Asosiy mazmunga o‘tish

O‘zbekiston hududlarida yer degradatsiyasi neytralligini baholash: kompozit indeks yondashuvi

Khamidov Imomjon Ibrohimjon ugliXalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 473–477

Annotatsiya

Maqolada yer degradatsiyasi neytralligi (LDN, BRM 15.3.1) konsepsiyasi asosida O‘zbekiston hududlarida yer holatini baholovchi kompozit indeks taklif etilgan. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ma‘lumotlari asosida 13 hudud bo‘yicha sho‘rlanish va tuproq gumusining holati hamda dinamikasi normallashtirilib, teng va entropiya og‘irliklari bilan yig‘ma indeks hisoblandi. Samarqand, Andijon va Navoiy nisbatan barqaror, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari kritik holatda ekani aniqlandi. Qat‘iy LDN qoidasiga ko‘ra barcha hududlarda degradatsiya kuzatilmoqda. Hududiy monitoring tizimini joriy etish taklif qilingan.

Boshqa tillarda

ruschaОценка нейтральности деградации земель в регионах Узбекистана: подход на основе композитного индекса

В статье на основе концепции нейтральности деградации земель (НДЗ, ЦУР 15.3.1) предложен композитный индекс состояния земель регионов Узбекистана. По данным НИИ почвоведения и агрохимии для 13 регионов нормированы показатели состояния и динамики засоления и гумуса почв, индекс рассчитан с равными и энтропийными весами. Самаркандская, Андижанская и Навоийская области относительно устойчивы, Бухарская, Хорезмская и Ферганская – в критическом состоянии. По строгому правилу НДЗ деградация наблюдается во всех регионах. Предложено внедрить региональную систему мониторинга.

inglizchaAssessing land degradation neutrality in the regions of Uzbekistan: a composite index approach

Based on the Land Degradation Neutrality (LDN, SDG 15.3.1) concept, the paper proposes a composite index of land condition for the regions of Uzbekistan. Using data of the Soil and Agrochemical Research Institute for 13 regions, the state and dynamics of soil salinity and humus were normalized and aggregated with equal and entropy weights. Samarkand, Andijan and Navoi are relatively stable, while Bukhara, Khorezm and Fergana are in a critical state. Under the strict LDN rule, degradation occurs in all regions. A regional monitoring system is proposed.

Kalit so‘zlar

  • yer degradatsiyasi neytralligi
  • kompozit indeks
  • sho‘rlanish
  • tuproq gumusi
  • entropiya usuli
  • barqaror rivojlanish indikatorlari
  • monitoring
  • yashil iqtisodiyot
  • O‘zbekiston

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026

O‘zbekiston hududlarida yer degradatsiyasi neytralligini baholash: kompozit indeks yondashuvi Xamidov Imomjon Ibrohimjon o‘g‘li tayanch doktoranti Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti imomhamid@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610126 Iqtibos uchun: Xamidov Imomjon Ibrohimjon o‘g‘li. O‘zbekiston hududlarida yer degradatsiyasi neytralligini baholash: kompozit indeks yondashuvi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 473–477. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610126

3 -S H O ‘ B A Annotatsiya. Maqolada yer degradatsiyasi neytralligi (LDN, BRM 15.3.1) konsepsiyasi asosida O‘zbekiston hududlarida yer holatini baholovchi kompozit indeks taklif etilgan. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti ma’lumotlari asosida 13 hudud bo‘yicha sho‘rlanish va tuproq gumusining holati hamda dinamikasi normallashtirilib, teng va entropiya og‘irliklari bilan yig‘ma indeks hisoblandi. Samarqand, Andijon va Navoiy nisbatan barqaror, Buxoro, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari kritik holatda ekani aniqlandi. Qat’iy LDN qoidasiga ko‘ra barcha hududlarda degradatsiya kuzatilmoqda. Hududiy monitoring tizimini joriy etish taklif qilingan. Kalit so‘zlar: yer degradatsiyasi neytralligi, kompozit indeks, sho‘rlanish, tuproq gumusi, entropiya usuli, barqaror rivojlanish indikatorlari, monitoring, yashil iqtisodiyot, O‘zbekiston. Аннотация. В статье на основе концепции нейтральности деградации земель (НДЗ, ЦУР 15.3.1) предложен композитный индекс состояния земель регионов Узбекистана. По данным НИИ почвоведения и агрохимии для 13 регионов нормированы показатели состояния и динамики засоления и гумуса почв, индекс рассчитан с равными и энтропийными весами. Самаркандская, Андижанская и Навоийская области относительно устойчивы, Бухарская, Хорезмская и Ферганская – в критическом состоянии. По строгому правилу НДЗ деградация наблюдается во всех регионах. Предложено внедрить региональную систему мониторинга. Ключевые слова: нейтральность деградации земель, композитный индекс, засоление, гумус почвы, энтропийный метод, индикаторы устойчивого развития, мониторинг, зелёная экономика, Узбекистан. Abstract. Based on the Land Degradation Neutrality (LDN, SDG 15.3.1) concept, the paper proposes a composite index of land condition for the regions of Uzbekistan. Using data of the Soil and Agrochemical Research Institute for 13 regions, the state and dynamics of soil salinity and humus were normalized and aggregated with equal and entropy weights. Samarkand, Andijan and Navoi are relatively stable, while Bukhara, Khorezm and Fergana are in a critical state. Under the strict LDN rule, degradation occurs in all regions. A regional monitoring system is proposed. Keywords: land degradation neutrality, composite index, salinity, soil humus, entropy method, sustainable development indicators, monitoring, green economy, Uzbekistan.

