Jamiyat va ilm-fan taraqqiyotida ayollarning o‘rni: tarixiy tajriba va zamonaviy yondashuvlar
Ajibaeva Miyrxan, Gulshinar XudaybergenovaO‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti Nukus filiali https://ror.org/014aset472026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 220–223
Annotatsiya
Ushbu maqolada xotin-qizlarning jamiyat, ilm-fan, ta‘lim va davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda ahamiyati ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida xotin-qizlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi jahon va milliy tajriba asosida qiyosiy o‘rganildi. Yangi O‘zbekiston sharoitida gender tenglikni ta‘minlash, olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, qonunchilikdagi kafolatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va maxsus qonun hujjatlarining amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Ayollarning intellektual salohiyatini oshirish jamiyat barqarorligi va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdagi asosiy omillardan biri ekanligi ilmiy dalillar bilan asoslab berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРоль женщин в развитии общества и науки: исторический опыт и современные подходы
В статье с научно-аналитических позиций освещены роль и значение женщин в обществе, науке, образовании и государственном управлении. Вклад женщин в развитие науки на различных исторических этапах изучен в сравнительном плане на основе мирового и национального опыта. Проанализированы реформы, осуществляемые в Новом Узбекистане по обеспечению гендерного равенства и поддержке женщин-ученых, а также законодательные гарантии, в частности практическое значение Конституции Республики Узбекистан и специальных законодательных актов. С опорой на научные данные обосновано, что повышение интеллектуального потенциала женщин является одним из основных факторов стабильности общества и создания фундамента Третьего Ренессанса.
inglizchaThe role of women in the development of society and science: historical experience and modern approaches
The article offers a scholarly analysis of the role and importance of women in society, science, education and public administration. Women‘s contribution to the advancement of science at different historical stages is studied comparatively on the basis of world and national experience. The reforms under way in New Uzbekistan to ensure gender equality and support women scientists are analyzed, along with legislative guarantees, in particular the practical significance of the Constitution of the Republic of Uzbekistan and special legislation. It is substantiated with scientific evidence that enhancing women‘s intellectual potential is one of the key factors in the stability of society and in laying the foundation of the Third Renaissance.
Kalit so‘zlar
- ayol
- jamiyat
- ilm-fan
- olima ayollar
- gender tenglik
- ta‘lim-tarbiya
- huquqiy kafolatlar
- Uchinchi Renessans
- qonunchilik
- innovatsiya
- ijtimoiy-siyosiy faollik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 220–223 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Ajibaeva Miyrxan, Gulshinar Xudaybergenova. Jamiyat va ilm-fan taraqqiyotida ayollarning o‘rni: tarixiy tajriba va zamonaviy yondashuvlar // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 220–223. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910040
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
JAMIYAT VA ILM-FAN TARAQQIYOTIDA AYOLLARNING O‘RNI: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Ajibaeva Miyrxan O‘zDSMI Nukus filiali “Ashula va raqs” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi e-mail: miyrxanajibaeva68@gmail.com
Gulshinar Xudaybergenova Ilmiy rahbar O‘zDSMI Nukus filiali assistent o‘qituvchisi e-mail: qudaybergenovagulshinar@gmail.com Annotatsiya: Ushbu maqolada xotin-qizlarning jamiyat, ilm-fan, ta’lim va davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda ahamiyati ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilgan. Tarixiy taraqqiyot bosqichlarida xotin-qizlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi jahon va milliy tajriba asosida qiyosiy o‘rganildi. Yangi O‘zbekiston sharoitida gender tenglikni ta’minlash, olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, qonunchilikdagi kafolatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va maxsus qonun hujjatlarining amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Ayollarning