O‘zbekiston hududlarida yer degradatsiyasi neytralligini baholash: kompozit indeks yondashuvi
Khamidov Imomjon Ibrohimjon ugli · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Maqolada yer degradatsiyasi neytralligi (LDN, BRM 15.3.1) konsepsiyasi asosida O‘zbekiston hududlarida yer holatini baholovchi kompozit indeks taklif etilgan. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ma‘lumotlari asosida 13 hudud bo‘yicha sho‘rlanish va tuproq gumusining holati hamda dinamikasi normallashtirilib, teng va entropiya og‘irliklari bilan yig‘ma indeks hisoblandi. Samarqand, Andijon va Navoiy nisbatan barqaror, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari kritik holatda ekani aniqlandi. Qat‘iy LDN qoidasiga ko‘ra barcha hududlarda degradatsiya kuzatilmoqda. Hududiy monitoring tizimini joriy etish taklif qilingan.