Kirish O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning 49,1 foizi turli darajada sho‘rlangan, cho‘llanish, yer degradatsiyasi va qurg‘oqchilik hududning 28,6 foiziga ta’sir ko‘rsatmoqda [1]. Kuchli degradatsiyaga uchragan yerlarda harakatsizlik qiymati yalpi ichki mahsulotning qariyb 4,6 foiziga teng [2]. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida ham ekologik barqarorlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [3].

Xalqaro miqyosda yer degradatsiyasini kuzatish Barqaror rivojlanish maqsadlarining 15.3- vazifasi, ya’ni yer degradatsiyasi neytralligi (LDN) konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi [4], [5]. Uning 15.3.1-indikatori yer qoplami, yer unumdorligi va tuproqdagi organik uglerod ko‘rsatkichlariga tayanadi [6]. Biroq milliy monitoring tizimida hududlar yer holatini yagona ko‘rsatkich orqali taqqoslash imkonini beruvchi indeks mavjud emas. Ushbu maqolaning maqsadi LDN mantiqiga mos hududiy kompozit indeksni ishlab chiqish va 13 hudud yer holatini baholashdan iborat. Materiallar va metodlar Tadqiqotda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan, 13 hudud bo‘yicha sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi (1990- va 2020-yillar) hamda tuproq gumusi (1990- va 2024-yillar) ma’lumotlaridan foydalanildi [1]. LDN indikatorlariga mos ravishda to‘rtta ko‘rsatkich tanlandi: ikkitasi holatni, ikkitasi dinamikani ifodalaydi (1-jadval). Gumus organik uglerod proksisi sifatida olindi. 1-jadval. Kompozit indeks ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich LDN bilan bog‘liqligi Yo‘nalish Birlik X₁ – sho‘rlanish darajasi, 2020-yil milliy qo‘shimcha salbiy (-) % X₂ – sho‘rlanish o‘zgarishi, 1990-2020 milliy qo‘shimcha salbiy (-) f.p.

3 -S H O ‘ B A X₃ – gumus miqdori, 2024-yil organik uglerod (proksi) ijobiy (+) % X₄ – gumus o‘zgarishi, 1990-2024 organik uglerod (proksi) ijobiy (+) % Manba: muallif ishlanmasi. Ko‘rsatkichlar turli o‘lchov birliklariga ega bo‘lgani uchun min-max usulida normallashtirildi [7]. Ijobiy va salbiy yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlar uchun mos ravishda: x −min j z ij = ij (1) max j −min j max j −x ij z ij = (2) max j −min j bu yerda xij – i-hududdagi j-ko‘rsatkich qiymati; z ij – uning normallashtirilgan qiymati (0 dan 1 gacha). Yer holati indeksi (YHI) normallashtirilgan ko‘rsatkichlarning tortilgan yig‘indisi sifatida aniqlandi: YHI i =∑ w j · z ij (3) j=1

Og‘irliklar (wj) ikki usulda olindi: teng (wj = 0,25) va axborot entropiyasi usulida [8]: z pij = n ij (4) ∑ z ij i=1 n −1 1−e j e j= ∑ ln n i=1 pij · ln pij , w j = 4 (5) ∑ ( 1−e j ) j=1

bu yerda n = 13 – hududlar soni; e j – j-ko‘rsatkich entropiyasi. Hududlar YHI qiymatiga ko‘ra uch guruhga ajratildi: YHI ≥ 0,60 – nisbatan barqaror; 0,45 ≤ YHI < 0,60 – xavf ostida; YHI < 0,45 – kritik. Qo‘shimcha ravishda LDNning «bittasi yomonlashsa – hudud degradatsiyada» qoidasi qo‘llanildi [6]. Tadqiqot mantiqi 1-rasmda keltirilgan.

