Asosiy mazmunga o‘tish

Ingichka tolali g‘o‘zani resurstejamkor parvarishlashning fotosintez sof mahsuldorligiga ta‘siri

Avazova Muhayyo Ashurali kiziIngichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 336–339

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navini resurstejamkor texnologiya asosida parvarishlashda turli ko‘chat qalinliklari va chilpish usullarining g‘o‘zaning shonalash-gullash va hosil tugish-pishish davrlarida fotosintez sof mahsuldorligiga ta‘siri o‘rganilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние ресурсосберегающих технологий возделывания тонковолокнистого хлопчатника на чистую продуктивность фотосинтеза

В данной статье исследуется влияние различной густоты стояния и методов чеканки на чистую фотосинтетическую продуктивность хлопчатника в периоды цветения, плодообразования и созревания тонковолокнистого сорта хлопчатника Термез-202 с использованием ресурсосберегающих технологий.

inglizchaEffect of resource-saving cultivation practices of long staple cotton on net photosynthetic productivity

This article examines the effect of various plant densities and topping methods on the net photosynthetic productivity of the long staple Termiz-202 cotton variety—cultivated using resource-saving technology—during the squaring-flowering and boll formation and maturation stages.

Kalit so‘zlar

  • Termiz-202
  • shonalash-gullash davri
  • hosil tugish-pishish davri
  • ko‘chat qalinligi
  • chilpish usullari
  • fotosintez sof mahsuldorligi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026

Ingichka tolali g‘o‘zani resurstejamkor parvarishlashning fotosintez sof mahsuldorligiga ta’siri Avazova Muhayyo Ashurali qizi tayanch doktoranti Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti muxoyyoavazova@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610087 Iqtibos uchun: Avazova Muhayyo Ashurali qizi. Ingichka tolali g‘o‘zani resurstejamkor parvarishlashning fotosintez sof mahsuldorligiga ta’siri // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 336–339. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610087

3 -S H O ‘ B A Annotatsiya. Mazkur maqolada ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navini resurstejamkor texnologiya asosida parvarishlashda turli ko‘chat qalinliklari va chilpish usullarining g‘o‘zaning shonalash-gullash va hosil tugish-pishish davrlarida fotosintez sof mahsuldorligiga ta’siri o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: Termiz-202, shonalash-gullash davri, hosil tugish-pishish davri, ko‘chat qalinligi, chilpish usullari, fotosintez sof mahsuldorligi. Аннотация. В данной статье исследуется влияние различной густоты стояния и методов чеканки на чистую фотосинтетическую продуктивность хлопчатника в периоды цветения, плодообразования и созревания тонковолокнистого сорта хлопчатника Термез-202 с использованием ресурсосберегающих технологий. Ключевые слова: Термез-202, фаза бутонизации–цветения, фаза образования коробочек– созревания, густота стояния растений, способы чеканки, чистая продуктивность фотосинтеза. Abstract. This article examines the effect of various plant densities and topping methods on the net photosynthetic productivity of the long staple Termiz-202 cotton variety—cultivated using resource-saving technology—during the squaring-flowering and boll formation and maturation stages. Keywords: Termiz-202, budding–flowering stage, boll formation–maturation stage, plant density, topping methods, net photosynthetic productivity.

Kirish Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida tabiiy resurslardan, xususan, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, resurstejamkor agrotexnologiyalarni keng joriy etish hamda ekinlarning hosildorligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5- fevraldagi PQ–47-son «Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida 2026–2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan maydonlar hajmini 3,5 mln gektarga yetkazish hamda ushbu texnologiyalarni qo‘llash hisobiga har yili 5 mlrd m³ suv resurslarini tejash maqsadlari belgilangan. Tadqiqotning obyekti va uslubi. So‘nggi yillarda g‘o‘za o‘simligida fotosintez sof mahsuldorligini oshirish masalasi agrar sohada dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri sifatida keng o‘rganilmoqda. Xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda fotosintez jarayonining intensivligi va uning hosildorlik bilan uzviy bog‘liqligi aniqlangan. Xususan, Zhang va boshqalar tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda yorug‘lik sharoitlarining o‘zgarishi barg anatomiyasi va fotosintetik faollikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.1 Zhang Y., Liao B., Li F., et al. (2024).

