Qoraqalpog‘iston sharoitida oq jo‘xori dalalarida tarqalgan begona o‘tlar
A. Sayimbetov, A. AmanbaevaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 438–440
Annotatsiya
Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida oq jo‘xori dalalarida asosiy begona o‘tlar, ularning biologik xususiyatlari va ekin hosildorligiga ta‘siri yoritilgan. Bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarning tarqalishi, rivojlanishi hamda ularga qarshi kurashish usullari tahlil qilindi.
Boshqa tillarda
ruschaСорняки, распространенные на полях белого сорго в условиях Каракалпакстана
В статье рассматриваются основные сорняки на полях белого сорго в Нукусском районе Республики Каракалпакстан, их биологические характеристики и влияние на урожайность. Проанализированы распространение, развитие однолетних и многолетних сорняков, а также методы борьбы с ними.
inglizchaWeeds occurring in white sorghum fields under the conditions of Karakalpakstan
This article examines the main weeds in white sorghum fields in the Nukus district of the Republic of Karakalpakstan, their biological characteristics, and their impact on yield. The distribution and development of annual and perennial weeds, as well as methods for their control, are analyzed.
Kalit so‘zlar
- oq jo‘xori
- begona o‘tlar
- Qoraqalpog‘iston
- oq sho‘ra
- kurmak
- ajriq
- gerbitsid
- hosildorlik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026
Qoraqalpog‘iston sharoitida oq jo‘xori dalalarida tarqalgan begona o‘tlar A.Sayimbetov q.x.f.f.d., professor · A.Amanbaeva tayanch doktorant Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610116 Iqtibos uchun: A.Sayimbetov, A.Amanbaeva. Qoraqalpog‘iston sharoitida oq jo‘xori dalalarida tarqalgan begona o‘tlar // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 438–440. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610116
3 -S H O ‘ B A Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida oq jo‘xori dalalarida asosiy begona o‘tlar, ularning biologik xususiyatlari va ekin hosildorligiga ta’siri yoritilgan. Bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlarning tarqalishi, rivojlanishi hamda ularga qarshi kurashish usullari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: oq jo‘xori, begona o‘tlar, Qoraqalpog‘iston, oq sho‘ra, kurmak, ajriq, gerbitsid, hosildorlik. Аннотация. В статье рассматриваются основные сорняки на полях белого сорго в Нукусском районе Республики Каракалпакстан, их биологические характеристики и влияние на урожайность. Проанализированы распространение, развитие однолетних и многолетних сорняков, а также методы борьбы с ними. Ключевые слова: белое сорго, сорняки, Каракалпакстан, белая соль, курум, аджрик, гербицид, урожайность. Abstract. This article examines the main weeds in white sorghum fields in the Nukus district of the Republic of Karakalpakstan, their biological characteristics, and their impact on yield. The distribution and development of annual and perennial weeds, as well as methods for their control, are analyzed. Keywords: white sorghum, weeds, Karakalpakstan, white salt, kurum, ajrik, herbicide, yield.