Yer qoplami Yer unumdorligi Organik uglerod LDN sub-indikatori LDN sub-indikatori LDN sub-indikatori ▼ Ma’lumot yo‘q Ma’lumot yo‘q Gumus: X₃, X₄ cheklov sifatida qayd etildi cheklov sifatida qayd etildi + sho‘rlanish: X₁, X₂ (milliy) ▼ NORMALLASHTIRISH VA OG‘IRLIKLAR min-max (1-2) · teng og‘irliklar · entropiya og‘irliklari (4-5) ▼ YER HOLATI INDEKSI (YHI) VA TASNIF YHI (3) · barqaror / xavf ostida / kritik · LDN «bittasi yomonlashsa» qoidasi ▼ SIYOSAT VA MONITORING hududiy reyting · meliorativ mablag‘larni taqsimlash · yillik monitoring 1-rasm. Tadqiqotning konseptual sxemasi (muallif ishlanmasi) Natijalar va muhokama Hisob-kitob natijalari 2-jadvalda keltirilgan. Entropiya usulida eng katta og‘irlik sho‘rlanish darajasiga (0,324) berildi, chunki aynan shu ko‘rsatkich bo‘yicha hududlararo farq eng katta (11,6

3 -S H O ‘ B A foizdan 79,6 foizgacha). Qolganlari 0,210-0,245 oralig‘ida bo‘ldi. 2-jadval. Hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar va yer holati indeksi (YHI) X₃, YHI YHI Hudud X₁, % X₂, f.p. X₄, % O‘rin O‘rin Guruh % (teng) (entr.) Nisbatan Samarqand 13,2 +1,1 1,07 -6,1 0,834 1 0,850 1 barqaror Nisbatan Andijon 36,2 +11,8 1,15 -12,9 0,673 2 0,680 2 barqaror Nisbatan Navoiy 57,6 -13,8 0,80 -3,6 0,632 3 0,587 5 barqaror Nisbatan Toshkent 11,6 +3,1 1,07 -29,1 0,624 4 0,668 3 barqaror Nisbatan Namangan 35,1 +16,1 1,07 -13,7 0,606 5 0,619 4 barqaror Jizzax 63,6 +33,1 1,14 -1,7 0,553 6 0,537 6 Jiddiy Surxondaryo 35,6 -1,1 0,84 -22,2 0,500 7 0,509 7 Jiddiy Qoraqalpog‘iston R. 73,6 -10,7 0,76 -10,6 0,473 8 0,422 10 Jiddiy Qashqadaryo 55,8 +2,8 0,76 -11,6 0,458 9 0,438 9 Jiddiy Sirdaryo 79,6 -1,3 0,96 -17,2 0,446 10 0,401 11 Kritik Farg‘ona 45,1 +32,1 0,95 -12,8 0,429 11 0,445 8 Kritik Xorazm 73,0 +8,1 0,67 -5,6 0,372 12 0,333 12 Kritik Buxoro 68,9 -7,8 0,80 -29,8 0,325 13 0,300 13 Kritik Manba: [1] ma’lumotlari asosida muallif hisob-kitobi (1-5-formulalar).

Samarqand 0.83 Andijon 0.67 Navoiy 0.63 Toshkent 0.62 Namangan 0.61 Jizzax 0.55 Surxondaryo 0.50 Hudud Qoraqalpogʻiston R. 0.47 Qashqadaryo 0.46 Sirdaryo 0.45 Fargʻona 0.43 Xorazm 0.37 Buxoro 0.33

0.0 0.1 0.2 0.3 0.4 0.5 0.6 0.7 0.8 0.9 1.0 Yer holati indeksi (teng ogʻirliklar)

3 -S H O ‘ B A 2-rasm. Hududlarning yer holati indeksi bo‘yicha reytingi (muallif hisob-kitobi) Natijalarga ko‘ra, Samarqand, Andijon, Navoiy, Toshkent, Namangan nisbatan barqaror guruhga, Jizzax, Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo jiddiy darajadagi guruhga, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm, Buxoro esa kritik guruhga kirdi (2-rasm). Eng yuqori indeks Samarqand viloyatida (0,834), eng past indeks Buxoro viloyatida (0,325) qayd etildi. Buxoroning past natijasi sho‘rlanishning yuqori darajasi (68,9 %) bilan gumusning eng keskin kamayishi (-29,8 %) birgalikda kuzatilgani bilan izohlanadi. Farg‘ona viloyati esa holat ko‘rsatkichlari o‘rtacha bo‘lsa-da, sho‘rlanishning tez o‘sishi (+32,1 f.p.) tufayli kritik guruhga tushdi. Demak, dinamik ko‘rsatkichlarni ham hisobga olish zarur. X₁ 1.0

