Asosiy mazmunga o‘tish

Baklajon ko‘chatini tayyorlash usullarining o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta‘siri

Seilbekov R.B., Rametullaeva A.Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 444–446

Annotatsiya

Ushbu maqolada baklajon (Solanum melongena L.) ko‘chatini tayyorlashning turli usullari (an‘anaviy ochiq tuproqda pikirovka qilish, kassetalarda va torf kubiklarida yetishtirish)ning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanish fenologiyasi, barg yuzasi maydoni va umumiy hosildorligiga ta‘siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 54 yacheykali kassetada maxsus substratda yetishtirilgan ko‘chatlar dalada 98–100% tutish ko‘rsatkichini namoyon etdi hamda an‘anaviy pikirovka qilish usuliga nisbatan ertachi hosildorlikni 45.6% ga, umumiy hosildorlikni esa 39.1% ga (12.5 t/ga) oshirishga erishildi.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние способов подготовки рассады баклажана на рост, развитие и урожайность растений

В данной статье представлены результаты исследований влияния различных методов подготовки рассады баклажана (Solanum melongena L.) (традиционная пикировка в открытом грунте, выращивание в кассетах и торфяных кубиках) на рост, фенологию развития, площадь листовой поверхности и общую урожайность растений. По результатам исследований, саженцы, выращенные на специальном субстрате в кассете с 54 ячейками, показали показатель созревания в поле 98-100%, а также по сравнению с традиционным методом пикировки было достигнуто повышение ранней урожайности на 45,6%, а общей урожайности на 39,1% (12,5 т/га).

inglizchaEffect of eggplant seedling preparation methods on plant growth, development and yield

This article presents the results of research conducted on the influence of various preparation methods for eggplant (Solanum melongena L.) seedlings (traditional open-pit pitting, cultivation in cassettes and peat cubes) on plant growth, development phenology, leaf surface area, and overall yield. According to the research results, seedlings grown on a special substrate in a 54-cell cassette showed a 98–100% germination rate in the field, and an increase in early yield by 45.6% and total yield by 39.1% (12.5 t/ha) was achieved compared to the traditional pikirovka method.

Kalit so‘zlar

  • baklajon
  • ko‘chat yetishtirish
  • kasseta
  • pikirovka
  • fenologiya
  • barg yuzasi
  • hosildorlik
  • iqtisodiy samaradorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026

Baklajon ko‘chatini tayyorlash usullarining o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri Seilbekov R.B. «Meva-sabzavotchilik va polizchilik» kafedrasi dotsenti v.b., q.x.f.f.d. (PhD) · Rametullaeva A. «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik» mutaxassisligi 1-kurs magistranti

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610118 Iqtibos uchun: Seilbekov R.B., Rametullaeva A. Baklajon ko‘chatini tayyorlash usullarining o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 444–446. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610118

3 -S H O ‘ B A Annotatsiya. Ushbu maqolada baklajon (Solanum melongena L.) ko‘chatini tayyorlashning turli usullari (an’anaviy ochiq tuproqda pikirovka qilish, kassetalarda va torf kubiklarida yetishtirish)ning o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanish fenologiyasi, barg yuzasi maydoni va umumiy hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 54 yacheykali kassetada maxsus substratda yetishtirilgan ko‘chatlar dalada 98–100% tutish ko‘rsatkichini namoyon etdi hamda an’anaviy pikirovka qilish usuliga nisbatan ertachi hosildorlikni 45.6% ga, umumiy hosildorlikni esa 39.1% ga (12.5 t/ga) oshirishga erishildi. Kalit so‘zlar: baklajon, ko‘chat yetishtirish, kasseta, pikirovka, fenologiya, barg yuzasi, hosildorlik, iqtisodiy samaradorlik. Аннотация. В данной статье представлены результаты исследований влияния различных методов подготовки рассады баклажана (Solanum melongena L.) (традиционная пикировка в открытом грунте, выращивание в кассетах и торфяных кубиках) на рост, фенологию развития, площадь листовой поверхности и общую урожайность растений. По результатам исследований, саженцы, выращенные на специальном субстрате в кассете с 54 ячейками, показали показатель созревания в поле 98-100%, а также по сравнению с традиционным методом пикировки было достигнуто повышение ранней урожайности на 45,6%, а общей урожайности на 39,1% (12,5 т/га). Ключевые слова: баклажан, выращивание рассады, кассета, пикировка, фенология, листовая поверхность, урожайность, экономическая эффективность. Abstract. This article presents the results of research conducted on the influence of various preparation methods for eggplant (Solanum melongena L.) seedlings (traditional open-pit pitting, cultivation in cassettes and peat cubes) on plant growth, development phenology, leaf surface area, and overall yield. According to the research results, seedlings grown on a special substrate in a 54-cell cassette showed a 98–100% germination rate in the field, and an increase in early yield by 45.6% and total yield by 39.1% (12.5 t/ha) was achieved compared to the traditional pikirovka method. Keywords: eggplant, seedling cultivation, cassette, piping, phenology, leaf surface, yield, economic efficiency.

Kirish Baklajon (Solanum melongena L.) issiqsevar va vegetatsiya davri uzoq (110–150 kun) bo‘lgan sabzavot ekinlaridan biridir. Mamlakatimizda mahsulot yetishtirishda ertachilik va yuqori hosildorlikka erishishning asosiy omili sifatli ko‘chat materiallaridan foydalanish hisoblanadi. Odatda qo‘llaniladigan ochiq tuproqda yoki egatlarda pikirovka qilish usulida ko‘chatlarni dalaga ekishda ildiz tizimi 30–40% gacha jarohatlanadi, bu esa o‘simlikning tutib ketish davrini 7–10 kunga uzaytiradi va hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy kassetali va torf kubikli ko‘chatchilik texnologiyalari ildiz tizimini to‘liq himoya qilgan holda jadal rivojlanishni ta’minlaydi.