Kirish Qoraqalpog‘iston Respublikasida oq jo‘xori muhim yem-xashak va don ekinlaridan biri hisoblanadi. Hududning issiq va qurg‘oqchil iqlimi begona o‘tlarning tez rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Begona o‘tlar oq jo‘xori bilan suv, oziqa moddalar va yorug‘lik uchun raqobatlashib, hosildorlikni sezilarli kamaytiradi. Begona o‘tlar ko‘p qirrali biologik xususiyatga ega bo‘lgani uchun ham ularga qarshi kurashish birmuncha qiyin. Shuning uchun ularning biologik xususiyatlarini har taraflama o‘rganish ularning tarqalishining oldini olish yoki qirib tashlash tadbirlarini qo‘llashni ancha yengillashtiradi. M. Ajiniyazovaning [1; 204-206-b.] aytishicha, shimoliy hudud kuzgi bug‘doy maydonlarida bir yilliklar va ko‘p yilliklar keng tarqalib, kuzgi bug‘doy unib chiqishidan amal davri oxirigacha uning o‘sishi, rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, don hosildorligining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. K. Buxorovning [2; 42-43-b.] fikricha, kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan dalalarda 14 ta oila va 18 ta turga mansub begona o‘tlar rivojlanayotganligini qayd qilib o‘tishgan. Olib borilgan tadqiqotlariga ko‘ra, 1 m2 maydonda rivojlanayotgan 1 tup yovvoyi suli 10-12 sentner hosilni kamaytirib, juda katta iqtisodiy zarar keltirishini, agarda begona o‘tlar 1 m 2 maydonda 5-10 dona bo‘lsa, shu joyda g‘alla o‘simligi 50% rivojlanmay qolishini hamda g‘alla hosili va don sifati 10-50% ga pasayishini ta’kidlagan. O. Kurambayev [3; 79-80-b.] olib borgan tahlillariga ko‘ra, boshoqdoshlar (Poaceae) oilasiga mansub begona o‘tlar yuqori yashovchanlikka ega bo‘lib, turli ekologik sharoitlarga tez moslasha olishini ko‘rsatdi. Ular qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va sug‘oriladigan sharoitlarda ham barqaror rivojlanib, agroekotizim tarkibida mustahkam o‘rin egallagan. Dalalarga begona o‘tlarning tarqalishi va ko‘payishining asosiy sabablari quyidagilar: ko‘pchilik begona o‘tlar tez ko‘payadigan, urug‘lari keng tarqaladigan bo‘ladi. Ular atrof-muhitning noqulay sharoitlariga tez moslashib, urug‘dan va o‘sish a’zolaridan ko‘payib, turli omillar, ya’ni urug‘larining shamol, suv, go‘ng, hayvonlar va tuproqqa ishlov beriladigan mexanizmlar yordamida tarqalish xususiyatiga egadir. Shuningdek, begona o‘tlar urug‘larining unib chiqish qobiliyati nisbatan yuqori va uzoq muddat saqlanadi. Albatta, begona o‘tlarning bunday tarqalishiga birinchi navbatda agrotexnik tadbirlarni maqbul muddatda va sifatli qo‘llamaslik, kuzgi shudgorni o‘z vaqtida va sifatli qilib o‘tkazmaslik hamda 30-35 sm chuqurlikda shudgorlamaslik, ekiladigan madaniy o‘simlik urug‘ining yaxshi tozalanmasligi, almashlab ekishning qo‘llanilmasligi, go‘ngning dalalarga chiritmasdan berilishi yoki sharbat qilib oqizilishi kabilar sabab bo‘lmoqda. Materiallar va metodlar Dala amaliy kuzatuv tadqiqotlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy, markaziy va janubiy hududlari misolida o‘tkazilmoqda. Oq jo‘xori maydonlarida tarqalgan begona o‘tlar yurib ko‘z bilan chamalash usulida aniqlandi. Buning uchun o‘rganiladigan oq jo‘xori dalasi diagonali bo‘ylab ma’lum oraliqda yurilib, begona o‘tlar taxminan hisobga olindi. Ballga ajratishda akademik
3 -S H O ‘ B A A.I.Malsevning (1962) to‘rt balli shkalasidan foydalaniladi. Har bir o‘rganilgan dalada begona o‘tlar aniqlangach, olingan natijalar begona o‘tlarni hisobga olish qaydnomasiga yozib borildi. Natijalar Bizning tajribalarimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasining uch agroiqlim zonasida oq jo‘xori dalalarida tarqalgan begona o‘tlar tarkibini aniqlash amalga oshirildi. Bu bo‘yicha dastlabki birinchi yilida dala amaliy kuzatuv tadqiqoti amalga oshirilganda oq jo‘xori ekinlari maydonlarida turli biologik guruhlarga mansub begona o‘tlar