Auditoriya diqqatini jalb etishda klikbeyt sarlavhalar: muammolar va yechimlari
Alieva Zulfiya KenesbaevnaiDQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 239–243
Annotatsiya
Mazkur tezisda internet-jurnalistikada klikbeyt sarlavhalarning auditoriya diqqatini jalb etish funksiyasi bilan jurnalistik ishonchni saqlash o‘rtasidagi nomutanosiblik muammosi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tezisda statistik jadvallar, diagrammalar va sakkiz mezonli kodlash modeli asosida "diqqat-qiziqish-kirish-mazmun mosligi-ishonch" nazariy modeli taklif etiladi hamda rasmiy media uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaКликбейтные заголовки в привлечении внимания аудитории: проблемы и их решения
В настоящих тезисах с теоретической и эмпирической точек зрения анализируется проблема дисбаланса между функцией привлечения внимания аудитории, присущей кликбейтным заголовкам в интернет-журналистике, и сохранением доверия к журналистике. На основе статистических таблиц, диаграмм и восьмикритериальной модели кодирования предлагается теоретическая модель «внимание — интерес — переход — соответствие содержанию — доверие», а также разрабатываются практические рекомендации для официальных медиа.
inglizchaClickbait headlines in attracting audience attention: problems and solutions
This paper provides a theoretical and empirical analysis of the problem of imbalance between the attention-grabbing function of clickbait headlines in online journalism and the preservation of trust in journalism. Based on statistical tables, diagrams and an eight-criterion coding model, it proposes a theoretical “attention – interest – click-through – content match – trust” model and develops practical recommendations for official media.
Kalit so‘zlar
- internet-jurnalistika
- klikbeyt
- sarlavha
- auditoriya diqqati
- media ishonchi
- Telegram
- Qoraqalpog‘iston
- kontent-tahlil
- kredibillik
- pragmatika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 239–243 O‘zbek
Alieva Zulfiya Kenesbaevna. Auditoriya diqqatini jalb etishda klikbeyt sarlavhalar: muammolar va yechimlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 239–243. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910044
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
AUDITORIYA DIQQATINI JALB ETISHDA KLIKBEYT SARLAVHALAR: MUAMMOLAR VA YECHIMLARI
Alieva Zulfiya Kenesbaevna Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi e-mail: zulfiyaalieva913@gmail.com orcid:0009-0009-1775-0784 Annotatsiya: Mazkur tezisda internet-jurnalistikada klikbeyt sarlavhalarning auditoriya diqqatini jalb etish funksiyasi bilan jurnalistik ishonchni saqlash o‘rtasidagi nomutanosiblik muammosi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tezisda statistik jadvallar, diagrammalar va sakkiz mezonli kodlash modeli asosida "diqqat-qiziqish-kirish-mazmun mosligi-ishonch" nazariy modeli taklif etiladi hamda rasmiy media uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar: internet-jurnalistika, klikbeyt, sarlavha, auditoriya diqqati, media ishonchi, Telegram, Qoraqalpog‘iston, kontent-tahlil, kredibillik, pragmatika.
Raqamli media muhitida auditoriya diqqati cheklangan resursga aylangani sababli, sarlavha endi nafaqat matn mazmunini ifodalovchi, balki o‘quvchini materialga o‘tishga undovchi kommunikativ vosita vazifasini ham bajarmoqda. Bu holat sarlavhalarda qiziqish uyg‘otish, emotsionallik va sensatsiyalashtirish kabi usullarning kengroq qo‘llanilishiga olib kelmoqda, biroq bunday strategiyalar uzoq muddatli jurnalistik ishonchga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotning markaziy savoli: auditoriyani qiziqtirish va uning ishonchini saqlash o‘rtasida qanday optimal muvozanat ta’minlanishi mumkin? Ushbu savol nafaqat xalqaro va MDH media bozorlari, balki O‘zbekiston, xususan Qoraqalpog‘iston rasmiy media makoni uchun ham dolzarbdir, chunki mintaqada rasmiy axborotni tezkor tarqatishda Telegram kanallari muhim o‘rin tutadi.
