Mosh namunalarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash
Djarasov Aydos Djarasovich, Allambergenov Tanjarbay Dauletmuratovich, Esemuratov Azizbek Khoshmurat uliQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 366–368
Annotatsiya
Ushbu maqolada mosh namunalaridagi unuvchanlik ko‘rsatkichlari natijalari keltirilgan. Laboratoriya sharoitida namunalarning laboratoriya sharoitida unuvchanlik ko‘rsatkichlari va ular o‘rtasidagi farqlar tahlil qilindi. Tajribalarda yuqori unuvchanlikka ega namunalar aniqlandi. Olingan natijalar mosh seleksiyasi uchun boshlang‘ich ashyolar tanlashda hamda keyingi tadqiqotlarda foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega. Mosh namunalarining laboratoriya sharoitida unuvchanligi Xalqaro Urug‘ Testi Assotsiatsiyasi (ISTA, 2023) uslublariga muvofiq o‘tkazildi. Mosh namunalaridan Durdona navida va VI-062909 tizmasida eng yuqori unuvchanlik kuzatilgan.
Boshqa tillarda
ruschaОпределение всхожести образцов маша в лабораторных условиях
В данной статье представлены результаты показателей всхожести образцов маша. В лабораторных условиях были проанализированы показатели всхожести образцов в лабораторных условиях и различия между ними. В экспериментах были выявлены образцы с высокой всхожестью. Полученные результаты имеют важное значение для выбора исходного материала для селекции маша, а также для использования в дальнейших исследованиях. Всхожесть образцов маша в лабораторных условиях проводилась в соответствии с методами Международной ассоциации тестирования семян (ISTA, 2023). Из образцов маша самая высокая всхожесть наблюдалась у сорта Дурдона и линии VI-062909.
inglizchaDetermination of the germination of mung bean samples under laboratory conditions
This article presents the results of germination indicators in mung bean samples. In laboratory conditions, the germination rates of the samples under laboratory conditions and the differences between them were analyzed. Samples with high germination capacity were identified during the experiments. The results obtained are of great importance for selecting starting materials for mung bean breeding and for further research. The germination of mung bean samples under laboratory conditions was conducted in accordance with the methods of the International Seed Testing Association (ISTA, 2023). Among the mung bean samples, the highest germination was observed in the Durdona variety and the VI-062909 line.
Kalit so‘zlar
- mosh
- urug‘
- unuvchanlik
- laboratoriya sharoiti
- seleksiya
- tizma
- urug‘lik materiali
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026
Mosh namunalarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash Djarasov Aydos Djarasovich tayanch doktorant · Allambergenov Tanjarbay Dauletmuratovich b.f.f.d. (PhD), dotsent · Esemuratov Azizbek Xoshmurat uli tayanch doktorant
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti aydosdjarasovich@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610096 Iqtibos uchun: Djarasov Aydos Djarasovich, Allambergenov Tanjarbay Dauletmuratovich, Esemuratov Azizbek Xoshmurat uli. Mosh namunalarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab
3 -S H O ‘ B A chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 366–368. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610096
Annotatsiya. Ushbu maqolada mosh namunalaridagi unuvchanlik ko‘rsatkichlari natijalari keltirilgan. Laboratoriya sharoitida namunalarning laboratoriya sharoitida unuvchanlik ko‘rsatkichlari va ular o‘rtasidagi farqlar tahlil qilindi. Tajribalarda yuqori unuvchanlikka ega namunalar aniqlandi. Olingan natijalar mosh seleksiyasi uchun boshlang‘ich ashyolar tanlashda hamda keyingi tadqiqotlarda foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega. Mosh namunalarining laboratoriya sharoitida unuvchanligi Xalqaro Urug‘ Testi Assotsiatsiyasi (ISTA, 2023) uslublariga muvofiq o‘tkazildi. Mosh namunalaridan Durdona navida va VI-062909 tizmasida eng yuqori unuvchanlik kuzatilgan. Kalit so‘zlar: mosh, urug‘, unuvchanlik, laboratoriya sharoiti, seleksiya, tizma, urug‘lik materiali Аннотация. В данной статье представлены результаты показателей всхожести образцов маша. В лабораторных условиях были проанализированы показатели всхожести образцов в лабораторных условиях и различия между ними. В экспериментах были выявлены образцы с высокой всхожестью. Полученные результаты имеют важное значение для выбора исходного материала для селекции маша, а также для использования в дальнейших исследованиях. Всхожесть образцов маша в лабораторных условиях проводилась в