Asosiy mazmunga o‘tish

G‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarning ta‘siri

Sayimbetov Alisher1, Uzakbayeva Nadira Allambergen kizi22026

  1. 1Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  2. 2Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 441–443

Annotatsiya

Ushbu tezisda g‘o‘za maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashishda Stomp 33% va Selekt 120 g/l gerbitsidlarining alohida hamda birgalikda qo‘llanilishining biologik samaradorligi tahlil qilingan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu gerbitsidlarni birgalikda (Stomp 2,5 kg/ga + Selekt 2,0 l/ga me‘yorda) qo‘llash begona o‘tlarni 95% gacha yo‘qotish imkonini berishi keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaДействие гербицидов против сорняков на полях хлопчатника

В тезисах проанализирована биологическая эффективность раздельного и совместного применения гербицидов Стомп 33% и Селект 120 г/л в борьбе с сорняками на посевах хлопчатника. Результаты опыта показали, что совместное применение этих гербицидов (в нормах Стомп 2,5 кг/га + Селект 2,0 л/га) позволяет уничтожить до 95% сорняков.

inglizchaEffect of herbicides against weeds in cotton fields

The paper analyzes the biological efficacy of separate and combined application of the herbicides Stomp 33% and Select 120 g/l for weed control in cotton fields. The experimental results showed that applying these herbicides together (Stomp at 2.5 kg/ha + Select at 2.0 l/ha) makes it possible to eliminate up to 95% of weeds.

Kalit so‘zlar

  • G‘o‘za
  • begona o‘tlar
  • gerbitsid
  • Stomp 33%
  • Selekt 120 g/l
  • biologik samaradorlik
  • biometrik ko‘rsatkichlar
  • qo‘llash me‘yori
  • uyg‘unlashgan (kompleks) usul

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026

G‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarning ta’siri Sayimbetov Alisher 1 q.x.f.f.d., professor · Uzakbayeva Nadira Allambergen qizi 2 tayanch doktorant Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610117 Iqtibos uchun: Sayimbetov Alisher, Uzakbayeva Nadira Allambergen qizi. G‘o‘za dalalaridagi begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarning ta’siri // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 441– 443. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610117

3 -S H O ‘ B A Annotatsiya. Ushbu tezisda g‘o‘za maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashishda Stomp 33% va Selekt 120 g/l gerbitsidlarining alohida hamda birgalikda qo‘llanilishining biologik samaradorligi tahlil qilingan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu gerbitsidlarni birgalikda (Stomp 2,5 kg/ga + Selekt 2,0 l/ga me’yorda) qo‘llash begona o‘tlarni 95% gacha yo‘qotish imkonini berishi keltirilgan. Kalit so‘zlar: G‘o‘za, begona o‘tlar, gerbitsid, Stomp 33%, Selekt 120 g/l, biologik samaradorlik, biometrik ko‘rsatkichlar, qo‘llash me’yori, uyg‘unlashgan (kompleks) usul.

Kirish Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan paxtachilik respublikamiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish bevosita g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olishga bog‘liqdir. G‘o‘zani parvarishlash jarayonida muhim agrotexnik tadbirlardan biri bu ekinzorlarni turli xil zararkunandalar, kasalliklar va ayniqsa, begona o‘tlardan himoya qilish hisoblanadi. G‘o‘za maydonlarida uchraydigan begona o‘tlar madaniy ekinning normal o‘sishi va rivojlanishiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Begona o‘tlar tuproqdagi oziqa moddalar, mineral o‘g‘itlar, namlik va quyosh nurini o‘zlashtirishda g‘o‘za bilan kuchli raqobatga kirishadi. Natijada, g‘o‘za nihollarining rivojlanishi sekinlashadi, ko‘sak tugishi kamayadi, tola sifati pasayadi va umumiy hosildorlik 20-30 foizgacha, kuchli bosgan dalalarda esa undan ham ko‘proqqa qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, begona o‘tlar turli xil qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasallik qo‘zg‘atuvchilari uchun oraliq xo‘jayin vazifasini bajarib, fitosanitar holatni yomonlashtiradi hamda texnikalar yordamida ishlov berish va hosilni yig‘ib-terib olish jarayonlarini qiyinlashtiradi. Zamonaviy dehqonchilikda begona o‘tlarga qarshi mexanik va agrotexnik kurashish choralari (qo‘l kuchi bilan chopiq qilish, kultivatsiya) doim ham yetarli samara bermaydi, shuningdek, ko‘p vaqt va yuqori moliyaviy xarajat talab etadi. Shu sababli, intensiv qishloq xo‘jaligida yuqori samarali va ekologik jihatdan maqbul bo‘lgan kimyoviy vositalar – gerbitsidlardan foydalanish eng maqbul va tezkor usul sifatida keng qo‘llanilmoqda. Materiallar va usullar Hozirgi kunda g‘o‘za maydonlarida turli xil ta’sir mexanizmiga ega bo‘lgan gerbitsidlar ishlatilmoqda. Shu jumladan, Stomp 33% tuproqqa beriladigan (unib chiqishdan oldingi) gerbitsid bo‘lib, urug‘dan unib chiqayotgan bir yillik boshoqli va ayrim ikki pallali begona o‘tlarga kuchli ta’sir qiladi.