Klikbeyt hodisasining nazariy asoslaridan biri – informatsiya bo‘shlig‘i nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra o‘quvchi o‘ziga noma’lum ma’lumot borligini sezganda, shu bo‘shliqni to‘ldirish uchun materialni ochishga intiladi. Tadqiqotchilar Blom va Hansen “klikbeyt sarlavhalarda oldindan havola berish usulining qo‘llanilishini ko‘rsatib, to‘liq bo‘lmagan havola o‘quvchida kutish va qiziqish uyg‘otishini isbotladi” [1;88]. Scacco va Muddimanlar esa, "curiosity effect" tadqiqotida “sarlavhadagi informatsiya darajasi o‘quvchining yangilik izlash xulq-atvorini o‘zgartirishini aniqladi” [6]. Materiallar va uslublar Empirik tomondan, Molyneux va Coddington “klikbeyt sarlavhalarning jurnalistik kredibillik va sifat haqidagi qabul qilishni pasaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi” [5]. Olimlar Carcioppolo, Lun va McFarlane ikkita eksperimentda (mos ravishda 629 va 1674 ishtirokchi) “aniq sarlavha bilan berilgan to‘liq material eng yuqori recognition va comprehension natijasini berishini aniqladi”[2]. Muddiman va Scacco esa “siyosiy mazmundagi "g‘azablantiruvchi" klikbeyt kontentning media obro‘siga zarar yetkazishi NUKUS · 2026
mumkinligini isbotladi” [6]. Scott "deceptive clickbait" tushunchasini tahlil qilib, uni “oddiy qiziqarli sarlavhadan farqlaydigan mezonlarni ishlab chiqdi”[8;72]. Xalqaro miqyosdagi eng yirik miqdoriy dalil Diez-Gracia, Sánchez-García, Palau-Sampio va Sánchez-Sobradillo tomonidan “The Guardian, The New York Times, El País va Público nashrlarining 1680 ta materialini qamragan tahlil bo'lib, X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
ular orasidan 516 tasida (30,71%) klikbeyt yoki tabloidizatsiya elementlari aniqlangan” (1-jadval) [3]. Bu natija klikbeytni faqat "sifatsiz saytlarga xos hodisa" deb baholash noto'g'ri ekanini ko'rsatadi. U yirik, jiddiy jurnalistika nashrlarida ham uchraydi. 1-jadval. Diez-Gracia va boshqalar (2024) tadqiqoti natijalari Ko‘rsatkich Miqdor Ulush Tahlil qilingan jami materiallar (The Guardian, The New 1680 100% York Times, El País, Público) Klikbeyt / tabloidizatsiya elementlari aniqlangan 516 30,71% « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
materiallar Standart (klikbeytsiz) sarlavhali materiallar 1164 69,29% MDH hududida esa Apresjan va Orlov “rus tilidagi onlayn medianing pragmatik manipulyatsiya mexanizmlarini tahlil qilib, klikbeyt strategiyalarining har doim ham samarali ishlamasligini, ba’zan teskari ("bumerang") effekt berishini ko‘rsatdi”[10;92]. Bu topilma xorijiy va MDH tadqiqotlari o‘rtasida umumiy xulosani mustahkamlaydi: klik sonining o‘sishi avtomatik ravishda auditoriya ishonchining kuchayishini anglatmaydi.
