiqilgan texnologiya olma siqindisini qayta ishlash, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish va yuqori organoleptik xossalarga ega funksional mahsulot olish imkonini beradi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya