Moyli zig‘ir navlarining quruq biomassa to‘plashiga ekish muddatlari va me‘yorlarining ta‘siri
Khalikulov Dilmuhammad Kholmomin ugli, Makhammadiyeva Adiba OmonkhonovnaLalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 464–467
Annotatsiya
Ushbu maqolada moyli zig‘irning «Bahorikor» va «Lalmikor» navlari quruq biomassa to‘plash dinamikasiga turli ekish muddatlari (01–10.03; 11–20.03; 21–31.03) hamda ekish me‘yorlarining (3,5; 4,0; 4,5 mln dona/ga) ta‘siri 2026-yilda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligida ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barcha fenologik fazalarda «Lalmikor» navi «Bahorikor» naviga nisbatan yuqori biologik mahsuldorlik va quruq massa to‘plash ko‘rsatkichlarini namoyish etgan, shuningdek, mart oyining ikkinchi o‘n kunligi (11–20-mart) o‘simlikning baquvvat shakllanishi uchun eng maqbul ekish muddati ekanligi aniqlangan. Ekish me‘yorlaridan gektariga 4,0 million dona unuvchan urug‘ sarflangan variantlar quruq biomassa to‘plashda eng yuqori natijani ko‘rsatgan bo‘lib, mart oyining oxiriga kechiktirilgan ekish muddatlari hamda me‘yordan ortiq yoki kam ekish (3,5 va 4,5 mln dona/ga) o‘simliklarning quruq massa to‘plash jadalligining pasayishiga sabab bo‘lgan. Tadqiqot yakunida lalmikor yerlarda moyli zig‘irdan yuqori va sifatli hosil olish uchun «Lalmikor» navini mart oyining o‘rtalarida (11–20.03) 4,0 million dona unuvchan urug‘ hisobida ekish eng maqbul agrotexnik tadbir ekanligi isbotlangan.
Boshqa tillarda
ruschaВлияние сроков и норм посева на накопление сухой биомассы сортами масличного льна
В статье на основе исследований, проведенных в 2026 году в центральном опытном хозяйстве Научно-исследовательского института богарного земледелия, проанализировано влияние различных сроков посева (01–10.03; 11–20.03; 21–31.03) и норм высева (3,5; 4,0; 4,5 млн шт./га) на динамику накопления сухой биомассы сортами масличного льна «Бахорикор» и «Лалмикор». Установлено, что во все фенологические фазы сорт «Лалмикор» превосходил сорт «Бахорикор» по биологической продуктивности и накоплению сухой массы, а оптимальным сроком посева для мощного развития растений является вторая декада марта (11–20 марта). Из норм высева наибольшее накопление сухой биомассы обеспечили варианты с расходом 4,0 млн всхожих семян на гектар, тогда как перенос посева на конец марта, а также посев с нормой ниже или выше оптимальной (3,5 и 4,5 млн шт./га) снижали интенсивность накопления сухой массы растениями. По итогам исследования доказано, что оптимальным агротехническим приемом для получения высокого и качественного урожая масличного льна на богарных землях является посев сорта «Лалмикор» в середине марта (11–20.03) из расчета 4,0 млн всхожих семян на гектар.
inglizchaEffect of sowing dates and seeding rates on dry biomass accumulation in oilseed flax varieties
Based on research carried out in 2026 at the central experimental farm of the Research Institute of Rainfed Agriculture, the article analyzes the effect of different sowing dates (01–10.03; 11–20.03; 21–31.03) and seeding rates (3.5; 4.0; 4.5 million seeds/ha) on the dynamics of dry biomass accumulation in the oilseed flax varieties “Bahorikor” and “Lalmikor”. At all phenological stages, “Lalmikor” showed higher biological productivity and dry matter accumulation than “Bahorikor”, and the second ten-day period of March (11–20 March) proved to be the optimal sowing date for vigorous plant development. Among the seeding rates, the variants sown with 4.0 million viable seeds per hectare gave the highest dry biomass accumulation, whereas sowing delayed until the end of March and seeding rates below or above the optimum (3.5 and 4.5 million seeds/ha) reduced the intensity of dry matter accumulation. The study demonstrates that the optimal agrotechnical practice for obtaining high and good-quality yields of oilseed flax on rainfed lands is to sow the variety “Lalmikor” in mid-March (11–20.03) at a rate of 4.0 million viable seeds per hectare.