O‘zbekiston onlayn jurnalistikasida sarlavhaning pragmatik va kommunikativ funksiyalari bo‘yicha tadqiqotlar so‘nggi yillarda faollashmoqda. Eshmirzaeva “Qalampir.uz materiallari misolida neyromarketing tamoyillari, emotsional sarlavhalar va klikbeytning auditoriya xulq-atvoriga ta’sirini o‘rgangan” [4;1225]. Tadqiqotchi M.Xo‘jamurodov “ingliz va o‘zbek tilidagi onlayn gazeta sarlavhalarining milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilib, klikbeyt strategiyalarini lingvopragmatik qurol sifatida ko‘rib chiqqan” [9]. Bu tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston uchun ham ahamiyatli, chunki mintaqaviy media O‘zbekiston axborot makonining bir qismi bo‘lish bilan birga o‘ziga xos lingvomadaniy xususiyatlarga ega. Natijalar Tezisning empirik qismi Qoraqalpog‘iston xabar agentligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy Telegram kanallaridagi ochiq postlar asosida o‘tkazilgan kontent-tahlilga asoslanadi. Tahlil informativ, qiziqish uyg‘otuvchi, obrazli va funksional sarlavhalar o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga qaratildi. 2-jadvalda qo‘llanilgan sakkiz mezonli kodlash sxemasi keltirilgan (0–belgi yo‘q, 1–belgi bor); biroq bu mezonlar yig‘indisi "klikbeyt bor" degan avtomatik xulosa emas – sarlavha-matn mosligi alohida mezon sifatida baholanadi. 2-jadval. Kontent-tahlil uchun kodlash sxemasi NUKUS · 2026
№ Kontent-tahlil mezoni 0 1 1 Aniq informatsiya mavjudligi yo‘q bor 2 Qiziqishni uyg‘otish elementi yo‘q bor X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
3 So‘roq shakli yo‘q bor 4 Emotsionallik yo‘q bor 5 To'liq bo'lmagan informatsiya yo‘q bor 6 Sensatsiyalashtirish yo‘q bor 7 Auditoriyaga bevosita murojaat yo‘q bor 8 Sarlavha–matn mazmuni mosligi yo‘q bor
Tahlil qilingan misollar orasida ko‘rish ko‘rsatkichlari 1070 dan 3390 gacha o‘zgargan (3-jadval, 1-rasm). Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rish sonining o‘sishiga « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
nafaqat klikbeyt elementlari, balki mavzuning ijtimoiy, madaniy yoki lokal ahamiyati ham ta’sir ko‘rsatadi – masalan, "Taxtako‘pirlik o‘quvchilar 2-o‘rinni egalladi" va "Vatanimizni kuylovchi qo‘shiq" sarlavhalari klikbeyt belgilariga ega bo‘lmasa-da, eng yuqori ko‘rish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan. 3-jadval. Qoraqalpog‘iston xabar agentligi Telegram postlaridan misollar Sarlavha (original postdan) Ko‘rishlar Model turi "Bir dunyo ta’sirlar bilan qaytdi" 1 580 Obrazli-emotsional "Qishloq aholisiga ichimlik suvi" 1 630 Qisqa, informativ "Chet ellardagi OTMlardan 1 730 Kengaytirilgan ko‘chirilayotganlar uchun imtihon ballari informativ belgilandi" "Taxtako‘pirlik o‘quvchilar O‘zbekistonda 2- 3 140 Lokal-ijtimoiy ahamiyat o‘rinni egalladi" "Vatanimizni kuylovchi qo‘shiq" 3 390 Madaniy-emotsional "Bill Geyts qanday kitoblarni o‘qishni 1 070 So‘roq konstruksiyasi tavsiya etadi?"
1-rasm. Qoraqalpog‘iston xabar agentligi rasmiy Telegram kanalidagi sarlavhalarning ko‘rish ko‘rsatkichlari Metodologik cheklov sifatida shuni ta’kidlash lozimki, Telegramdagi "views" X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
ko‘rsatkichi klikning to‘liq o‘lchovi, o‘qish sonining aniq ko‘rsatkichi yoki ishonchning o‘lchovi emas – u faqat postga auditoriyaning ochiq ko‘rinishlarda yetib borganligining bitta indikatoridir. Shu sababli "ko‘rish ko‘paydi → klikbeyt natijali bo‘ldi → ishonch pasaydi" tarzidagi bevosita sabab-natija xulosasi tezisda ilgari surilmaydi. Xorijiy, MDH va mahalliy tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi besh bosqichli model taklif etiladi. Bu modelda klik yakuniy maqsad emas, balki oraliq bosqich hisoblanadi: sarlavha diqqatni tortadi, qiziqish uyg‘otadi, o‘quvchini materialga olib kiradi, so‘ng o‘quvchi sarlavhadagi kutish bilan matn mazmunini solishtiradi, va faqat shu moslik saqlangandagina media ishonchi mustahkamlanadi. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
