Asosiy mazmunga o‘tish

Qoraqalpog‘istonda bahorgi bug‘doyning ekish muddati va mineral o‘g‘it me‘yorlarining navlari poyasining sutkalik o‘sish dinamikasiga ta‘siri

Sabirova Shakhnoza PamirovnaiDQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 428–431

Annotatsiya

Ushbu maqolada 2023–2025-yillarda o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida bahorgi yumshoq bug‘doyning «Janub gavhari» hamda «Parvoz» navlarida ekish muddatlari va mineral o‘g‘it me‘yorlarining poya sutkalik o‘sish dinamikasiga (sm/kun) ta‘siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlikning jadal o‘sish davri tuplanishdan naychalashgacha va naychalashdan boshoqlashgacha bo‘lgan faza-bosqichlarga to‘g‘ri kelishi, mineral o‘g‘itlar me‘yori, ayniqsa N210P90K60, hamda maqbul ekish muddati (mart oyining III dekadasi) o‘sish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние сроков посева и норм минеральных удобрений на суточную динамику роста стебля сортов яровой пшеницы в Каракалпакстане

На основе научно-исследовательских работ, проведенных в 2023–2025 годах, в статье проанализировано влияние сроков посева и норм минеральных удобрений на суточную динамику роста стебля (см/сутки) сортов яровой мягкой пшеницы «Жануб гавхари» и «Парвоз». Результаты исследований показали, что период наиболее интенсивного роста растений приходится на фенологические фазы «кущение-выход в трубку» и «выход в трубку-колошение», а оптимальная норма минеральных удобрений, в частности N210P90K60, и оптимальный срок посева (III декада марта) существенно повышают показатели роста.

inglizchaEffect of sowing date and mineral fertilizer rates on the daily stem growth dynamics of spring wheat varieties in Karakalpakstan

Based on scientific research conducted during 2023–2025, this article analyzes the influence of planting dates and mineral fertilizer application rates on the daily stem growth dynamics (cm/day) of spring soft wheat varieties “Janub Gavhari” and “Parvoz”. The findings demonstrate that the period of most intensive plant growth occurs during the “tillering-to-booting” and “booting-to-heading” phenological stages. Furthermore, optimal mineral fertilizer rates, specifically N210P90K60, and an optimal sowing date (the third decade of March) significantly enhance stem growth rates.

Kalit so‘zlar

  • Bahorgi yumshoq bug‘doy
  • Janub gavhari
  • Parvoz
  • ekish muddati
  • mineral o‘g‘itlar
  • poya o‘sishi
  • sutkalik dinamika
  • naychalash
  • boshoqlash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026 UDK 633.11.631.5

Qoraqalpog‘istonda bahorgi bug‘doyning ekish muddati va mineral o‘g‘it me’yorlarining navlari poyasining sutkalik o‘sish dinamikasiga ta’siri Sabirova Shaxnoza Pamirovna tadqiqotchi, ORCID ID: 0009-0004-7163-7153 Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti sahnozasabirova6@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610113 Iqtibos uchun: Sabirova Shaxnoza Pamirovna. Qoraqalpog‘istonda bahorgi bug‘doyning ekish muddati va mineral o‘g‘it me’yorlarining navlari poyasining sutkalik o‘sish dinamikasiga ta’siri // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro

3 -S H O ‘ B A ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 428–431. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610113