Kalit so‘zlar
- Moyli zig‘ir
- lalmikor dehqonchilik
- «Bahorikor» navi
- «Lalmikor» navi
- ekish muddati
- ekish me‘yori
- quruq massa
- biomassa to‘plash dinamikasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026
Moyli zig‘ir navlarining quruq biomassa to‘plashiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri Xalikulov Dilmuhammad Xolmo‘min o‘g‘li q.x.f.f.d. (PhD), katta ilmiy xodim · Maxammadiyeva Adiba Omonxonovna tayanch doktorant
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti dilmuhammad@umail.uz, adibaxon6115@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610124 Iqtibos uchun: Xalikulov Dilmuhammad Xolmo‘min o‘g‘li, Maxammadiyeva Adiba Omonxonovna. Moyli zig‘ir navlarining quruq biomassa to‘plashiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro
3 -S H O ‘ B A ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 464–467. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610124
Annotatsiya. Ushbu maqolada moyli zig‘irning «Bahorikor» va «Lalmikor» navlari quruq biomassa to‘plash dinamikasiga turli ekish muddatlari (01–10.03; 11–20.03; 21–31.03) hamda ekish me’yorlarining (3,5; 4,0; 4,5 mln dona/ga) ta’siri 2026-yilda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligida ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, barcha fenologik fazalarda «Lalmikor» navi «Bahorikor» naviga nisbatan yuqori biologik mahsuldorlik va quruq massa to‘plash ko‘rsatkichlarini namoyish etgan, shuningdek, mart oyining ikkinchi o‘n kunligi (11–20-mart) o‘simlikning baquvvat shakllanishi uchun eng maqbul ekish muddati ekanligi aniqlangan. Ekish me’yorlaridan gektariga 4,0 million dona unuvchan urug‘ sarflangan variantlar quruq biomassa to‘plashda eng yuqori natijani ko‘rsatgan bo‘lib, mart oyining oxiriga kechiktirilgan ekish muddatlari hamda me’yordan ortiq yoki kam ekish (3,5 va 4,5 mln dona/ga) o‘simliklarning quruq massa to‘plash jadalligining pasayishiga sabab bo‘lgan. Tadqiqot yakunida lalmikor yerlarda moyli zig‘irdan yuqori va sifatli hosil olish uchun «Lalmikor» navini mart oyining o‘rtalarida (11–20.03) 4,0 million dona unuvchan urug‘ hisobida ekish eng maqbul agrotexnik tadbir ekanligi isbotlangan. Kalit so‘zlar: Moyli zig‘ir, lalmikor dehqonchilik, «Bahorikor» navi, «Lalmikor» navi, ekish muddati, ekish me’yori, quruq massa, biomassa to‘plash dinamikasi.