"Diqqat-qiziqish-kirish-mazmun mosligi-ishonch" modeli Model amaliyotda tasdiqlanadi: xorijiy tadqiqotlarda (Molyneux & Coddington; Carcioppolo va boshq.) “mazmun-sarlavha mosligi buzilganda kredibillik pasayishi statistik jihatdan isbotlangan”[5,2], Qoraqalpog‘iston misolida esa mosligi saqlangan informativ sarlavhalar ("Qishloq aholisiga ichimlik suvi", "Chet ellardagi OTMlardan ko‘chirish imtihon ballari") ham yetarli darajada yuqori ko‘rish ko‘rsatkichlariga erishgani ko‘rinadi. Bu – qiziqarli va aniq sarlavha bir-biriga zid bo‘lishi shart emasligining amaliy dalilidir. Xulosa va tavsiyalar O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, auditoriya diqqatini jalb etish va jurnalistik ishonchni saqlash maqsadlari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi shart emas. Xalqaro tajriba (1680 materialning 30,71%ida klikbeyt elementlari aniqlangani) klikbeytning nafaqat sifatsiz, balki yirik nashrlarda ham uchrashini ko‘rsatsa, MDH va O‘zbekiston tadqiqotlari klikbeyt strategiyalarining madaniylingvistik xususiyatlarga bog‘liqligini tasdiqlaydi. Qoraqalpog‘iston rasmiy media makoni misoli esa amaliy jihatdan muhim xulosani beradi: informativ va aniq sarlavha ham yuqori auditoriya qiziqishiga erisha oladi, bunda mazmunni burmalash shart emas.
Shu asosda rasmiy media resurslari uchun quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi: 1) sarlavhaning birinchi so‘zlaridan mazmun aniq bo‘lishi kerak; 2) so‘roq shaklidagi sarlavhalar qo‘llanilishi mumkin, biroq matn savolga to‘liq javob berishi shart; 3) emotsionallik faktlarning o‘rnini bosmasligi lozim; 4) to‘liq bo‘lmagan informatsiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak; 5) sarlavha-matn mosligi tahririyat tekshiruv mezoniga aylantirilishi zarur; 6) ko‘rish soni yagona samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) sifatida qabul qilinmasligi, balki o‘qish vaqti, qayta ulashish, sharhlar va auditoriya so‘rovnomalari kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilishi lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Blom J. N., Hansen K.R. Click bait: Forward-reference as lure in online news headlines. Journal of Pragmatics, 76, 2015. – P. 87–100.
- Carcioppolo N., Lun D. McFarlane S. J. Exaggerated and Questioning Clickbait Headlines and Their Influence on Media Learning. Journal of Media Psychology, 34, 2022.
- Diez-Gracia A., Sánchez-García P., Palau-Sampio D., Sánchez-Sobradillo I. Clickbait X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA Contagion in International Quality Media: Tabloidisation and Information Gap to Attract Audiences. Social Sciences, 13, 2024-P. 430.
- Eshmirzaeva Z. Clicks, Brains and Headlines: The Use of Neuromarketing in Uzbek Online Journalism. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5, 2025,-P. 1224–1228.
- Molyneux L., Coddington, M. Aggregation, Clickbait and Their Effect on Perceptions of Journalistic Credibility and Quality. Journalism Practice, 14, 2020.
- Muddiman A., Scacco J. M. Clickbait Content May Not Be Click-worthy. Center for Media Engagement, 2019.
- Scacco J. M., Muddiman, A. The curiosity effect: Information seeking in the contemporary news environment. New Media & Society, 22, 2020.
- Scott K. "Deceptive" clickbait headlines: Relevance, intentions, and lies. Journal of Pragmatics, 218, 2023-P. 71–82. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
- Xo‘jamurodov M.I. Ingliz va o‘zbek onlayn gazeta matnlari atamalarining milliy- madaniy va pragmatik xususiyatlari. The Lingua Spectrum 2025.
- Apresjan V., Orlov A. Pragmatic mechanisms of manipulation in Russian online media: How clickbait works (or does not). Journal of Pragmatics, 195, 2022-P. 91–108.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014227
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910044
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 239–243
- ORCID
- Alieva Zulfiya Kenesbaevna0009-0009-1775-0784
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31