Asosiy mazmunga o‘tish

Begona o‘tlarga qarshi kurashish

Uzakbaeva N.A.Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 462–463

Annotatsiya

Mazkur maqolada g‘o‘za maydonlarida keng tarqalgan bir va ko‘p yillik begona o‘tlarning turlari, ularning g‘o‘za hosildorligi va tola sifatiga salbiy ta‘siri hamda ularga qarshi kurashishda qo‘llaniladigan uyg‘unlashgan (integratsiyalashgan) chora-tadbirlari yoritilgan. Tuproqqa ishlov berish va gerbitsidlarni (jumladan, Stomp, Selekt kabi vositalarni) samarali qo‘llash muddatlari va me‘yorlari tahlil qilinib, agrotexnik va kimyoviy usullarni mutanosib olib borish orqali yuqori samaradorlikka erishish ko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaБорьба с сорняками

В статье освещены виды однолетних и многолетних сорняков, широко распространенных на посевах хлопчатника, их отрицательное влияние на урожайность хлопчатника и качество волокна, а также комплексные (интегрированные) меры борьбы с ними. Проанализированы сроки и нормы обработки почвы и эффективного применения гербицидов (в том числе таких препаратов, как Стомп и Селект); показано, что высокая эффективность достигается при сбалансированном сочетании агротехнических и химических методов.

inglizchaWeed control

The article describes the species of annual and perennial weeds widespread in cotton fields, their negative impact on cotton yield and fiber quality, and the integrated control measures applied against them. The timing and rates of tillage and of effective herbicide application (including products such as Stomp and Select) are analyzed, and it is shown that high efficiency is achieved by combining agrotechnical and chemical methods in a balanced way.

Kalit so‘zlar

  • g‘o‘za
  • begona o‘tlar
  • gerbitsid
  • Stomp
  • Selekt
  • agrotexnika
  • hosildorlik
  • tuproqqa ishlov berish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026

Begona o‘tlarga qarshi kurashish Uzakbaeva N.A. tayanch doktoranti Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610123 Iqtibos uchun: Uzakbaeva N.A. Begona o‘tlarga qarshi kurashish // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 462–463. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610123

Annotatsiya. Mazkur maqolada g‘o‘za maydonlarida keng tarqalgan bir va ko‘p yillik begona o‘tlarning turlari, ularning g‘o‘za hosildorligi va tola sifatiga salbiy ta’siri hamda ularga qarshi kurashishda

3 -S H O ‘ B A qo‘llaniladigan uyg‘unlashgan (integratsiyalashgan) chora-tadbirlari yoritilgan. Tuproqqa ishlov berish va gerbitsidlarni (jumladan, Stomp, Selekt kabi vositalarni) samarali qo‘llash muddatlari va me’yorlari tahlil qilinib, agrotexnik va kimyoviy usullarni mutanosib olib borish orqali yuqori samaradorlikka erishish ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: g‘o‘za, begona o‘tlar, gerbitsid, Stomp, Selekt, agrotexnika, hosildorlik, tuproqqa ishlov berish.

Kirish O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida paxtachilik yetakchi tarmoqlardan biri bo‘lib, g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olish ko‘p jihatdan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishiga bog‘liq. G‘o‘za parvarishida eng asosiy muammolardan biri g‘o‘za maydonlaridagi begona o‘tlarni yo‘q qilishdir. Begona o‘tlar g‘o‘za bilan oziq maydoni, yorug‘lik, namlik va tuproqdagi ozuqa moddalari uchun kuchli raqobatlashadi. Tajriba maydonida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kuchli begona o‘tlar bosgan maydonlarda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi sezilarli darajada orqada qoladi, ko‘saklar soni va vazni kamayadi, natijada hosildorlik 20-30 % gacha, ba’zi hollarda esa 40% dan ortiqqa kamayib ketishi mumkin. Bundan tashqari, begona o‘tlar turli kasallik va zararkunandalar uchun oraliq xo‘jayin vazifasini o‘taydi. Bu esa g‘o‘za maydonida begona o‘tlarga qarshi samarali va uyg‘unlashgan kurash choralarini qo‘llashni dolzarb masalaga aylantiradi. G‘o‘za maydonlarida uchraydigan begona o‘tlar biologik xususiyatlariga ko‘ra ikki yirik guruhga bo‘linadi: Bir yillik begona o‘tlar: semizo‘t, toriqsimon bedanao‘t, yashil suv-o‘t-tulkiquyruq, g‘ozo‘t va boshqalar. Ko‘p yillik begona o‘tlar: ajiriq (Cynodon dactylon), g‘umay (Sorghum halepense), qamish (Phragmites australis), shirinmiya. Bir yillik begona o‘tlar bahorgi chiqish davrida g‘o‘za maysalarini siqib qo‘ysa, ko‘p yillik ildizpoyali begona o‘tlar kuchli ildiz tizimiga ega bo‘lib, tuproqdagi chuqur namlik va ozuqani so‘rib oladi hamda ularga qarshi kurashish murakkab jarayon hisoblanadi. Begona o‘tlarga qarshi kurashish usullari. G‘o‘za dalalarini begona o‘tlardan tozalashda yagona bir usul bilan yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Maksimal natijaga agrotexnik, mexanik va kimyoviy usullarni uyg‘unlashtirgan holda erishiladi. Kimyoviy usul mehnat sarfini keskin kamaytiradi va qisqa muddatda yuqori samara beradi. G‘o‘za maydonlarida ishlatiladigan gerbitsidlar qo‘llash muddatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi, g‘o‘za ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda tuproqqa ishlov berishda Stomp 330 EC (yoki tarkibida pendimetalin bo‘lgan muqobillar) gerbitsidi 1,5–2,0 l/ga me’yorda qo‘llanildi. Bu preparat tuproq