Kirish Jahon qishloq xo‘jaligida moyli ekinlar ekiladigan maydonlar hajmi bugungi kunda 140 million gektardan oshgan bo‘lib, shundan 7,5 million gektari aynan moyli zig‘ir hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ekinni ko‘p miqdorda parvarishlaydigan yetakchi davlatlar qatoridan Rossiya (1,290 mln. ga), Qozog‘iston (726,1 ming ga), Kanada (238,5 ming ga) hamda Xitoy (200 ming ga) kabi mamlakatlar joy olgan [1]. O‘zining noyob shifobaxsh xususiyatlari va yuqori sifati bilan zig‘ir moyi xalqaro bozorda mustahkam o‘rin egallab, so‘nggi yillarda eng xaridorgir va eksportbop ekinlardan biriga aylanib ulgurdi. Qolaversa, moyli zig‘ir yetishtirish agrotexnologiyasining strategik hamda texnik jihatdan ustunliklari bu yo‘nalishning qanchalik muhim ekanligini isbotlaydi. Moyli zig‘ir nafaqat dunyo aholisi uchun qimmatli oziq-ovqat manbai sanaladi, balki lalmikor maydonlardan unumli foydalanishda ham beqiyos ahamiyatga ega. Sayyoramizda kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishlari fonida, aholining sifatli o‘simlik moyiga bo‘lgan talabini to‘laqonli qondirish uchun qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan yangi zig‘ir navlarini yaratish va ularni parvarishlash agrotexnologiyasini takomillashtirish davr talabidir. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholisining o‘simlik moyiga bo‘lgan yillik ehtiyoji o‘rtacha 400- 450 ming tonnani tashkil qilmoqda. Biroq, bu talabning atigi 50-55 foizigina mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplanayotgani tizimdagi asosiy muammolardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Shu bois, aholimizni to‘liq mahalliy xomashyo asosida sifatli moy bilan ta’minlash maqsadida moyli zig‘irning serhosil navlarini kashf etish, ularni iqlimlashtirish hamda ekinni ekish muddatlari va me’yorlarini maqbullashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Materiallar va metodlar Dala tajribalari 2026-yil Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti markaziy tajriba xo‘jaligining tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘tkazildi. Tadqiqotning obyekti sifatida moyli zig‘irning lalmikor yerlar uchun Davlat reyestriga kiritilgan «Bahorikor» va «Lalmikor» navlari uch xil ekish muddati 01-10.03; 11-20.03; 21-31.03 va uch xil ekish me’yori 3,5; 4,0; 4,5 mln dona/ga ekilib o‘rganildi. Dala tajribalari 18 ta variantdan iborat bo‘lib, 3 takrorlanishda, 54 ta delyanka 50 m2 dan qilib 3 yarusda sistemali usulda joylashtirildi. Tajribalar umumqabul qilingan «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» (2007) [2], tajribalarni o‘tkazishda «Методика проведения полевых агротехнических опытов с масличными культурами» tavsiyanomasidan foydalanildi [3]. Quruq massa miqdori V.A.Kumakov (1977) usulida aniqlandi [4]. Namunalari o‘simlikning archalash, g‘unchalash, gullash va ko‘k pishish davrlarida, har bir variantdan 10 tup o‘simlik olinib, laboratoriya sharoitida avval xo‘l holda 0.01 g
3 -S H O ‘ B A (yoki 0.001 g) aniqlikdagi analitik elektron tarozida alohida-alohida tortilib dala jurnaliga qayd qilindi, quritish shkafi (SESH-3m) da oldindan 100–105°C gacha qizdirilgan quritish shkafiga (termostatga) 15-30 daqiqaga qo‘yib quritildi hamda quruq massa miqdori aniqlandi. Natijalar Moyli zig‘irning ekish me’yori hamda o‘simlikning quruq massasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni A.A.Ismatullayeva o‘z izlanishlarida ilmiy asoslab bergan. Muallifning ta’kidlashicha, urug‘lik sarfi qisqarganda o‘simlikning quruq massasi ham kamayib boradi. Biroq, urug‘ ekish normasi yuqori qilib belgilanganda, daladagi ko‘chatlar soni ko‘payadi va bevosita ushbu zichlik evaziga jami quruq biomassa vazni ham ortishi kuzatiladi [5].
O‘simliklarning quruq biomassa to‘plashi ularning fotosintetik faoliyati, ildiz tizimining rivojlanishi va yakuniy hosildorlikni belgilovchi eng muhim biologik ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, moyli zig‘irning o‘rganilgan qonuniyatlari uning nav xususiyatlari, ekish sanasi va oziqlanish maydoni (ekish me’yori) bilan chambarchas bog‘liqdir. Eng avvalo, navlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, barcha fenologik fazalarda (archalash, g‘unchalash, gullash va ko‘saklash) «Lalmikor» navi «Bahorikor» naviga nisbatan sezilarli darajada yuqori biologik mahsuldorlik ko‘rsatgan. Xususan, ko‘saklash davriga kelib, maqbul variantlarda «Bahorikor» navida bitta o‘simlikning quruq massasi eng yuqori 4,96 grammni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich «Lalmikor» navida 5,60 grammga yetganligi ushbu navning muhit omillaridan samaraliroq foydalanish imkoniyati yuqoriligini ko‘rsatadi.