intellektual salohiyatini oshirish jamiyat barqarorligi va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdagi asosiy omillardan biri ekanligi ilmiy dalillar bilan asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar: ayol, jamiyat, ilm-fan, olima ayollar, gender tenglik, ta’lim-tarbiya, huquqiy kafolatlar, Uchinchi Renessans, qonunchilik, innovatsiya, ijtimoiy-siyosiy faollik. Kirish Har qanday davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, uning demokratik qadriyatlarga qay darajada sodiqligi, eng avvalo, xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati, ularning huquq va erkinliklarini qanchalik ta’minlagani bilan o‘lchanadi. Inson qadrini ulug‘lash tamoyili azizu mukarrama ayollarni e’zozlashdan, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtirokini ta’minlashdan boshlanadi. Bugungi Yangi O‘zbekiston sharoitida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, munosib mehnat va turmush sharoitini yaratish hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirishdan iborat bo‘lmog‘i zarur”. Haqiqatan ham, Uchinchi Renessans poydevorini qurishdek ulug‘ maqsadni niyat qilar ekanmiz, buyuk ma’rifatparvar Abdurauf Fitratning “Farzandlarimizni yaxshi xulq egalari qilib tarbiyalashimiz uchun avvalo, millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim” degan hikmatli so‘zlarini yodda tutishimiz shart. Sharq mutafakkirlaridan Alisher Navoiy o‘zining “Layli va Majnun” asarida xotin-qizlarga faqatgina go‘zallik va nafosat timsoli sifatida emas, balki chuqur bilim egasi, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladigan shaxslar, ta’lim olishda NUKUS · 2026
yigitlar bilan teng huquqli insonlar sifatida ta’rif beradi. Xalqimiz orasida “Har bir buyuk insonning ortida oqila ayol bor” degan hikmat yuradi. Masalan, buyuk muhaddis Imom Buxoriyning shakllanishida uning onasi ulkan ahamiyat kasb etgan. Yoki dunyoga mashhur ixtirochi Tomas Edison o‘z yutuqlari sababchisi sifatida aqli zaif deb maktabdan chetlashtirilgan bolaga yuksak X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
ishonch bergan onasini e’tirof etgani buning yorqin dalilidir. Mazkur maqolada ayolning jamiyat va ilm-fandagi o‘rni ana shunday adabiy, tarixiy va zamonaviy qarashlar uyg‘unligida tadqiq etiladi. Materiallar va uslublar Maqolani tayyorlash jarayonida tarixiy, qiyosiy-tahliliy, mantiqiy hamda tizimli yondashuv usullaridan keng foydalanildi. Dastlabki bosqichda jahon va milliy ilm-fanda nom qozongan olimalarning tarjimai holi, ilmiy izlanishlari va erishgan natijalari tarixiy-qiyosiy usulda tahlil qilindi. Keyingi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya, « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun va 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (xususan, 69-maqsad doirasidagi vazifalar) huquqiy-me’yoriy materiallar sifatida o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida ayollarning ta’lim, ilm-fan, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi faoliyati hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tanlab olindi. Natijalar Tarix varaqlariga nazar tashlasak, jamiyatdagi turli stereotiplar, gender notengliklarga qaramasdan xotin-qizlar ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shganligiga va bugun ham bu an’ana davom etayotganiga guvoh bo‘lamiz. Jahon tajribasida Mariya Sklodovskaya-Kyuri radiatsiya sohasidagi inqilobiy yangiliklari orqali nafaqat fizika va kimyo fanlarini rivojlantirdi, balki onkologik kasalliklarni davolashning yangi usullarini kashf etib, ikki karra Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Kimyogar va rentgenolog Rozalind Franklin DNK tuzilishini aniqlashdagi kashfiyotlari orqali genetika fanining asoslarini yaratdi, Janna Guttman-Mendeleyevaning evolyutsiya va nasliylik borasidagi tadqiqotlari esa biologiya sohasida burilish yasadi. Jahon ilm-fani bilan hamqadam ravishda o‘zbek olima va ziyoli ayollarining milliy madaniyatimiz hamda ta’lim tizimimiz taraqqiyotiga qo‘shgan xizmatlarini alohida e’tirof etish lozim. Xususan, 1870–1924-yillarda yashab o‘tgan birinchi ayol publitsist, jadidchilik davri jamoat arbobi Nozimaxonim faqatgina jurnalistik faoliyat bilan cheklanmay, qizlarga dars beruvchi muallima (otin) sifatida millat qizlarining savodxonligini oshirishga ulkan hissa qo‘shdi. Yoki yana bir jadid ma’rifatparvari Sobira Xoldorova milliy matbuotimiz tarixida professional jurnalistik ta’lim olgan ilk ayol sifatida nom qozondi.