Selekt 120 g/l o‘suv davrida (unib chiqqandan so‘ng) qo‘llaniladigan, keng bargli ekinlar (shu jumladan g‘o‘za) uchun mutlaqo xavfsiz, ammo boshoqli begona o‘tlarni (ayniqsa, ko‘p yillik boshoqlilarni) yo‘q qilishda yuqori samarali tizimli gerbitsiddir. Tadqiqot natijalari Tajribaning dastlabki yilida gerbitsidlarni alohida-alohida qo‘llash birgalikda qo‘llashga nisbatan begona o‘tlarni bartaraf etishda dalaning umumiy tozaligini to‘liq ta’minlashi zarur. Shu boisdan, tuproq orqali ta’sir qiluvchi va o‘suv davrida ta’sir qiluvchi preparatlarni birgalikda qo‘llash begona o‘tlarga qarshi kurashda ularning gerbitsidlarga chidamliligi shakllanishining oldini olish hamda g‘o‘zaning boshlang‘ich rivojlanish fazalarida raqobatsiz muhit yaratish imkonini beradi. Tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, gerbitsidlarni qo‘llash me’yorlarining begona o‘tlarning yo‘qolishiga ta’siri bo‘yicha quyidagi natijalar qayd etildi.

Stomp + Selekt Kuzgi Kuzgi shudgo shudgo r+baho r+otval rda siz chizella haydas sh h 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14

Variantlar 1-rasm. Qo‘llanilgan gerbitsidlarning begona o‘tlarga ta’siri

Nazorat varianti (gerbitsidsiz) 1- va 8-variantlarda gerbitsidlar qo‘llanilmaganligi sababli g‘o‘za dalalari begona o‘tlar bilan ifloslanishi kuzatildi. Gerbitsidlarning alohida qo‘llanilishi. Stomp 33% (2,0 va 2,5 kg/ga) qo‘llanilganda begona o‘tlarning kamayishi 81,5% dan 87,7% gacha bo‘ldi. Selekt 120 g/l (1,5 va 2,0 l/ga) qo‘llanilganda begona o‘tlar 78,0%-84,2% gacha kamaydi. Gerbitsidlarning birgalikda qo‘llanilishida eng yuqori samaradorlik Stomp va Selekt gerbitsidlari birgalikda qo‘llanilgan variantlarda (6-, 7-, 13-, 14-variantlar) kuzatildi. Stomp (2,0-2,5 kg/ga) va Selekt (1,5-2,0 l/ga) aralashmasi begona o‘tlarning 93% dan 95,0% atrofida yo‘qotilishiga erishildi. Shu bilan birga, ushbu variantlarda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanish ko‘rsatkichlari eng yuqori natijani qayd etganligi ma’lum bo‘ldi. Gerbitsidlarni alohida qo‘llashning cheklanganligi. G‘o‘za maydonlarida begona o‘tlarga qarshi gerbitsidlarni yakka tartibda qo‘llash ma’lum darajada samarali bo‘lsa-da (Stomp 33%-81,5- 87,7%; Selekt 120 g/l-78,0-84,2%), dalaning umumiy fitosanitar holatini to‘liq nazorat qilish uchun yetarli emasligi kuzatildi.

Eng yuqori biologik samaradorlik gerbitsidlardan Stomp 33% (2,5 kg/ga) hamda o‘suv davrida qo‘llaniladigan Selekt 120 g/l (2,0 l/ga) preparatlarini birgalikda qo‘llash eng yuqori samara berishi qayd etildi. Ushbu variantlarda begona o‘tlarning yo‘qolishi 94,5-95,0 foizni tashkil etib, ekinzorlarning maksimal tozaligi ta’minlandi. Xulosa Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, g‘o‘za dalalarida begona o‘tlarga qarshi Stomp 33% (2,5 kg/ga) va Selekt 120 g/l (2,0 l/ga) gerbitsidlarini birgalikda qo‘llash eng yuqori biologik samaradorlikni ta’minlaydi. Ushbu usul nafaqat begona o‘tlarni ishonchli nazorat qiladi, balki raqobatning kamayishi hisobiga g‘o‘zaning jadal o‘sishi va rivojlanishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa yuqori va sifatli paxta hosilini yaratish uchun eng maqbul agrotexnik yechim hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Teshabayev Sh.A., G‘ulomov B.B., Ismoilov O.T., Rayimjonov N.F. Tuproqqa turli usulda asosiy ishlov berib, gerbitsidlar qo‘llashni ekinlarning unib chiqishiga ta’siri // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022. – Vol. 2, Issue 3. – B. 700–703.
  2. Teshabayev Sh.A., Xoshimov I.N. G‘o‘za maydonlarida o‘suvchi begona o‘tlarga qarshi uyg‘unlashgan 3 -S H O ‘ B A kurash // Agro Ilm. – 2020. – № 1. – B. 57–59.
  3. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта (с основами статистической обработки результатов исследований). – М.: Агропромиздат, 1985.
  4. Oerke E.-C. Crop losses to pests // Journal of Agricultural Science. – 2006. – Vol. 144, No. 1. – P. 31–
  5. Rosales-Robles E., Chandler J.M., Senseman S.A. et al. Integrated johnsongrass management in cotton with reduced rates of clethodim and cultivation // The Journal of Cotton Science. – 1999. – Vol. 3. – P. 27–34.
  6. Ali H., Abid S.A., Ahmad S., Sarwar N., Arooj M., Mahmood A., Shahzad A.N. Impact of integrated weed management on flat-sown cotton (Gossypium hirsutum L.) // The Journal of Animal & Plant Sciences. – 2013. – Vol. 23, No. 4.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014601
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610117
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
441–443
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03