Asosiy mazmunga o‘tish

Nukus shahridagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaft qurilish uchun ekilgan Suriya gibiskus, forzisiya, yapon behisi, amorfa, ligustrum, jimolost, perikanta manzarali butalarining gullash muddatlari

Kaypov Timur Alibaevich1, Kholmurotov Mansurbek Zaripboevich2, Koshkarbaeva Aysuliw Azamat kizi2026

  1. 1Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  2. 2Toshkent davlat agrar universiteti

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 397–399

Annotatsiya

Nukus shahri sharoitida hozirgi kungacha o‘sib rivojlanayotgan manzarali gullovchi butalar assortimentlari o‘rganilib chiqildi va ulardan Suriya gibiskus, forzisiya, yapon behisi, amorfa, ligustrum, jimolost, perikanta manzarali butalarining fenologik nazorat ishlari olib borildi. Bunda erta bahorda gullaydiganlar, yozda gullaydiganlar, kech kuzda gullaydigan manzarali gullovchi butalar aniqlandi. Ya‘ni 2023-yil va 2024-yilgi fenologik nazorat ishlari.

Boshqa tillarda

ruschaСроки цветения декоративных кустарников гибискуса сирийского, форзиции, айвы японской, аморфы, бирючины, жимолости и пираканты, высаженных для озеленения населенных мест и ландшафтного строительства в городе Нукусе

Изучен ассортимент декоративных цветущих кустарников, произрастающих в настоящее время в условиях города Нукуса, и проведены фенологические наблюдения за декоративными кустарниками гибискусом сирийским, форзицией, айвой японской, аморфой, бирючиной, жимолостью и пиракантой. В результате выделены декоративные цветущие кустарники, цветущие ранней весной, летом и поздней осенью. Фенологические наблюдения проводились в 2023 и 2024 годах.

inglizchaFlowering periods of the ornamental shrubs Syrian hibiscus, forsythia, Japanese quince, amorpha, privet, honeysuckle and pyracantha planted for the greening of residential areas and landscape construction in the city of Nukus

The assortment of ornamental flowering shrubs currently growing in the conditions of the city of Nukus was studied, and phenological observations were carried out on the ornamental shrubs Syrian hibiscus, forsythia, Japanese quince, amorpha, privet, honeysuckle and pyracantha. As a result, ornamental flowering shrubs that bloom in early spring, in summer and in late autumn were identified. The phenological observations were conducted in 2023 and 2024.

Kalit so‘zlar

  • Manzarali butalar
  • landshaftli qurilish
  • ko‘kalamzorlashtirish
  • sanitar-gigienik
  • assortimentlar
  • arxitekturaviy
  • mikroiqlim
  • introduksiya
  • biologik chidamli
  • kompozitsiya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026

Nukus shahridagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaft qurilish uchun ekilgan Suriya gibiskus, forzisiya, yapon behisi, amorfa, ligustrum, jimolost, perikanta manzarali butalarining gullash muddatlari Kaypov Timur Alibaevich 1 «O‘simlikshunoslik, o‘rmonchilik va landshaftli dizayn» kafedrasi assistenti · Xolmurotov Mansurbek Zaripboevich 2 «O‘rmonchilik va landshaftli dizayn» fakulteti dekani, q.x.f.f.d., dotsent · Qoshqarbaeva Aysuliw Azamat qizi 1 «O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish» ta’lim yo‘nalishi 3 a guruh talabasi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Toshkent davlat agrar universiteti kaypovtimur1983@gmail.com, mxolmurotov@gmail.com, aysuliwkhoshqarbaeva@gmail.com

3 -S H O ‘ B A DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610105 Iqtibos uchun: Kaypov Timur Alibaevich, Xolmurotov Mansurbek Zaripboevich, Qoshqarbaeva Aysuliw Azamat qizi. Nukus shahridagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaft qurilish uchun ekilgan Suriya gibiskus, forzisiya, yapon behisi, amorfa, ligustrum, jimolost, perikanta manzarali butalarining gullash muddatlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 397–399. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610105

Annotatsiya. Nukus shahri sharoitida hozirgi kungacha o‘sib rivojlanayotgan manzarali gullovchi butalar assortimentlari o‘rganilib chiqildi va ulardan Suriya gibiskus, forzisiya, yapon behisi, amorfa, ligustrum, jimolost, perikanta manzarali butalarining fenologik nazorat ishlari olib borildi. Bunda erta bahorda gullaydiganlar, yozda gullaydiganlar, kech kuzda gullaydigan manzarali gullovchi butalar aniqlandi. Ya’ni 2023-yil va 2024-yilgi fenologik nazorat ishlari. Kalit so‘zlar: Manzarali butalar, landshaftli qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitar-gigienik, assortimentlar, arxitekturaviy, mikroiqlim, introduksiya, biologik chidamli, kompozitsiya. Ключевые слова: Ландшафтные кустарники, озеленение, пейзаж, санитарная гигиена, сортименты, архитектурные, микроклимат, интродукция, биологическая устойчивость, композиция. Keywords: Landscape shrubs, landscaping, landscape, sanitary hygiene, assortments, architectural, microclimate, introduction, biological stability, composition.