Ekish muddatlarining ta’siri tahlil qilinganda, har ikkala nav uchun ham mart oyining ikkinchi o‘n kunligi (11-20-mart) eng maqbul muddat ekanligi ilmiy tasdig‘ini topgan. Bu davrda tuproqning harorat va namlik ko‘rsatkichlari urug‘ning unib chiqishi hamda o‘simlikning dastlabki o‘sish fazalari uchun eng qulay sharoitni yaratib, o‘simlikning baquvvat shakllanishiga zamin yaratgan. Ekish muddatining mart oyining oxiriga (21-30-mart) kechiktirilishi esa o‘simliklarning quruq massa to‘plash jadalligining keskin pasayishiga olib kelgan. Masalan, «Lalmikor» navining 4,0 mln dona/ga me’yorda ekilgan variantida ko‘saklash davrida 11-20-martda ekilganda quruq massa 5,60 grammni tashkil qilgan bo‘lsa, 21-30-martdagi kechki muddatda bu raqam 4,44 grammgacha tushib ketgan. Bunga sabab bahorgi kechki ekish muddatlarida kunlarning keskin isib ketishi, tuproq namligining tez bug‘lanishi hamda o‘simlik vegetatsiya davrining sun’iy qisqarishi oqibatida moyli zig‘irning yetarlicha vegetativ massa to‘plashga ulgura olmasligidir.
Shuningdek, o‘simlikshunoslikdagi yana bir muhim qonuniyat — qalinlik qonuniyati (ekish me’yori) tahlilida gektariga 4,0 million dona urug‘ sarflangan variantlar mutlaq ustunlik qilgan. Ekish me’yorining 3,5 mln dona/ga gacha kamaytirilishi (siyraklashishi) ham, 4,5 mln dona/ga gacha oshirilishi (qalinlashishi) ham bitta o‘simlikdagi quruq massa vaznining nisbatan kamayishiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, 4,5 mln dona/ga ekilgan variantlarda o‘simliklar sonining ko‘pligi hisobiga ular o‘rtasida yorug‘lik, suv va ozuqa moddalari uchun tur ichki raqobat kuchaygan, oqibatda bitta o‘simlikka to‘g‘ri keladigan oziqlanish maydoni qisqarib, uning quruq biomassa to‘plashi pasaygan (Lalmikor navida maqbul muddatda 4,0 mln gektarida 5,60 g bo‘lsa, 4,5 mln gektarida bu ko‘rsatkich 4,95 g gacha tushgan) (1-jadval).
1-jadval. Moyli zig‘ir navlarining quruq biomassa to‘plashiga ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri, G‘allaorol 2026-yil. Ekish Ekish me’yori, 1 ta o‘simlikda, gr V/r Navlar nomi muddati mln dona/ga Archalash G‘unchalash Gullash Ko‘saklash 1 3,5 mln. dona 1,23 2,53 3,34 4,41 2 01-10.03 4,0 mln. dona 1,34 2,76 3,65 4,82 3 4,5 mln. dona 1,18 2,44 3,22 4,26 4 3,5 mln. dona 1,26 2,60 3,44 4,54 Bahorikor 5 11-20.03 4,0 mln. dona 1,38 2,84 3,76 4,96 navi 6 4,5 mln. dona 1,22 2,51 3,32 4,38 7 3,5 mln. dona 1,00 2,06 2,73 3,60 8 21-30.03 4,0 mln. dona 1,09 2,25 2,98 3,93 9 4,5 mln. dona 0,97 1,99 2,63 3,47
3 -S H O ‘ B A 10 3,5 mln. dona 1,39 2,86 3,77 4,98 11 01-10.03 4,0 mln. dona 1,51 3,12 4,12 5,44 12 4,5 mln. dona 1,34 2,76 3,64 4,81 13 3,5 mln. dona 1,43 2,94 3,88 5,13 14 11-20.03 Lalmikor navi 4,0 mln. dona 1,56 3,21 4,24 5,60 15 4,5 mln. dona 1,38 2,84 3,75 4,95 16 3,5 mln. dona 1,13 2,33 3,08 4,07 17 21-30.03 4,0 mln. dona 1,24 2,55 3,36 4,44 18 4,5 mln. dona 1,09 2,25 2,97 3,92