Annotatsiya. Ushbu maqolada 2023–2025-yillarda o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlari asosida bahorgi yumshoq bug‘doyning «Janub gavhari» hamda «Parvoz» navlarida ekish muddatlari va mineral o‘g‘it me’yorlarining poya sutkalik o‘sish dinamikasiga (sm/kun) ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlikning jadal o‘sish davri tuplanishdan naychalashgacha va naychalashdan boshoqlashgacha bo‘lgan faza-bosqichlarga to‘g‘ri kelishi, mineral o‘g‘itlar me’yori, ayniqsa N210P90K60, hamda maqbul ekish muddati (mart oyining III dekadasi) o‘sish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Kalit so‘zlar: Bahorgi yumshoq bug‘doy, Janub gavhari, Parvoz, ekish muddati, mineral o‘g‘itlar, poya o‘sishi, sutkalik dinamika, naychalash, boshoqlash. Abstract. Based on scientific research conducted during 2023–2025, this article analyzes the influence of planting dates and mineral fertilizer application rates on the daily stem growth dynamics (cm/day) of spring soft wheat varieties “Janub Gavhari” and “Parvoz”. The findings demonstrate that the period of most intensive plant growth occurs during the “tillering-to-booting” and “booting-to-heading” phenological stages. Furthermore, optimal mineral fertilizer rates, specifically N210P90K60, and an optimal sowing date (the third decade of March) significantly enhance stem growth rates. Keywords: Spring soft wheat, «Janub Gavhari», «Parvoz», planting date, mineral fertilizers, stem growth, daily dynamics, booting, heading. Аннотация. На основе научно-исследовательских работ, проведенных в 2023–2025 годах, в статье проанализировано влияние сроков посева и норм минеральных удобрений на суточную динамику роста стебля (см/сутки) сортов яровой мягкой пшеницы «Жануб гавхари» и «Парвоз». Результаты исследований показали, что период наиболее интенсивного роста растений приходится на фенологические фазы «кущение-выход в трубку» и «выход в трубку-колошение», а оптимальная норма минеральных удобрений, в частности N210P90K60, и оптимальный срок посева (III декада марта) существенно повышают показатели роста. Ключевые слова: Яровая мягкая пшеница, Жануб гавхари, Парвоз, срок посева, минеральные удобрения, рост стебля, суточная динамика, выход в трубку, колошение.

Kirish O‘zbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, boshoqli don ekinlarining hosildorligini va don sifatini oshirishda agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bahorgi yumshoq bug‘doy o‘simligining o‘suv davridagi sutkalik o‘sish sur’ati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish muddati va oziqlantirish rejimiga bog‘liq [1]. Poya o‘sish dinamikasini o‘rganish o‘simlikning rivojlanish bosqichlarida ozuqa elementlariga bo‘lgan ehtiyojini va noqulay omillarga chidamliligini baholash imkonini beradi.

Materiallar va uslublar Tajriba 2023–2025-yillarda bahorgi yumshoq bug‘doyning (Triticum aestivum L.) «Janub gavhari» va «Parvoz» navlarida o‘tkazildi. Tajriba 2 ta ekish muddati (mart III dekadasi va aprel I dekadasi) hamda 6 xil o‘g‘it me’yori (nazorat, N90P90K60, N120P90K60, N150P90K60, N180P90K60, N210P90K60) bo‘yicha jami 24 ta variantda olib borildi. Poyaning sutkalik o‘sish dinamikasi (sm/kun) model o‘simliklarda 4 ta faza (tuplanish-naychalash, naychalash-boshoqlash, boshoqlash-gullash, gullash-sut pishish) bo‘yicha o‘lchanib, faza davomidagi o‘sish uzunligini faza kunlariga bo‘lish orqali hisoblandi. Ma’lumotlar B.A.Dospekovning «Metodika polevogo opyta» uslubiy qo‘llanmasi asosida matematik va statistik tahlil qilindi [2]. Natijalar va munozara Olingan ko‘rsatkichlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, barcha vegetatsiya fazalarida quruq massa to‘planishi ekish muddati va o‘g‘it me’yorlariga bog‘liq holda turlicha kechgan. Ekish muddatining kechikishi (aprel oyining I dekadasi) havo haroratining keskin ko‘tarilishi va havodagi nisbiy namlikning kamayishi hisobiga o‘simlik vegetatsiya davrini qisqartirgan va biomassa to‘plash imkoniyatini cheklagan (Sattarov, 2021) [3]. Mart oyining III dekadasida ekilgan tajriba variantlarida quruq massa to‘plash dinamikasi barcha fazalarda aprel oyining I dekadasiga nisbatan yuqori bo‘ldi.