Tadqiqotning maqsadi: Baklajon ko‘chatini tayyorlashning turli usullarining o‘simlikning o‘sishi, biometrik ko‘rsatkichlari, fenologik rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlash hamda ishlab chiqarish uchun eng samarali va tejamkor ko‘chat tayyorlash usulini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot obyekti va usullari Tadqiqotlar 2026-yilda, tadqiqot o‘tkazilgan joy Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi ilmiy-tajriba stansiyasi maydonida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida baklajonning Dar Tashkenta navi olindi. Tajriba 4 ta variantda, 3 qaytariqda joylashtirildi: 1-variant (nazorat): An’anaviy usulda (issiqxona tuprog‘ida pikirovka qilib) yetishtirilgan ko‘chat. 2-variant: 54 yacheykali kassetalarda (substrat: torf + perlit 3:1 nisbatda) yetishtirilgan ko‘chat. 3-variant: 72 yacheykali kassetalarda (substrat: torf + perlit 3:1 nisbatda) yetishtirilgan ko‘chat. 4-variant: Torf-peregnoy kubiklarida (6 x 6 sm) yetishtirilgan ko‘chat. Dala tajribalarini o‘tkazishda B.J.Azimov, B.B.Azimovlarning «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi» uslubiy qo‘llanmasi asosida olib boriladi. Ma’lumotlarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi yordamida B. A. Dospexov ko‘rsatgan dispersion usul asosida amalga oshirildi.

3 -S H O ‘ B A Tadqiqot natijalari Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ko‘chat tayyorlash usullari ularning dalaga ekish davridagi biometrik ko‘rsatkichlariga va dalada tutib ketish darajasiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi (1- jadval). 1-jadval. Baklajon ko‘chatlarining biometrik ko‘rsatkichlari va dalada tutib ketishi Variantlar Ko‘chat bo‘yi, sm Barglar soni Poya yo‘g‘onligi, Dalada tutishi dona mm % Nazorat 18,2 5,2 3,6 83.5% (pikirovka) Kasseta 23,5 7,5 5,2 99.2% (54 yacheyka) Kasseta 20,8 6,4 4,6 96.1% (72 yacheyka) Torf kubigi 24,1 7,6 5,4 98.8%

1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 54 yacheykali kassetada hamda torf kubiklarida yetishtirilgan ko‘chatlarning bo‘yi (23.5–24.1 sm), barglar soni (7.5–7.6 dona) va poya yo‘g‘onligi (5.2–5.4 mm) nazorat variantiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Eng muhimi, kassetali va kubikli ko‘chatlar dalaga ekilganda ildiz tizimi jarohatlanmagani sababli dalada 98.8–99.2% tutib ketdi va stress davri kuzatilmadi. Ildiz tizimi jarohatlanmagan ko‘chatlar nazorat variantiga nisbatan 6–8 kun erta shonaladi va gulladi. Bu holat birinchi hosil terimini 7–10 kunga ertalashtirishga imkon berdi. 2-jadval. Baklajonning hosildorlik ko‘rsatkichlari Variantlar Bitta tupda Meva vazni, Ertagi hosil Umumiy Nazoratga meva, gr t/ga hosildorlik, nisbatan farq, dona t/ga t/ga Nazorat (pikirovka) 9,1 190 12,5 32,0 - Kasseta 13,8 220 18,2 44,5 +12.5 (54 yacheyka) (+39.1%) Kasseta 11,5 205 16,0 40,2 +8.2 (+25.6%) (72 yacheyka) Torf kubigi 13,2 218 17,8 43,8 +11.8 (+36.9%)

Tajriba natijalariga ko‘ra, 54 yacheykali kassetada ko‘chat tayyorlash usulida eng yuqori umumiy hosildorlik (44.5 t/ga) va ertachi hosildorlik (18.2 t/ga) qayd etildi. Bu ko‘rsatkich nazorat variantiga nisbatan umumiy hosilda 12.5 t/ga (39.1% ga ko‘p) hamda ertachi hosilda 5.7 t/ga (45.6% ga ko‘p) yuqori bo‘ldi. Xulosa Baklajon ko‘chatini 54 yacheykali kassetalarda torf+perlit (3:1) substratida yetishtirish ko‘chatlarning tutib ketish darajasini 99.2% ga yetkazib, ekishdan keyingi stress davrini bartaraf etadi. Kassetali usulda yetishtirilgan ko‘chatlar o‘simlikning 6–8 kun ertaroq hosilga kirishini ta’minlab, ertachi hosildorlikni 45.6% ga oshiradi. Ishlab chiqarish sharoiti uchun 54 yacheykali kassetalarda ko‘chat tayyorlash usuli eng yuqori umumiy hosildorlik (44.5 t/ga) va yuqori iqtisodiy rentabellik darajasini ta’minlovchi maqbul va samarali texnologiya sifatida tavsiya etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Azimov B.J., Azimov B.B. “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi ” // Toshkent, (O‘ME). 2002. – 9–11 B.
  2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта (с основами статистической обработки результатов исследований). – М.: Агропромиздат, 1985. – 351 с.
  3. Zuyev V.I., Abdullayev A.G. Sabzavotchilik va polizchilik. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. – 340 b. 3 -S H O ‘ B A
  4. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo‘jayev A.Q. Sabzavotchilik (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik). – Toshkent: Fan, 2018. – 512 b.
  5. Sabzavot ekinlari bilan tajribalar o‘tkazish uslublari (uslubiy qo‘llanma). – Toshkent: SPKITI, 2007. – 84 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014602
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610118
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
444–446
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03