Ya.A. Babayev, M.A.Avliyakulov va J.U. Abdullayev tavsiyalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarida va agroklaster maydonlarida Shinjon intensiv texnologiyasini qo‘llab paxta yetishtirilganda yuqori hosil olish mumkinligi aniqlangan. J.B. Shukurullayev va boshqalar ma’lumotlariga ko‘ra, agrokimyoviy ko‘rsatkichlarning barqaror yaxshilanishi tomchilatib sug‘orilgan maydonlarda uch yil davomida paxta hosildorligining izchil oshishi (4050≤4800 kg/ga) bilan uyg‘un kechdi, egatlab sug‘orilgan nazorat variantida esa hosildorlik deyarli o‘zgarmay qoldi. G‘.Q.Diyarov olib borgan tajribalariga asosan, 76×10 sm qo‘shqator sxemada 220-240 ming tup/ga ko‘chat qalinligini va plyonka ostida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini g‘o‘zaning vegetativ va generativ rivojlanishini maksimal darajada ta’minlab hosildorlikni 60-70 s/ga darajasida olish mumkinligini aniqladi. Yuqoridagi ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, fotosintez sof mahsuldorligini oshirish ko‘p omilli jarayon bo‘lib, u agrotexnik tadbirlar, ekologik sharoitlar va o‘simlikning biologik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqot natijalari Tadqiqotlarda o‘rganilgan ingichka tolali Termiz-202 g‘o‘za navining fotosintez sof mahsuldorligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuvlarga ko‘ra, quyidagi holatlar aniqlandi (1-2-

3 -S H O ‘ B A jadvallar). 2024-yil kuzatuvlariga asosan, shonalash-gullash davrida fotosintez sof mahsuldorligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich (variantlar bo‘yicha) 10-variant sojean preparatini 4-5 chin barg davrida 7,5 g/ga, shonalash boshlanganda 15 g/ga, gullash boshlanganda 22,5 g/ga, gullash-hosil to‘plash davrida 45 g/ga, hosil to‘plash davrida 60 g/ga, chilpishdan oldin 120 g/ga qo‘llanilgan fonning ko‘chat qalinligi 140 ming tup/ga variantida bir sutkada 15,20 g/m 2 ni tashkil qilganligi aniqlandi. Keyingi o‘rinlarda 4-7-variantlarda fotosintez sof mahsuldorligi bir sutkada mos ravishda 13,40-14,14 g/m2 ni tashkil qilgan. Xuddi shunday hosil to‘plash – pishish davrida esa eng yaxshi ko‘rsatkich 9-11-12- variantlarda mos ravishda fotosintez sof mahsuldorligi bir sutkada 12,11-12,42-12,87 g/m 2 tashkil etganligini ko‘rish mumkin.

1-jadval. Turli ko‘chat qalinligi va chilpish usullarining ingichka tolali g‘o‘zaning fotosintez sof mahsuldorligiga ta’siri, 2024 y Ko‘chat Fotosintez sof mahsuldorligi, g/m2 bir qalinligi, sutkada T/r Chilpish usullari ming Shonalash- Hosil tugish-pishish tup/ga gullash davri davri 1 140 12,28 10,43 2 Chilpilmagan 170 12,37 11,22 3 200 11,05 11,66 4 Qo‘lda 140 13,40 10,55 5 (16-18 hosil bo‘g‘inda) 170 12,61 11,20 6 200 12,49 11,58 7 Sojean 140 14,14 10,72 8 Shonalash davrida 15 g/ga 170 13,18 11,48 Gullash davrida 45 g/ga 9 Hosil to‘plash davrida 90 g/ga 200 12,88 12,11 Sojean 4-5 chin barg davrida 7,5 g/ga 10 Shonalash boshlanganda 15 g/ga 140 15,20 10,93 Gullash boshlanganda 22,5 g/ga Gullash-hosil to‘plash davrida 45 11 g/ga 170 13,92 12,42 Hosil to‘plash davrida 60 g/ga 12 200 13,28 12,87 Chilpishdan oldin 120 g/ga