Tibbiyot sohasida esa birinchi o‘zbek ayol shifokori, tibbiyot fanlari doktori Zulfiya Umidova 1946-1969-yillar davomida Gospital terapevtik poliklinikasiga rahbarlik qilib, namunali tartib-intizom o‘rnatdi. U o‘zining ilmiy faoliyati davomida 80 ta ilmiy maqola yozib, 32 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qildi. San’at sohasida Markaziy Osiyoda birinchi ayol NUKUS · 2026
dirijyor Dilbar Abdurahmonovaning (repertuarida 60 dan ziyod opera va balet spektakllari bor) mehnatlari yuksak tahsinga sazovor. Shuningdek, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari nomzodi va birinchi o‘zbek ayol rassomi Zarifa Saidnosirovaning ko‘p qirrali iste’dodi ilmli ayolning jamiyatdagi keng qamrovli o‘rnini isbotlaydi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Bugungi kunda akademik olimalarimiz – Tamara O‘ktamovna (shifokor), Flora Ilyasovna (shifokor-pediatr), Mashxura Egamovna (mikrobiolog), Sayyora Sharafovna (kimyogar) va Dilorom Yunusovnalar (filolog-sharqshunos) ilm-fan yulduzlari sifatida yoshlarimizga yo‘lchi yulduz bo‘lmoqda. Eng quvonarlisi, bugun yosh tadqiqotchi xotin-qizlarimiz xalqaro maydonga chiqmoqda. Dilfuza Egamberdiyeva, Barno Sultonova, Nilufar Mamadaliyeva va Muhayyo Rasulovalarning YUNESKOning “L’oreal” (fandagi ayollar uchun) stipendiyasi g‘oliblari bo‘lganligi e’tiborga molik. Xorijning nufuzli dargohlarida izlanayotgan yosh olimalarimizning faoliyati mamlakat intellektual salohiyatining xalqaro darajadagi ifodasidir. Masalan, « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
tarixchi-sharqshunos Dilnoza Duturayeva Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va O‘zbekiston Fanlar akademiyasida o‘z faoliyatini boshlab, keyinchalik Germaniyaning Halle-Vittenberg, Bonn universitetlarida, AQSHning Viskonsin-Medison hamda Xitoyning Nankin universitetlarida post-doktorant sifatida ilmiy tadqiqotlar olib bordi va bugungi kunda Parijdagi Fransiya ijtimoiy fanlar oliy maktabida Buyuk Ipak yo‘li tarixi bo‘yicha yirik izlanishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, AQSHning Indiana universitetida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan va “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan Aziza Shonazarovaning muvaffaqiyatlari o‘zbek ayolining aqliy salohiyatini butun dunyoga namoyon etmoqda. Yuqoridagi natijalar o‘z-o‘zidan sodir bo‘layotgani yo‘q. Uning zamirida mustahkam huquqiy baza va davlat g‘amxo‘rligi yotadi. 2019-yil 2-sentyabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi, xususan, qonunning 5-moddasida jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikning belgilanishi burilish nuqtasi bo‘ldi. Yangilangan Konstitutsiyamizning 58-moddasida ham xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi mustahkamlandi. Amaliyotda esa 2018-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovi, tibbiyot markazlarining onkologik va akusherlik loyihalariga yuzlab million so‘mlik davlat grantlarining ajratilishi fikrimiz isbotidir. Yaqindagina “Olima ayollar jamiyati”ning tashkil etilib, uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 50 milliard so‘m ajratilishi olima ayollarning moddiy va ijtimoiy manfaatlarini ta’minlashda inqilobiy qadam bo‘ldi [1. 5-b].
Xulosa va tavsiyalar Olib borilgan tadqiqotlar va mavjud vaziyat tahlili asosida aytish mumkinki, bugun davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlarning mavqeini yuksaltirish, mavjud stereotiplarni sindirish va ta’lim tizimida ayollar salmog‘ini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Ilm-fan va NUKUS · 2026
tafakkur karvoni rivojida xotin-qizlarning rolini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: 1. Olimalarga ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish maqsadida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlarida maxsus ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash fondlarini yaratish; X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
2. Ilmiy faoliyatda gender diskriminatsiya muammosiga to‘laqonli barham berish uchun ta’lim muassasalarining boshqaruv organlarida xotin-qizlar ulushini kamida 30-40 foizga yetkazish; 3. Olima ayollar uchun mo‘ljallangan ilmiy nufuzli mukofotlar, maxsus tadqiqot grantlari hamda xorijiy stajirovka dasturlari kvotasini yanada kengaytirish; 4. Ayollarning innovatsion g‘oyalarini tijoratlashtirish va ularni venchur fondlari bilan bog‘lash uchun davlat-xususiy sheriklik asosida maxsus inkubatorlar tashkil etish. Xulosa qilib aytganda, xalqimiz ta’biri bilan aytganda, qizlarning ta’lim olishiga qarshilik qilib, ayoli kasal bo‘lganda ayol shifokor qidiradigan qoloq « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
dunyoqarashdan butkul voz kechish vaqti keldi. Ayolni e’zozlash, unga ta’lim berish va ilmiy izlanishlari uchun maydon yaratish – bu faqatgina bir insonning emas, balki butun boshli millatning, Uchinchi Renessans bunyodkorlarining nurli kelajagini ta’minlash demakdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023.
- O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-562-sonli Qonuni, 2019-yil 2-sentyabr.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
- Fitrat A. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. – T.: “Ma’naviyat”, 1998.
- Ziyouz portali materiallari: “O‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari: Nozimaxonim (1870- 1924)”. (https://ziyouz.com)
- Karimova M. “Qatag‘onga uchragan birinchi o‘zbek ayol jurnalisti – ruhiy kasalliklar shifoxonasidan surgun tarixigacha”. Uza.uz.
- Voxidova Muqaddas Rasuljon qizi, 2. Badriddinova Hilola Akromjon qizi ilmiy maqolalari
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014223
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910040
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 220–223
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31