3 -S H O ‘ B A Nazorat variantida «Janub gavhari» navining sut pishish fazasidagi quruq massasi mart oyining III dekadasida 2,40 g/tupni tashkil etgan bo‘lsa, aprel oyining I dekadasida bu ko‘rsatkich 2,26 g/tupga qadar pasaygan. Ushbu qonuniyat «Parvoz» navida ham kuzatilib, tegishlicha 2,50 g/tup va 2,37 g/tupni tashkil etdi. Mart oyining III dekadasida N180P90K60 fonida sut pishish fazasida «Janub gavhari» navida quruq massa 3,17 g/tup bo‘lgan bo‘lsa, «Parvoz» navida maksimum 3,28 g/tup ko‘rsatkich qayd etildi. Azotli o‘g‘itlar me’yorining N180P90K60 kg/ga gacha oshirib borilishi o‘simliklarda assimilyatsiya yuzasining kengayishiga va quruq massa to‘planishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi (Atabaeva va b., 2018) [1]. Biroq, azot me’yori N210P90K60 kg/ga ga yetkazilganda (N210P90K60), fiziologik nuqtai nazardan to‘planayotgan massa miqdorida pasayish tendensiyasi kuzatildi. Mart oyining III dekadasida ekilgan «Janub gavhari» navida N180P90K60 me’yorida sut pishish fazasida quruq massa 3,17 g/tupga yetgan bo‘lsa, N210P90K60 me’yorida ushbu ko‘rsatkich 3,07 g/tupgacha kamaydi. Xuddi shunday holat «Parvoz» navida ham namoyon bo‘lib, N180P90K60 me’yoridagi 3,28 g/tup ko‘rsatkich N210P90K60 me’yorida 3,16 g/tupga tushdi. Bu esa o‘simlikni azot bilan me’yoridan ortiqcha oziqlantirish moddalar almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglatadi. Bahorgi yumshoq bug‘doy poyasining sutkalik o‘sish sur’ati rivojlanish fazalari, ekish muddati hamda mineral o‘g‘itlar me’yoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq holda o‘zgaradi. Mart oyining III dekadasida ekilgan «Janub gavhari» va «Parvoz» navlarida o‘tkazilgan tahlillar quyidagilarni ko‘rsatdi: Eng yuqori o‘sishi: Barcha variantlarda tuplanishdan naychalashgacha va naychalashdan boshoqlashgacha bo‘lgan davrlarga to‘g‘ri keldi. Rivojlanishning keyingi fazalarida (boshoqlash– gullash va gullash–sut pishish) poya o‘sishi sekinlashib bordi. «Janub gavhari» navida: Tuplanish-naychalash davrida eng yuqori sutkalik o‘sish N 210 P 90 K 60 variantida kuzatilib, 1,83 sm/kunni tashkil etdi (nazoratga nisbatan 9,6 % yuqori). Naychalash-boshoqlash (1 , 55 sm/kun) va boshoqlash-gullash (0 ,79 sm/kun) davrlarida esa N 180 P 90 K 60 me’yori nazoratga nisbatan mos ravishda 10,7 % va 27,4 % yuqori ko‘rsatkich berdi. «Parvoz» navida: N 180 P 90 K 60 me’yori qo‘llanilganda poya o‘sishi naychalashdan boshoqlashgacha 1,57 sm/kun, boshoqlashdan gullashgacha 0,80 sm/kun va gullashdan sut pishishgacha 0,31 sm/kunni tashkil etdi. Ayniqsa, boshoqlashdan gullashgacha bo‘lgan davrda o‘sish sur’ati nazoratga nisbatan 23,1 % ga yuqori bo‘ldi.

1-jadval. Turli muddat hamda mineral o‘g‘it me’yorlarining bahorgi yumshoq bug‘doy poyasining sutkalik o‘sish dinamikasiga ta’siri, sm/kun 2023-2025 y Naychalashmuddati Tuplanishdan- Boshoqlash-Ekish Mineral o‘g‘it dan- Gullashdan-sut № Navlar naychalash- danme’yorlari boshoqlash- pishishgacha gacha gullashgacha gacha 1 Nazorat 1,67 1,40 0,62 0,29 2 N90P90K60 1,69 1,52 0,69 0,31 Mart oyining III dekadasi