соответствии с методами Международной ассоциации тестирования семян (ISTA, 2023). Из образцов маша самая высокая всхожесть наблюдалась у сорта Дурдона и линии VI-062909. Ключевые слова: маш, семена, всхожесть, лабораторные условия, селекция, линия, семенной материал. Abstract. This article presents the results of germination indicators in mung bean samples. In laboratory conditions, the germination rates of the samples under laboratory conditions and the differences between them were analyzed. Samples with high germination capacity were identified during the experiments. The results obtained are of great importance for selecting starting materials for mung bean breeding and for further research. The germination of mung bean samples under laboratory conditions was conducted in accordance with the methods of the International Seed Testing Association (ISTA, 2023). Among the mung bean samples, the highest germination was observed in the Durdona variety and the VI-062909 line. Keywords: mung bean, seeds, germination, laboratory conditions, breeding, line, seed material
Kirish Mosh dukkakli ekinlar orasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan dukkakli ekinlardan biri hisoblanadi. Bu ekindan oziq-ovqat va chorvachilikda yem-xashak mahsulotlari sifatida foydalaniladi. Mosh donining tarkibida oqsil, mineral moddalar, uglevod hamda boshqa biologik faol birikmalar mavjud. Moshning har xil tashqi stress faktorlariga chidamli bo‘lishi hamda vegetatsiya davrida suvni kam talab qilishi har xil hududlarga moslashishida katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Mosh yetishtirishda va yuqori hosil olishda avvalo sifatli urug‘lar tanlash zarur. Ekinlarning eng asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bu urug‘larning unuvchanligi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich dalada nihollarning bir tekis unib chiqishi hamda yakuniy hosildorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun yangi navlarni yoki namunalarni seleksion baholashda urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bu orqali dala tajribalariga konditsion urug‘larni dastlabki bosqichlarda saralab olish mumkin. Tadqiqotning maqsadi-mosh ekinining nav va namunalari urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash orqali, ular orasidagi farqlarni kuzatish hamda istiqbolli namunalarni ajratib olishdan iborat. B. Kosbergenova [2; 66-68-b.] ma’lumotlariga qaraganda, respublikamizda yetishtirilayotgan mosh navlari ko‘pincha o‘rtapishar, kechpishar yoki juda kechpishar bo‘lib, ularning vegetatsiya davri 85–120 kun davom etadi. Madaniy mosh navlari vegetatsiya davri uzunligiga qarab besh guruhga ajratiladi: 60–75 kun ichida pishadigan juda ertapishar, 75–90 kunda pishadigan ertapishar, 85–105 kunlik o‘rtapishar, 100–115 kunlik kechpishar va 115 kundan ortiq davom etadigan juda kechpishar navlar. A.E. Xakimov, A.A. Narimanov, A.B. Elmurodovlarning [4; 113-117-b.] tadqiqotlariga ko‘ra, moshning yangi yaratilgan Istiqbol-32 navida tadqiqotlar olib borilganda asosiy ekin sifatida 10-15- aprelda, takroriy ekin sifatida esa 10-15-iyunda ekish optimal muddat ekanligi aniqlangan. 15-
3 -S H O ‘ B A iyundan kech ekilganlari esa sovuqdan zararlanishi yoki doni puch bo‘lishi mumkin. Ushbu navning suvga bo‘lgan talabi bahorgi muddatda 1500 m3, yozgi muddatda esa 2000 m3 hisoblanadi.
Z.Sh. Ro‘zmetova, N.M. Babadjanova, Y.A. Djumaniyazova, M.X. Ro‘zmetovalarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, moshning Durdona, Qahrabo va Radost navlarining unuvchanligiga laboratoriya sharoitida sho‘rlanishning ta’siri o‘rganilganda har bir navda o‘ziga xos o‘zgarishlar kuzatilgan. Uch qaytariqda nazorat, 30mM va 60mM eritmalar ta’siri o‘rganilgan va Durdona navida urug‘ unuvchanligi, poya uzunligi, unib chiqish energiya indeksi kabi ko‘rsatkichlarda yuqori natija qayd etilgan. Qahrabo navida eritma ta’sirida eng yuqori ko‘rsatkich aniqlangan bo‘lsa, Radost navida esa, aksincha, ildiz eritma konsentratsiyasi ta’sirida sust rivojlangan. Har bitta navda sho‘rlanish konsentratsiyasi qanchalik ortsa, foydali morfo-xo‘jalik belgilariga shunchalik salbiy ta’sir ko‘rsatadi [3]. Materiallar va metodlar Laboratoriya tadqiqotlari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Dehqonchilik, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va biotexnologiyasi laboratoriyasida olib borildi. Tajribalarda moshning Durdona va Osiyo navlari, shuningdek VI-060020 A-G va VI-062909 liniyalari o‘rganildi. Tajribalar 3 qaytariqda olib borilib, har bir qaytariqda 15 ta urug‘ning unuvchanligi tahlil qilindi.