Samarqand Surxondaryo X₃ Buxoro 3-rasm. Normallashtirilgan ko‘rsatkichlar profili: barqaror, o‘rtacha va kritik hudud misolida Samarqandda barcha ko‘rsatkichlar yuqori, Surxondaryoda gumus ko‘rsatkichlari zaif, Buxoroda esa sho‘rlanish va gumus dinamikasi eng past (3-rasm). Natijalarning ishonchliligi ikki og‘irlik usuli bo‘yicha olingan reytinglarning yuqori mosligi bilan tasdiqlandi (Spirmen koeffitsiyenti ρ = 0,945; p < 0,001). LDNning qat’iy qoidasi qo‘llanganda barcha 13 hudud degradatsiyada deb baholanadi, chunki gumus miqdori barcha hududlarda kamaygan. Ahamiyatlilik chegaralari kiritilganda (sho‘rlanish +2 f.p. dan ortiq o‘sishi, gumus 10 foizdan ortiq kamayishi) Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona hududlarida ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston R., Xorazm, Buxoro, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo hududlarida bitta ko‘rsatkich bo‘yicha yomonlashuv qayd etildi, faqat Navoiy, Samarqand viloyatlarida sezilarli yomonlashuv kuzatilmadi. Demak, LDN maqsadiga erishish uchun tuproq organik moddasini saqlash choralari ham zarur. Tadqiqotning cheklovlari: birinchidan, LDNning yer qoplami va yer unumdorligi subindikatorlari bo‘yicha hududiy ma’lumotlar mavjud emasligi sababli indeksga kiritilmadi; ikkinchidan, ko‘rsatkichlar turli yillarga tegishli (sho‘rlanish – 2020, gumus – 2024); uchinchidan, min-max usuli nisbiy baho beradi. Kelgusida NDVI va hosildorlik ma’lumotlarini qo‘shish rejalashtirilmoqda. Xulosa va tavsiyalar Tadqiqot natijasida LDN konsepsiyasiga asoslangan hududiy yer holati indeksi ishlab chiqildi va 13 hudud bo‘yicha hisoblandi. Quyi Amudaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida yer holati kritik, gumus kamayishi esa umumrespublika muammosi ekani aniqlandi. Shu asosda quyidagilar taklif etiladi: 1) milliy monitoring tizimiga LDN talablariga mos hududiy yer holati indeksini kiritish va uni har yili e’lon qilish; 2) meliorativ tadbirlar va «yashil» investitsiyalarni taqsimlashda indeks bo‘yicha kritik guruhdagi hududlarga ustuvorlik berish; 3) tuproq gumusini oshirish uchun almashlab ekishda dukkakli ekinlar ulushini ko‘paytirish

3 -S H O ‘ B A va organik o‘g‘itlardan foydalanishni rag‘batlantirish; 4) sho‘rlanish, gumus, hosildorlik va masofaviy zondlash ma’lumotlarini birlashtirgan ochiq hududiy ma’lumotlar bazasini yaratish.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. S. Umarov et al., “Land degradation in Uzbekistan: key challenges and sustainable solutions,” Frontiers in Sustainable Food Systems, vol. 9, p. 1676403, 2025.
  2. World Bank, Uzbekistan Country Climate and Development Report. Washington, DC: World Bank Group, 2023.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida Farmoni. https://lex.uz
  4. B. J. Orr et al., Scientific Conceptual Framework for Land Degradation Neutrality. A Report of the Science-Policy Interface. Bonn: UNCCD, 2017.
  5. A. L. Cowie et al., «Land in balance: The scientific conceptual framework for Land Degradation Neutrality,» Environmental Science & Policy, vol. 79, pp. 25-35, 2018.
  6. UNCCD, Good Practice Guidance. SDG Indicator 15.3.1, Proportion of Land That Is Degraded Over Total Land Area. Version 2.0. Bonn: UNCCD, 2021.
  7. OECD, Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. Paris: OECD Publishing, 2008.
  8. Z. Zou, Y. Yun, and J. Sun, “Entropy method for determination of weight of evaluating indicators in fuzzy synthetic evaluation for water quality assessment,” Journal of Environmental Sciences, vol. 18, no. 5, pp. 1020-1023, 2006.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014610
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610126
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
473–477
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03