1-rasm. Ekish me’yori 4,0 mln dona/ga bo‘lganda, ekish muddatlarining moyli zig‘ir navlarida o‘suv davri davomida 1 ta o‘simlikda quruq biomassa to‘plash dinamikasiga ta’siri (gr). Fenologik kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, moyli zig‘ir o‘simligi archalash fazasidan ko‘saklash fazasigacha o‘z massasini o‘rtacha 3.5-4 barobarga oshiradi. Taqqoslangan agrotexnik tadbirlar majmuasida eng yuqori ilmiy-amaliy natija «Lalmikor» navini mart oyining o‘rtalarida (11-20.03), gektariga 4,0 million dona unuvchan urug‘ hisobida ekish orqali ta’minlanishi (1-rasm), bu esa, o‘z navbatida, o‘simlikning har tomonlama baquvvat shakllanib, fotosintez jarayonining to‘laqonli kechishini va yakunda yuqori hosil elementlari (ko‘saklar) shakllanishini kafolatlaydigan eng maqbul ko‘rsatkich ekanligi isbotlangan. Xulosa va tavsiyalar Lalmikor tipik bo‘z tuproqlar sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moyli zig‘irning biologik mahsuldorligi va quruq biomassa to‘plash salohiyati nav xususiyati, ekish muddati hamda me’yoriga uzviy bog‘liqdir. Barcha fenologik fazalarda «Lalmikor» navi «Bahorikor» naviga nisbatan muhit omillaridan samaraliroq foydalanib, ko‘saklash davrida eng yuqori ko‘rsatkichni (bitta o‘simlikda 5,60 g quruq massa) qayd etdi. Ekish muddatlari va me’yorlari tahlil qilinganda, mart oyining ikkinchi o‘n kunligida (11–20-mart) gektariga 4,0 million dona unuvchan urug‘ sarflangan variantlar o‘simlikning har tomonlama baquvvat shakllanishi, fotosintez jarayonining to‘liq kechishi va mo‘l hosil elementlari yaratilishi uchun eng optimal sharoitni ta’minlashi ilmiy jihatdan isbotlandi. Ushbu natijalardan kelib chiqib, lalmikor maydonlarda moyli zig‘irdan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun qurg‘oqchilikka chidamli va serhosil «Lalmikor» navini ekish tavsiya etiladi. Ekinni parvarishlashda tuproq namligi va haroratidan unumli foydalanish, shuningdek, maqbul
3 -S H O ‘ B A oziqlanish maydonini shakllantirib, o‘simliklararo raqobatni kamaytirish maqsadida urug‘larni aynan 11–20-mart oralig‘ida gektariga 4,0 mln dona me’yorda ekish maqsadga muvofiqdir; ekish muddatini mart oxiriga qoldirish yoki me’yorni me’yordan ortiq qalinlashtirish (4,5 mln dona/ga) biomassaning keskin pasayishiga olib kelishi sababli amaliyotda bunday kechikish va me’yordan og‘ishlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- http://www.fao.org/worldfoodsituation/csdb/ru/
- Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, Toshkent 2007. B. 133-138.
- Лукомец В.М. Методика проведения полевых агротехнических опытов с масличными культурами; под общей редакцией- 2-е. Изд., перераб. и доп. – Краснодар, 2010. – 328 с.
- Кумаков В.А. Селекция на повышение фотосинтетической продуктивности. // Итоги науки и техники. Физиология растений. М. 1977. Т. 3. с. 108-126.
- Ismatullayeva A.A Moyli zig‘irning yangi navlari hosildorligiga ekish muddati va me’yorlarining ta’siri. // qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Toshkent 2026 y. 52-57-b.
- Xalikulov D., Mavlanov J. Iqlim o‘zgarishi sharoitida yumshoq bug‘doyning abiotik stresslarga chidamli genotiplarini morfologik belgilari asosida tanlash //AGROINNOVATSIYA; Vol. 4 No. 4 (2026): AGROINNOVATSIYA; 42-47. – 2026.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014608
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610124
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 464–467
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03