3 Janub N120P90K60 1,63 1,55 0,71 0,33 4 gavhari N150P90K60 1,70 1,52 0,78 0,33 5 N180P90K60 1,60 1,55 0,79 0,30 6 N210P90K60 1,83 1,65 0,82 0,35 7 Nazorat 1,67 1,46 0,65 0,30 8 N90P90K60 1,73 1,53 0,68 0,32 9 N120P90K60 1,67 1,57 0,73 0,33 Parvoz 10 N150P90K60 1,75 1,56 0,75 0,33 11 N180P90K60 1,65 1,57 0,80 0,31 12 N210P90K60 1,87 1,71 0,81 0,34 13 Nazorat 1,53 1,37 0,53 0,30 14 N90P90K60 1,63 1,45 0,62 0,29 Aprel oyining I dekadasi

3 -S H O ‘ B A 16 gavhari N150P90K60 1,66 1,44 0,71 0,32 17 N180P90K60 1,59 1,42 0,74 0,31 18 N210P90K60 1,79 1,57 0,75 0,33 19 Nazorat 1,58 1,41 0,54 0,31 20 N90P90K60 1,67 1,53 0,61 0,32 21 N120P90K60 1,65 1,50 0,62 0,33 Parvoz 22 N150P90K60 1,68 1,56 0,67 0,34 23 N180P90K60 1,60 1,54 0,70 0,34 24 N210P90K60 1,81 1,67 0,72 0,36

Olingan 2023-2025-yillar natijalari bahorgi yumshoq bug‘doy o‘simliklarining poya balandligi ekish muddati va mineral oziqlantirish me’yorlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi. Mart oyining III dekadasida ekish va mineral o‘g‘itlar, xususan N₁₈₀P₉₀K₆₀ me’yorida oziqlantirish sharoitida o‘simliklarning vegetativ rivojlanishi yuqori bo‘lgan. Bunda «Janub gavhari» navida sut pishish fazasida 83,7 sm, «Parvoz» navida esa 81,8 sm o‘simlik bo‘yi qayd etilgan. Xulosa Bahorgi yumshoq bug‘doy poyasining eng jadal sutkalik o‘sishi tuplanishdan naychalashgacha 1,53-1,87 sm/kun va naychalashdan boshoqlashgacha 1,37-1,71 sm/kun bo‘lgan davrlarga to‘g‘ri keladi. Boshoqlashdan so‘ng o‘simlik generativ rivojlanishga o‘tganligi sababli o‘sish sur’ati keskin sekinlashadi. Mart oyining III dekadasida ekilgan bug‘doylar aprel oyining I dekadasida ekilganlarga nisbatan vegetatsiya sharoiti va vaqti maqbul bo‘lganligi sababli barcha fazalarda yuqoriroq sutkalik o‘sish ko‘rsatkichlarini namoyon etdi. Azotli o‘g‘itlar me’yorining oshirilishi N90 dan N210 gacha poya o‘sishini jadallashtirgan. Eng yuqori sutkalik o‘sish ko‘rsatkichlari N210P90K60 me’yorida hamda «Parvoz» navida qayd etildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Jarecki W., Bobrecka-Jamro D. Reaction of facultative cultivars of spring wheat to autumn and spring sowing dates //Polish Journal of Agronomy. – 2019. – №. 39. – С. 52-57.
  2. Доспехов, Б. А. Методика полевого опыта (с основами статистической обработки исследований) – М. Колос, 1985. - 351 B.
  3. Jabborov I. (2023). Yumshoq bug‘doy navlarining agrotexnik omillarga bog‘liq holda o‘sishi va hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlili. // Agrar fani xabarnomasi, №2 (4), 45-50 b.
  4. Ismoilov B.M., Qahhorov N.SH. Bahorgi bug‘doy navlarining organogenez bosqichlari bo‘yicha rivojlanishi va biologik hosildorligi // Toshkent davlat agrar universiteti axborotnomasi. – Toshkent, 2024. – № 2. – B. 87–91
  5. Sattarov M.A. (2021). Ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlarining don ekinlari biomassa to‘planishiga ta’siri. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali, №8, 18-22 b.
  6. Fazily T. Effect of sowing dates and seed rates on growth and yield of different wheat varieties: a review //Int. J. Agric. Sci. Technol. – 2021. – Т. 8. – №. 03. – С. 10-26. 3 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014597
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610113
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
428–431
ORCID
Sabirova Shakhnoza Pamirovna0009-0004-7163-7153
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03