Urug‘larning unuvchanligi International Seed Testing Association (ISTA, 2023) uslublari asosida aniqlandi. Urug‘lar Petri idishlariga namlangan filtr qog‘oz yuzasiga joylashtirildi va 25 ± 2 °C haroratda 7 kun davomida kuzatib borildi. Petri idishlaridagi namlik miqdori tajriba davomida saqlab turildi.
Mosh namunalarining unuvchanlik darajasi quyidagi formula yordamida aniqlandi: Unib chiqqan urug ‘ lar soni Unuvchanlik ( % )= x 100 % Umumiy uru g' lar soni Olingan ma’lumotlar qayta ishlanib, nav va liniyalar bo‘yicha solishtirildi. Natijalar Urug‘larning unuvchanligini aniqlash o‘simliklar seleksiyasida yuqori hosildor, kasalliklarga chidamli va stress omillariga moslashgan navlarni yaratishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa, qisqa vegetatsiya davriga va ozuqaviy qiymatga ega bo‘lgan mosh ekinida urug‘larning dalada yaxshi rivojlanishini oldindan baholashda urug‘larning laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Shu sababli seleksiya va urug‘chilik tadqiqotlarida nav va namunalarning laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash boshlang‘ich bosqich hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida moshning to‘rt xil nav va namunalarining unuvchanligi Xalqaro Urug‘ Tekshirish Assotsiatsiyasi (ISTA) metodikasiga muvofiq baholandi. Har bir nav va liniya 3 takror (qaytariq)da tajribalar o‘tkazildi va har bir takrorda 15 tadan urug‘ namunalari laboratoriya sharoitida unishga qo‘yildi. Petri idishlariga nam filtr qog‘oz solinib, 25±2°C haroratda, 75–85% nisbiy namlik sharoitida 7 kun davomida kuzatuv olib borildi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, eng yuqori unuvchanlik darajasi VI-062909 tizmasida (94,8%) kuzatildi. Unga yaqin natija Durdona naviga tegishli bo‘lib, bu navda unuvchanlik 94,7% ni tashkil etdi. Shuningdek, Osiyo navining o‘rtacha unuvchanligi 92,06% hamda VI-060020 A-G tizmasida unuvchanlik ko‘rsatkichi 91,2% natija kuzatildi (1-jadval).
1-jadval. Mosh nav va namunalarining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash
№ Navlar 1-qaytariq 2-qaytariq 3-qaytariq Jami Kategoriyalar
3 -S H O ‘ B A 1 Durdona 14 15 13,57 14,19 94,7% 1-kategoriya
VI-060020 A- 2 14,47 12,81 13,76 13,68 91,2% 1-kategoriya G
3 Osiyo 13,43 13 15 13,81 92,06% 1-kategoriya
4 VI-062909 13,68 15 14 14,22 94,8% 1-kategoriya
Xulosa va tavsiyalar Umuman olganda, moshning nav va tizmalari o‘rtasida deyarli sezilarli farq qayd etilmadi. O‘rganilayotgan ikkita nav va ikkita tizmada ham unuvchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha I-kategoriyaga tegishliligi aniqlandi. Bu kichik farqlar nav va liniyalarning biologik xususiyatlari, urug‘larning yetilish darajasi, saqlash sharoitlari yoki genetik potensialiga bog‘liq hisoblanadi. Mosh Durdona navi va VI-062909 tizmasida unuvchanlik ko‘rsatkichi boshqa namunalarga nisbatan yuqori bo‘lgani sababli keyingi tadqiqotlarga istiqbolli seleksion ashyo sifatida tavsiya qilish mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- International Seed Testing Association (ISTA). International Rules for Seed Testing.- Bassersdorf, Switzerland, 2023.- 72-bet.
- Kosbergenova B. Mungbean growing technology // Science and Education in Karakalpakstan. - 2024. - № 2/1. - ISSN 2181-9203 -B. 66-68.
- Ro‘zmetova Z.Sh., Babadjanova N.M., Djumaniyazova Y.A., Ro‘zmetova M.X. Moshning turli navlarining unib chiqishiga turli darajadagi sho‘rlanishlar ta’siri // O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali.- 2025.- ISSN-2181-3302.
- Xakimov A.E., Narimanov A.A., Elmurodov A.B. Mosh ekinini ahamiyati va yangi nav ko‘rsatkichlari// Biologiyaning jamiyatdagi ahamiyati.- Toshkent.-2024.-B. 113-117.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014580
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610096
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 366–368
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03