uchrashi kuzatildi. Shundan shimoliy (Qarao‘zak tumani) hududda uchraydigan begona o‘tlardan bir yillik begona o‘tlardan oq sho‘ra (Chenopodium album), baliqko‘z (Climacoptera lanata), yovvoyi suli (Avena fatua L.), qo‘ytikan (g‘o‘zitikan) (Xanthium strumarium L.), kurmak (Echinochloa crus-galli), semizo‘t (Portulaca oleracea L.), ko‘p yillik begona o‘tlardan qamish (Phragmites australis), yontoq (Alhagi pseudalhagi), ajriq (Cynodon dactylon), dala pechagi (Convolvulus arvensis), qizilmiya (Isatis tinctoria L.) bor ekanligi aniqlandi. Markaziy (Nukus tumani) hududda bir yillik begona o‘tlardan oq sho‘ra, olabuta (Chenopodium album), ko‘k sho‘ra (Chenopodium glaucum), qizil sho‘ra (Amaranthus retroflexus), ituzum (Solanum nigrum), kurmak (Echinochloa crus-galli), yulduz o‘t (Stellaria L.), yovvoyi suli (Avena fatua L.), qo‘ytikan (g‘o‘zitikan) (Xanthium strumarium L.), semizo‘t (Portulaca oleracea L.), dag‘alkanop (Abutilon Avicennae L.), ko‘p yillik begona o‘tlardan qamish (Phragmites australis), ajriq (Cynodon dactylon), dala pechagi (Convolvulus arvensis), yontoq (Alhagi pseudalhagi), zubturum (Plantago major L.), kakra (Xanthium strumarium L.), qo‘ypechak (Convolvulus arvensis), qizilmiya (Glycyrrhiza glabra L.) begona o‘tlari hisobga olindi. Janubiy (Amudaryo tumani) hududda bir yilliklardan gultojixo‘roz (Amaranthus retroflexus), yulduz o‘t (Stellaria L.), ko‘k sho‘ra (Chenopodium glaucum), kurmak (Echinochloa crus-galli), qo‘ytikan (g‘o‘zitikan) (Xanthium strumarium L.), sutlama (Euphorbia helioscopia), ko‘p yillik begona o‘tlardan: g‘umay (Sorghum halepense), ajriq (Cynodon dactylon), yontoq (Alhagi pseudalhagi), qo‘ypechak (Convolvulus arvensis), dala pechagi (Convolvulus arvensis) uchradi. Ular suv, oziqa moddalari va yorug‘lik uchun oq jo‘xori bilan raqobatlashib, hosildorlikni kamaytiradi. Tajriba kuzatuvlarida eng ko‘p uchragan begona o‘tlar oq sho‘ra va kurmak bo‘lib, ular umumiy begona o‘tlar sonining asosiy qismini tashkil etadi. Asosan begona o‘tlarning zararli ta’siri: tuproq namligini kamaytiradi; oziqa elementlarini o‘zlashtiradi; oq jo‘xorining o‘sishi va rivojlanishini sekinlashtiradi; hosildorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Begona o‘tlarga qarshi kurashishda agrotexnik tadbirlardan tashqari kimyoviy kurashish usullarini ham qo‘llash samarali hisoblanadi. Oq jo‘xori dalalarida Stomp, Oterma va Titus kabi gerbitsidlarni me’yorida qo‘llash begona o‘tlar sonini sezilarli kamaytiradi va ekinning normal rivojlanishini ta’minlaydi. Shu sababli begona o‘tlarga qarshi kurashishni o‘z vaqtida samarali amalga oshirib borish kerak bo‘ladi. Xulosa Qoraqalpog‘iston sharoitida iqlim mintaqalarida yetishtirilayotgan oq jo‘xori dalalarida tarqalgan bir yillik va ko‘p yillik begona o‘tlar aniqlandi hamda begona o‘tlardan tozalash to‘g‘ri va tizimli yondashuvni talab etadi. Bunda begona o‘tlarni gerbitsidlarni ishlatgan holda samarali yo‘qotish muhim hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Ajiniyazova M. Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududida kuzgi bug‘doy yetishtiriladigan maydonlarda tarqalgan begona o‘tlar tur tarkibi va tarqalishi. Ilim ǵumshaları atamasındaǵı X Respublikalıq ilimiy- ámeliy konferentsiya Nókis-2020. 204–206-betlar.
- Buxorov K. Bug‘doyzorlarda uchraydigan begona o‘tlarning turlari. / J. Agro himoya va o‘simliklar karantini. Toshkent. 2019. №2. B. 22-23. 3 -S H O ‘ B A
- Kurambayev O. Xorazm viloyati sharoitida tarqalgan boshoqli begona o‘tlar turlari va ularning bioekologik xususiyatlari. / J. Agro ilm. Toshkent 2026. №2. B. 79-81.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014600
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610116
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 438–440
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03