2025-yil kuzatuvlariga asosan, shonalash-gullash davrida fotosintez sof mahsuldorligi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich (variantlar bo‘yicha) 10-variant sojean preparatini 4-5 chin barg davrida 7,5 g/ga, shonalash boshlanganda 15 g/ga, gullash boshlanganda 22,5 g/ga, gullash-hosil to‘plash davrida 45 g/ga, hosil to‘plash davrida 60 g/ga, chilpishdan oldin 120 g/ga qo‘llanilgan fonning ko‘chat qalinligi 140 ming tup/ga variantida bir sutkada 17,43 g/m2 ni tashkil qilganligi aniqlandi. 2-jadval. Turli ko‘chat qalinligi va chilpish usullarining ingichka tolali g‘o‘zaning fotosintez sof mahsuldorligiga ta’siri, 2025 y Ko‘chat Fotosintez sof mahsuldorligi, g/m2 bir qalinligi, sutkada T/r Chilpish usullari ming Shonalash- Hosil tugish-pishish tup/ga gullash davri davri 1 140 14,26 10,71 2 Chilpilmagan 170 14,56 11,56 3 200 13,31 11,66 4 Qo‘lda 140 15,84 11,05 5 (16-18 hosil bo‘g‘inda) 170 15,03 11,64 6 200 14,71 12,15 7 Sojean 140 16,37 11,49

3 -S H O ‘ B A 8 Shonalash davrida 15 g/ga 170 15,33 12,09 Gullash davrida 45 g/ga 9 Hosil to‘plash davrida 90 g/ga 200 15,39 12,80 Sojean 4-5 chin barg davrida 7,5 g/ga 10 Shonalash boshlanganda 15 g/ga 140 17,43 11,14 Gullash boshlanganda 22,5 g/ga Gullash-hosil to‘plash davrida 45 11 g/ga 170 16,52 12,75 Hosil to‘plash davrida 60 g/ga 12 200 17,26 12,44 Chilpishdan oldin 120 g/ga Keyingi o‘rinlarda 12-11-variantlarda fotosintez sof mahsuldorligi bir sutkada mos ravishda 17,26-16,52 g/m2 ni tashkil qilgan. Xuddi shunday hosil to‘plash-pishish davrida esa eng yaxshi ko‘rsatkich 9-11-12-variantlarda mos ravishda fotosintez sof mahsuldorligi bir sutkada 12,80-12,75- 12,44 g/m2 tashkil etganligini ko‘rish mumkin. Xulosa 2024-2025-yillar bo‘yicha ko‘rish mumkinki, fotosintez sof mahsuldorligi shonalash-gullash davridagi eng yaxshi ko‘rsatkichlar (variantlar bo‘yicha) 10-variant sojean preparatini 4-5 chin barg davrida 7,5 g/ga, shonalash boshlanganda 15 g/ga, gullash boshlanganda 22,5 g/ga, gullash-hosil to‘plash davrida 45 g/ga, hosil to‘plash davrida 60 g/ga, chilpishdan oldin 120 g/ga qo‘llanilgan fonning ko‘chat qalinligi 140 ming tup/ga variantida bir sutkada yillar bo‘yicha 15,20 va 17,43 g/m2 tashkil qilganligi aniqlandi. Xuddi shunday sojean sepilgan fonning hosil tugish-pishish davriga kelib esa nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkich (variantlar bo‘yicha) yillar bo‘yicha 11-12-variantlarda mos ravishda fotosintez sof mahsuldorligi bir sutkada 12,42-12,87 va 12,75-12,44 g/m2 tashkil etganligini ko‘rish mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi «Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-47-son qarori
  2. Shukurullayev J.B., Xamidov A.M., Avezov Sh.M. «Tomchilatib sug‘orishda tuproq agrokimyoviy xossalarining o‘zgarishi va uning paxta hosildorligiga ta’siri». Agro ilm jurnali 7-son [128]2026. -B-134
  3. Karimov Sh. G‘o‘zaning quruq massa to‘plashi va fotosintez mahsuldorligiga yangi stimulyatorlarning ta’siri. Xalqaro konferensiya maqola to‘plami O‘zPITI. Toshkent.2012.-B-156-158
  4. Diyarov G‘.Q. Samarqand viloyati sharoitida 76×10 sxemada qo‘sh qatorlab plyonka ostiga tomchilatib sug‘orish usulida g‘o‘za yetishtirishning afzalliklari. «O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi» jurnali №4 2026y. -B-30
  5. Babayev Ya.A., Avliyakulov M.A., Abdullayev J.U. «Shinjon intensiv texnologiyasining paxta yetishtirishdagi samaradorligi». «Agro ilm» jurnali 2-son 2026.-B-4 3 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014571
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610087
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
336–339
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03