OROLBO‘ YI · 2026 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLARI 3-SHO‘BA Iqlimga chidamli texnologiyalar

yuzasida himoya pardasi hosil qilib, bir yillik boshoqli va ayrim ikki pallali begona o‘tlar urug‘larining una boshlash bosqichidayoq yo‘qotdi. G‘o‘za rivojlanish davrida boshoqli begona o‘tlar ko‘paygan maydonlarda Selekt 120 EC (kletodim ta’sir etuvchi moddali) 0,8–1,5 l/ga me’yorda purkaldi. Bu gerbitsidlar g‘o‘za o‘simligiga zarar yetkazmagan holda, faqat boshoqli begona o‘tlarning barg va ildiz tizimiga zarar berib yo‘qolishiga olib keladi. Begona o‘tlarga qarshi kompleks kurash chora-tadbirlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tuproqqa ekishdan oldin «Stomp» gerbitsidini qo‘llash va vegetatsiya davrida begona o‘tlarga qarshi «Selekt» kabi preparatlar bilan ishlov berish dala ifloslanishini 90-95% gacha kamaytirdi. Begona o‘tlardan tozalangan dalalarda g‘o‘zaning shonalash va gullash jarayoni jadal kechib, paxta hosildorligi gektariga o‘rtacha 6,0–10,0 sentnergacha ortdi. Xulosa G‘o‘za dalalarida begona o‘tlarga qarshi kurash yuqori va sifatli paxta hosili olishning muhim shartidir. Faqatgina agrotexnik tadbirlar, mexanik ishlov berish hamda zamonaviy gerbitsidlarni o‘z vaqtida va me’yorida qo‘llash begona o‘tlarga qarshi kurashish tizimi yuqori agronomik va iqtisodiy samara beradi. Bu esa daladagi begona o‘tlarni 90-95% gacha yo‘qotish bilan birga, qo‘l

3 -S H O ‘ B A mehnatini sezilarli darajada kamaytiradi va paxta hosildorligini gektariga 7-10 sentnergacha oshirish imkonini yaratadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Бешанов А.В. Совершенствование химической борьбы с сорняками в интенсивных технологиях возделывания сельскохозяйственных культур: Борьба с сорняками при возделывании сельскохозяйственных культур: - М.: ВО. Агропромиздат. -1988. С. 16-21.
  2. Бурыгин В.А. Жонгуразов Ф.Х. Вопросы происхождения сорной растительности Узбекистана: Тр. ТашСХИ. вып.101. Сорные растения и меры борьбы с ними. –Ташкент, 1982. С. 3-12.
  3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari, O‘zPITI, -Toshkent, 2007. B. 147.
  4. Dusbaev I.R., Nasirov B.S., Charshanbiev U.Yu. Ingichka tolali g‘o‘za dalalaridagi ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi erga ishlov berish usullari va gerbitsidlarni oldinma-keyin qo‘llashning ta’siri // J. Agroilm № 3 (73). 2021. B. 4-7.
  5. Rizayev Sh. Mo‘minov K. Begona o‘t-hosil kushandasi. //J. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent, 2015. №8. B. 31.
  6. Shodmonov M. Gerbitsidlar ketma-ket qo‘llansa. //J. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. 2005. №2. B. 14-15.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014607
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610123
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
462–463
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03