Kirish Shaharlarda aholining yashash sharoitlarini komfort darajaga ko‘tarish, dam olishini ta’minlash, shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog‘lomlashtiruvchi yashil hududlar maydonlarini kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli baland hisoblanadi. Ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llanilayotgan manzarali daraxt-buta turlari assortimentini boyitish ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘kalamzorlashtirish maqsadida tavsiya etilayotgan daraxt-buta turlari manzarali ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan bir paytda shaharning tutunli-gazli va changli muhitiga biologik chidamli bo‘lishi, arxitekturaviy va sanitar-gigienik talablarga ham javob berishi lozim [1]. Tajriba maqsadi. Nukus shahrini ko‘kalamzorlashtirish uchun manzarali butalarning o‘rni juda katta, sababi avtomobil halqa yo‘l aylanmalari yer maydonlariga va bekatlar atrofiga, piyodalar yo‘laklari bo‘ylariga va bog‘-parklarga manzarali butalar juda mos keladi, sababi butalarning bo‘yiga baland bo‘lmaganligi va juda manzarabopligi, gullash davomiyligi katta ahamiyatga ega.

Manzarali gullovchi butalarning uzoq muddat va ko‘rkam gullaydiganlarini tanlashdan iborat. Shu bilan birga, Nukus shahri iqlimi va tuproq sharoitlariga biologik chidamli turlarni tanlab ekishdan iborat. Tajriba natijasi. Kuzatishlar natijalariga ko‘ra, 2023-2024-yilgi fenologik nazoratlarda vegetatsiya davrining boshlanishi ancha erta, mart oyining ikkinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keldi. Ob-havo sharoiti turlarning gullash boshlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Issiq ob-havo bo‘lgan yillarda o‘simliklar erta gulladi va aksincha, sovuq havoda keyinroq. Forzisiya va yapon behisi manzarali gullovchi butalari eng erta bahorda gullashi kuzatildi, keyin kech bahorda ligustrum, barbaris, amorfa, perikanta, jimolost manzarali gullovchi butalari qayd etilgan. Faqatgina Suriya gibiskusi yozda gullay boshlab to kuzgacha davom etdi. Lekin 2024-yilgi fenologik nazoratlarda havo harorati va temperaturaning yuqoriligi vegetatsiya davrining ertaroq boshlanishiga sabab bo‘ldi [2]. 1-jadvalda o‘rganilayotgan manzarali gullovchi butalarning fenologik nazorati, ya’ni gullash muddatlari ko‘rsatilgan. 1-jadval. Manzarali butalar Gullash muddatlari Gullash Gullash muddatlari Gullash turlari (2023 y.) davomiyligi, (2024 y.) davomiyligi, kunlar kunlar Forzisiya 18.03-16.04 29 15.03-3.04 19

3 -S H O ‘ B A Yapon behisi 26.03-24.04 29 23.03-20.04 28 Jimolost 9.04-25.04 16 4.04-27.04 23 Perikanta 26.04-10.05 15 19.04-6.05 18 Amorfa 1.05-23.05 23 24.04-16.05 24 Ligustrum 2.05-28.05 26 29.04-21.05 23 Suriya gibiskus 16.06-15.10 117 9.06-19.10 109

Nukus shahri sharoitida fenologik nazorat natijalari gullovchi butalarning spektri bo‘yicha o‘rtacha gullashi 24 kundan 130 kungacha davom etishi qayd etildi. Erta bahorda gullovchi manzarali butalar 4 ta, kech bahorda esa 3 ta, faqatgina 1 buta –Suriya gibiskusi iyun oyidan gullashni boshlab, toki kuzgi sovuqlar boshlangunga qadar gullashni davom ettirdi. Avgust oyida ayniqsa ularning qiyg‘os gullashi kuzatildi. 2-jadvalda o‘rganilayotgan o‘simliklarning fenologik fazalarining fenologik spektrlari ko‘rsatilgan [3]. 2-jadval. Ligustrum Forzisiya Barbaris Amorfa Perikanta Gibiskus Yapon behisi Jimolost Mavsumlar (Biryuchina)

Xulosalar Nukus shahrida landshaft dizayn usulida manzarali gullovchi butalarning ahamiyati juda katta, sababi shahar sharoitida avtomobil aylanmalari va imoratlar fasadlarini to‘sib qo‘ymaslik uchun butalar tanlanadi. Butalarning bo‘yi past va juda manzaraviyligi bilan ahamiyatli. Shaharga turistlarni jalb qilishda ham roli katta, sababi shahar ichkarisida landshaft dizayn asosida kompozitsiyalar yaratilsa, yana ham shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shiladi. Asosan shahar sharoitida mavsumiy gullaydigan manzarali gullovchi butalardan tanlanib ekilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fenologik nazorat davomida shahar sharoitida kompozitsiya yaratish maqsadida erta bahorda gullaydigan forzisiya, yapon behisi, kech bahorda esa ligustrum, barbaris, jimolost, perikanta, amorfa butalari tavsiya etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Keyingi o‘rinda yozda gullay boshlaydigan, eng uzoq gullaydigan Suriya gibiskus manzarali butasi hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Qayimov A.Q., Dj. Turok. Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish (darslik). – Toshkent: «Fan va texnologiya», 2012. – 124 b.
  2. Berdiev E.T. Manzarali daraxt-buta o‘simliklar (uslubiy qo‘llanma). – Toshkent, ToshDAU Tahririyat- nashriyot bo‘limi, 2021. –111 b. 3 -S H O ‘ B A
  3. Berdiev E.T., Xolmurotov M.Z., Chorshanbiev F.M. Landshaft dizayn uchun manzarali gullovchi butalar – Toshkent, 2019.– 82 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014589
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610105
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
397–399
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03