Forest dynamics and afforestation efficacy in the south-western Aral Sea Basin: a multi-decadal satellite observation approach
Kipshakbaeva Gaukhar Adilbaevna, Berdimbetov Timur Tleubergenovich, Mamutov Bakhram Khojaniyazovich · Development of innovative climate-resilient technologies for monitoring and controlling water use efficiency and the impact of salinization on crop productivity and livelihoods in the Aral Sea region · 2026
Ushbu tadqiqotda zamonaviy axborot texnologiyalari — masofadan zondlash, geografik axborot tizimlari (GAT) va sun‘iy intellekt algoritmlari yordamida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2000–2024-yillarda o‘rmon ekotizimlarida yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotda Google Earth Engine (GEE) bulutli platformasi, Python dasturlash tili, QGIS va ArcGIS Pro dasturlaridan foydalanildi. Yer qoplamini tasniflash Landsat 7/8/9 va Sentinel-2 sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari asosida Random Forest algoritmi bilan amalga oshirildi. O‘rmonlar va boshqa yer qoplami toifalari o‘rtasidagi o‘tishlarni miqdoriy baholash uchun o‘tish matritsasi va intensivlik tahlili usullari qo‘llanildi. 2030–2040-yillar uchun prognoz xaritalari CA-Markov modeli yordamida tuzildi. Natijalar 2000–2024-yillarda to‘qay o‘rmonlari 32% ga, saksovulzorlar 19% ga qisqargani, sho‘rlangan maydonlar esa 50% ga kengayganini ko‘rsatdi. Tasniflash aniqligi 91,3% ga yetdi (Kappa = 0,88). BAU ssenariysida 2040-yilgacha to‘qay o‘rmonlari yana 38% ga qisqarishi prognoz qilinmoqda.